ESKI LUG‘ATLARDAGI FONETIK IZOHLAR VA ALISHER NAVOIY
ASARLARIDA QO‘LLANGAN SO‘ZLARNI TO‘G‘RI O‘QISH
MASALASI
Qosimjon SODIQOV,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik
kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori
Annotatsiya. Alisher Navoiy yashagan chog‘lardan to o‘tgan yuz yillik
boshlariga qadar bo‘lgan oraliqda klassik o‘zbek tili («chig‘atoy tili») asarlari
bo‘yicha lug‘atlar yaratilgan. Lug‘atlarda klassik asarlarda ishlatilgan so‘zlarning
ma’nolari bilan bir qatorda, ularning fonetik xususiyati, yozilishi va talaffuzi,
polifonik harflarning ushbu o‘rindagi vazifasi, so‘zlarning fonetik variantlari
keng qamrovda yoritilgan. Lug‘atchilar tanlagan prinsiplar turk leksikografiyasi
va tilshunosligining tarixiy metod hamda an’analari, qolaversa, klassik o‘zbek
yozma adabiy tili matnlarida qo‘llangan so‘zlarni to‘g‘ri o‘qib, mazmunini to‘g‘ri
talqin etish imkonini beradi.
Ushbu maqola eski lug‘atlarda keltirilgan fonetik izohlar va ularning
talqiniga bag‘ishlangan.
Tayanch so‘zlar: leksikografiya, tarixiy leksikografiya, «chig‘atoy tili»,
so‘z, semantika, lug‘atlar, fonetika, fonetik izohlar, arabcha harflarning o‘qilishi,
harflarning fonetik vazifasi, tarixiy tilshunoslik.
Аннотация. Со времен Алишера Навои до начало прошлого столетия
созданы многочисленные словари по произведениям классического
узбекского («чагатайского») языка. В них наряду с пояснениях значений
слов классического языка, также широко масштабном форме розяснены их
фонетические особенности, орфоепия и правописания слов, фонетические
функсии букв и вариантов данных единис. Принципы в данных словарях
дают не толко изучениям исторических методов и традитсий тюркской
лекцикографии и языкознаний, но и дают возможност правилного чтения и
достоверного толкования значений слов в классических писменнолитературных текстах.
Данная статя посвящена фонетическим толкованиям в данных словарях
и их розяснениям.
Ключевые слова: лекцикография, историческая лекцикография,
«чагатайский язык», слово, семантика, словари, фонетика, фонетические
пояснения, чтение арабских букв, фонетические функсии букв,
историческое языкознание.
Annotation. From the time when Alisher Navoi lived to the beginning of the
last century, numerous dictionaries were created based on the works of the
classical Uzbek («Chagatai») language. In dictionaries, along with definitions of
words which were used in classical works, their phonetic features, writing and
spelling of them, functions of polyphonic letters in this position, phonetic options
of words were highly explained. The principles were chosen by lexicographers
provide an opportunity to study the historical methods and traditions of Turkic
lexicography and linguistic as well as for the correct reading and the reliable
interpretation of the meaning of the words used in the classical Uzbek written
literary texts.
This article is about phonetic explanations and their interpretations used in
old dictionaries.
Key words: lexicography, historical lexicography, «Chagatai language»,
word, semantics, dictionaries, phonetics, contrasting explanations, reading
Arabic letters, background functions of letters, historical linguistic knowledge.
O‘zbek tilshunosligi tarixida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy asarlarida
qo‘llangan so‘zlarni jamlab, izohli lug‘atlar tuzish, «chig‘atoy tili» bo‘yicha ilmiy
grammatik kitoblar yaratishga e’tibor kuchli edi. Bunday lug‘atlar va
grammatikalar forscha va turkiy tillarda bo‘lib, Navoiy yashagan chog‘lardan to
o‘tgan yuz yil boshlariga qadar bo‘lgan oraliqda yaratilgan. Ularda Mavlono
Lutfiy, Mir Haydar, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad
Bobur singari ijodkorlarning asarlaridan olingan so‘zlarning ma’nolari
ochiqlangan. Ushbu lug‘atlar ayni chog‘da o‘z davrining grammatik asarlari ham
sanaladi. Lug‘at egalari klassik manbalarda, birinchi galda, Navoiy asarlarida
ishlatilgan so‘zlarning ma’nolarini izohlar ekan, ularning talaffuzi, o‘ziga xos
fonetik xususiyatiga ham to‘xtalib o‘tganlar. Ayrim lug‘atlarda «chig‘atoy
tili»ning fonetika va morfologiya bo‘limlari yoritilib, so‘ngra lug‘at qismiga
ko‘chiladi.
Lug‘atlarda so‘zlar ma’nosi va uning tovush xususiyatini izohlashning
o‘ziga yarasha prinsiplari amal qilgan. Lug‘atchilar tanlagan prinsiplar turkiy
leksikografiya va tilshunosligining tarixiy metod hamda an’analari, qolaversa,
klassik o‘zbek yozma adabiy tili matnlarida qo‘llangan so‘zlarni to‘g‘ri o‘qib,
mazmunini to‘g‘ri talqin etish imkonini beradi.
Lug‘atlardagi fonetik izohlar Navoiy ishlatgan so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish
ochqichidir.
Lug‘atlarda klassik asarlarda ishlatilgan so‘zlarning ma’nolari bilan bir
qatorda, ularning fonetik xususiyati, yozilishi va talaffuzi, polifonik harflarning
ushbu o‘rindagi vazifasi, so‘zlarning fonetik variantlari keng qamrovda
yoritilgan. Bu narsa boshqa til egalari, qolaversa, qipchoqlarga yoki o‘g‘uz
turklariga, ayniqsa, usmonli turkchasida so‘zlovchilarga «chig‘atoycha»
matnlarni o‘qish va ularning ma’nosini talqin etishda qo‘l kelgan.
Lug‘at tuzuvchilar so‘zlarning o‘qilishi va anglamini izohlar ekan, ayni
shakl va ma’noda qay bir ijodkorning asarida, hatto qanday vaziyatda
qo‘llanganini aytib, o‘sha bayt yoki jumlani misol keltiradilar.
Klassik asarlarda ishlatilgan so‘zlar ma’nosi, ularning fonetik jihati,
harflarning o‘qilishi borasida lug‘atchilarning o‘ziga xos yondashuvlari, talqin
usullari bor.
