QO‘LYOZMA VA LITOGRAFIK MANBALARNI RAQAMLASHTIRISH
MUAMMOLARI
PROBLEMS OF DIGITIZATION OF HANDWRITTEN AND
LITHOGRAPHIC SOURCES
ПРОБЛЕМЫ ЦИФРОВИЗАЦИИ РУКОПИСНЫХ И
ЛИТОГРАФИЧЕСКИХ ИСТОЧНИКОВ
Idiyev Akbar Avaz o‘g‘li,
O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti,
“Tarixiy manbashunoslik” bo‘limi kichik ilmiy xodimi,
Tel: +998 90 037-45-00
akbaridiyev515@gmail.com,
Orcid ID: 0009-0009-8153-1228
Annotatsiya: Qo‘lyozma hamda toshbosma manbalarni raqamlashtirish
madaniy merosni asrab-avaylash va uni dunyoga ochiq qilish yo‘lidagi hal qiluvchi
qadamdir. Biroq, bu jarayon texnik qiyinchiliklardan tortib, haqiqiylik va mualliflik
huquqi masalalarigacha bo‘lgan murakkabliklarga to‘la sanaladi. Biz ushbu
maqolamizda rivojlanayotgan davlatlar uchun dolzarb sanalgan manbalarni
raqamlashtirish sohasidagi muammolar va ularning O‘zbekiston sharoitidagi ba’zi
yechimlari masalasi haqida fikr yuritamiz. Bizga ma’lumki, qo‘lyozma va litografik
manbalar o‘zining noyobligi va unda saqlanuvchi ma’lumotlarning ahamiyati nuqtayi
nazaridan barcha xalqlar uchun bebaho va qadrlanuvchi meros sifatida ko‘riladi. Butun
dunyoda yuz bergan turli urushlar va notinchlik davrlarida ko‘p holatlarda dastlabki
nishon sifatida xalqning ma’naviy merosiga raxna solingan. Shu sababli, davrlar o‘tishi
bilan bu ko‘rinishdagi ashyolarning asosiy qismi bizga qadar yetib kelmagan. Ana
shunday antropogen va texnogen ta’sirlardan ularni asrashda bizga raqamlashtirish
masalasi yordamga keladi. Qo‘lyozma va toshbosma manbalarni raqamlashtirish
madaniy merosni asrab-avaylash va hamma uchun foydalanish imkonini berish
yo‘lidagi hal qiluvchi qadamdir. Biroq, bu jarayon texnik jihatlardan tortib, haqiqiylik
va mualliflik huquqi masalalarigacha bo‘lgan qiyinchiliklarga to‘la sanaladi. Biz ushbu
maqolamizda rivojlanayotgan davlatlar uchun dolzarb sanalgan manbalarni
raqamlashtirish sohasidagi muammolar va ularning O‘zbekiston sharoitidagi ba’zi
yechimlari xususida fikr yuritamiz.
Kalit so‘zlar: qo‘lyozma, litografiya, raqamlashtirish, muzey, fondlar,
YUNESKO, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, mualliflik huquqi,
kutubxona, arxiv, madaniy meros.
Annotation: Digitization of manuscripts and petroglyphs is a crucial step towards
preserving cultural heritage and making it accessible to the world. However, the
process is fraught with challenges, from technical difficulties to authenticity and
copyright issues. In this article, we will discuss the problems in the field of digitization
of resources that are relevant for developing countries and some of their solutions in
the conditions of Uzbekistan. As we know, manuscripts and lithographic sources are
considered a unique and valuable heritage for all peoples due to their uniqueness and
the importance of the information stored in them. During various wars and periods of
unrest in the world, in many cases, the spiritual heritage of the people was attacked as
the first target. Therefore, with the passage of time, the main part of objects of this type
have not reached us. Digitization will help us protect them from such anthropogenic
and technogenic influences. The digitization of manuscripts and petroglyphs is a
crucial step towards preserving cultural heritage and making it accessible to the world.
