ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Sharq filologiyasining dolzarb muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

Bu betda matn yoʻq (rasm yoki jadval).На этой странице нет текстового слоя (изображение или таблица).No text layer on this page (image or table).

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ORIENTAL UNIVERSITETI

“SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI

“SHARQ FILOLOGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY
KONFERENSIYASI

MATERIALLAR TOʻPLAMI

2026-yil 15-16-may

COLLECTION OF MATERIALS

OF THE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”
May 15-16, 2026

Toshkent – 2026

ISSN: 2181-3337

“Sharq filologiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallar toʻplami (2026-yil 15-16-may) – T.: Science and Innovation,
2026.

Nashr etishda qatnashganlar:
Baxtiyor Rustamov, Guliraʼno Rakhmatullayeva, Kozim Ergashov, Mansur Suyunkulov,

Feruza Ollamurodova, Dilnoza Narzullayeva, Sevara Oʻrinboyeva,
Asila Khaydaraliyeva, Samandar Rasulov

Mas’ul muharrir professor f.f.d.
Nasirova Malika Anvarovna
(Oriental universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar professor f.f.d (DSc)

boʻyicha prorektori) professor f.f.d.(DSc)
Tahrir hay’ati PhD
dotsent PhD
Rustamiy Salima Aliybeg qizi dotsent PhD
(Oriental universiteti “Tillar-1” kafedrasi mudiri) dotsent f.f.n.
dotsent f.f.n.
Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich dotsent
(Oriental universiteti Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy- dotsent PhD
dotsent PhD
pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi) dotsent PhD
Rahmatova Gavhar Omonovna dotsent PhD
dotsent f.f.n,
Dusmurodov Ma’rufjon Mansur oʻgʻli dotsent f.f.n,
dotsent
Djurayeva Feruza Shukurovna

Sharasulova Shirin Maxamadsalixovna

Ahmedova Nargiza Shixnazarovna

Ikromjonov Akmaljon Mahmudjonovich

Toʻychiyeva Oydin Sayfullayevna

Turdiyev Jahongir Zafariddin oʻgʻli

Gʻaniyeva Lobar Sa’dulla qizi

Tadjiyeva Umida Faxriddinovna

Egamova Shoxida Djalilovna
Abdujabbarova Feruza Abdunazarovna

Yuldoshev O.A.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining akademik

litseylarga o‘quv-metodik bo‘limi boshlig‘i a’zo

© Oriental University
© “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali
© Mualliflar

KIRISH SOʻZI

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! Siz, aziz mehmonlarimizni, xalqaro konferensiya
ishtirokchilarini, nufuzli xalqaro universitetlar vakillari, professorlar, mutaxassis-amaliyotchilar,
mustaqil ilmiy izlanuvchilarni mazkur konferensiyada qatnashayotganingiz uchun yuksak
hurmat ehtirom va samimiy minnatdorchilik bildirish menga katta mamnuniyat bagʻishlaydi.

Bugungi jadal odimlayotgan globallashuv davrida oʻzining mustaqil fikriga ega, milliy
qadriyatlar ruhida kamol topgan, ma’nan boy, intellektual salohiyatli yosh avlodni tarbiyalash
davlatimiz va jamiyatimizda turgan muhim vazifa hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz
ta’kidlaganidek, “Bugun biz yashayotgan internet va yuksak texnologiyalar asrida adabiyot va
san’at, madaniyatimizning oʻrni va ta’sirini nafaqat saqlab qolish, balki qanday qilib uni
kuchaytirish mumkin, degan toʻgʻri va odilona savollar barchamizni, birinchi navbatda,
xalqimizning eng ilgʻor vakillari boʻlgan ijod ahlini oʻylantirish zarur”. Fan dunyo haqidagi
bilimlar sistemasidir. Fan kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan shakllangan. Fan va texnika
bir biriga uzviy bogʻliqdir. U moddiy va ma’naviy boʻlgan ilmiy ijod natijalarini tatbiq etishda,
kashf qilishda, yuksaltirishida xizmat qiladi. Fanning rivojlanishi esa faktlarga tayanadi, ular
oʻrganiladi, umumiylashtiriladi va yangi qonuniyatlar ochiladi.

Ilm-fan har qanday davlatni rivojlanishiga asosiy kuch hisoblanadi. Olimlari koʻp davlat
esa hamma vaqt, har sohada rivojlanadi, ravnaq topadi. Shu sababli ham goʻzal diyorimizdagi
ilm fan taraqqiyoti jahon arenalarida tutgan oʻrni yuksak bahoga egadir. Ana shu sababli
qomusimiz boʻlgan Konstitutsiyamizda davlat jamiyatning ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga
gʻamxoʻrlik qilish bejiz qayd etilmagan. Oʻzbekiston ziyolilar oʻlkasidir. Necha-necha asrlar
avval yashab oʻtgan Al Buxoriy, Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muso Xorazmiy, Ahmad
Fargʻoniy, Marvoziy, Javhariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abu Iso
Muhammad at Termiziy kabi bobokalonlarimiz aynan bizning diyorimizda yashab, ilm-fanning
rivojlanishiga va butun dunyo tan olishiga oʻz hissalarini qoʻshgan. Biz ana shunday buyuklar
avlodimiz. Tomirimizda jahon tan olgan olimlarning qoni oqmoqdadir.