Yozilishi bir xil, talaffuzi turlicha bo‘lgan so‘zlarning har biri mustaqil so‘z
maqola sifatida beriladi.
Masalan:
ot « – (اوت)ātaš» ma’nāsïnadur (DDT1.76);
ot « – (اوت)yerdä bitän ot» ma’nāsïnadur (DDT.76);
öt- – (اوت)imāla ilä; «amr edüp geč-» demäkdür (DDT.78).
Yozilishi va o‘qilishi bir xil, lekin bir necha ma’noni anglatgan so‘zlarning
misoli:
ötmäk – (اوتماک)kāf ’arabîdur; «getmäk» va «gečmäk» va daxï «etmäk»
demäkdür, «nān» ma’nāsïna (DDT.90).
Demak, ötmäk so‘zi öt- ning masdari bo‘lib, «ketmak», «kechmak»
ma’nolarini anglatadi. Shuningdek, eski turkiy bitiglardagi «non» ma’nosini
anglatgan etmäk so‘zi Navoiy asarlarida ötmäk shaklida ishlatilgan. «Qutadg‘u
bilig»da bu so‘z etmäk shaklidadir: tuz-etmäk – juft. «tuz-non» (QBS2,276).
Navoiy asarlaridagi ötmäk so‘zi öt- fe’lidan yasalgan emas, u qadimgi etmäk ning
fonetik jihatdan o‘zgargan (e>ö) variantidir: etmäk>ötmäk. Ko‘rinishi va aytilishi
bir xil bo‘lgani uchun «Abushqa»ning muallifi uni shu еrda eslab o‘tgan, xolos.
Bunday fonetik hodisa boshqa so‘zlarda ham bor: «Qutadg‘u bilig»da – ew
(QBS,100); hozirgi o‘zbek adabiy tilida – üy (adab.orf.: uy); uyg‘urchada va
Toshkent shevasida – öy.
Chog‘ishtiring, XVIII yuz yilda yashab ijod etgan yozuvchi, tarixchi va olim
Mirzo Mehdixon Asrtabodiyning (uning Mo‘nshiy, Mozandaroniy, Kavkab
1 DDT – Dictionnnaire Djaghatai-turc. V. de Viliaminof-Zernof. – SPb., 1869.
2 QBS – «Qutadg‘u bilig» so‘zligi. Tuzuvchi Q. Sodiqov. – Toshkent, 2020.
laqablari ham bor) Navoiy asarlari bo‘yicha tuzgan turkcha-foscha «Sanglox»
lug‘atida: ötmäk (اوتماک)hamda etmäk « – (اتماک)non» (Sang3.120a.11); ötmäkči
« – (اوتماکچی)nonvoy» (Sang.120a.13).
Lug‘atda «non» anglamidagi etmӓk va ötmӓk so‘zlarining izohlanishi
shunday:
etmӓk « – (اتماک)sukunli tā va fatḥa li mīm bilan» (besukūn-e tā va fatḥ-e
mīm) aytilgan;
ötmӓk (اوتماک)esa «ḍamma li alif bilan» (beḍamm-e alif) aytilgan
(Sang.85a).
Yoki yana «Abushqa»da:
ötük – (اتوک)kāf-e ’arabîla; «gečmiš» demäkdür va «ayaγa giyilän edük»
ma’nāsïnadur-ki, «Ḥayratu-l-abrār»da еdinji maqālada gelür, bayt:
Altun ïsïrγa-ki, qulaγ aγrïtur,
Zarčïl ötükdür-ki, ayaγ aγrïtur (DDT.90).
Bundan anglashiladiki, ötük so‘zi jarangsiz [k] bilan aytilgan; bu so‘z
«kechmish» degani, shuningdek, hozirgi o‘zbek tilidagi «etik» ham Navoiy
asarlarida ötük deb talaffuz qilingan.
Bolaligimdan yaxshi eslayman, ilgari o‘zbek og‘izlarida ham bu so‘z ötük
deyilardi.
Unlilar talaffuzini anglatuvchi atamalar. Tole Imoniy o‘zining «Badoeu-llug‘at»ida mamdūda atamasini «cho‘ziq» degan ma’noda qo‘llagan. Jumladan,
madda li alif ni alif-e mamdūda, ya’ni «cho‘ziq alif» deb ataydi u:
atlïγ – (آتلیغ)baalif-e mamdūda; nāmdār. – cho‘ziq alif bilan; «nomdor»
(BL4.6b,10).
asïγ – (آسیغ)baalif-e mamdūda va ‘ayn-e mo’jama; fāyda va asarrā gōyand. –
cho‘ziq alif va nuqtali ‘ayn bilan; «foyda» va «natija»ni aytadilar (BL.9a,12–
9b,1).
arïγ – (آریغ)baalif-e mamdūda va ‘ayn-e mo’jama; pāk va nahr-e ābrā
gōyand. – cho‘ziq alif va nuqtali ‘ayn bilan; «pok, toza» va «suv arig‘i»ni
aytadilar (BL.9b,6).
aldaγ – (آلداغ)baalif-e mamdūda; firīb. – cho‘ziq alif bilan; «firib, aldov»
(BL.14b,7).
Lug‘atchi qo‘llagan alif-e maftūḥa atamasi ochiq alif ni anglatadi. Buning
misollari shunday:
3 Sang. – Mirzo Mehdixonning «Sangloh» asari qo‘lyozmasi: Fransiya Milliy kutubxonasi: Suppl. Turc. 1000.
4 BL – Tole Hiraviy. Badoe’u-l-lug‘at. Vengriya Fanlar akademiyasi kutubxonasida saqlanayotgan Ms. Perzsa Qu
4 ko‘rsatkichli qo‘lyozma.
ata – (اتا)baalif-e maftūḥa; padaro. – fatḥa li, ya’ni ochiq alif bilan «ota»;
ana – (انا)shu harakat bilan, bir nuqtani tushirib qoldirib, «ona»ni aytadilar
(BL.9a,4).
aqa – (آقا)baalif-e mamdūda; barādar va xvāharča-e bozorgist. – cho‘ziq alif
bilan; «og‘a» va «egachi»dir (BL.9a,7).
Lug‘atda ishlatilgan bafatḥ-e alif atamasining ma’nosi fatḥa li alif dir:
ayaγ – (ایاغ)bafatḥ-e alif va ‘ayn-e mo’jama; pā va piyāla va sāγarrā gōyand.
– fatḥa li alif va ‘ayn-e mo’jama bilan; «oyoq» hamda «piyola» va «sog‘ar»ni
aytadilar (BL.10a,5).