However, the process is complex with challenges, from technical difficulties to
authenticity and copyright issues. In this article, we will discuss the problems in the
field of digitization of resources that are relevant for developing countries and some of
their solutions in the conditions of Uzbekistan.
Key words: manuscript, lithography, digitization, museum, funds, UNESCO,
Abu Rayhan Beruni Institute of Oriental Studies, copyright, library, archive, cultural
heritage.
Аннотация: Оцифровка рукописей и петроглифов – важнейший шаг на
пути к сохранению культурного наследия и обеспечению его доступности для
всего мира. Однако этот процесс сопряжен с проблемами: от технических
трудностей до вопросов аутентичности и авторских прав. В этой статье мы
обсудим проблемы в сфере оцифровки ресурсов, актуальные для развивающихся
стран и некоторые их решения в условиях Узбекистана. Как известно,
рукописные и литографические источники считаются уникальным и ценным
наследием для всех народов в силу своей уникальности и важности хранящейся
в них информации. Во время различных войн и периодов волнений в мире во
многих случаях духовное наследие народа подвергалось нападениям в качестве
первой цели. Поэтому с течением времени основная часть объектов этого типа
до нас не дошла. Цифровизация поможет нам защитить их от таких
антропогенных и техногенных воздействий. Оцифровка рукописей и
петроглифов – важнейший шаг на пути к сохранению культурного наследия и
обеспечению его доступности для всего мира. Однако этот процесс сопряжен с
проблемами: от технических трудностей до вопросов оригинальности и
авторских прав. В этой статье мы обсудим проблемы в сфере оцифровки
ресурсов, актуальные для развивающихся стран и некоторые их решения в
условиях Узбекистана.
Ключевые слова: рукопись, литография, оцифровка, музей, фонды,
ЮНЕСКО, Институт востоковедения имени Абу Райхана Беруни, авторское
право, библиотека, архив, культурное наследие.
KIRISH
Raqamli gumanitar fanlar asrida qo‘lyozma va litografik manbalarni
raqamlashtirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu qimmatli tarixiy va madaniy
boyliklarni asrab-avaylash imkonini beradi. Shu bilan birga, manbalarni izlash va
ulardan foydalanish olimlar hamda jamoatchilik uchun qulayroq bo‘ladi. Biroq
raqamlashtirish jarayoni ham muammolardan xoli emas. So‘nggi yillarda
raqamlashtirish masalasi kutubxonalar bilan birgalikda fondlarni ham qamrab
bormoqda. Shu jihatdan mazkur sohaning ham nazariy, ham amaliy tomonlarini ilmiy
yoritish kun tartibidagi asosiy vazifalardan sanaladi. Ammo hozirda mazkur mavzuni
o‘zida to‘liq aks ettirgan manbalar mavjud emas.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ushbu mavzuga oid ko‘plab manba va adabiyotlarda ma’lumotlar uchraydi va
asosiy muammolar maqola ko‘rinishida mualliflar tomonidan yoritilgan. Ayni
tadqiqotimizga yaqin ilmiy ishlardan biri, K. Namita va Y. Chavant tomonidan
yozilgan “Raqamli kutubxonalar: qiyinchiliklar va muammolar” nomli maqola
sanaladi. Ushbu tadqiqot mualliflari “Raqamli kutubxona” atamasini eng sodda
shaklda tasvirlashi bilan birga tez rivojlanayotgan raqamli kutubxonalarning asosiy
konsepsiyasini yetkazish, uni o‘quvchilar tushunishi uchun ma’no va ta’riflar bilan bir
qatorda, tez o‘zgaruvchan AKT asosidagi muhitda raqamli kutubxonalarni
muvaffaqiyatli yaratishdagi muammolarga ham e’tibor qaratadi. (Namita K., Chavant
Y., 2015) Keyingi maqola B. Havkning “OBA va o‘rta asr qo‘lyozmalari: bazani
o‘rnatish” nomli tadqiqot ishi bo‘lib, unda qo‘lyozmalarga xos bo‘lgan optik belgilarni
aniqlash (OBA) masalasida fikr yuritilgan. Muammolariga e’tibor qaratgan holda,
ushbu maqola so‘nggi yutuqlarni o‘rganadi va matnni ajratib olishning aniqligini
oshirish uchun yechimlarni taklif qiladi. (Hawk B., 2019) Keyingi manba masalaning
texnik tomonlarini o‘zida aks ettirgan Stolinski va Bienieckilarning “Qog‘oz
hujjatlarini qayta ishlash va raqamlashtirishda OCR tizimlarini qo‘llash” nomli
tadqiqoti sanalib, ushbu tadqiqot raqamlashtirilgan hujjatlar bilan bog‘liq saqlash
muammolarini o‘rganadi (Stoliński S., Bieniecki W., 2011). Navbatdagi tadqiqot L.