Ma’lumki, uzoq oʻtmishga ega Oʻrta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi oʻz boshidan turli
voqealarni, yuksalish va ilm-fanning orqaga ketishini boshdan kechirdi. Ammo, IX-XII asrlarda
“Bayt ul-hikma” (“Donishmandlar uyi”) boʻlgan Ma’mun akademiyasiga asos solindi. Bu
maskanda ulugʻ allomalar, olimlar, ijod qildilar. Buyuk bobokalonimiz Imom al Buxoriy
ta’kidlaganidek, “dunyoda ilmdan boshqa najot yoq va boʻlmagʻay”. Statistikaga koʻra bugungi
kunda mustaqil oʻlkamizda 30 mingdan ziyod shaxs ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi,
ularning 27 mingdan ortigʻi oliy ma’lumotga ega. Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
byudjetining bir qismi ta’lim va ilm fanga sarflanadi. 2021-yilda innovatsion rivojlanish va
novatorlik gʻoyalarini qoʻllab quvvatlash, loyihalashtirish, qurish va qayta rekonstruksiya qilish
uchun qariyb 230 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi. 2022-yilga kelib esa bu koʻrsatkich
671 milliard soʻmdan ortigʻi, yoki davlat budjetining 0,39 foizini tashkil qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil
29-oktyabrdagi PF-6097-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish
borasidagi 19 ta muammo alohida belgilandi. Bu muammolarni hal etish yoʻlida talay choratadbirlar olib borilmoqda. Dunyo miqyosida keskin tus olayotgan shiddatli raqobatga faqatgina
zamonaviy ilm fan, yuqori texnologiyalar va innovatsion yutuqlar orqali munosib javob
berishimiz darkor. Butun dunyodagi har tomonlama rivojlangan davlatlar faqatgina

mahsulotning eksporti yoki importini koʻpaytiribgina qolmay, balki bilimga e’tibor yoʻlida ilmiy
yutuqlarga ega innovatsion iqtisodiyotga oʻtish vazifasini qoʻymoqda. Ana shu asnoda
mamlakatimizda uch yuzdan ortiq ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, tajriba
konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish korxonalari, kichik innovatsion markazlar va
boshqa ilmiy texnikaviy bazalar faoliyat olib bormoqda.

Ishonchim komilki, ushbu konferensiyadan soʻng sifatli ta’lim berish yoʻlida xalqaro
hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi. Bugungi
konferensiyamiz qizgʻin muhokama va munozaraga, oʻzaro fikr almashinuvga, unda yangi gʻoya
va tashabbuslarni qoʻlga kiritishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishiga ishonchim komil.
Muhtaram Prezidentimizning ilm-fan vakillari bilan uchrashuvida olimlarni qoʻllab quvvatlash
davlatning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlagan edilar. Davlatimizda 2016-yilda
qabul qilingan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va
ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi farmonida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm fanning
oʻrnini yanada mustahkamlash, bu borada akademiklar faoliyatini takomillashtirish va
ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi farmonida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning
oʻrnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qoʻllab quvvatlash,
yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni ragʻbatlantirish maqsadida bir qator
muhim chora-tadbirlar belgilangan edi.

Shu oʻrinda janobi oliylari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Harakatlar strategiyasidan
taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy
asoslarini yaratib berishga qaratilgan. Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan
taraqqiyot strategiyasi ham davlatimizni har tomonlama yuksaltirish uchun xizmat qilmoqda.
Institutimizda tashkil etilgan yetuk olimlar, ilmiy izlanuvchilarni oʻzida birlashtirgan “Sharq
filologiyasining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya xalqimizning eng ilgʻor
qismini kamol toptirish yoʻlida xizmat qilayotir. Quvonarlisi, ushbu konferensiyada nafaqat
turdosh oliy oʻquv yurtlari, balki qator mamlakatlar vakillari ham oʻz ilmiy ishlari bilan ishtirok
etishmoqda. Bu esa anjumanda qatnashayotgan yosh tadqiqotchilarga tajriba almashinishi uchun
chinakamiga mahorat maktabi boʻladi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Kurrayi zaminimizda sodir boʻlayotgan notinchlik davrida mana shu ilm-fan, ziyo
maqsadida Osiyo qit’asining millatlarini mana shu yerda toʻplanishidan beixtiyor xursandman.
Bunday mas’uliyati vazifani oʻz boʻyniga olgan, millat taqdiriga befarq boʻlmagan, diyorimizni
dunyoga tanitmoqni maqsad qilgan boʻlajak olim va olimalarimizga ilm sari tashlagan yana bir
qadamingiz qutlugʻ boʻlsin deymiz!

Nozimjon Mamataxunov
Oriental universiteti rektori

I
TURKOLOGIYA MASALALARI: TURKIY
TILLARNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA YOZMA

MANBALAR
* * *

ISSUES OF TURKOLOGY: HISTORICAL
DEVELOPMENT OF TURKIC LANGUAGES AND

WRITTEN SOURCES

G Nüshası

ТАРИХИЙ МАНБАЛАРДАГИ ЖИСМОНИЙ СИҲАТЛИК
БИЛАН БОҒЛИҚ БИРЛИКЛАР ХУСУСИДА (“ДЕВОНУ

ЛУҒАТИ-Т-ТУРК” МИСОЛИДА)

1Робия Маҳкамова, 2Маҳмуджон Юлдашев
1Ориентал университети талабаси,

2Тошкент иқтисодиёт ва педагогика университети талабаси

Аннотация. Туркийшунос олим Маҳмуд Қошғарийнинг “Девону луғати-т-турк” –
“Турк сўзлари девони” асари тилшунослик соҳаси учун муҳим ва беқиёс ёзма ёдгорликдир.
Асарда XI аср туркий тилининг ўзига хос фонетик, лексик ва грамматик хусусиятлари
ҳақида салмоқли маълумотлар қайд этилган. Шунингдек, асарда туркий тилдаги
тиббиёт билан боғлиқ кўплаб учрайди. Уларнинг айримлари шаклий жиҳатдан турли
даражада ўзгаришга учраган, айримлари эса XI асрдаги лексик кўринишини йўқотмаган.
Биз мақолада шундай сўзларнинг XI аср кўриниши ва ҳозирги ўзгаришлари ёки
аксинчалигини ёритишга ҳаракат қилдик.