Bu so‘zning «piyola» va «sog‘ar» ma’nosiga misol qilib keltirgan bayti
shunday:
Ey Navāyȋ, čūn köŋül berdim ačïlmas bādadïn,
İstӓsӓŋ ul otnï ravšan, dam-badam tutqïl ayaγ (BL.10a,8–9).
baḍam-u alif atamasi ḍamma li alif, ya’ni [u] tovushiga ishora qiladi:
učmaq – (اوچماق)baḍam-u alif va jīm-e fārsȋ. – ḍamma li alif va forscha jīm
bilan; haqiqatan, «behisht, jannat»ni aytadilar; majozan «sham’» va «chiroqning
o‘chishi»ni aytadilar; «uchmoq» ma’nosida ham kelgan (BL.21b,8).
alifu-l-maksūra atamasi «siniq alif», ya’ni [e] tovushini anglatadi. Masalan:
egri – (ایکری)baalifu-l-maksūra; kaj. – alifu-l-maksūra [siniq alif] bilan;
«egri» (BL.39b,10).
Lug‘atchi qo‘llagan išba’ atamasi «to‘yintirilgan», ya’ni cho‘ziq unlini
anglatadi. Misollarga e’tibor qiling:
ilig – (ایلیک)balkasr val-išba’; dastrā gōyand. – kasra li išba’ bilan; «qo‘l»ni
aytadilar (BL.40a,9).
uruš – (اوروش)baalḍamma va-l-išba’; jaŋ. – ḍamma li va cho‘ziq (unli
bilan); «jang» (BL.31a,2).
orun – (اورون)bališba’; ‘ibārat az jā va maqām-ast. – to‘yintirilgan, ya’ni
cho‘ziq (unli bilan); «joy» va «o‘rin, daraja» ma’nosidadir (BL.25a, 2–3).
«Abushqa» lug‘atining muallifi cho‘ziq unlilarga nisbatan imāla atamasini
ham ishlatgan. Masalan:
uy – (اوی)imāla ilä; «ṣïγïr» ma’nāsïna gelür (DDT.122).
öl – (اول)imāla ilä; muṭlaq yašdur «nam» ma’nāsïna va «daryā» ma’nāsïna
daxï gelür (DDT.113).
kāf harfining o‘qilishi. Turkiy matnlarda kāf harfi ham ikki xil vazifani
bajargan: u jarangsiz [k] va jarangli [g] tovushlarini anglatadi. Navoiy asarlari
bo‘yicha tuzilgan eski lug‘atlarda [k] uchun kāf-e ’arabî, ya’ni «arabcha kāf»;
jarangli [g] uchun esa kāf-ye ’ajamî, ya’ni «ajamcha kāf» atamalari ishlatilgan.
Turkiy xalqlar o‘tmishda qo‘llagan yozuvlar ichida faqat ko‘k turk
alifbosidagina jarangsiz [k] va jarangli [g] uchun ayri-ayri harflar bor edi. Qolgan
yozuvlarda (uyg‘ur, arab yozuvlarida) esa [g] va [k] tovushlari yozuvda farq
qilmaydi, ikkovi ham kāf harfi bilan berilgan. Shunga qaramay, kotiblar, lug‘at
tuzuvchilar tarafidan ularni farqlashga urinishlar bo‘lgan. Jumladan, ayrim
o‘rinlarda jarangsiz [g] ni farqlash uchun kāf ning ustiga uch nuqta ham qo‘yib
ketilgan.
«Devonu lug‘ati-t-turk» qo‘lyozmasida: اُڭاögä, ya’ni «dono» so‘zida
(MK5.5a). Yoki asarda γunna li ŋ tovushi ham ana shunday harf bilan berilgan: ْانڭ
aŋ – «yanoq»;ْ ْقزل ْانڭqïzïl aŋ – «qizilmag‘iz» (MK.16b); ْ انڭaŋ – qush nomi
(MK.16b); ْاُنڭöŋ – «o‘ng, old» (MK.16b); ْاُنڭöŋ – «rang» (MK.16b); ْاُنڭْایشoŋ iš
– «o‘ng ish» (MK.16b); ْ اُنڭoŋ – «o‘ng» («so‘l» ning teskarisi) (MK.16b).
Bundan tashqari, Mahmud Koshg‘ariy [g] va [k] larning talaffuzini aks
ettirish maqsadida turli grammatik atamalar(terminlar)dan ham foydalangan.
U turkiy so‘zlardagi jarangli [g] tovushini kāfun rakīkatun atamasi bilan
izohlagan. Arabcha rakīka aslida «ingichka» degani, lekin u kāf ga nisbatan
qo‘llanganda «jarangli» ma’nosini bildiradi. Lug‘atda berilishiga misol: ْ كُوکküg
– jarangli kāf (ya’ni, [g] bilan) (bikāfin rakīkatin), «she’r o‘lchovi, vazni»;
masalan: bu yïr ne küg üzä-ol – «bu she’r qanday vaznda?» (MK.250b).
Jarangsiz [k] ga kelsak, uni avvalgisi bilan qorishtirib yubormaslik uchun,
kāfun ṣulbatun atamasi bilan berilgan; ṣuluba asli «yo‘g‘on» degani, lekin bu
o‘rinda «jarangsiz»ni bildiradi. Masalan: ْ كُوکkök – jarangsiz kāf (ya’ni [k]) bilan
(bi-l-kāfi-ṣ-ṣulbati), «ko‘k, osmon». Bu so‘z quyidagi maqolda ham kelgan:
Kökkä süδsä, yüzkä tüšür. – «Ko‘kka tupursa, yuzga tushadi» (MK.251a).
«Abushqa» lug‘atining muallifi esa [g] va [k] lar uchun boshqa atamalardan
foydalangan: jarangli [g] uchun kāf-e ’ajamîْ(«ajamcha kāf»), jarangsiz [k] uchun
esa kāf-e ’arabî («arabcha kāf») atamasini qo‘llaydi.
Misollarga e’tibor bering:
itik – (ایتیک)kāf kāf-e ’arabîdur; bu daxï «keskin» va «tez» ma’nāsïnadur
(DDT.42).
