ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Devonu lugʻati-t-turk” asarida turkiy so‘zlarning fonetik, grafik va morfologik xususiyatlari haqida

Rustamiy Salimahon Aliybeg qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

“DEVONU LUGʻATI-T-TURK” ASARIDAGI TURKIY SO‘ZLARNING
FONETIK, GRAFIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI HAQIDA

PHONETIC, GRAPHIC AND MORPHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF
TURKISH WORDS IN THE WORK “DEVONU LUGHATI-T-TURK”

ФОНЕТИЧЕСКАЯ, ГРАФИЧЕСКАЯ И МОРФОЛОГИЧЕСКАЯ
ХАРАКТЕРИСТИКИ ТЮРКСКИХ СЛОВ В ПРОИЗВЕДЕНИИ

«ДЕВОНУ ЛУГАТИ-Т-ТУРК»

Rustamiy Salimaxon Aliybeg qizi,
Oriental Universiteti,

Sharq tillari kafedrasi professori, f.f.d.
Tel: +998 94 608-22-36

info@orientaluniversity.uz

Annotatsiya: Mazkur maqolada XI asrda turkiy tillarning nazariy asoslarini
ishlab chiqqan birinchi turkshunos olim Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘ati-t-turk”
asarida keltirgan fonetika, grafika, morfologiyaga oid masalalar yoritilgan. Mavzuning
dolzarbligi turkiy tillar rivojlanish tarixini aniqlashda ahamiyatli ekani bilan
belgilanadi. Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘ati-t-turk” asarida turkiy tillar
grammatikasini arab tilida, arab tilshunosligiga xos usul va atamalar vositasida
tavsiflagan. Mazkur maqolada Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan qo‘llangan ḥarakat,
ḥarf va ularning turlarini anglatuvchi atamalarning arab, turkiy so‘zlar fonetik va
morfologik xususiyatlarini yoritishdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy
so‘zlar tarkibida harf shaklida ifodalanmagan unli tovushlarga nisbatan arab tilidagi
kabi harakat tushunchasini kiritgan va harakat turlariga mos keluvchi atamalarni
qo‘llagan. “Devonu lug‘ati-t-turk”da ḥarf atamasi arab tilidagi kabi fonetik birliklar
hamda ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, qo‘shimcha, undov, so‘roq kabi so‘zlarga
nisbatan qo‘llangan.

Kalit so‘zlar: lug‘at, muqaddima, qiyosiy metod, tovush, harf, qo‘shimcha, arab
tilshunosligi, turkiy so‘zlar, harakat.

Annotation: The article discusses some issues of phonetics, graphics and
morphology covered in the book “Divanu lughati-t-turk” by the first Turkic scholar
Mahmud Kashgari who developed the theoretical foundations of the Turkic languages
in the 11th century. The relevance of the topic lies in the fact that it is important in
determining the history of the development of Turkic languages. Mahmud Kashgariy
in the book “Divanu lughati-t-turk” elucidated the grammar of Turkic languages by
means of Arabic language, methods and terms peculiar to Arabic linguistics. The article

deals with the place of ḥarakat, ḥarf and the terms signifying their types in elucidating
the phonetic and morphological peculiarities of Arabic and Turkic words. In “Divanu
lughati-t-turk” the term ḥarf is used to designate phonetic units and postpositions,
conjunctions, particles, suffixes, interjections, interrogatives as in Arabic language.

Key words: dictionary, introduction, comparative method, volume, letter, suffix,
Arabic linguistics, Turkic words, ḥarakat.

Аннотация: В статье рассматриваются некоторые вопросы фонетики,
графики и морфологии в произведении «Девану лугати-т-турк» первого
тюрколога Махмуда Кашгари, который разработал теоретические основы
тюркских языков в 11 веке. Актуальность темы заключается в том, что она важна
в определении истории развития тюркских языков.

Махмуд Кашгари в книге «Девану лугати-т-турк» разъяснил грамматику
тюркских языков на арабском языке, на основе методов и терминов,
свойственных арабской лингвистике. В статье рассматриваются роль ḥarakat,
ḥarf и термины, обозначающие их типы (разновидности) при выяснении
фонетических и морфологических особенностей арабских и тюркских слов.
Махмуд Кашгари в отношении тюркских слов, на основе терминологии арабской
лингвистике, ввел понятие ḥarakat для звуков, которые не выражены буквами и
использовал соответствующие термины для типов огласовки. В «Девану лугатит-турк» термин ḥarf, как в арабском языке, используется для обозначения
фонетических единиц и предлогов, союзов, суффиксов, междометий, частиц и
вопросительных слов.

Ключевые слова: словарь, введение, сравнительный метод, звук, буква,
суффикс, арабская лингвистика, тюркские слова, огласовка.

KIRISH

O‘rta asrlar sharq ilm-u fani, madaniyati va san’ati taraqqiy etgan davr

hisoblanadi. Bu davrda matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot va boshqa fanlar

qatori adabiyotshunoslik (Rustamiy, 2018), tilshunoslik (Nosirova, 2019; Akmalkhanov,

2019) fanlari ham rivojlandi, bu davrda yaratilgan asarlar keyingi davr ilm-u fani

ravnaqi yo‘lida nazariy asosga ega bo‘lgan manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Bular

orasida yurtimizdan yetishib chiqqan, jahon fani va madaniyatiga serqirra ilmiy merosi

bilan ulkan hissa qo‘shgan minglab allomalarning nodir qo‘lyozma asarlari dunyoning

turli mamlakatlari fondlariga tarqalgan (Islomov, 2019: 4).