Калит сўзлар. тан сиҳатлиги, “Девону луғати-т-турк”, тиббий лексемалар, халқ
табобати, туркий тил тарихи

Abstract. The work “Dīwān Lughāt al-Turk” (“Compendium of the Turkic Languages”)
by the Turkologist Mahmud al-Kashgari is an important and invaluable written monument for
the field of linguistics. The work contains significant information about the phonetic, lexical, and
grammatical features of the 11th-century Turkic language. In addition, it includes numerous
lexical units related to medicine in the Turkic language. Some of these have undergone various
degrees of formal changes, while others have preserved their 11th-century lexical form. In this
article, we have attempted to highlight the 11th-century forms of such words and their modern
transformations or vice versa.

Keywords. physical health, “Dīwān Lughāt al-Turk”, medical lexemes, folk medicine,
history of the Turkic language

Маҳмуд Кошғарийнинг “Девони луғатит-турк” асарида туркий тилнинг мавқеи
тўғрисида шундай дейилади: “Ишончли бир бухоролик олимдан ва нишопурлик бошқа
бир ишончли олимдан шундай эшитган эдим, улар бу сўзни пайғамбарга нисбат бериб
айтган эдилар: пайғамбар қиёматнинг белгилари, охирзамон фитналари ва ўғуз
туркларининг хуружи ҳақида гапирганда, шундай деган эди: “турк тилини ўрганинг,
чунки уларнинг ҳукмронлиги узоқ давом этади”32. Туркий тилнинг Шарқдаги тиллар
орасида қадимдан мавқеини белгиловчи бу далил, албатта эътиборга лойиқ. Эътиборга
лойиқ томони шундаки, шарқдаги бошқа тилларга нисбатан туркий қавмларга ва уларнинг
тилларига алоҳида диққат қаратилган. Бунинг боиси, туркий тилнинг кенг ҳудудга
тарқалгани эди. Шунинг учун ҳам бундай эътиборли тилда бадиий асарлар, йилномалар
яратилмаслиги мумкин эмас. Қадимги туркий тилнинг ҳолати, тараққиёти тўғрисида асл
манбалар кенг ишончли ва тўлақонли маълумотларни беради.

32 М.Кошгарий ”Диван луготит турк” Ташкент: ССР,ФАА.1960, 43-44-б

Ота-боболаримиз от чоптирган қадим турк диёрида аждодларимиз ҳар соҳада етук ва

билимли бўлишган. Туркийлар халқ табобати борасида ҳам етук бўлишган. Жумладан, ҳар

қандай касалликни, хоҳ у инсон танасида бўлсин хоҳ ҳайвон, табиат туҳфа этган беминнат

тўрт унсурдан фойдаланган ҳолда унинг даъвосини кўришга интилган. Руҳ ва жисм билан

боғлив турли касалликлар ва бу касалликка мададкор дори-дармонлари ўзиига ҳос

“номлаган”. “Девону луғати-т-турк”даги “соғлиқ” концептосферасининг асосий

хусусиятларини асардаги маълумотлардан келиб чиққан ҳолда қуйидагича изоҳлаш

мумкин: жисмоний ва руҳий соғлиқ билан боғлиқ ҳолатлар (касалликнинг тури,

белгилари, инсон ва ҳайвонга алоқадор умумий касалликлар); мистик ва эмпирик

табобатга доир тушунчалар (эски туркий қам/шаман мистик табобати ва XI аср халқ

табобатига хос тушунчалар); даво муолажалари, дори-дармонлар, тиббий асбоб-

ускуналарга доир тушунчалар (“соғлом/касал одам” тушунчаси, дори-тармон, қам, шаман

ва табибларнинг даво усуллари ва воситалари, гигиена (тоза-озодаликка).

ot (ўт) – дори, даво; ot ičtim – дори ичдим; “табиб” маъносидаги otačï сўзи шу

сўздан ясалган [1, б. 28]. Ўзбек тилининг изоҳли луғати (ЎТИЛ)да ўтнинг 3 ўринда

шаклдошлиги берилиб, бу шаклдошларгинг ҳам ўз ички маънолари берилади. ўт – I 1.

Ёниш жараёни; олов, оташ; 2. Аланга, ёлқин; 3. Оловнинг алангаси сўнган (тўхтаган)

ҳолати; чўғ; 4. кўчма Қуёшнинг ўт яллиғи каби қаттиқ қиздирадиган, куйдирадиган

ҳолати; тафт; 5. кўчма Киши руҳиятидаги, қалбидаги аланга, олов каби «ёнувчи»

(«ёндирувчи»), «куйдирадиган» ҳолат; «олов»; 6. кўчма Киши қалби (руҳи)даги жўшқин

ҳолат; жўшқинлик, ҳарорат;

7. кўчма Қалбида шундай ўти бор; ўтли; 8. Отиш қуролларидан ялпи, тўхтовсиз узилган

ўқлар; 9. махс. Электр заряди.

