ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Laysa” fe’lining amalini bajaradigan harflar va ularning shartlari bayoni

Mahmudov Akram

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

“LAYSA” FE’LINING AMALINI BAJARADIGAN HARFLAR
VA ULARNING SHARTLARI BAYONI

Akram Mahmudov
Oriental universiteti Tillar-1 kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi, ORCID 0009-0001-7440-1646

Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilidagi inkor yuklamalaridan ‫ ما‬(Hijoz lahjasida), ،‫لا‬
ْ‫ لات, إن‬ning ayrim holatlarda “‫ ”ليس‬fe’li kabi amal qilishi yoritiladi. Har bir yuklamaning
ishlashi uchun qoʻyilgan shartlar, i‘robga ta’siri, “‫ ”إلا‬bilan inkorning buzilishi holatlari,
shuningdek, ma’no jihatidan nozik farqlar misollar asosida tushuntiriladi. Maqolada Qur’on
oyatlaridan, mumtoz arab she’riyatidan olingan namunalar asosida mavzu mustahkamlanib, “ ‫لا‬
‫ ”النافية للجنس‬bilan “‫ ”ليس‬kabi amal qiluvchi “‫ ”لا‬oʻrtasidagi farqlar alohida koʻrsatib beriladi.
Ish talaba va oʻqituvchilar uchun nazariy hamda amaliy jihatdan foydali manba boʻlib xizmat
qiladi.

Kalit soʻzlar: arab tili nahvi, ‫ ليس‬fe’li, ‫ ما النافية‬(Hijoz lahjasi), ْ‫لا المشبهة بليس, لات النافية, إن‬
‫ ,النافية‬inkor yuklamalari, ismiy gap, mubtado va xabar, raf‘ va nasb, ‫ ,لا النافية للجنس‬inkorning “‫”إلا‬
bilan buzilishi, i‘rob tahlili, vaqt bildiruvchi otlar, Qur’oni Karim, mumtoz arab she’riyati.

Abstract. This article examines certain negative particles in Arabic—ma (in the Hijazi
dialect), la, lat, and in—which, in some cases, function similarly to the verb laysa (“to be not”).
The study explains the conditions required for each particle to operate in this way, their effects
on grammatical inflection (i‘rab), and situations in which negation is nullified by illa (“except”).
It also clarifies subtle semantic differences through illustrative examples. The topic is reinforced
with examples drawn from Qur’anic verses and classical Arabic poetry. Additionally, the article
highlights the distinctions between la al-nafiya li-l-jins and the la that functions like laysa. This
work serves as a useful theoretical and practical resource for students and teachers.

Keywords: Arabic syntax (naḥw), the verb laysa, negative ma (Hijazi dialect), la
resembling laysa, negative lat, negative in, particles of negation, nominal sentence, mubtadaʾ
and khabar, nominative (rafʿ) and accusative (naṣb), la al-nafiya li-l-jins, negation nullified by
illa, i‘rab analysis, temporal nouns, the Holy Qur’an, classical Arabic poetry.

Arab tili nahv ilmidagi muhim mavzulardan biri — “‫ ”ليس‬fe’lining amalini bajaradigan
inkor yuklamalari masalasidir. Bu yuklamalar ayrim lahjalarda va muayyan shartlar asosida
“‫ ”ليس‬fe’liga oʻxshab, ismiy gaplarda mubtadoni marfu‘, xabarni mansub holga keltiradi. Ushbu
hodisa arab tili nahvining nozik jihatlaridan boʻlib, ayniqsa Qur’oni Karim oyatlari, mumtoz
adabiyot va she’riy matnlarni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada “‫”ليس‬
fe’lining amalini bajaruvchi toʻrt xil yuklama: ْ‫ما، لا، لات، إن‬ning nahviy vazifalari, ishlash
shartlari hamda oʻzaro farqlari tizimli ravishda bayon qilinadi.