öksük – (اوکسوک)kāf kāf-e ’arabîdur; «eksik» demäkdür (DDT.111);
kökümtül – (کوکومتول)kāflar kāfe ’arabîdur; «köm-kök» demäkdür
(DDT,370).
berk – (بیرک)kāf-ye ’arabî ilä; «berk-u maḥkam» ma’nāsïnadur (DDT.137).
bičäk – (بیجک)kāf ’arabîdur; «ignä» demäkdür, «sozan» manāsïna-ki,
«Ğarāyibu-ṣ-ṣiγar»da gelür (DDT.136).
üsrük – (اوسروک)kāf-e ’arabîyla; «mast» ma’nāsïna gelür (DDT.108).
5 MK – Kaşgarlı Mahmud. Dīvānü Lūgati’t-Türk. Tıpkıbasım / Facsimile. – Ankara, 1990.
ölük – (اولوک)kāf kāf-e ’arabîdur; «murda» ma’nāsïnadur (DDT.116).
čüčük – (چوچوک)kāf-e ’arabîla; «ṭatlu» demäkdür (DDT.248).
öksük – (اوکسوک)kāf kāf-e ’arabîdür; «eksük» demäkdür-ki, «Badāye’u-lvasaṭ»da gelür, bayt:
Meni-ki muγbača der ičrä äylädi üsrük,
Ne taŋ közümgä quyaš bolsa δarradïn öksük (DDT.111).
«Lug‘at-i Navoiy»da: امکاکemgӓk – kāf-e avval ’ajamȋ va sānȋ ’arabȋdur;
«emik» va «zaḥmat-u mašaqqat» ma’nāsïnadur; «emik mulk» ma’nāsïna daxï
kelür (LN6.3b,3).
ertӓk – (ایرتاک)kāf ’arabȋdur (LN.5a,2).
ešik – (ایشیک)kāf ’arabȋdur; «qapu»ya derlӓr (LN.5b,2).
Endi «ajamcha kāf» ning misoli, «Abushqa»dan:
berürgä – (بیرورکا)kāf kāf-e ’ajamîdur; «vermäk ičün» demäkdür
(DDT.137).
bergäli – (بیرکالی)yana kāf kāf-e ’ajamîdur; «veräli» va «vermäk ičün»
demäkdür (DDT.137).
tegrä – (تیکرا)kāf-e ’ajamîdur; «dāira» va «aṭrāf» ma’nāsïnadur (DDT.191).
özgä – (اوزکا)kāf kāf-e ’ajamîdur; «kendüyä» demäkdür (DDT.105).
Chog‘ishtiring, Mirzo Mehdixonning «Sanglox» lug‘atida:
egä – (ایکا)befatḥe, kāf-e ’ajamî; bama’nī «mālek» va «ṣāḥib». – «fatha
bilan, ajamcha kāf bilan; «malik» va «sohib» ma’nosida» (Sang.172b.3).
Bir so‘zda ikkita kāf kelib, biri [k], ikkinchisi [g] deb o‘qilishi ham mumkin
yoki aksincha. Bunday o‘rinlarda har ikkisiga ta’rif beriladi. Masalan:
keŋäš – (کینکاش)kāf avval ’arabî va kāf sānî ’ajamîdur; «mašvarat»
manāsïnadur (DDT.361).
kölägä – (کولاکا)kāf avval ’arabî va kāf sānî ’ajamîdur; «köläga» demäkdür
(DDT,371). Chog‘ishtiring, hozirgi o‘zb. ko‘lanka; maqolda shunday kelgan:
O‘zi – xon, ko‘lankasi – maydon.
čüčürgänmäk – (چوچورکانماک)kāf-e avval ’ajamî va kāf-e sānî ’arabîdur
(DDT.248).
Shu o‘rinda yana bir dalilga e’tibor qiling.
Ko‘k turk alifbosida [k] va [g] uchun ayri-ayri harf ishlatilgani uchun
qadimgi turkiy bitiglar tilida beg, bitig, bilig so‘zlari [g] bilan talaffuz qilinganini
bilish mumkin. Masalan, To‘nyuquq bitigida: beg – «bek», bilig – «bilim»; Kul
tigin bitigida: bitig – «yozuv; kitob» va boshqalar.
6 LN – «Lug‘at-i Navoiy»ning Eronda saqlanayotgan nusxasi: Kitābxānā-i majlis-i shā’rā-yi ’ilmȋ; 7981-
ko‘rsatkichli qo‘lyozma.
Muhimi shundaki, ko‘k turk yodgorliklaridagi bitig so‘zi «Abushqa»da
jarangsiz [k], ya’ni «arabcha kāf» bilan (kāf-e ’arabîla) bitik deb o‘qilishi
ta’kidlangan. Mana o‘sha misoli:
bitik – (بیتیک)kāf ’arabîla; «maktūb»a derlär (DDT.125).
Qizig‘i shundaki, Mirzo Mehdixon ham bu so‘zni [k] bilan keltirgan. Mana
uning yozgani:
bitik – (بتیک)bekasre, tā va sukūn kāf; maktūb. – «kasra, tā va sukūn bilan;
maktub» (Sang.221b,6).
Yoki yana «Abushqa» lug‘atida:
bitiklik – (بیتیکْلیک)kāflarï kāf ’arabîdur; «yazïlmïš» demäkdür (DDT.126).
Vaholanki, lug‘atchi bilig so‘zining ma’nosini ochiqlar ekan, u jarangli [g],
ya’ni «ajamcha kāf» bilan o‘qilishini ta’kidlagan. Mana o‘sha yozgani:
bilig – (بیلیک)kāf kāf-ye ’ajamîdur; «bilmäk» va «idrāk» ma’nāsïnadur-ki,
«Sab’ai sayyāra»da ikinji ḥikāyatda Zayd δahhāb čāhïdan qačduγï maḥalda gelür,
bayt:
Anča makr-u firīb va nav’ bilig,
Tišlätip laḥża laḥża šahqa ilig.
Va yana «Farhād-u Šīrīn» xātimasïnda šahzāda naṣihatïda gelür-ki, bayt:
Bilig šāh äyläsä hayvānnïŋ atïn
Ne taŋ-ki, kimsä tapsa šāh δātïn (DDT.142).
Yoki beg so‘zining ma’nosini ochiqlar ekan, uning ham [g] tovushi, ya’ni
«ajamcha kāf» bilan talaffuz qilinganini ta’kidlaydi:
beg – (بیک)kāf kāf-e ’ajamîdur; «beg» demäkdür, «mīr» ma’nāsïna
(DDT.140).