Arabgori, M. Kamran va Sh. Rizoyi tomonidan amalga oshirilgan “Fors qo‘lyozmalari
ma’lumotlar bazalarida qo‘llaniladigan metama’lumotlar standartlari” deb nomlanadi.
Ishda turli metama’lumotlar standartlari o‘rganilib, raqamlashtirilgan qo‘lyozma
tarkibini tashkil qilish va olishda ularning samaradorligi Erondagi ba’zi fondlar
misolida qiyosiy tahlil qilinadi. (Arabgary L., Kamran M., Rezai Sh., 2013) A. Gaitan
va boshqalar qalamiga mansub “Kitobni saqlash va raqamlashtirish: muloqot va
hamkorlik muammolari” nomli ish ham shu mavzudagi tadqiqotlardan sanaladi. Ushbu
amaliy tadqiqot bir nechta muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan
raqamlashtirish sa’y-harakatlarini o‘rganadi. Unda standartlashtirish, birgalikda
ishlash va resurslarni almashish bilan bog‘liq muammolar muhokama qilinadi
(A.Gaitán, C.Thompson-Baum, F.Marzo, S.Signorello, A.Corbach, C.Stefani,
P.Smith, A.Velios, N.Pickwoad, F.France, M.Toth, A.Quandt, M.Terras,
A.Campagnolo., 2020). S. Korbet va M. Boddingtonning “Mualliflik huquqi qonuni va
madaniy merosni raqamlashtirish” nomli ishi ham ayni masalaga bag‘ishlangan bo‘lib,
ular ishning huquqiy va axloqiy jihatlariga e’tibor qaratgan holda, raqamlashtirish sa’yharakatlari bilan bog‘liq mualliflik huquqi muammolarini ko‘rib chiqadilar hamda
mualliflik huquqiga rioya qilish bilan ochiq kirishni muvozanatlash strategiyalarini
taklif qiladilar (Corbett S., Boddington M., 2011). Mazkur masalalarning aksarida xorij
tajribasi aks etgan. Mahalliy muammolar yechimiga bag‘ishlangan O‘zR FA Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va IRCICA hamkorligida
o‘tkazilgan U. Karimov nomidagi XVIII Xalqaro yosh sharqshunoslar ilmiy anjumani
materiallarining birinchi sho‘basi shu masalaga qaratilgan edi (IRCICA Newsletter,
Issue 118., 2022: 10). Anjumanda taqdim qilingan aksar ishlar kichik hajmdagi ilmiy
ishlar sanaladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Qo‘lyozma va litografik manbalarni raqamlashtirish bilan bog‘liq muammolarni
o‘rganish maqsadida metadata yaratish, ma’lumotlar tahlili, qiyosiy tahlil, hamda
sintez kabi metodlardan foydalanib tadqiqot olib borildi. Ushbu soha yangi sohalardan
biridir. Shu bilan birga, juda tor doiradagi tadqiqot turi bo‘lganligi bois,
kollaboratsiyalashgan tadqiqotlardan foydalangan holda muammoning mahalliy
tashkilotlardagi holati yoritildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Raqamlashtirish jarayonidagi asosiy muammolardan biri texnik jihatdir.
Qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar ko‘pincha mo‘rt bo‘lib, shikastlanmaslik uchun
ehtiyotkorlik bilan ishlashni talab qiladi. Raqamlashtirish sohasidagi eng nozik
masalalardan biri bu tasvir sifati sanaladi. Qadimiy qo‘lyozmalarga zarar
yetkazmasdan yuqori aniqlikdagi tasvirlarga erishish qiyin bo‘lishi mumkin. Batafsil
tasvirlarga bo‘lgan ehtiyojni jismoniy materialni saqlash bilan muvozanatlash juda
muhimdir. Yana bir asosiy texnik muammo tasvir ranglarini o‘zidek takrorlash
sanaladi. Qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar ko‘pincha ranglarning keng assortmentini
o‘z ichiga oladi va bu ranglarni raqamli formatlarda aniq takrorlash qiyin bo‘lishi
mumkin. Tarixiy hujjatlarning haqiqiyligini saqlab qolish uchun ranglarning aniqligini
saqlash juda muhim. Shuningdek, optik belgilarni aniqlash (OBA) dasturi qo‘lda
yozilgan matnni aniq tanib olishda qiynalishi mumkin (Hawk B., 2019: 7). Tarixiy
qo‘lyozmalarda mavjud bo‘lgan qo‘lyozmaning turli uslublari o‘zgaruvchanlikni
boshqarishga qodir rivojlangan OBA algoritmlarini talab qiladi. Shuningdek,
raqamlashtirish jarayoniga taqdim etilayotgan qo‘lyozma va toshbosmalar albatta
biokimyoviy ishlov berilgan bo‘lishi, uning mo‘rtligini inobatga olgan holda maxsus
qo‘lqop va boshqa zarur anjomlar bilan ishlanishi maqsadga muvofiq. Raqamlashtirish
oldidan shikastlangan joylari ko‘p bo‘lgan manbalar restavratsiya qilinishi tavsiya
etiladi. Manbalarni saqlash va konservatsiya qilish masalalariga oid ko‘rsatmalar
YUNESKO tomonidan jahon miqyosida (Umumjahon madaniy va tabiiy merosni
muhofaza qilish to‘g‘risida, 1972) hamda O‘zbekiston misolida ham berib o‘tilgan
(Sharq qo‘lyozmalari xazinasi, 2012).
Ushbu hujjatlarning murakkab tafsilotlarini olish uchun yuqori aniqlikdagi
skanerlar kerak va bu mashinalar qimmat sanaladi. Bundan tashqari, ushbu manbalarni
raqamlashtirish jarayoni, ayniqsa, katta kolleksiyalar uchun ko‘p vaqt talab qilishi
mumkin (Isa El-Kalash K., 2022: 9-10). Xususan, amaliy tomondan olib qaraydigan
bo‘lsak, bu kabi qurilmalar faqat markaziy manbalar saqloviga mo‘ljallangan
tashkilotlardagina mavjud. Bular O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti hamda O‘zArxiv agentligi, shu bilan birga, Alisher Navoiy
nomidagi milliy kutubxona kabi tashkilotlardagina mavjud. Ammo boshqa viloyatlarda
bu kabi yirik skaner qurilmalari saqlanmaydi. Mavjud skanerlar ham yurtimizdagi
energetik inqiroz davrlarida (asosan qish faslida) buzilish ehtimoli yuqori, uni oldini
olishga qaratilgan UPS (Uzluksiz quvvat manbalari) ham bu kuchlanishda tezda ishdan
chiqadi. Agar skaner qurilmasi buziladigan bo‘lsa doimiy ravishda rivojlangan
davlatlardagi servis markazlari bilan aloqa qilish va hatto uni o‘sha davlatga eltish
orqali muammo bartaraf etiladi. Bu esa moliyaviy masalaga bog‘lanadi. Bizda mavjud
ushbu turdagi manbalar saqlanuvchi fondlar davlat tasarrufida ekanligini inobatga
olsak, biroz murakkabliklar keltirib chiqarishi mumkin. Sohada yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan muammolar oldindan prognozlashtirilgan holatda 5 yillikda kerak bo‘ladigan
texnik qurilmalar ro‘yxati shakllantirilib, doimiy yangilanuvchi davlat dasturlari
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, № 975, 2017) orqali ushbu
jihozlarni xarid qilish eng maqbul yechim sanaladi.