1. Hijoz lahjasida ishlatiladigan “‫ ”ما‬(inkor yuklamasi): Bu “‫ ”ما‬arab tilida “‫ ”ليس‬fe’li
vazifasini bajaradi, ya’ni: ismni marfu‘ (rafa‘) holatda qoldiradi, xabarni mansub (nasb) holga
keltiradi. Masalan: ‫ ما هذا بشرا‬Bu inson emas. (ya’ni: bu oddiy odam emas) ‫ ما الحقُّ ضائعًا‬Haqiqat
yoʻqolgan emas. (ya’ni: haqiqat aslo zoye boʻlmaydi) Uning “‫ ”ليس‬ma’n osida ishlashi uchun
uchta shart mavjud: Xabar ismdan oldin kelmasligi kerak. Masalan: ‫ ما زيدٌ قائما‬(Zayd tik turgan
emas.) Agar shu misolda xabarni oldinga qoʻysak “‫ ”ما‬harfi “‫ ”ليس‬ning amalini bajarmasada

inkor ma’noni ifoda qilaveradi. Inkor “‫ ”إلا‬bilan buzilmasligi kerak. Agar gapda “‫ ”إلا‬kelsa, “‫”ما‬

harfi “‫ ”ليس‬ma’noda boʻlsada oʻz amalini yoʻqotadi ya’ni xabarni mansub qilmaydi,. Masalan: ‫ما‬

ٌ‫ محمدٌ إلا رسول‬(Muhammad faqatgina rasuldir.) “‫ ”ما‬dan keyin ortiqcha “ْ‫ ”إن‬kelmasligi kerak. Agar

“ْ‫ ”إن‬kelsa, “‫ ”ما‬ning amali bekor boʻladi. Masalan: ٌ‫ ما إنْ زيدٌ قائم‬(Zayd tik turgan emas.) Bu yerda
“‫ ”ما‬amal qilmaydi, “ٌ‫ ”زيد‬va “ٌ‫ ”قائم‬marfu‘ holatda qoladi118.

2. “‫ ”لا‬yuklamasining “‫ ”ليس‬fe’li kabi amal qilishi: “‫ ”لا‬(inkor yuklamasi) ba’zi holatlarda

“‫ ”ليس‬fe’li kabi amal qiladi, ya’ni u: mubtadoni raf‘ (marfu‘) holatda qoldiradi – bu uning ismi

hisoblanadi; xabarni nasb (mansub) holatga keltiradi – bu uning xabari hisoblanadi. Masalan: ‫لا‬

‫ — كسولٌ ناجحًا‬Dangasa kishi muvaffaqiyatli boʻlmaydi.

“‫ ”لا‬ning “‫ ”ليس‬kabi ishlashi uchun ham uchta shart keladi: Uning ismi ham, xabari ham

nakira (noaniq) boʻlishi kerak. (ya’ni, ma’rifa boʻlmasligi lozim). Masalan: ‫ لا أحدٌ غائبا‬Hech kim

yoʻq (hech kim gʻoyib emas / hech kim kelmay qolmagan). Agarٌ ‫ أحد‬soʻzi atoqli qilinsa ‫ لا‬ning

amali yuqoladi, shunda: ٌ‫ لا زيدٌ طالب‬deb raf’ oʻqiladi. Xabari ismidan oldin kelmasligi kerak.

Masalan:ً ‫ لا أحدٌ حاضرا‬biron kishi kelgan emas, agar shu misoldagi xabarni egadan oldinga

oʻtgazibٌ ‫ لا حاضراً أحد‬deb oʻqish toʻri boʻlmaydi. Uning inkori “‫ ”إلا‬bilan buzilmasligi kerak. Agar

“‫ ”إلا‬kelsa, “‫ ”لا‬ning amali bekor boʻladi.ٌ ‫ — لا طالبٌ إلا مجتهد‬Talaba faqat tirishqoq boʻladi. Bu

gapda “‫ ”إلا‬sababli inkor buzilgan, shuning uchun “‫”لا‬ning “‫ ”ليس‬kabi amali bekor boʻlgan.