Harqalay, Navoiy asarlari tilida ْبتیکso‘zi beg, bilig singari jarangli [g] bilan
bitig deb aytilgan. Lug‘atlardagi izohlarga kelsak, keyingi davrlarda bu so‘zdagi
kāf ning talaffuzida jarangsizlashish yuz bergan. «Abushqa» lug‘atining
tuzuvchisi ham, Mirzo Mehdixon ham ana shu talaffuziga tayangan holda uni
bitik deb keltirganlar chog‘i.
Lug‘at o‘g‘uzlar davrasida tuzilgan. Bu narsa klassik so‘zlarning
ochiqlamasidagi o‘g‘uzcha lug‘at qatlami, so‘zlar va qo‘shimchalarning
yozilishida ham yaqqol ko‘zga tashlanib turadi: köprü («ko‘prik»), ördäkiŋ dišisi
(«o‘rdakning modasi»), ayaγa giyilän edük («oyoqqa kiyiladigan etik»), yedinji
(«ettinchi»), qačduγï («qochgani») singari.
Lug‘atda o‘g‘uzlar davrasida tuzilganligining ta’siri bor: unda hatto
«chig‘atoy tili»dagi, xususan, Navoiy asarlarida ishlatilgan ayrim so‘zlar ham
o‘g‘uzchalashtirib yuborilgan.
Jumladan, lug‘atchi ögürmäk so‘zini izohlar ekan, undagi kāf harflarining
talaffuzi va so‘z ma’nosiga to‘xtalib, shunday yozadi:
ögürmäk – (اوکورماک)kāf-e avval ’ajamî va kāf-e sānî ’arabîdur.
«Muḥākamatu-l-luγatayn»da Navāyȋ ḥaḍratlarï bu luγatï šuyla taṣjīḥ etmišlär-ki,
«yana biyik ün bilä-kim, e’tidālsïz āšub bilä yïγlaγaylar», anï «ökürmäk» derlär
(DDT.111).
Aslida lug‘atning bu so‘z maqolasi ökürmäk – (اوکورماک)kāflar kāf-e
’arabîdur deb boshlanganida to‘g‘ri bo‘lardi. Sababi, «Muhokamatu-llug‘atayn»dagi اوکورماکso‘zi jarangsiz [k], ya’ni «arabcha kāf» bilan aytilgan.
Chog‘ishtiring, hozirgi o‘zbek tilida ham o‘kirmak – «o‘kirib yig‘lamoq»dir;
ögürmäk esaْboshqa bir so‘z.
Yoki yana bir misol:
güjlük – (کوجلوک)kāf-ye avval kāf-ye ’ajamî va kāf-ye sānî kāf-ye ’arabîdur
va jīm-ye ’arabîla, «quvvatlu» ma’nāsïnadur (DDT.363).
Aslida bu so‘z maqola: küčlüg – (کوجلوک)kāf-ye avval kāf-e ’arabî va kāf-ye
sānî kāf-e ’ajamîdur va jīm-ye ’ajamîla, «quvvatlu» ma’nāsïnadur shaklida
berilmagi kerak edi. Chunki, «chig‘atoy tili»da ْ کوجلوکso‘zidagi birinchi kāf
harfi jarangsiz [k], ikkinchi kāf esa jarangli[g]; jīm harfi esa [j] emas, balki [č] deb
o‘qilgan; küčlüg – bu sifatdir.
Lug‘atchi buning singari misollarni Navoiyning o‘g‘uzlar davrasida
ko‘chirilgan asaridan olgan bo‘lishi ham mumkin; ulardagi grafik ishoratlarga
tayanib, misollarni ham ana shunday izohlab ketgan ko‘rinadi. Bunday
deyotganimning sababi, o‘g‘uz kotiblari «chig‘atoycha» matnlarni ko‘chirganda
ulardagi ayrim so‘zlarni o‘g‘uzchalashtirib yuborgan o‘rinlar ham bor. Masalan,
oqqo‘yunlilar tarafidan tuzilgan Navoiy devonida ham shunday.
jīm harfining o‘qilishi. Turkiy matnlarda jīm (ج)harfining vazifasi ham ikki
xil, u [j] va [č] tovushlarini bildiradi. Ayrim o‘rinlarda jarangsiz [č] ni farqlash
uchun čīm (چ)harfidan ham foydalanilgan: tapuqčï « – (تاپوقچی)xidmatkār»
ma’nāsïnadur (DDT.160) singari.
«Abushqa» muallifi ularning ikkalasini bir-biridan ayirib ko‘rsatish uchun
grammatik atamalardan foydalangan: [j] uchun jīm-e ’arabî («arabcha jīm»),
jarangsiz [č] uchun esa jīm-e ajamî («ajamcha jīm») atamasini ishlatadi.
Masalan, ajïγ va ajïq (اجیغْوْاجیق)so‘zini izohlar ekan, undagi jīm harfining
talaffuziga va so‘zning ma’nosiga to‘xtalib, «jīm-e ’arabî-la; «ajï» demäkdür,
«talx» ma’nāsïna gelür» deya urg‘ulaydi (DDT.10).
borčïn – (بورچین)jīm-e ’ajamîْilä; «ördäkiŋ dišisi»nä derlär (DDT.151).
Yoki yana:
ajun – (اجون)jīm-e ’arabîla; «dunyā» ma’nāsïnadur (DDT.6).
Chog‘ishtiring, Mirzo Mahdixonning «Sanglox»ida:
čerik – (چیریک)bā čīm-e ’ajamî va kasra va sukūn kāf. – «ajamcha čīm va
kasra va sukūn li kāf» (Sang.291b.8).
čerikči – (چیریکچی)bā čīm-e ’ajamî sānî; «laškar bāšad». – «ikkinchisi
ajamcha čīm; lashkarboshi» (Sang.291b.9).
Endi «Abushqa»da berilgan quyidagi so‘zga e’tibor qiling:
bozjïn – (بوزجین)jīm-e ’arabîla; «qarača āhunïŋ dišisi»nä derlär-ki, Navāyȋ
«Muḥākamatu-l-luγatayn»da bu luγatï šuyla taṣḥīḥ edürlär-ki: «türk kiyikniŋ
erkägin «hūna» va tišisin «bozjïn» derlär» (DDT.151).
Qizig‘i shundaki, «Muhokamatu-l-lug‘atayn»ning turli qo‘lyozmalarida bu
o‘rinda ikki xil so‘z: qïlčaqčï yoki bozjïn keladi. Masalan: Va awda ’umda-ki,
kiyikdür. Türk anïŋ erkägin – hūna va tišisin qïlčaqčï der (ML7.38).