Shunday olimlardan biri Mahmud Qoshg‘ariy bo‘lib, u XI asrda turkiy tillarning

nazariy asoslarini ishlab chiqqan birinchi turkshunos olim sifatida tanildi. Mahmud

Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asarini tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq

qilish, xususan, asarda keltirilgan fonetika, grafika, morfologiyaga oid masalalarning

yoritilishi turkiy tillar rivojlanish tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
XI asrda yashagan birinchi turkshunos, lahjashunos va qiyosiy uslub sohibi
Mahmud Qoshg‘ariy ham “Devonu lug‘ati-t-turk” asari bilan turkiy tilshunoslik
ravnaqiga munosib hissa qo‘shdi. Bizgacha yetib kelgan bu qadimiy lug‘atning yagona
qo‘lyozmasi nodir nusxalardan hisoblanadi (Divanü lügat-it-türk dizini, 1972). Bu
qadimiy qo‘lyozmaning Ahmad Rif’at tomonidan chop etilishi va faksimil
nashrlarining yuzaga kelishi mazkur asarni sharqshunoslarga tanitdi. Natijada uni
tarjima va tadqiq qilish ishlari boshlab yuborildi. Bu asar asosida T.A. Borovkovaning
“Devonu lug‘ati-t-turk” tili grammatikasi, Z.M. Musabayeva o‘rgangan asardagi
omonimlar, X.G. Nigmatovning turkiy fe’llar va E.I..Fozilovning fe’l nisbatlari
yuzasidan nomzodlik tadqiqotlari amalga oshirildi (Rustamova, 2006) va bir qancha
ilmiy maqolalar nashr etildi (Borovkova, 1966; Kurishjanov, 1970; Rustamov, 1972).
Shuningdek, A. Toymas tomonidan asarning turkcha tarjimasiga bag‘ishlangan kitobi,
O. Prisak va Z.V. To‘g‘anning Mahmud Qoshg‘ariy shaxsiyati haqidagi izlanishlari,
M. Hartmanning “Devonu lug‘ati-t-turk” haqidagi mulohazalari, M.Sh. Ulkutashir,
A. Ja’faro‘g‘li, N. Nabi, B. Nertev, R. Belge, N. Husayn, B. Atalay (Rustamova,
2006), H. Dadaboyev (Dadaboyev, 2008), J. Hudoyberdiyev (Hudoyberdiyev, 2010;),
hamda Q. Sodiqovning (Sodiqov, 2005) asar xususiyatlari bilan bog‘liq maqolalari
nashr qilindi. Asarning boshqa tillar qatori o‘zbek tiliga tarjimalari (Mutallibov, 1960;
Al-Kashgari, 2010; Koshgariy, 2016; Alimuhamedov, 2017; Al-Kashgari, 2018;
Koshgariy, 2017) amalga oshirildi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur mavzuni yoritishda tavsiflash, komponent tahlil, lingvistik tahlil kabi
usullardan foydalanildi. Manbashunoslikka murojaat etilgan holda “Devonu lug‘ati-tturk” asarining bir qancha nusxalari o‘rganib chiqildi. Shuningdek, Abu Rayhon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining kutubxonasida saqlanayotgan
mavzuyimizga tegishli bir qator adabiyotlar ko‘rib chiqildi. To‘plangan ma’lumotlar
yordamida ilmiy tahlilga asoslanib mazkur maqola tayyorlandi.

TAHLIL VA NATIJALAR
“Devonu lug‘ati-t-turk”ning muqaddimasida turkiy tillar haqida qiyosiy-tarixiy
ma’lumotlar bilan bir qatorda ularning grafik va fonetik xususiyatlari ham bayon
qilingan.
Grafik va fonetik ma’lumot. Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘ati-tturk” asarida turkiy so‘zlarning yozilishi va turklargagina xos bo‘lgan tovushlarning
talaffuz o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Bu asarda turklarning qadimgi yozuvi,
ya’ni uyg‘ur yozuvining arabcha muodili ko‘rsatilgan (Kâşgarli, 1990: 3b).
Uyg‘ur yozuvida ifodalanmagan yettita turkiy tovushning arab yozuvidagi ifodasi
va ularning talaffuz o‘rni bayon qilingan. Bular – qattiq [b] (al-bā’u-ṣ-ṣulba, ya’ni [p]),

arabcha [j] (portlovchi [j], maxraji [z] va [š] oralig‘ida bo‘lgan [j], sirg‘aluvchi [j]),

arabcha [f], nuqtali [ğ], maxraji [q] va [k] oralig‘ida bo‘lgan [g], maxraji [ğ] va [k], [n]

va [q] oralig‘ida bo‘lgan burun [η] (Kâşgarli, 1990: 3b-4a) tovushlari.

Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tillarning tovush xususiyatlari haqida gapirib, turk

so‘zlarida arab tiliga xos bo‘lgan tish ora [s] tovushi, itboq (emfatik) tovushlar va

bo‘g‘iz tovushlari yo‘qligini ta’kidlaydi.