Ikkinchi masala zaif materiallar bilan ishlashdir. Qo‘lyozmalar va toshbosma
asarlar ko‘pincha eski va yirtilishga moyil bo‘ladi (Juan Carlos, 1989: 5-6).
Raqamlashtirish uchun zarur bo‘lgan jismoniy ishlov berish materiallarning
yaxlitligiga xavf tug‘dirishi mumkin, bu esa ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va
maxsus jihozlardan foydalanishni talab qiladi.
Raqamlashtirish jarayonlarini standartlashtirishga ham alohida e’tibor qaratish
lozim. Raqamlashtirish jarayonlarida standartlashtirishning yo‘qligi tasvir sifati,
metama’lumotlar va fayl formatlarida nomuvofiqliklarga olib kelishi mumkin. O‘zaro
muvofiqlikni ta’minlash va hamkorlikni osonlashtirish uchun muassasalar bo‘ylab
tartiblarni standartlashtirish juda muhimdir (A.Gaitán, C.Thompson-Baum, F.Marzo,
S.Signorello, A.Corbach, C.Stefani, P.Smith, A.Velios, N.Pickwoad, F.France,
M.Toth, A.Quandt, M.Terras, A.Campagnolo, 2020: 1-7).
Raqamlashtirilgan tarkibni tashkil qilish uchun samarali metama’lumotlarni
yaratish va kataloglashtirish zarur. Texnik qiyinchiliklarga standartlashtirilgan
metama’lumotlar sxemalarini ishlab chiqish va katta hajmdagi materiallarni qayta
ishlash uchun kataloglash jarayonini avtomatlashtirish kiradi.
Raqamlashtirilgan materiallarni mavjud kutubxona yoki arxiv tizimlari bilan
integratsiya qilish qiyin bo‘lishi mumkin. Muvofiqlik muammolari paydo bo‘lishi
mumkin, bu uzluksiz integratsiya va foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun texnik
yechimlarni talab qiladi (Shen R., Gonçalves M., Fox E., 2013: 47-72). Ushbu masalani
yechish maqsadida mamlakatimizda bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab
chiqilgan va dasturli ishlar olib borilishi uchun asosiy norma sifatida biz O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 07.06.2019 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qarorini keltirishimiz mumkin. Uning 4-bobida fondlarni raqamlashtirish vazifasi
qo‘yilgan.
Katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni boshqarish va uzoq muddatli saqlash
birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi (Zhang J., Xing L., Chen Y., 2022: 181-188).
Institutlar raqamli to‘plamlarning doimiy mavjudligini ta’minlash uchun ishonchli
ma’lumotlarni saqlash yechimlari va saqlash strategiyalarini amalga oshirishlari kerak.
Bu borada fondlarda maxsus malakali mutaxassislar ishlashi talab etiladi. Lekin
bugungi kunda O‘zbekistonda eng yuqori maosh beriladigan ushbu soha vakillari
uchun davlat tashkilotlarida to‘lanadigan oylik ish haqi miqdori texnik xodimlar uchun
to‘lanuvchi tarif setkasi bilan hisoblanishi malakali xodimlarni sohaga jalb etishda
muammolar tug‘dirmoqda.
Navbatdagi masala xarajatlar va resurslarni taqsimlash bilan bog‘liq.
Raqamlashtirishga qo‘yiladigan texnik talablar, jumladan, ixtisoslashtirilgan uskunalar
va malakali kadrlar ko‘p resurs talab qilishi mumkin. Institutlar keng qamrovli
raqamlashtirish loyihalarining texnik talablarini qondirish uchun yetarli resurslarni
ajratishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ushbu loyihalarni amalga oshirishdagi
eng maqbul yechim xorijiy donor tashkilotlar va mahalliy amaliy ilmiy loyihalar
tanlovlarida qatnashish sanaladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ-
916-son, 2008).