«Muhokamatu-l-lug‘atayn»ning turkcha ilmiy nashrida tayanch nusxadagi
matnga ko‘ra qïlčaqčï deb berilgan (ML8.176); bu – to‘g‘ri. Biroq matn boshqa
nusxalar bilan qiyoslanganda u yerda (F25,B8 da) borčïn ekanligi ta’kidlangan
(ML.195). Aslida bu so‘zni borčïn deb emas, «Abushqa» lug‘atidagi izohlarga
tayanib, za va «arabcha jīm» (jīm-e ’arabî) bilan bozjïn o‘qilgani ma’qul
(qarang: DDT.151). Chunki, borčïn o‘qilsa, «o‘rdakning modasi» (ördäkiŋ dišisi)
bo‘lib qoladi (qarang: ML.38: türk ördäkniŋ erkägin sona va tišisin borčïn der).
Kiyikka nisbatan to‘g‘risi – bozjïn dir, u «kiyikning erkagi»dir. Ilmiy
tadqiqotlarda ham bu so‘zlarning farqiga borilmayotir9.
Mirzo Mehdixon ham jarangsiz [č] ni «ajamcha jīm» (jīm-e ’ajamȋ), jarangli
[j] ni esa «arabcha jīm» (jīm-e ’arabȋ) atagan.
«Sanglox»da izohlanuvicha, «vaqt, zamon» anglamidagi čaγ (چاغ)so‘zi
«ajamcha jīm bilan» (jīm-e ’ajamȋ) aytilgan (Sang.277b).
ačmaq (آچماق)so‘zi «ajamcha jīm bilan» (bā jīm-e ’ajamȋ) aytilgan
(Sang.85b).
Yoki: «ichimlik; sharob» anglamidagi čaγïr (چاغیر)so‘zi «ajamcha jīm va
kasrali γayn va sukunli rā bilan» (bā jīm-e ’ajamȋ va kasra-e γayn va sukūn-e rāye) o‘qiladi (Sang.277b).
Shuningdek, bir so‘zda kāf, jīm harflari aralash ishlatiluvi mumkin. Bunday
o‘rinlarda ham har biri alohida izohlanadi.
7 ML – Alisher Navoiy. Muhokamatu-l-lug‘atayn. Qosimjon Sodiqov tahlili, tabdili va talqini ostida. – Toshkent,
2017.
8 ML – ‘Ali Şir Nevayi. Muhakemetü’l-luğateyn (İki Dilin Muhakemesi). Hazırlayan F. Sema Barutçu Özönder. –
Ankara, 1996.
9 Qarang: Muhokamatu-l-lug‘atayn. Ilmiy-tanqidiy matn. Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi Y.Tursunov. –
Toshkent, 2021.
Masalan, kečti (کیچتی)so‘zining izohida kāf va jīm harflarining talaffuziga
to‘xtalib, «kāf kāf-e ’arabîdur va jīm jīm-e ajamîdur; «gečdi» demäkdür» deya
ta’kidlaydi lug‘atchi (DDT.356).
«Badoeu-l-lug‘at»ning tuzuvchisi Tole Hiraviy ham jīm harfining vazifasini
ikki xil atagan: jīm-e ‘arabȋ – «arabcha jīm», bu [j] dir; lekin ikkinchisini avvalgi
lug‘atdan farqli o‘laroq, jīm-e fārsȋ – «forscha jīm» deydi, bu [č] dir. Misollarga
e’tibor qiling:
aj~ač – (آج)bajīm-e ‘arabȋ «gorosna» va bajīm-e fārsȋ bama’nȋ «kešvar»ist –
arabcha jīm bilan – «och»; forscha jīm bilan «nuqsonlar» ma’nosidadir
(BL10.7b,10).
So‘zning «och» ma’nosiga quyidagi bayt misol qilib keltirilgan:
Qoy-ki, ul yüz xānïqa naẓẓāra ӓylӓy toyγuča
Kim, közüm bolmïš bu qaḥaṭčïn ayyāmïda ač (BL.7b,11–12).
ajïγ – (آجیغ)baalif-e mamdūda va jīm-e ‘arabȋ; talx. – cho‘ziq alif va arabcha
jīm bilan; «achchiq» (BL.8a,1–2).
Bu so‘zga quyidagi bayt misol qilib keltirilgan:
Etmӓ rām na’lïqa qïlγay-men čüčük jānïm fidā,
Ey Navāyȋ, aŋa der-sen-ki, kelmӓgӓy nāgāh ajïγ (BL.8a,4–5).
Yana:
ačun – (آچون)baalif-e mamdūda va jīm-e fārsȋ; jihānrā nāmand. – cho‘ziq
alif va forscha jīm bilan; «jahon»ni ataydilar (BL.10a,11–12).
Lug‘atchi bu so‘z Lutfiy she’rlarida kelganini ta’kidlaydi. Bunga
Navoiydan misol berilgan emas, chunki Navoiyda ačun so‘zi uchramaydi, o‘rnida
jihān so‘zi ishlatilgan.
bā harfining o‘qilishi. Turkiy matnlarda bā harfining fonetik vazifasi ham
ikki xil: u [b] va [p] tovushlarini anglatgan. Ayrim o‘rinlardagina, [p] ni farqlash
uchun bā ning ostiga uch nuqta qo‘yib ketilgan. Bu narsa «Abushqa»da ham bor:
unda ko‘p o‘rinda ْ پdan foydalanilgan: tapmaq « – (تاپماق)bulmaq» demäkdür
(DDT.161) singari.
Shunga qaramay, lug‘atchilar [b] va [p] lar uchun maxsus atamalardan ham
foydalangan: jarangli [b] uchun bā-ye ’arabî («arabcha bā»), jarangsiz [p] uchun
esa bā-ye ’ajamî («ajamcha bā») atamasini qo‘llaydi. Masalan, «Abushqa»da:
köprük – (کوپروک)kāflar kāf-e ’arabîdur va bā-ye ’ajamîla; «köprü»yä derlär
(DDT.362).
Yoki «Sangloh»da izohlanuvicha, «qariya» anglamidagi apaγ (آپاغ)va apaq
(آپاق)so‘zlari «ajamcha pā bilan» (bā pāy-e ’ajamȋ) aytilgan (Sang.82b).
10 BL – Tole Hiraviy. Badoe’u-l-lug‘at. Vengriya Fanlar akademiyasi kutubxonasida saqlanayotgan Ms. Perzsa Qu
4 ko‘rsatkichli qo‘lyozma.