Mahmud Qoshg‘ariy, uyg‘ur yozuvida arab tiliga xos tovushlarni ifodalash uchun

tegishli uyg‘ur harfiga diakritik belgilar qo‘yib ifodalanadi, deydi. Masalan: arabcha

[s] harfini yozish kerak bo‘lsa, turkcha zāl ustiga nuqta qo‘yiladi. Arabcha ḍād ham

shunday yoziladi. Arabcha ṣād harfini ifodalash uchun uyg‘urcha sīn yoziladi va unga

nuqta qo‘yiladi.

“Devonu lug‘ati-t-turk”da keltirilgan grafik va fonetik ma’lumot haqida so‘z

ketganda Mahmud Qoshg‘ariyning bu sohada qo‘llagan atamalari xususida to‘xtalib

o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, asarda turkiy so‘zlarning fonetik, morfologik

xususiyatlari arab tilshunosligi atamalari orqali mohirona yoritilgan.

Tabiiyki, ‫ لسان‬lisān (til), ‫ لغة‬luğat (til, so‘z), ‫ أصل‬aṣl (o‘zak), ‫ مبني‬mabniy (tub), ‫مشتق‬

muštaqq (yasama), ‫’ أمر‬amr (fe’lning buyruq mayli), ‫ ماضي‬māḍiy (o‘tgan zamon),

‫مضارع‬muḍāri‘ (hozirgi-kelasi zamon), ‫ مصدر‬maṣdar, ‫’ إبدال‬ibdāl (metateza) kabi

hamma tillar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalarni bildiruvchi atamalar Mahmud

Qoshg‘ariygacha ham mavjud va mashhur edi. Bular qatoriga harakatlarga oid

atamalar ham kiradi.

Arab tilida ‫ حركة‬ḥarakat ham fonetika, ham grafikaga oid atamadir. U fonetikada

qisqa unli tovushni anglatadi, yozuvda qisqa unli tovushni anglatish uchun harf usti va

ostiga qo‘yiladigan belgini bildiradi. Bir necha harakatga nisbatan uning ko‘plik

shakli ‫ حركات‬ḥarakāt qo‘llanadi.

Mahmud Qoshg‘ariy bu atamaning V bob aniq darajadagi sifatdosh shakli ‫متحرك‬

mutaḥarrik so‘zini ko‘p qo‘llagan. Bu harfga nisbatan ishlatiladi va harakatli degan

ma’noni anglatadi. ‫ متحرك‬mutaḥarrik ‫ ساكن‬sākin (harakatsiz)ning ziddi. Masalan :

(Al-Kashgari, J. I: 51) .‫هذه أبواب متحرك الحشو‬

(Bu o‘rta harfi harakatli [so‘zlar] bobi).

Arab tili grammatikasida harakat tushunchasi [a] qisqa unlisini ifodalovchi ‫فتحة‬

fatḥa(tun), [i] qisqa unlisini ifodalovchi ‫ كسرة‬kasra(tun), [u] qisqa unlisini ifodalovchi

‫ضمّة‬ḍamma(tun) va undoshdan so‘ng unli tovush yo‘qligini bildiruvchi ‫ سكون‬sukūn(un)

atamalarini o‘z ichiga oladi.

Mahmud Qoshg‘ariy qisqa [a], [i], [u] unlilarini ifodalaganda yuqoridagi atamalar

bilan birga shu so‘zlarning o‘zagidan yasalgan fe’l va sifatdoshlardan hamda ularga

o‘zakdosh bo‘lgan boshqa so‘zlardan foydalanadi. [A] qisqa unlisi uchun ‫ فتح‬fatḥ(un),

‫نصب‬naṣb(un) atamalari kabi ‫ تفتح‬taftaḥu, ya’ni fathalanadi, ‫ مفتوح‬maftūḥ(un), ‫منصوب‬

manṣūb(un), ya’ni fathalangan atamalarini qo‘llaydi. Masalan:

(Al-Kashgari, J. I: 302) .‫تمر – العرق في البدن و الغزية تقال «تمر» بفتح الميم‬
(Tamur – tanadagi tomir. O‘g‘uzchada [m] fatha bilan tamar deyiladi).

(Al-Kashgari, J. II: 26) .‫يقال «برماق». فالباء مفتوحة‬
(Bormoq deydilar, [b] fathalangan).

(Al-Kashgari, J. I: 302) .‫و النصب احفّ الحركات‬
(Nasb eng yengil harakatdir).

(Al-Kashgari, J. I: 339) .‫ان يكتب المنصوب الأوسط بزيادة الف في هجاء التركية‬
(O‘rtasi [a] olgan bo‘lsa, turk harflarida alif qo‘shiladi).
Mahmud Qoshg‘ariy [i] unlisini anglatuvchi ‫ كسر‬kasr(un) atamasi bilan
birga ‫ مكسور‬maksūr(un) ‫ مكسورة)‬maksūra(tun)) «kasralashgan», ‫’ انكسرة‬inkasara, ‫تكسر‬
taksiru «kasra olgan, kasra oladi», ‫ كسرت‬kusirat «kasralantirdi» atamalarini qo‘llaydi.
Masalan:

.‫«ينجو تزدي»... فالتاء مكسورة... «تزار» بكسرالتاء... «تزماق» كذلك تكسر التاء‬
(Al-Kashgari, J. II: 26)

(«Inju tizdi» [t] kasralangan... «Tizar» [t] kasra bilan... «Tizmoq» xuddi shunday
[t] kasra olgan).