ўт II Пояси ёғочланмайдиган, чорва моллари учун асосий озуқа бўладиган яшил

ўсимлик; алаф. Ёввойи ўгшар. Доривор ўтлар. Чорвабоп ўтлар. Сув ўтлари. Барра

ўтларга хўп тўй, Ҳеч ким бермайди халал (И. Муслим).

ўт III Жигардан ажралиб чиқувчи сарғиш-яшил рангли аччиқ суюқлик. Кимгадир

ёввойи эчкининг терисими, айиқнинг ўтими керак экан (Н. Қобил, Буғдой пишиғига

етмаганлар).

ўт пуфаги Жигарнинг пастки юзасидаги махсус чуқурчада жойлашган, ҳажми 50-

60 см3, шакли нокка ўхшаш пуфакча (унда ортиқча ўт сақланади). ўти ёрилмоқ айн.

ўтакаси ёрилмоқ [V, б. 175].

egit (эгит) – ярадан, шунингдек, кўз тегишидан сақлаш учун болаларнинг юзига

суртиладиган бир дори. Бу дори заъфаронга бир қанча нарсалар қўшиб тайёрланади. 34

egir (эгир) – ийир, қорин оғриғини даволаш учун қўлланадиган ўсимлик. Бу сўз

ушбу мақолда келган: Egir bolsa, er –ölmäs. Маъноси: “Ийир бўлса, киши ўлмайди”

(Кишининг ёнида ана шу дори бўлса ўлимдан сақланади). Чунки қорин оғриғига дучор

бўлган одам уни еса, тузалади. Бу мақол ҳар ишга олдиндан ҳозирланиш керак, деган

маънода қўлланади [1 б 36].

uδuz (удуз) – қўтир. Мақолда (шундай келган): Tilkü öz inikä ürsä, uδuz bolur.

Маъноси: “Тулки ўз инига қараб улиса (ирилласа, ҳурса), қўтир бўлади”. Бу мақол ўз

элини, ўруғини ва мамлакатини ёмонловчиларга қарата айтилади[1 б 46].

ïsrïq (исриқ) – исириқ; болаларнинг бошига тошадиган яраларни ёки кўз

тегишидан даволаганда айтиладиган сўз; (исириқни) тутатилади ва боланинг юзига тутини

ïsrïq-ïsrïq (“эй жин, эс-ҳушингни йўқот”) деб тутилади [1 б 53].

iprük (ипрук) – қатиқ билан сутнинг аралаштирилгании; бу қуртоба ичишдан ичи
қотган кишига сурги учун бериладиган доридир [1 б 53].

atğaq (атғақ) – қоринда сариқ сув йиғилиш касаллиги; қуланж. Сариқ рангдаги бир
турли ўсимликка ҳам atğaq дейилади. Қайғудан ранги сарғайганларга ҳам atğaq дейилади
[1 б 60].

örüŋ (ўрунг) – ёш болаларнинг тирноқлари юзида бўладиган оқ нуқта. Уни tïrïŋaq
örüŋi – тирноқ оқи дейилади [1 б 67].

bars (барс) – чивин, пашша чақишида ёки эшакеми бошланишида терида пайдо
бўлгпн пайса, шиш; anïŋ eti bars boldï – унинг эти пайса бўлди, шишди [1, б. 141].

Мазкур мақолада “Девону луғати-т-турк” асари мисолида тан сиҳатлиги билан
боғлиқ лексемаларнинг лингвистик хусусиятлари таҳлил қилинди. Тадқиқот натижаларига
кўра, XI аср туркий тилида соғлиқ, касаллик ва даво воситаларига оид сўзлар бой ва
тизимли лексик қатламни ташкил этган. Асарда учрайдиган “ot”, “egir”, “ïsrïq”, “ipruk”,
“atğaq”, “bars” каби бирликлар қадимги туркий халқларнинг халқ табобати, табиат
унсурларига таянилган даволаш усуллари ва эмпирик билимларини акс эттиради. Бу
лексемалар орқали жисмоний ва руҳий соғлиқ яхлит тушунча сифатида қаралгани,
касалликларни даволашда табиий воситалар муҳим ўрин тутгани аниқланади. Шунингдек,
баъзи сўзларнинг ҳозирги ўзбек тилида сақланиб қолгани, айримларининг эса маъно ва
шакл жиҳатдан ўзгаргани тилнинг тарихий тараққиёт жараёнини кўрсатади. Бу ҳолат
туркий тилнинг узлуксиз ривожланиб келаётганини тасдиқлайди. Умуман олганда,
“Девону луғати-т-турк”даги тан сиҳатлигига оид лексемалар нафақат тилшунослик, балки
халқ табобати тарихи ва маданий меросни ўрганишда ҳам муҳим манба ҳисобланади.

Фойдаланилган адабиётлар:
1. Маҳмуд Қошғарий, Девону луғати-т-турк. Нашрга тайрловчи Қ.Содиқов.:Т-Ғ.Ғ., 2017
2. Ўзбек тилининг изоҳли луғати.: Т – ЎзМЭ.
3. Ўзбек тили грамматикаси, I том, 592-593-бетлар.
4. Муҳиддинова Ҳ. Тақлидий сўзлар ва ундовдан ясалган феъллар / Ўзбек тили ва

адабиёти.-1978.-№3.-Б.52-54.
5. Нурмонов А., Шаҳобиддинова Ш., Искандарова Ш., Набиева Д. Ўзбек тилининг

назарий грамматикаси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2001. -164 б.
6. Солихўжаева С. Эмоционал гапларда ундовларнинг роли / Ўзбек тили ва адабиёти.-

1972.-№3.-59-61.