Ma’no jihatidan farqi: Bu turdagi “‫ ”لا‬birlikni inkor qiladi, ya’ni bitta shaxs yoki bitta

holatni rad etadi, jinsni (umumiylikni) inkor qilmaydi. Shuning uchun u “‫ ”لا النافية للجنس‬(butun

jinsni inkor qiluvchi “‫ (”لا‬dan farq qiladi. “‫ ”لا النافية للجنس‬esa “َّ‫ ”إن‬kabi amal qiladi (ismni mansub,

xabarni marfu‘ qiladi).

“‫ ”لا‬ning turlari oʻrtasidagi farq “‫ ”لا‬harfi “‫ ”ليس‬kabi amal qiluvchi inkor yuklamasi

boʻlib, Mubtadoni marfu‘ qiladi, xabarni mansub qiladi. Birlikni inkor etadi, ya’ni bitta shaxs

yoki bitta holatning mavjud emasligini bildiradi. “‫ – ”لا‬jinsni inkor qiluvchi yuklama ( ‫لا النافية‬

‫ ”إنَّ“ (للجنس‬kabi amal qiladi: mubtadoni mansub, xabarni marfu‘ qiladi. Butun jinsni toʻliq inkor

etadi (umumiy inkor, istigʻroq ma’nosi). “‫ ”لا النافية للجنس‬da uning ismi ham, xabari ham nakira

(noaniq) boʻlishi shart,

shuningdek, “‫ ”لا‬bilan uning ismi orasiga boshqa soʻz kirmasligi kerak. Masalan: ٌ‫لا طالب علم ممقوت‬

bironta tolibi ilm egasi yoqimsiz emas. Oddiy inkor “‫ ”لا‬da esa undan keyin keladigan ism nakira

ham, ma’rifa ham boʻlishi mumkin. Masalan: ،ً ‫ لا طالبٌ غنيا‬talaba boy emas,ً ‫ لا زيدٌ غنيا‬Zayd boy

emas119.

“‫ ”لا‬ning amal qilmay qolishi (ihmoli) Agar “‫ ”َّل‬yuqorida aytilgan shartlardan

birortasini yoʻqotsa, u holda “‫ ”لا‬amal qilmaydigan (muhmal) boʻlib qoladi. Bu paytda undan

keyingi soʻzlar oddiy mubtado va xabar sifatida i‘rob qilinadi. Misollar: ِ‫— لا طالبٌ في الفصل‬

Sinfda talaba yoʻq. (Bu yerda “‫ ”َّل‬amal qilmayapti, “ٌ‫ – ”طالب‬mubtado, “ِ‫ – ”في الفصل‬xabar.) ‫لا‬
ٌ‫ — كريمٌ إلا محبوب‬Saxiy kishi faqat sevimlidir. (“‫ ”إَّل‬sabab inkor buzilgan va “‫”َّل‬ning amali

bekor boʻlgan.)

3. “‫ ”لات‬inkor yuklamasi: “‫ — ”لات‬inkor yuklamasi boʻlib, asl shakli “‫ ”لا‬hisoblanadi.
Keyinchalik unga ta’ ta’nīs ‫ (ت)‬qoʻshilgan. Bu qoʻshimcha: yoki lafzni (tovush shaklini)
muannas qilish uchun, yoki inkorni kuchaytirish (mubolagʻa) ma’nosida kelgan. Masalan,
arablar: “ٌ‫ ”فلانٌ علَّامة‬Faloncha alloma – deyishadi — bu ilmda mubolagʻani bildiradi. “‫ ”لات‬ayrim
hollarda “‫ ”ليس‬fe’li kabi amal qiladi, lekin buning uchun ikki shart mavjud: 1- Uning ismi ham,
xabari ham vaqt bildiruvchi ism boʻlishi kerak, masalan: ‫ حين‬(payt), ‫ ساعة‬(soat/vaqt), ‫أوان‬