So‘zlarning fonetik variantlari. Lug‘atlarda ikki xil fonetik variantda
ishlatiladigan so‘zlar ham keltirilgan. Bundan Navoiy asarlarida ayrim so‘zlar
ikki xil shaklda ishlatilavergani anglashiladi.
Turli fonetik variantda ishlatiladigan so‘zlar ko‘pincha bir so‘z shaklida
keltiriladi; masalan, so‘zning qāf bilan tugovchi shakli berilib, ketidan γayn harfi
ham ulab qo‘yiladi:
Masalan, «Abushqa» lug‘atida:
uluγ va uluq « – (اولوغْْوْاولوق)ulu va bozurg» ma’nāsïnadur (DDT.116).
otluq va otluγ « – (اوتلوقْوْاوتلوغ)ātašīn» demäkdür (DDT.91).
baγlïγ va baγlïq « – (باغلیغ ْو ْباغلیق)baγlu va baγčalu» demäkdür va bir daxï
«bandla baγlu» demäkdür (DDT.130).
bitküči va bitiküči – (بیتکوجی ْو ْبیتیکوجی)kāflar kāf-e ’arabîdur; «yazïjï»
ma’nāsïnadur (DDT.135).
tamuγ va tamuq « – (تاموغ ْو ْتاموق)ṭamu» demäkdür, «jahannam» manāsïna
(DDT.185).
Mirzo Mehdixon lug‘atida:
atamaq / atamaγ « – (اتاماقْغ)atamoq» (Sang.83b);
atalmaq / atalmaγ « – (تالماقْغ)atalmoq» (Sang.83b) singari.
Lug‘atda ikki xil variantda ishlatiladigan so‘zlarning ikkala shakli ham
keltirilgan. Jumladan, turkiy tilda «chalg‘uchi, sozanda»ni čalïčï (چالیچی)yoki
čalγučï (جالغوچی)atalgan (Sang.280b).
Turli fonetik variantlarga ega so‘zlarning ayrimlari ko‘pma’nolidir; lug‘atchi
ularning har ikkisini keltiradi. Masalan: ayaγ va ayaq « – (ایاغ ْو ْایاق)qadaḥ» va
«pāy» ma’nāsïndadur (DDT.29).
Eski o‘zbek tilida «qadah; piyola» ma’nosidagi ayaq so‘zidan «soqiy» so‘zi
ham yasalgan. «Abushqa»da bu so‘z ham bor: ayaqčï « – (ایاقچی)sāqî»
ma’nāsïnadur (DDT.39).
Lug‘atlarda sinonim qo‘shimchalar bilan yasalgan so‘zlar ham berilgan.
Masalan, «Abushqa» lug‘atida köklä- so‘zining ta’rifida o‘qiymiz:
köklä- – (کوکلا)kāflar kāf-e ’arabîdur, «amr edüp sāz čal-» ma’nāsïnadur-ki,
«Maḥzan» Mīr Ḥaydarda maqāla-i avvalda gelür-ki, bayt:
Türk surūdïnï tüzük birlä tüz,
Yaxšï ayalγu bilä köklä qobuz.
Va yana «Ğarāyibu-ṣ-ṣiγar»da gelür-ki, bayt:
Dedim tarāna-e jān yaxšï muṭribā sen xūd,
Firāq sāzï tüzüp öltürür kökin čaldïŋ.
Kök öldürmäk vaznïnda va āhaŋïda čaldük demäkdür (DDT.369).
Yoki shu ma’nodagi boshqa bir so‘z:
köktä- – (کوکته)bu daxï «amr edüp (sāz) čal-» demäkdür-ki, «Ğarāyibu-ṣṣiγar»da gelür (DDT,369).
Lug‘at va grammatik asarlarda turkiy so‘z o‘zaklarining yo‘g‘oningichkaligi haqidagi qarashlar. O‘tmishdagi tilshunoslar o‘z asarlarida turkiy
tilda mavjud bo‘lgan uyg‘un tartib-qoidalarga katta e’tibor qaratganlar. Jumladan,
Mirzo Mehdixon o‘zining «Maboniu-l-lug‘at» asarida turkiy tildagi tovushlar
uyg‘unligi hodisasini nihoyatda to‘g‘ri baholagan edi. Chunonchi, u turkiy fe’l
shakllari to‘g‘risida bilim bera turib, shunday yozadi: Fe’l shakllari ishlatilishiga
ko‘ra ikki turdan iborat: γayn, qāf li shakllar va kāf li shakllar. Bu har ikki tur
grammatik qoida va ixtiyoriylik yuzasidan bo‘lmay, eshitilish va e’tibor
yuzasidandir. Farog‘iy o‘z asarida qāf va kāf ning ishlatilishi ixtiyoriy deb
yozgan. Tole Hiraviy ham alγučï ma’nosini tushuntirganda, ixtiyoriy ravishda
hozirgi zamon sifatdoshiga γayn yoki kāf orttiriladi, deb yozadi: qïlγučï, bilgüči
kabi. Lekin har ikkisining so‘zi haqiqatdan xoli hamda nuqson va kamchilikka
ega. Chunki qïl- so‘zi buyruq fe’li bo‘lib, qattiq (ya’ni yo‘g‘on deyilmoqchi –
Q.S.) o‘zaklidir va shuning uchun uning barcha fe’l shakllari qāf yoki γayn bilan
yasaladi: qïlmaq, qïlγay, qïlγučï kabi va hokazo. Bil- yumshoq (ya’ni ingichka
deyilmoqchi – Q.S.) o‘zakli bo‘lib, uning fe’l shakllari [k] yoki [g] bilan keladi:
bilmӓk, bilgӓy, bilgüči kabi va hokazo (MBL11,11–12).
Yoki olim boshqa bir yerda ana shu hodisa bilan bog‘liq muhim bir qoidani
keltiradi. U yozadi: Bilki, masdarlarning qattiq va yumshoq o‘zakli bo‘lishi va
masdar ismlari samoiydir, ammo ularning fe’l shakllarining yasalishi qiyosiydir,
ya’ni masdarlar qattiq o‘zakli bo‘lsa, albatta, uning (yasama) fe’l shakllari qāf va
γayn, yumshoq o‘zakli bo‘lsa, kāf bilan yasaladi (MBL,20).