- Balogʻat ilmi doirasida sinonimlar stilistik vosita sifatida keng qoʻllaniladi va ularning
toʻgʻri tanlanishi matnning badiiy qiymatini belgilaydi;

- Tarjima va oʻqitish jarayonida sinonimlarning nozik farqlarini tushuntirish amaliy
ahamiyatga ega;

- Zamonaviy lingvistik metodlar arab sinonimiyasini yangi nuqtai nazardan oʻrganish
imkonini beradi.

Tilning bu xususiyati uning falsafiy va badiiy qudratini aks ettiradi. Kelgusi tadqiqotlarda
arab sinonimiyasini kognitiv lingvistika, psixolingvistika va kompyuter lingvistikasi nuqtai
nazaridan oʻrganish istiqbolli yoʻnalish hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ibn Faris, A. Fiqh al-lugʻa va sirr al-arabiyya. Ahmad Ibn Faris; nashr etgan: Mahmud
Muhammad Shokir. – Qohira: Dor al-Maorif, 1995. – 215 b.
2. Al-Jurjani, A. Daloil al-i'joz. Abdulqohir al-Jurjani; nashr etgan: Muhammad Abdudaym. –
Qohira: Maktabat al-Konji, 2003. – 450 b.
3. Lyons, J. Semantics. / John Lyons. – Cambridge: Cambridge University Press, 1977. – Vol. 1.
– 320 p.
4. Al-Askari, A. Al-Sina'atayn. / Abu Hilol al-Askari; nashr etgan: Ali Muhammad Bijaviy. –
Qohira: Dor al-Kutub al-Misriyya, 1992. – 380 b.
5. Cruse, D. A. Lexical Semantics./ D. A. Cruse. – Cambridge: Cambridge University Press,
1986. – 256 p.
6. Nurmonov, J. Arab tilshunosligi asoslari [Oʻquv qoʻllanma] / J. Nurmonov. – Toshkent:
Oʻzbekiston, 2018. – 180 b.

Mundarija / Contents

1 Abduhamidova Gulnoza, OʻZBEK TILI TERMINOLOGIYASIDA OʻZLASHMA SOʻZLARNING OʻRNI VA

ULARNING SEMANTIK OʻZGARISHI XUSUSIDA 6

2 Abduqaxxorov Abdulqodir Abdurazzoq oʻgʻli, IBROHIM AL-AZRAQNING “‫ ”تسهيل المنافع‬ASARI — ISLOM

TABOBATI VA FILOLOGIK MANBASHUNOSLIK OB’EKTI SIFATIDA 9

3 Abduqodirova Zarnigor Toʻraqul qizi, XORAZM TURKCHASI XUSUSIYATLARI VA UNING “MUIN UL-

MURID” ASARIDA AKS ETISHI 12

4 Aziza Suvonova, M.S.Sa’dullayeva, XORAZM OʻGUZ SHEVALARIDA POLISEMIYANING VUJUDGA

KELISHI 15

5 Боймуродова Ирода Аброровна, М. Дустмуродов, ЎЗБЕК ТИЛШУНОСЛИГИГА ОИД АСАРЛАРДА