.446 ‫ ص‬.2023 ‫ جامع الدروس العربية. مصطفى الغلاييني. مؤسسة الرسالة، – بيروت‬118
.169 ‫ ص‬.2009 :‫ قطر الندى و بل الصدى ، ابن هشام الأنصاري، دار الطلائع – القاهرة‬119

(fursat). 2- Uning ismi yoki xabari tushirib qoldirilgan boʻlishi kerak, koʻpincha ismi tushirib
qoldiriladi. Shartlarga mos kelgan misol: ‫ فَنَاد َْوا وَلَاتَ حِينَ مَنَاص‬(Qur’oni Karim, Sod surasi, 3-oyat)
Ma’nosi: Bas, ular nido qildilar, ammo qochib qutulish vaqti endi yoʻq edi.

I‘rob (grammatik tahlil) tarjimasi: ‫“ — فَنَاد َْوا‬fa” bogʻlovchi harf; “‫ — ”نادوا‬oʻtgan zamon
fe’li, bogʻlanganligi sababli vov bilan kelgan; “vov” — koʻplik egani bildiruvchi zamir. َ‫— َولات‬
“vov” — hol ma’nosida; “‫ — ”لات‬inkor yuklamasi, fathaga mabniy, i‘rob oʻrni yoʻq; “‫ ”ليس‬kabi
amal qiladi; uning ismi tushirib qoldirilgan, taxminan: “ُ‫ ”الحين‬(hozirgi payt). َ‫ ”لات“ — ِحين‬ning
xabari, mansub, nasb belgisi — ochiq fatha. ‫ — َمناص‬mudof ilayh (qaratqich), majrur, jar belgisi
— ochiq kasra.

Ma’no nozikligi (nega yashirin soʻz ma’rifa boʻlishi kerak?): Bu yerda tushirib
qoldirilgan soʻz ma’rifa (aniq) boʻlishi zarur, chunki maqsad — hozirgi payt qochib qutulish
vaqti emasligini inkor qilish. Ya’ni bu yerda “qochish payti” jinsini umumiy inkor qilish emas,
balki aynan hozirgi lahzada qochish imkoni yoʻqligi nazarda tutilgan.

She’riy misol: Shoir aytadi: ‫ن َِدمَ البُغاة َُولَاتَ ساعة ََمنْدَم‬
ُ‫ والبغيُ مَرْت َُع مُبْت َِغيهِ وخِيم‬Tarjimasi: Zolimlar pushaymon boʻldilar, ammo pushaymon boʻladigan vaqt
endi oʻtib ketgan edi; zulm esa unga intilganlar uchun yomon maskandir. Bu misolda ham:
“‫”لات‬ning ismi tushirib qoldirilgan (taxminan: ُ‫“ —السِّاعة‬oʻsha vaqt”), “َ‫ ”ساعة‬esa “‫”لات‬ning
xabari boʻlib, mansub holatda kelgan120.

4. “ْ‫ ”إن‬inkor yuklamasi va uning “‫ ”ليس‬kabi amal qilishi: “ْ‫ ”إن‬inkor yuklamasi sukun
bilan mabniy boʻlgan harf boʻlib, ba’zi nahv olimlari nazarida (xususan, Hijoz atrofidagi ayrim
lahjalarda) “‫ ”ليس‬fe’li kabi amal qiladi, ya’ni: mubtadoni raf‘ (marfu‘) holatda qoldiradi — bu
uning ismi deyiladi; xabarni nasb (mansub) holga keltiradi — bu uning xabari deyiladi. Bu ba’zi
nahvchilar qarashi boʻlib, boshqalari “ْ‫ ”إن‬ni amal qilmaydigan deb hisoblashgan.