Shu o‘rinda o‘quvchida savol tug‘diradigan masala bo‘yicha ham javob
beradi:
Savol: Nima uchun ilmӓk, ya’ni «band, dom» yumshoq o‘zakli-ku, ïlmaq,
ya’ni «ushlamoq, tutmoq, olmoq»; ïlïnmaq, ya’ni «giriftor bo‘lmoq» kabi yasama
fe’l shakllari esa qattiq o‘zaklidir?
Javob: ilišmӓk, ya’ni «band bo‘lmoq» ilmӓk ning masdari bo‘lib, yumshoq
o‘zaklidir. Ïlmaq va ïlïnmaq esa qattiq o‘zakli bo‘lib, boshqa masdarlardir, lekin
ma’nolari bir-biriga yaqindir (MBL,20).
Qizig‘i shundaki, Tole Imoniy «Badoeu-l-lug‘at»da «ixtiyoriy ravishda
hozirgi zamon sifatdoshiga [γ] yoki [g] orttiriladi» deb yozgani bilan, o‘z
lug‘atida turkiy so‘zlarning o‘qilishini va yozilishini to‘g‘ri bergan.
11 MBL – Mirzo Mehdixon. Maboni ul-lug‘at. Forsiydan Z. Umarov tarjimasi. Nashrga tayyorlovchi X.Alimova.
– Toshkent, 2008.
Eski lug‘atlar «chig‘atoy tili» matnlarida ishlatilgan so‘zlarning ma’nolarini
ochiqlashga bag‘ishlangan bo‘lib, misollar Mavlono Lutfiy, Mir Haydar, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ adiblarning asarlaridan
saylab olingan. Bular ma’nosi har kimsaga, ayniqsa, boshqa til egalari, turkiyning
boshqa lahjalarida so‘zlovchi kishilariga, xususan, o‘g‘uzlarga tushunarli
bo‘lavermagan, o‘ziga xos ma’noli yoki «chig‘atoy tili»da muayyan anglamda
ishlatilib, keyinchalik unutilgan so‘zlardir.
Yana bir qirrasi, klassik o‘zbek tili, xususan, Navoiy asarlari uchun tuzilgan
o‘tmishdagi lug‘atlarning aytarli bari arabcha yo forschadan o‘zlashgan so‘zlar
asosida emas, balki sof turkiy so‘zlar bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, ularda ma’nosini
anglab olish qiyin so‘zlar, ularning o‘qilishi, ma’nolari yaxshi ochib berilgan. Shu
tariqa klassik asarlarning lug‘at tarkibi o‘ta bay, badiiy mazmunga ega ekanligi,
semantik imkoniyatlarining kengligi ko‘rsatib berilgan. Klassik asarlar bo‘yicha
lug‘at tuzishni o‘shalardan o‘rganmak kerak.
Eski lug‘atlar ilmiy asarlar sifatida o‘z davri tilshunosligining bilim darajasi
va mavqeini belgilab turgan. Lug‘atlarda so‘zning ma’nosi, shakli va uning
talaffuzi, harflarning vazifalari bilan bog‘liq tilshunoslikka tegishli butun boshli
atamalar tizimi ishlab chiqilgan edi.
Arab yozuvli turkiy matnlarda [k]–[g], [č]–[j], [b]–[p] tovushlari yozuvda bir
xil harflar bilan ifodalangan. Lekin matnda bularni farqlashga ehtiyoj bo‘lgan.
Kotiblar, lug‘at tuzuvchilar doimo buning yechimini izlashga uringan; ular o‘z
lug‘atlarida bu tovushlarni farqlashda turli grammatik atamalardan
foydalanganlar. Klassik asarlar bo‘yicha tuzilgan lug‘atlarda jarangsiz [k] uchun
«arabcha kāf» (kāf-e ’arabî), jarangli [g] uchun esa «ajamcha kāf» (kāf-e ’ajamî);
[j] uchun «arabcha jīm» (jīm-e ’arabî), jarangsiz [č] uchun esa «ajamcha jīm»
(jīm-e ajamî) yoki «forscha jīm» (jīm-e fārsȋ); jarangli [b] uchun «arabcha bā»
(bā-ye ’arabî), jarangsiz [p] uchun esa «ajamcha bā» (bā-ye ’ajamî) atamalari
ishlatilgan va b.
«Chig‘atoy tili» bo‘yicha tuzilgan lug‘atlar temuriylar davri yozma adabiy
tilida, xususan, Alisher Navoiy asarlari tilida qo‘llangan so‘zlarning ma’nosini
aniqlashda, klassik matnlarni tushunish va ularni talqin qilish, shular bilan bir
qatorda, ularni to‘g‘ri talaffuz qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. ‘Ali Şir Nevayi. Muhakemetü’l-luğateyn (İki Dilin Muhakemesi). Hazırlayan F. Sema
Barutçu Özönder. – Ankara, 1996.
2. «Lug‘at-i Navoiy»ning Eronda saqlanayotgan nusxasi: Kitābxānā-i majlis-i shā’rā-yi
’ilmȋ; 7981-ko‘rsatkichli qo‘lyozma.
3. «Qutadg‘u bilig» so‘zligi. Tuzuvchi Q. Sodiqov. – Toshkent, 2020.
4. Alisher Navoiy. Muhokamatu-l-lug‘atayn. Qosimjon Sodiqov tahlili, tabdili va talqini
ostida. – Toshkent, 2017.
5. Dictionnnaire Djaghatai-turc. V. de Viliaminof-Zernof. – SPb., 1869.
6. Kaşgarlı Mahmud. Dīvānü Lūgati’t-Türk. Tıpkıbasım / Facsimile. – Ankara, 1990.
7. Mirzo Mehdixon. Maboni ul-lug‘at. Forsiydan Z.Umarov tarjimasi. Nashrga
tayyorlovchi X.Alimova. – Toshkent, 2008.
8. Mirzo Mehdixonning «Sangloh» asari qo‘lyozmasi: Fransiya Milliy kutubxonasi:
Suppl. Turc. 1000.
9. Muhokamatu-l-lug‘atayn. Ilmiy-tanqidiy matn. Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi
Y.Tursunov. – Toshkent, 2021.
10. Sodiqov Q. Eski o‘zbek yozma adabiy tili. – Toshkent, 2020.
11. Tole Hiraviy. Badoe’u-l-lug‘at. Vengriya Fanlar akademiyasi kutubxonasida
saqlanayotgan Ms. Perzsa Qu 4 ko‘rsatkichli qo‘lyozma.