МОРФЕМИКА ВА СЎЗ ЯСАЛИШИ МАСАЛАЛАРИ 19

6 Farhad Rahimi, NEZRALI’NIN ÇAĞATAY TÜRKÇESI SÖZLÜĞÜNÜN YANLIŞLARI ÜZERINE 22

7 Farhad Rahimi, AYNA VE GÖZGÜ KELİMESİNİN ETİMOLOJİSİ 46

8 Kabirova Robiya, Abdurahimova Robiyaxon, Baxodirxonova Soliha, Rixsibekova Mubina, Gʻanijonova

Muattar, OʻZBEK TILI MORFEMIKASIDA SODDALANISH HODISASI: TARIXIY TARAQQIYOT VA

ZAMONAVIY TALQIN 51

9 Робия Маҳкамова, Маҳмуджон Юлдашев, ТАРИХИЙ МАНБАЛАРДАГИ ЖИСМОНИЙ СИҲАТЛИК

БИЛАН БОҒЛИҚ БИРЛИКЛАР ХУСУСИДА (“Девону луғати-т-турк” мисолида) 55

10 Робия Маҳкамова, Маҳмуджон Юлдашев, ТАРИХИЙ МАНБАЛАРДАГИ ЖИСМОНИЙ СИҲАТЛИК

БИЛАН БОҒЛИҚ БИРЛИКЛАР ХУСУСИДА (“ДЕВОНУ ЛУҒАТИ-Т-ТУРК” МИСОЛИДА) 58

11 Nazokat, OʻZBEK TILIDAGI BA’ZI OʻZLASHMA QOʻSHIMCHALAR XUSUSIDA 61

12 Сaиджaлoлoв Рaҳмaтуллoҳ, ҚУРЪОН МАТНИДА СЎЗ МАЗМУНИНИ ЎРГАНИШНИНГ ФИЛОЛОГИК

ЖИҲАТЛАРИ 66

13 Saidxasanova Hanifa, Ikromjonov A., IS’HOQXON IBRATNING LUGʻATSHUNOSLIK FAOLIYATI HAQIDA 71

14 Sharipova Ominaxon Ismogʻil qizi, Egamova Shoxida Djalilovna, OʻZBEK XALQ MAQOLLARIDA ARABCHA

LEKSIKANING QOʻLLANISHI VA SEMANTIK IMKONIYATLARI 73

15 Tulyaganova Dinara Iskandarovna, HURMAT KATEGORIYASINING PRAGMALINGVISTIK
XUSUSIYATLARI 79

16 Tulyganova Gulnoza Fayzulloh qizi, ARAB TILIDA BUYRUQ GAPLAR ِ‫ُجمْلَةُ الأمْر‬ 83

17 Vaxidov Avazbek Ashiralievich, TURKIY TILLARNING TARIXIY TARAQQIYOTIDA TASAVVUFIY ADABIY

YOZMA MANBALAR VA TASAVVUF TERMINLARINING OʻRNI 85

18 Iroda Abduxalikova, BOSHLANGʻICH SINFLARDA LUGʻAT USTIDA ISHLASH ORQALI
OʻQUVCHILARNING OʻQISH FAOLLIGINI TAKOMILLASHTIRISH [1] 91

19 Ahmadjonova Marhabo, Athamjonova Ziyoda, Orifjonova Maryam, Qobilova Muhayyo, GUL KOMPONENTLI

ANTROPONIMLARNING LISONIY VA NOLISONIY XUSUSIYATLARI 97

20 Almuratova Gulbaxor Mansur qizi, MAHMUDXOʻJA BEHBUDIYNING PUBLITSISTIK MEROSIDA MILLIY

TARBIYA GʻOYALARINING YORITILISHI 103

21 Anvarjonova Sadiya Alisher qizi, MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI 106

22 Davlatmurodova Farangiz SHavkat qizi, QADRIYATLAR - MILLATNING BITMAS-TUGANMAS BOYLIGI 111

23 Кадырова Дильдора, АНТРОПОНИМЫ КАК ЗЕРКАЛО НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ 114

24 Komilova Robiya Ravshanovna, Abdujabborova Yulduz Qahramon qizi, Egamova Shoxida Djalilovna,

ALISHER NAVOIY MEROSIDA SOʻZ MAS’ULIYATI VA NUTQ ODOBI 116

25 Leyla Hasanova, ROMANTIC TRADITIONS IN SOCIALIST REALISM IN THE CONTEXT OF THEME, IDEA

AND HERO 121

26 Маллаева Мамура Абдурахмановна, ФЕНОМЕН «МАЛЕНЬКОГО ЧЕЛОВЕКА» В МИРОВОМ

ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИИ: ЭТАПЫ ФОРМИРОВАНИЯ И РАЗВИТИЯ 127

27 Masma Yusifzada, ISSUES OF FORMING CHILDREN’S THINKING IN THE WORKS OF QASHEM ISABEYLI 130

28 Zümrüd İbrahim qızı Mənsimova, “KITABI-DƏDƏ QORQUD” DASTANINDA BAYANDUR XAN VƏ QAZAN

XAN OBRAZLARI KOSMIK NIZAMIN QORUYUCUSU KIMI” 134

29 Mohira Sa’dullayeva, SHEVA LEKSIKASIDA “MADANIYAT” TUSHUNCHASINING IFODALANISHI 141

30 Рахимходжаева Наргиза Гуламовна, Обидова Мафтуна Собир қизи, ШАРҚ АЛЛОМАЛАРИ

АСАРЛАРИДА УСТОЗ-ШОГИРД АНЪАНАЛАРИ ТАЛҚИНИ 144

31 Roʻzmatova Gulasal Baxtiyorjon qizi, Egamova Shoxida Djalilovna, BOLALAR SHE’RIYATIDA MA’RIFIY

GʻOYALARNING BADIIY IFODASI (ANVAR OBIDJON SHE’RIYATI ASOSIDA) 149

32 Shomurodova Osiyo, L.Gʻaniyeva, MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA ANTROPONIMLARNING

QOʻLLANILISHI 153

33 Toxirxonova Musavvira Toxirxon qizi, Egamova Shoxida Djalilovna, OʻZ BOGʻIGA SIGʻMAGAN GUL

(MUHAMMAD YUSUF QIZGʻALDOGʻI) ANNOTATSIYA 157

34 Xodjayeva Fatima Timur qizi, Abbosxoʻjayeva Muazzam A’zam qizi, Husniddinova Mubina Fazliddin qizi,
Selma Ozan, MAQOLLARDA MILLIY OʻZLIK MUJASSAM: OʻZBEK VA TURK MAQOLLARI QIYOSIDA 162

35 Yusupova Dilnoza, Umida Faxriddinovna, ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” ASARINI BADIIY VA

TASAVVUFIY XUSUSIYATLARI 167

36 Abdumavlonova Sitora Baxrom qizi, Talipov Nodir Batirovich, ARAB TILIDAN OʻZBEK TILIGA TARJIMADA

LINGVISTIK MUAMMOLAR: ILMIY TADQIQOT 172

37 Asqarova Zulayxo Yangiboyevna, OGAHIYNING “RIYOZU-D-DAVLA” ASARIDAGI BADIIY NASR

POETIKASI: RITMIK TUZILMALAR VA LAFZIY-MA’NAVIY SAN’ATLAR UYGʻUNLIGI 176

38 Ismatillayeva Munisa, L.Gʻaniyeva, OʻZBEK TILINING SOʻZ YASALISH USULLARI XUSUSIDA 181

39 Nizomiddinova Shirin Ziyomiddin qizi, Egamova Shoxida Djalilovna, BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA

“QOBUSNOMA” OʻGITLARINING OʻRNI VA AHAMIYATI 185

40 Togaymurodova Sevara Sirojiddin qizi, TILSHUNOSLIKDA MUQOBILSIZ LEKSIKA TUSHUNCHASI VA

UNING LINGVISTIK MOHIYATI 189

41 Yakubova Nilufar Egamberganovna¸ ARABIY OʻZLASHMALARNING OʻZBEK TILI TIZIMIDAGI OʻRNI 192

42 Abdullayeva Malika Baxtiyorovna, XITOY TILIDA REKLAMA MATNLARINING TARJIMA

XUSUSIYATLARI 197

43 Abduvaxobova Muslima Ulugʻbek qizi, ARAB TILIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI OʻZBEK

TILIGA TARJIMA QILISH USULLARI 200

44 Azimov A’zamxon Usmonjon oʻgʻli, Shahlo Karimova, ARAB VA OʻZBEK TILLARIDA BADIIY

METAFORALARNING KONSEPTUAL MAYDONI 205

45 Nigora Halbekova Ummatkulovna, INGLIZCHA SIYOSIY FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LEKSIK-

SEMANTIK GURUHLARI 210

46 Jаkbаrоvа Sevаrаxоn Mаmurjаnоvnа, Malikova Zuhra Shavkat qizi, MEVA KONSEPTINING INGLIZ VA

OʻZBEK TILLARIDA KOGNITIV VA LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI 215

47 Karimova Shaxnoza Shuxrat qizi, AHMET UMITNING DETEKTIV ROMANLARIDA INSON RUHIYATINING

BADIIY TALQINI 219

48 Gulnoza Mamirova, LINGUISTIC FEATURES OF HUMOR IN POLITICAL DISCOURSE 225

49 Mavlanova Mahfuza Mahammadjanovna, Talipov Nodir Batirovich, OʻZBEK TALABALARIDA ARAB TILINI

OʻRGANISH JARAYONIDA KOʻP TILLIK (MULTILINGVIZM)NING IJOBIY VA SALBIY TA’SIRI 228

50 Maxkamov Baxtiyor, ARAB TILIDA FLEKSIYA (E’ROB)NING LINGVOPOETIK FUNKSIYALARI 232

51 Мустафоева Х.Х., ТРАГИЧЕСКОЕ ОСОЗНАНИЕ И КРИЗИС ЛИЧНОСТИ В СОВРЕМЕННОЙ ПРОЗЕ 236

52 Sheralieva Dildora Abduvakhob kizi, A CONTRASTIVE ANALYSIS OF CHARACTER PSYCHOLOGY IN THE

SHORT STORIES OF SOMERSET MAUGHAM AND ABDULLA KAHHOR 240

53 Toshpoʻlatova Nargizaxon Mamarizayevna, SHARQ FILOLOGIYASI SOHASINI RIVOJLANISHIDA

TARJIMANING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 244

54 Xasanova Dilsora Baxtiyor qizi, Rahmatova Gavhar Omonovna, ARAB TILIDAGI NEOLOGIZMLARDA

TARJIMA MUAMMOLARI 248

55 Xusniddinova Omina Farruh qizi, Abdullayeva Shaxnoza¸ ARAB TILIDAGI ONLAYN SAVDOGA OID

TERMINLAR 252

56 Яхшимурадова Г. А., КОНФЛИКТ КАК КАТЕГОРИЯ ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ 256

57 Юсупова Шохсанам Мирзали кизи, ПЕРЕДАЧА ТАБУИРОВАННОЙ ЛЕКСИКИ РУССКОГО И

УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ В ПЕРЕВОДЕ: ЛИНГВОКОГНИТИВНЫЕ И КУЛЬТУРНО-АДАПТАЦИОННЫЕ

ПРОБЛЕМЫ 258

58 Akram Mahmudov, “LAYSA” FE’LINING AMALINI BAJARADIGAN HARFLAR VA ULARNING

SHARTLARI BAYONI 263

59 Bahodirova Maxsuma, Abduqahhorova Mahfuza, Mirxosilova Omina, Shamsiddinova Gulnoza, TARIXIY

ASARLARDA QOʻLLANILGAN OTLARNING OʻRGANILISHIGA DOIR 267

60 Egamova Shoxida Djalilovna, ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA POLISEMANTIK

SOʻZLAR IFODASI 271

61 Ulduz Farhad Kahramanova, METERS DETERMİNED ON THE BASİS OF CAESURAL SYMMETRY 277

62 Mahfuza Mavlanova Mahammadjonovna, ALISHER NAVOIY GʻAZALLARIDA RANG LEKSIKASI: KORPUS

TAHLILI 283

63 Mirzayev Bahodir, MUSTAGʻFIRIY HADIS QABUL QILIB OLISH VA YETKAZISHDA QOʻLLAGAN

SOʻZLAR TAHLILI 288

64 Рузметова Хилола Абдушариповна, Моминова Мадина Шукурулла кизи, ТРАНСФОРМАЦИЯ

СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ ОТ ТРАДИЦИЙ К ИННОВАЦИЯМ 293