Ma’nosi va qoʻllanishi: inkorni bildiradi (ya’ni “‫ ”ما‬yoki “‫ ”ليس‬ma’nosida). Qoʻllanishi:
asosan ismiy gap boshida keladi.

“ْ‫ ”إن‬ning “‫ ”ليس‬kabi ishlashi uchun shartlar: Xabar ismidan oldin kelmasligi kerak.
Masalan: ‫ إنْ حاكماً هو‬deb xabarni muqaddam qilish xato sanaladi. Inkor “‫ ”إلا‬bilan buzilmasligi
kerak. Masalan:ً ‫ إنْ هو إلا حاكما‬deb shu holda xabarni nasb qilib oʻqish ham xato hisoblanadi. “‫”إلا‬
ishlatilsa, “ْ‫ ”إن‬ning amali bekor boʻlib, xabarni raf’ oʻqish kerak boʻladi121.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, “‫ ”ليس‬fe’lining amalini bajaruvchi harflar arab tilida inkor
ma’nosini ifodalashda muhim nahviy vosita hisoblanadi. ‫ ما‬(Hijoz lahjasida) — uchta shart bilan
“‫ ”ليس‬kabi amal qiladi: xabar oldinga oʻtmasligi, “‫ ”إلا‬bilan inkor buzilmasligi, “‫ ”ما‬dan keyin
ortiqcha “ْ‫ ”إن‬kelmasligi. ‫ — َّل‬ba’zi holatlarda “‫ ”ليس‬kabi amal qilib, birlikni inkor qiladi; u “ ‫لا‬
‫ ”النافية للجنس‬dan ma’no va amal jihatidan farqlanadi. ‫ — لات‬vaqt bildiruvchi soʻzlar bilan kelib,
odatda ismi tushirib qoldirilgan holda ishlatiladi; bu Qur’oni Karim oyatlarida va she’riyatda
uchraydi. ْ‫ — إن‬ayrim nahvchilarga koʻra “‫ ”ليس‬kabi amal qiladi, ammo bu qarash umumiy emas
va qat’iy shartlarga bogʻliq. Bu qoidalarni puxta oʻzlashtirish ismiy gaplarning i‘robini toʻgʻri
anglash, Qur’on matnlarini va mumtoz adabiy namunalarni xatosiz tahlil qilish imkonini beradi.
Ayniqsa, “‫ ”إلا‬bilan inkorning buzilishi va “‫ ”لا النافية للجنس‬bilan boshqa “‫ ”لا‬oʻrtasidagi farqni
ajratish nahviy xatolarning oldini oladi.

.445 ‫ ص‬.2023 ‫ جامع الدروس العربية. مصطفى الغلاييني. مؤسسة الرسالة، – بيروت‬120
.372 ‫ ص‬.2019 ‫ شرح شذور الذهب في معرفة كلام العرب. ابن هشام الأنصاري. مؤسسة الرسالة، – بيروت‬121

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sharhu ibn Aqil ala alfiyati ibni Molik. Bahouddin Abdulloh bin Abdurahmon bin Abdulloh

bin Aqil. Birinchi jild. – Qohira: Dorut Turos, 2005.
2. An-Na'im. Arabcha oʻzbekcha lugʻat. – Toshkent: Xalq merosi, 2003.
3. Shuzuru-Azzahab fi ma'rifatil kalamil-arab. Abu Abdulloh Jamoliddin ibn Hishom Ansoriy. –

Bayrut: Ar-Risola, 2019.
4. Qotrun-Nado va Ballus-Sado. Abu Abdulloh Jamoliddin ibn Hishom Ansoriy. – Qohira: Darut

–Taloi', 2009.
5. Jomiu’ ad-Durus al-arabiya. Mustofa Gʻoyalaniy. Bayrut: Ar-Risala, 2023.
6. https://mawdoo3.com/
7. https://bahethoarabia.com/laamallais/
8. https://loghate.com/