(Al-Kashgari, J. I: 127) ‫ – كسرت فاؤه‬(f si kasralantirilgan).
Mahmud Qoshg‘ariy ّ‫ ضم‬ḍamm(un) atamasi qatorida ‫ رفع‬raf‘(un), ‫مضمومة‬
maḍmūma(tun), ‫ مرفوع‬marfū‘(un) «dammalashgan», ‫ َضمت‬ḍammat, ‫’ انضمّت‬inḍammat
«damma olgan», ‫ ترفع‬tarfa‘u «[u] oladi» atamalaridan foydalanadi. Masalan:
(Al-Kashgari, J. I: 127).‫ – فضمّت القاف في المصدر‬(Masdarda [q] damma olgan).
(Al-Kashgari, J. II, 27) ‫«) – يكرم انضمّت الياء‬Yukrimu» [y] damma olgan).
(Al-Kashgari, J. I, 127) « ‫ترْدي إذا قام. فالتاء مرفوعة في الماضي... «ترْماقْ». ت َْرفَع التاء فيه‬
(«Turdi» o‘tgan zamonda [t] [u] olgan).
«Devanu lug‘ati-t-turk»da ‫ سكون‬sukūn atamasi ham turli shakllarda qo‘llangan,
ya’ni ‫ ساكن‬sākin (sākina) «sukun olgan», ‫ مسكّن‬musakkan (musakkana) «sukunlangan»,
‫ يسكن‬yaskunu (taskunu) «sukun oladi», ‫ سكنت‬sakanat «sukun oldi». Masalan:
(Al-Kashgari, J. II: 27) .‫«) – يقال ي َْقعد سكنت القاف في الغابر‬Yaq‘udu» deyiladi. Kelasi
zamonda [q] sukun oldi).
(Al-Kashgari, J. I: 127) ‫«) – و تقال «ي َْمطر» تسكن الميم فيه‬yamṭuru» deyiladi, [m] sukun
oladi).
(Al-Kashgari, J. I: 127) ‫ – باب فَع َْللا مسكّنة اللام الاولى‬(Birinchi [l] harakatsiz fa’allā
bobi).
Mahmud Qoshg‘ariy ‫ ساكن‬sākin atamasini ko‘p qo‘llagan. Bu atama arab
tilshunosligida ham qo‘llanadi. «Devonu lug‘ati-t-turk»da sākinning ko‘pligi ‫سواكن‬
savākin ham ishlatiladi.

(Al-Kashgari, J. I: 317) ‫و بعد ارغو تقولون «بالْقْ» بثلاث سواكن‬
(Arg‘ularning ayrimlari uchta sokin bilan «balq» deydilar).

Mahmud Qoshg‘ariy harakat bilan bog‘liq umumiy va turkiy tilshunoslik uchun

muhim bo‘lgan bir fikrni bayon qiladi. Bu turkiy imloda harakatlarning, ya’ni qisqa

unlilarning harf bilan ifodalanishidir. Mahmud Qoshg‘ariy turk yozuvida fatha alif

bilan, damma wāw bilan, kasra yā’ harfi bilan ifodalanadi, deydi (Kâşgarli, 1990: 4b).

Arab tilshunosligida ‫ حرف‬ḥarf (ko‘p. ‫ حروف‬ḥurūf, ‫ أحرف‬aḥruf) deganda nutq

tovushi va tovushning yozuvdagi belgisi, hamda yordamchi so‘z, ya’ni ko‘makchi,

bog‘lovchi va yuklamalar tushuniladi.

Mahmud Qoshg‘ariy turkiy qo‘shimchalarni ‫« زيادات‬ziyādāt» (orttirmalar) deb

ataydi. Masalan: bir tovushdan iborat qo‘shimchalarga fe’ldan ot yasaydigan

qo‘shimcha /-a/ ni alif, /-t/ ni tā’, /-č/ ni jīm, /-š/ ni šīn, /-ğ/ ni ğoyn nomi bilan

keltirilgan.

Asarda arab tilida mavjud bo‘lmagan tovushlarga quyidagicha tavsif berilgan:

[p] – ‫ الباء الصلبة‬(qattiq, ya’ni jarangsiz bā’);
[j] – ‫ الزاء المتولّدة بين مخرجي الزاء و الشين‬(zā’ va šīn maxrajlari orasidan chiqadigan

zā’);

[g] – ‫ الكاف الركيكة‬(yumshoq, ya’ni jarangli kāf);

[ng] – ‫ كاف الغنة‬(burun «kāf»i).

“Devonu lug‘ati-t-turk”da ḥarf atamasi morfologik birliklarga nisbatan ham

qo‘llangan. Mahmud Qoshg‘ariy harf turkumiga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama,

qo‘shimcha hamda undov va so‘roq bildiruvchi so‘zlarni kiritgan. Bu ma’nodagi ḥarf

atamasining asli ‫ حرف المعنى‬ḥarfu-l-ma’na bo‘lib, tilshunoslar uni qisqartirib ḥarf

tarzida ishlatadilar, Mahmud Qoshg‘ariy turkiy harflarni bir qancha turlarga bo‘lib,

ularni aniqlovchisi bilan ataydi. Quyidagilar shular jumlasidandir:

‫ – حرف تأكيد و مبالغة‬ta’kid va mubolag‘a ko‘makchisi, masalan:

(Al-Kashgari, J. I: 270) ‫َكدْ – حرف تأكيد و مبالغة في وصف الشيء‬

(Käd – narsalarni tasvirlashdagi ta’kid va mubolag‘a ko‘makchisi).