65 Абдуллаева Азиза Анвар қизи, ИНТЕРНЕТНИНГ ЁШЛАР ҲАЁТИГА ТАЪСИРИ 299

66 Абдурахимова Мадина, Рахматова Гавхар, СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РЕЧИ

МОЛОДЁЖИ 302

67 Kuranbayeva Xusnora Abdullayevna, Avulgʻoziyeva Nargiza Zokirjanovna, INNOVATSION KASBIY

KOMPETENSIYALARNI DIAGNOSTIKA QILISH MEZONLARI 304

68 Axmedova Dilfuza Rafukjanovna, Azimbayeva Nargiza Toʻxtamuradovna, ОСОБЕННОСТИ

УПОТРЕБЛЕНИЯ И СТИЛИСТИЧЕСКИЕ ФУНКЦИИ ИМЁН СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫХ И

ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ ПЕРСИДСКОГО ЯЗЫКА В ПУБЛИЦИСТИЧЕСКОМ ДИСКУРСЕ 310

69 Dauletmuratova Xurziya Elubaevna, LINGUOPROSE AS A METHOD FOR THE ANALYSIS OF LITERARY

TEXT 320

70 Hasanboyeva Mohidil, Boborajabov Muhammadiqbol, ARAB VA OʻZBEK TILLARIDA SIFAT

DARAJALARINING KONTEKSTUAL IFODALANISHI 325

71 Илҳомжонова Сафия, М.Дустмуродов, ИЖТИМОИЙ СОХА ХОДИМЛАРИНИНГ ФАОЛИЯТИДА НУТҚ

МАДАНИЯТИНИНГ ЎРНИ 329

72 Kugunbayeva Sevinch Muzaffar qizi, ORIENTAL PHILOLOGY AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE: NEW

PERSPECTIVES IN LANGUAGE RESEARCH 332

73 Kuranbayeva Xusnora Abdullayevna, Choriyeva Oʻrozgul Shaydulla qizi, YUQORI SINF

OʻQUVCHILARINING YOSH VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI HAMDA KASBIY SHAKLLANISH

JARAYONI 337

74 Mavlanova Mahfuza Mahamadjanovna¸ Gʻaniyeva Lobar Sa’dulla qizi, BAYT UL-HIKMA ILMIY MEROSI

VA UNING QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK RIVOJIGA TA’SIRI 345

75 Murotova Mubinabonu Bahodir qizi, TALABALAR NUTQIDAGI SOTSIOLEKTLARNING ASSOTSIO-

SEMANTIK XUSUSIYATLARI 349

76 Fayzullo Musayev, SHARQ FILOLOGIYASI VA SUN’IY INTELLEKT: TIL VA ADABIY MEROSNI

OʻRGANISHDA YANGI TEXNOLOGIYALAR 351

77 Olimjanova Feruza Sanjar qizi, OʻZBEK TILIDAGI MATNLARNI AVTOMATIK TAHLIL QILISH

MUAMMOLARI 354

78 Qayumova Ozoda Botir qizi, ONA TILI DARSLARIDA OʻQUV LUGʻATLARIDAN FOYDALANISHNING

AHAMIYATI 358

79 Qosimova Muborak Shuhrat qizi, ZAMONAVIY OʻZBEK TILIDA YANGI SOʻZLARNING PAYDO BOʻLISHI 363

80 Qosimova Muborak Shuhrat qizi, Talipov Nodir Batirovich, SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA ARAB TILINI

OʻRGANISH: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA METODIK YONDASHUVLAR 368

81 Roʻzmatova Gulasal Baxtiyorjon qizi, Egamova Shoxida Djalilovna, ONA TILI DARSLARIDA YOZMA

SAVODXONLIKNI OSHIRISH USULLARI 372

82 Ustinova Samira, Sayfullayeva E’zoza, IJTIMOIY TARMOQDAGI YOZISHMALARNING TILIMIZ

TARAQQIYOTIGA SALBIY TA’SIRI 377

83 Yoʻldosheva Madinabonu Olloyor qizi, MIGRANTLAR HUQUQLARINING XALQARO VA MILLIY

HUQUQIY KAFOLATLARI: REAL HIMOYA YOKI QOGʻOZDAGI QONUN 380

84 Kuranbayeva Xusnora Abdullayevna, Zakirova Xilola Toʻlqinjonovna, YUQORI SINF OʻQUVCHILARIDA

INNOVATSION KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI 392

85 Shamsiyeva Gulshoda Asliddin qizi, PHILOLOGICAL ANALYSIS OF TRANSLATION SYSTEMS BASED ON

PARALLEL CORPORA 397

86 Ma’mura Sidikova, Oʻrinqulova Shukrona Musulmon qizi, ARAB TILIDA SINONIM IBORALARNING

LINGVISTIK TAHLILI 402

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ORIENTAL UNIVERSITETI

“SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI

“SHARQ FILOLOGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY
KONFERENSIYASI

MATERIALLAR TOʻPLAMI

2026-yil 15-16-may

COLLECTION OF MATERIALS

OF THE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”
May 15-16, 2026

Published: 13.05.2026. Font: «Times New Roman».

LLC «Science and innovation»
License Mass Media №:1597 27.04.2022
License Publisher №:038864 15.09.2022
Address: 100121, Tashkent, Yakkasaroy, st. Sh. Rustaveli 150,
Business center “Vega”, 6th floor, Office №:2
https://science-innovation.org, info@scientists.uz, +998933549654, +998993319654