Shuningdek, raqamli huquqlarni boshqarish (RHB) vazifasiga ham e’tibor
qaratish lozim. Raqamlangan kontentni himoya qilish va ochiq kirishni ta’minlash
uchun samarali RHB yechimlarini joriy etish texnik muammo hisoblanadi. Mavjudlik
va mualliflik huquqiga rioya qilish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash ehtiyotkorlik bilan
ko‘rib chiqish va texnik amaliyotni talab qiladi. Bugungi kunda ushbu turdagi
qoidabuzarliklar tadqiqotchi yoki foydalanuvchining O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining 1041-moddasi asosida javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi
(O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 1997).
Ushbu texnik muammolarni hal qilish ko‘pincha tadqiqotchilar, arxivchilar,
kutubxonachilar va texnologlar o‘rtasidagi hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Yaxshilangan
OCR algoritmlari va yuqori aniqlikdagi tasvirlash texnikasi kabi texnologiyadagi
davom etayotgan yutuqlar qoʻlyozma va litografik manbalarni raqamlashtirishda ushbu
toʻsiqlarni bartaraf etishga yordam beradi.
MUHOKAMA
Yuqorida berilgan ma’lumotlar asosida mahalliy qo‘lyozma va toshbosma asarlar
saqlanuvchi fondlar, shuningdek sohaga mas’ul davlat muassasalari (Madaniyat va
san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniy meros agentligi, Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Sharqshunoslik instituti) raqamlashtirish borasida tajribasi mavjud mahalliy (Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi) va xorijiy (YUNESKO, ICOM, ICOMOS
kabi) tashkilotlardan doimiy konsultativ maslahatlar olishi, masalaning huquqiy
tomonlari borasida aniq belgilangan ichki yo‘riqnomalar ishlab chiqishda Adliya
vazirligi va Xalqaro intellektual mulk ittifoqi (IIPA) talablaridan foydalanishi tavsiya
etiladi. Shuningdek, bu jarayonlarni tez va sifatli bajarish uchun Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy tanlovlarda qatnashish
yoki maqsadli davlat dasturlari orqali fondlar va aholi qo‘lidagi manbalarni
raqamlashtirish ishlarini tugallash zarur. Bunda yuqorida keltirilgan texnik
muammolar oldindan belgilanib, tavsiyalar asosida uni oldini olish bo‘yicha choralar
ko‘rish lozim.
XULOSA
Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, qo‘lyozma va litografik manbalarni
raqamlashtirish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu madaniy merosimizni asrabavaylash va uni kelajak avlodlarga taqdim qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Xususan, hali ham bizda bu borada mahalliy aholi hamda viloyat muzeylarida ushbu
turdagi manbalarni to‘liq tavsiflash orqali raqamlashtirish ishlari boshlanmagan.
Umuman olganda, texnologik taraqqiyot davom etar ekan, bu qiyinchiliklarning
ko‘pini yengib o‘tishga umid qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Khot, Namita; Chavan, Yashvant (2015) Digital Libraries: Challenges and
Problems.
2. Stoliński, Sebastian; Bieniecki, Wojciech (2011) Application of OCR systems
to processing and digitization of paper documents. WULS Press Warszawa.
3. Arabgary, L.; Kamran, Masume; Rezaei Sharifabadi, Saeed (2013) Metadata
Standards Employed in Persian Manuscript Databases.
4. Gaitán, Ángela; Thompson-Baum, Catt; Marzo, Flavio; Signorello, Stefania;
Corbach, Almuth; Stefani, Caroline; Smith, Philippa; Velios, Athanasios; Pickwoad,
Nicholas; France, Fenella; Toth, Michael; Quandt, Abigail; Terras, Melissa;
Campagnolo, Alberto (2020) Book Conservation and Digitization: The Challenges of
Dialogue and Collaboration. 10.2307/j.ctv13gvhxx.