‫ – حرف إنكار‬inkor yuklamasi, masalan:

.(Al-Kashgari, J. I: 43) ‫ا َْو – بإشباع الالف. حرف إنكار لأمر الآمر‬

(av – ishbo‘li a. Buyuruvchi buyrug‘ini inkor qilish ma’nosidagi yuklama:
‫ – حرف تحنّن وتعطّف‬mehribonlik va hamdardlikni bildiruvchi yordamchi so‘z,

masalan:
(Al-Kashgari, J. I: 53) ‫الِجْ – حرف تحنّن وتعطّف على البنين. يقال منه «الِجِمْ» اي بن ََّي‬

ulıč – o‘g‘illarga mehribonlik va hamdardlik bildiruvchi undov. «Ulichim», ya’ni

«o‘g‘ilcham» deyiladi.

‫ – حرف تعجيل‬tezlatish yuklamasi, masalan:

.‫َشبْ – حرف تعجيل. كقول العرب «هلا». يقال منه « َشبْ كَلْ» اي اسرع في المجىء‬

(Al-Kashgari, J. I: 268).

(Šap – tezlashtirish yuklamasi. Arablarning «ḥallan» degani kabi «šap käl», ya’ni

«tez kel» deyiladi).

Mahmud Qoshg‘ariy yordamchi so‘z ma’nosidagi ḥarf atamasini quyidagi

so‘zlarga nisbatan ham qo‘llagan:

ab – juda, uš – shunday, uš – hozir, oš-oš – o‘sh-o‘sh (ho‘kizni suv ichishga

undashda ishlatiladigan undov), aa – a-a (lol qolishni ifodalovchi undov), ova – ha,

labbay (chaqirganga javob), ah – inkor ma’nosidagi o‘g‘uzcha undov, učun – uchun,

ıčın – orasida, alo – sekin (undov so‘z), ašnu – oldin, ilgari, abah – agar, agarda, ohu

– boshqa, azin – boshqa, bo‘lak (chigilcha), aḥar – unga, astın, altın – ost, quyi, aqru

– sekin, andağ – shunday, anda – u yerda, ayru – boshqa, yo‘q, esa, bo‘lmasa, asra –

quyi, ost, tab – yetarli ma’nosidagi yuklama, zab-zab – tez (undov), šab – tez, darrov

(undov), qob – juda, mat – shunday, qač – qancha, čaq – xuddi, aynan, čik – chikka,

kim – kim, yana – yana, mah – «ma, ol» ma’nosidagi undov, yah – xo‘p, shunday, ha,

dah, zah – yo‘q, emas (arg‘ucha), tizin – vaqtida, qayda – qayerda, - ča – shuncha,

kabi, -dek ma’nosini anglatuvchi yuklama, sa – sen, -ğu – buyruq fe’llarga qo‘shilib

makon, zamon, asbob-anjom ismlari hosil qilinadi, -qa – -qa, (-gä), qi – ey (undov),

ma – ma (ol ma’nosida), -mu – -mi (so‘roq yuklamasi) va hokazo.

Morfologik ma’lumot. Mahmud Qoshg‘ariy devonining muqaddima qismida

turk lahjalari uchun umumiy bo‘lgan muhim morfologik ma’lumotlarni ham beradi. Bu

borada u quyidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni misollari bilan sanab o‘tadi:

/-a/ (/-ä/): bilig (ilm) - bilga (olim); og (ong) - oga (ongli); uv (uvoq) - uva (taom

turi); /-t/: qač (qochmoq so‘zidan) - qačut (quvish); käz (käzmäk); käzüt (kiyim); /-č/:

kӧm - kӧmäč; sävin - sävinč; /-š/: bil - biliš; ur - uruš; /-ğ/: orı - orığ; quru - quruğ; /-

q/: tara - tarğoq (taroq); or – orğoq (o‘roq); /-k/: käs - käsäk (kesak); /-g/: tiri - tirik;

ӧl - ӧlug; -l/: bıčığ - bıčığ (yorilgan); /-m/: yaz- (yoz-) - yazim (to‘shak); bıč (kes-) -

bıčım (kesim); /-n/: aq - aqın (oqadigan); yığ - yığın; /-u/ (/-ü/): soruğ - sorğu

(so‘rg‘ich); turuğ - turğu (turadigan).

Mahmud Qoshg‘ariy belgilagan so‘z vaznlari. Sharq tilshunoslari «vazn»

so‘zidan til ilmida ham foydalanadilar. Bu holda «vazn» atamasi mazmun jihatdan

she’rshunoslikdagi shu atamadan farq qiladi (Bobir, 1971: 30-31). Morfologiyada

vaznning unlilari shu vaznga mansub so‘zning unlilari bilan bir xil bo‘lsa, aruzda

unlilar bir xil bo‘lishi shart emas.

Masalani oydinlashtirish uchun shakli morfologiya va aruz uchun umumiy

bo‘lgan fa‘ūl vaznini olib ko‘rish mumkin. Morfologik nuqtai nazardan mazkur vaznga

jasūr, ‘ajūz, ‘ašūr singari birinchi unlisi [a], ikkinchi unlisi cho‘ziq [ū] bo‘lgan

so‘zlargina mansub, lekin aruzga birinchi bo‘g‘inida qisqa unli, ikkinchi bo‘g‘inida

cho‘ziq unli bo‘lgan hamma so‘zlar mansubdir: qimor, qadim, qudūm kabi.

Morfologiyada bularning birinchisi fi‘āl, ikkinchisi fa‘īl, uchinchisi fu‘ūl vaznidadir.

Arab tilidagi so‘z o‘zagi undoshlardan iborat bo‘lib, unlilar so‘z va shakl yasash

vazifasini bajargani uchun so‘z va uning formalarining tuzilishini mazkur uslub bilan

ifodalash eng ma’qul yo‘ldir (Grande, 1963, 1972; Zvegintsev, 1958).

Shuning uchun g‘arb olimlari ham arab tili mofologiyasini tavsif qilganda arab
filologlari ijod qilgan vaznlardan foydalanadilar. Arab morfologiyasining vaznlari
ko‘p. Masalan, masdarlar: fa‘lun, fi‘lun, fu‘lun, fa‘alun, maf‘ilatun, taf‘ilun, taf‘ilatun,
mufā‘alatun, fi‘ālun,’if‘ālun, tafa‘‘ulun va boshqalar; aktiv va passiv sifatdosh vaznlari
fā‘ilun, maf‘ūlun, mufa‘‘ilun, mufa‘‘alun, mufā‘ilun, mufā‘alun, maf‘ilun, muf‘alun va
boshqalar.

Mahmud Qoshg‘ariy «Devonu lug‘ati-t-turk» asarida turkiy tillardagi so‘zlarning
vaznlarini keltirgan. Masalan, armut (nok), ozğuč (alanga), ӧrküč (to‘lqin) kabi
so‘zlarni af‘al vazni bilan beradi. Shu yerda va boshqa ko‘p o‘rinlarda vazndan so‘ng
fi ḥarakatihi (turli harakatlarda) deb qo‘shimcha qilingan. Bu Mahmud Qoshg‘ariyning
lug‘at tuzishdagi o‘ziga xos usulidir. U vazn shaklan ko‘payib ketishi mumkin bo‘lgan
o‘rinlarda ularning bitta shaklini berib, fi ḥarakatihi, ya’ni harf «turli harakatlarga ega»
deb ta’kidlash bilan kifoyalanadi.

Quyida Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy so‘zlarga yasagan ayrim vaznlari
(transliteratsiya orqali) misollar (transkripsiya orqali) yordamida ifodalangan: af‘al fi
ḥarakatihi – armut (nok), ozğuč (alanga), ӧrküč (to‘lqin); fa‘āl – uḫaq (o‘rik sharbati),
ušaq (ig‘vo); fu‘ul – üčünč (uchinchi), umunč (umid); fa‘lūli – avzurı (taomning nomi);
fa‘ālil – alanır (hayvonning nomi); fa‘al – alar (qizarmoq); fa‘laldi – aḫtardı
(ag‘dardi); fa‘l – bart (suyuqlik uchun o‘lchov birligi); fu‘l – murč (murch), tort (to‘rt);
fi‘l – qırq (qirq); fa‘al – qanat (qanot); fa‘ul – basut (yordam); fa‘il – bağır (jigar); fā‘il
– balığ (yarador); fa‘li – qaršı (xon saroyi); fu‘lulī – buldunı (sutli taomning nomi);
fay‘al – bäyräm (bayram), Sayram (shaharning nomi).

Mahmud Qoshg‘ariy o‘z lug‘atida turkiy so‘zlarni siralashda shu kabi ellikdan
ortiq so‘z vaznlaridan foydalangan.

XULOSA
“Devonu lug‘ati-t-turk” asari turkiy so‘zlarning arabcha izohli lug‘ati bo‘lishi
bilan birga, o‘z ichiga turkiy tillarga xos fonetik, grafik, morfologik qonun-qoidalar
majmuasini ham qamrab olgan. Mahmud Qoshg‘ariy bu asarda turklar haqida
ma’lumot bergan hamda turkiy tillar, ularning fonetik, grafik va morfologik
xususiyatlariga bog‘liq masalalarni yoritgan. “Devonu lug‘ati-t-turk”da turkiy so‘zlar
fonetikasi va morfologiyasi arab tilida, arab tilshunosligiga xos usul va atamalar
vositasida yoritilgan. Xususan, unli tovushlarga nisbatan turkiy tillar fonetikasida
mavjud bo‘lmagan “harakat” tushunchasini kiritgan va uning turlarini ifodalashda fe’l,
masdar, sifatdosh shakllaridagi atamalarni keng qo‘llagan. Asarda ḥarf atamasi tovush,
yuklama va ayrim ravishlarga nisbatan qo‘llangan. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy
so‘zlarning ellikdan ortiq vaznlarini ko‘rsatib bergan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Akmalkhanov, A. (2019) “Abu Yakub Sakkokiy’s views about verb words”

The Light of Islam: Vol. 2019: Iss. 3, Article 14.

2. Alimuhamedov, R., Sodikov Kosimcan. (2017) Maḫmud Kaşgariy: Devanu

Lugati-t-Türk [Türkiy Süzlar Devani] – Toşkent: Gafur Gulam Nomidaġi Naşriyet,

2017, ss. 488.