5. Corbett, Susan & Boddington, Mark (2011) Copyright Law and the
Digitisation of Cultural Heritage. SSRN Electronic Journal. 10.2139/ssrn.1806809.
6. IRCICA Newsletter (2022) Issue 118.
7. Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida (1972).
https://lex.uz/docs/-2749728
8. Sharq qo‘lyozmalari xazinasi (2012) YUNESKO. – Toshkent.
9. Isa El-Kalash, Kamaluddeen (2022) Digitisation and Digital Library Services
in the 21st Century.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, № 975 (2017).
https://lex.uz/docs/-3451889
11. Langois, Juan Carlos (1989) ...fragile heritage. The UNESCO Courier.
12. Shen, Rao; Gonçalves, Marcos; Fox, Edward (2013) Key Issues Regarding
Digital Libraries: Evaluation and Integration.
10.2200/S00474ED1V01Y201301ICR026.
13. Zhang, J., Xing, L., Chen, Y (2022) Data Migration and Storage Security of
University Library. In: Hung, J.C., Chang, JW., Pei, Y., Wu, WC. (eds) Innovative
Computing. Lecture Notes in Electrical Engineering, vol 791. Springer, Singapore.
https://doi.org/10.1007/978-981-16-4258-6_23
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ-916-son (2008).
https://lex.uz/ru/docs/-1372342
15. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (1997). https://lex.uz/docs/-
180552#-180606
REFERENCES:
1. Khot, Namita; Chavan, Yashvant (2015) Digital Libraries: Challenges and
Problems.
2. Stoliński, Sebastian; Bieniecki, Wojciech (2011) Application of OCR systems
to processing and digitization of paper documents. WULS Press Warszawa.
3. Arabgary, L.; Kamran, Masume; Rezaei Sharifabadi, Saeed (2013) Metadata
Standards Employed in Persian Manuscript Databases.
4. Gaitán, Ángela; Thompson-Baum, Catt; Marzo, Flavio; Signorello, Stefania;
Corbach, Almuth; Stefani, Caroline; Smith, Philippa; Velios, Athanasios; Pickwoad,
Nicholas; France, Fenella; Toth, Michael; Quandt, Abigail; Terras, Melissa;
Campagnolo, Alberto (2020) Book Conservation and Digitization: The Challenges of
Dialogue and Collaboration. 10.2307/j.ctv13gvhxx.
5. Corbett, Susan & Boddington, Mark (2011) Copyright Law and the
Digitisation of Cultural Heritage. SSRN Electronic Journal. 10.2139/ssrn.1806809.
6. IRCICA Newsletter (2022) Issue 118.
7. Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida (1972).
https://lex.uz/docs/-2749728 (In Uzbek)
8. Sharq qo‘lyozmalari xazinasi (2012) YUNESKO. – Toshkent. (In Uzbek)
9. Isa El-Kalash, Kamaluddeen (2022) Digitisation and Digital Library Services
in the 21st Century.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, № 975 (2017).
https://lex.uz/docs/-3451889 (In Uzbek)
11. Langois, Juan Carlos (1989) ...fragile heritage. The UNESCO Courier.
12. Shen, Rao; Gonçalves, Marcos; Fox, Edward (2013) Key Issues Regarding
Digital Libraries: Evaluation and Integration.
10.2200/S00474ED1V01Y201301ICR026.
13. Zhang, J., Xing, L., Chen, Y (2022) Data Migration and Storage Security of
University Library. In: Hung, J.C., Chang, JW., Pei, Y., Wu, WC. (eds) Innovative
Computing. Lecture Notes in Electrical Engineering, vol 791. Springer, Singapore.
https://doi.org/10.1007/978-981-16-4258-6_23
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ-916-son (2008).
https://lex.uz/ru/docs/-1372342 (In Uzbek)
15. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (1997). https://lex.uz/docs/-
180552#-180606 (In Uzbek)