3. Al-Kashgari, Mahmud. (1333, J.I) Kitab Divan lugat at-turk. Jild I. Dar al-

xulafah al-‘ulyah. Matba’ah amirah.

4. Al-Kashgari, Mahmud. (1333, J.II) Kitab Divan lugat at-turk. Jild II. Dar al-

xulafah al-‘ulyah. Matba’ah amirah.

5. Ал-Кашгари, Махмуд. (2010) Диван лугат ат-турк (Свод тюркских слов).

(Перевод с арабского A.Рустамова. Под редакцией И.В.Кормушина). Том 1. В 3-

х т. – Москва: Восточная литература.

6. Ал-Кашгари, Махмуд. (2018) Диван лугат ат-турк (Свод тюркских слов).

(Перевод с арабского языка A.Рустамова. Под редакцией С. Хасанова, С.

Рустамий, M.Рустамова и др.) Том 1. – Ташкент: Mumtoz so‘z.

7. Bobir. (1971) Muxtasar (Nashrga tayyorlovchi S.Hasanov) – Toshkent.

8. Боровкова, T.A. (1966) О фонетической терминологии в словаре

Махмуда Кашгарского «Дивану луғат-ит-турк». ОЛЯ. №6. – С. 528-531.

9. Dadaboyev X. (2008) «Devanu lug‘ati-t-turk»dagi turkiy tillarga xos fonetik

va leksik-semantik xususiyatlar haqida. Tilshunoslikning dolzarb masalalari. –

Toshkent.

10. Divanü lügat-it-türk dizini. (1972) Türk dil kurumu yayınları. – Ankara.

11. Гранде, B.M. (1963) Курс арабской грамматики в сравнително-

историческом освещений. – Москва.

12. Гранде, B.M. (1972) Введение в сравнителное изучение семитских

языков. – Москва.

13. Hudoyberdiev J. (2011) Mahmud Qoshg‘ariy hayoti va «Devanu lug‘ati-t-

turk» bo‘yicha yaratilgan asarlar ko‘rsatkichi. – Toshkent: Akademnashr.

14. Islomov, Z. (2019) “The role of the International Islamic Academy of

Uzbekistan in the development of islamic studies” The Light of Islam: Vol. 2019: Iss. 1.

15. Kâşgarli, Mahmud. (1990) Dīvanü lūgati-t-türk. Tıpkıbasım/Facsimile.

Kültür bakanlīgī. – Ankara.

16. Кононов, A.Н. (1972) Махмуд Кашгарский и его «Дивану луғат-ит-

турк», Советская тюркология, №1, 3-17.

17. Qoshg‘ari, Mahmud. (2017) Devonu lug‘oti-t-turk [Turkiy so‘zlar devoni].

(Nashrga tayyorlovchi: Q.Sodiqov). – Toshkent.

18. Qoshg‘ariy, Mahmud (2016) Turkiy so‘zlar devoni (Devonu lug‘oti-t-turk).

(Nashrga tayyorlovchilar: A. Rustamov, H. Boltaboev). – Toshkent: Mumtoz so‘z.

19. Куришджанов, A.K. (1970) Исследование по лексике «Тюркскоарабского словаря». – Алма-Ата.

20. Mutallibov, S.M. (1960) Mahmud Qoshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni.
(Tarjimon va nashrga tayyorlovchi Mutallibov S.M). T.I. – Toshkent.

21. Nosirova, M. (2019) “Scientific heritage of Makhmud Zamakhshari and
actual questions of the studies of Mavarennakhrs linguistic school” The Light of Islam,
(1), 14.

22. Rustamiy, S. (2016) «Esasu-l-belaga» ve «Divan-u lugat-it-türk» eserlerinin
dil bilimi ve belagat bilimiyle ilgili yönleri. Electronic Turkish Studies, 11(20).

23. Rustamiy, S. (2018) “Typological peculiarities of science of balaghah,
rhetoric and stylistics” The Light of Islam, 2018 (1), 16.

24. Рустамов, А. (1972) “О переводе “Дивану лугат-ит-тюрк” Махмуда
Кашгарского на русский язык” Советская тюркология. №1. 129-239.

25. Rustamova, S. (2006) «Devonu lug‘oti-t-turk»dagi lingvistik atamalar. –
Toshkent: TDSHI.

26. Sodiqov, Q. (2005) “Mahmud Qoshg‘ariy xaritasi haqida” Sharq
filologiyasining tugun va yechimlari. – Toshkent.

27. Xudoyberdiyev, J. (2010) Mahmud Qoshg‘ariy hayoti va «Devanu lug‘ati-tturk» asarining o‘rganilishi. – Toshkent.

28. Звегинцев, В.A. (1958) История арабского языкознания. – Москва.

REFERENCES:
1. Akmalkhanov, A. (2019) “Abu Yakub Sakkokiy’s views about verb words”
The Light of Islam: Vol. 2019: Iss. 3, Article 14.
2. Alimuhamedov, R., Kosimcan Sodikov. (2017) Maḫmud Kaşgariy: Devanu
Lugati-t-Türk [Türkiy Süzlar Devani] – Toşkent: Gafur Gulam Nomidaġi Naşriyet,
2017, ss. 488. (In Turkish)
3. Al-Kashgari, Mahmud. (1333, J.I) Kitab Divan lugat at-turk. Jild I. Dar alxulafah al-‘ulyah. Matba’ah amirah.
4. Al-Kashgari, Mahmud. (1333, J.II) Kitab Divan lugat at-turk. Jild II. Dar alxulafah al-‘ulyah. Matba’ah amirah.
5. Al-Kashgari, Mahmud. (2010) Divan lugat at-turk (Svod tyurkskix slov).
(Perevod s arabskogo A.Rustamova. Pod redaksiey I.V.Kormushina). Tom 1. V 3-x t.
– Moskva: Vostochnaya literatura. (In Russian)
6. Al-Kashgari, Mahmud. (2018) Divan lugat at-turk (Svod tyurkskix slov).
(Perevod s arabskogo yazika A.Rustamova. Pod redaksiey S.Xasanova, Sh.Xasanovoy,
S.Rustamiy, M.Rustamova i dr.) Tom 1. – Tashkent: Mumtoz so‘z. (In Russian)
7. Bobir. (1971) Muxtasar (Nashrga tayyorlovchi S.Hasanov) – Toshkent. (In
Uzbek)

8. Borovkova, T.A. (1966) O foneticheskoy terminologii v slovare Maxmuda
Kashgarskogo «Divanu lug‘at-it-turk». OLYA. №6. – S. 528-531. (In Russian)

9. Dadaboyev X. (2008) «Devanu lug‘ati-t-turk»dagi turkiy tillarga xos fonetik
va leksik-semantik xususiyatlar haqida. Tilshunoslikning dolzarb masalalari. –
Toshkent. (In Uzbek)

10. Divanü lügat-it-türk dizini. (1972). Türk dil kurumu yayınları. – Ankara. (In
Turkish)

11. Grande, B.M. (1963) Kurs arabskoy grammatiki v sravnitelno-istoricheskom
osvesheniy. – Moskva. (In Russian)

12. Grande, B.M. (1972) Vvedenie v sravnitelnoe izuchenie semitskix yazikov.
– Moskva. (In Russian)

13. Hudoyberdiev J. (2011) Mahmud Qoshg‘ariy hayoti va «Devanu lug‘ati-tturk» bo‘yicha yaratilgan asarlar ko‘rsatkichi. – Toshkent: Akademnashr. (In Uzbek)

14. Islomov, Z. (2019) “The role of the International Islamic Academy of
Uzbekistan in the development of islamic studies” The Light of Islam: Vol. 2019: Iss. 1.

15. Kâşgarli, Mahmud. (1990) Dīvanü lūgati-t-türk. Tıpkıbasım/Facsimile.
Kültür bakanlīgī. – Ankara. (In Turkish)

16. Kononov, A.N. (1972) Maxmud Kashgarskiy i ego «Divanu lug‘at it-turk»,
Sovetskaya tyurkologiya, №1, 3-17. (In Russian)

17. Qoshg‘ari, Mahmud. (2017) Devonu lug‘oti-t-turk [Turkiy so‘zlar devoni].
(Nashrga tayyorlovchi: Q.Sodiqov). – Toshkent. (In Uzbek)

18. Qoshg‘ariy, Mahmud (2016) Turkiy so‘zlar devoni (Devonu lug‘oti-t-turk).
(Nashrga tayyorlovchilar: A. Rustamov, H. Boltaboev). – Toshkent: Mumtoz so‘z. (In
Uzbek)

19. Kurishdjanov, A.K. (1970) Issledovaniye po leksike «Tyurksko-arabskogo
slovarya». – Alma-Ata. (In Russian)

20. Mutallibov, S.M. (1960) Mahmud Qoshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni.
(Tarjimon va nashrga tayyorlovchi Mutallibov S.M). T.I. – Toshkent. (In Uzbek)

21. Nosirova, M. (2019) “Scientific heritage of Makhmud Zamakhshari and
actual questions of the studies of Mavarennakhrs linguistic school” The Light of Islam,
2019 (1), 14.

22. Rustamiy, S. (2016) «Esasu-l-belaga» ve «Divan-u lugat-it-türk» eserlerinin
dil bilimi ve belagat bilimiyle ilgili yönleri. Electronic Turkish Studies, 11(20). (In
Turkish)

23. Rustamiy, S. (2018) “Typological peculiarities of science of balaghah,
rhetoric and stylistics” The Light of Islam, 2018(1), 16.

24. Rustamov, A. (1972) “O perevode “Divanu lugat-it-tyurk” Maxmuda
Kashgarskogo na russkiy yazyk” Sovetskaya tyurkologiya. №1. 129-239. (In Russian)

25. Rustamova, S. (2006) «Devonu lug‘oti-t-turk»dagi lingvistik atamalar. –
Toshkent: TDSHI. (In Uzbek)

26. Sodiqov Q. (2005) “Mahmud Qoshg‘ariy xaritasi haqida” Sharq
filologiyasining tugun va yechimlari. – Toshkent. (In Uzbek)

27. Xudoyberdiyev J. (2010) Mahmud Qoshg‘ariy hayoti va «Devanu lug‘ati-tturk» asarining o‘rganilishi. – Toshkent. (In Uzbek)

28. Zvegintsev, V.A. (1958) Istoriya arabskogo yazikoznaniya. – Moskva. (In
Russian)