ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlari

Shoaliyeva Nargiza Kakhramanovna, Hojjatulloh Javoniy

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ALISHER NAVOIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI

ALISHER NAVAI’S VIEWS ON SUFISM

ВЗГЛЯДЫ АЛИШЕРА НАВАИ НА СУФИЗМ

Shoaliyeva Nargiza Kakhramanovna,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n.

Теl.: +998 98 127-30-06
nshoaliyeva74@mail.ru
ORCID: 0000-0002-7314-0093

Hojjatulloh Javoniy,
Alzahra universiteti, Ilohiyot fakulteti,
Dinlar va tasavvuf kafedrasi dotsenti

Annotatsiya: Mir Alisher Navoiy musulmon olamida XV asrning atoqli, mashhur
shoiri va mutafakkiri hisoblanadi. Navoiy asarlaridan so‘fiylik ta’limotini ko‘plab
topish mumkin. Navoiy o‘z asarlarida tasavvufiy ilmga ko‘plab murojaat qilgan.
So‘fiylar hamda Islom ta’limoti Islom jamiyatida azaldan muhim o‘rin tutib kelgan.
Bu ta’limotlar odamlarning idroki va botiniga ta’sir ko‘rsatib, insonparvarlik xattiharakatlarining asosi bo‘ldi. So‘fiylar, shoir va mutafakkirlar tasavvufiy ta’limotlarni
taqdim etish orqali odamlarning tafakkuri va faollik darajasini yuksaltirishga harakat
qilganlar. Alisher Navoiy hijriy X asrning koʻzga koʻringan musulmon shoiri va
mutafakkirlaridan biri sifatida, uning qarashlarida, asarlarida yaqqol ko‘rinib turadiki,
u o‘z davri jamiyatida hukmronlik qilgan an’ana, islom ta’limoti va madaniyatidan
to‘liq xabardor bo‘lgan. Ammo uning asarlarida tasavvufiy ta’limotlar bormi? Uning
asarlarida qaysi so‘fiylik ta’limotiga ko‘proq urg‘u berilgan? Tasavvufiy
tushunchalarni qayta talqin qilishda uning ahamiyati va hissasi qanday? Shoir
g‘azallarida maqom va holatlarni (Maqomot va Ahvol) hamda ko‘plab tasavvufiy
unsurlarni ishlatgan. Navoiy tasavvufiy istilohotlar yordamida, riyokorlikni tanqid
qilish, ilohiy ishq tushunchasini tushuntirish, xudbinlik moyilligidan xalos bo‘lish,
qayg‘ulardan qutulish, Xudoga yaqinlik, fano va shuhudni izohlaydi. Ushbu maqolada
Navoiy asarlarida keltirilgan tasavvufiy ta’limotlar, xususan, amaliy tasavvuf davri va
uni to‘la namoyon etuvchi tavba tushunchasidan tortib, fano (yo‘qlik)
tushunchasigacha ifodalashga harakat qilingan.

Kalit so‘zlar: Mir Alisher Navoiy, tasavvufiy ishq, maqom, holat, sadoqatdagi
ishtiyoq.

Annotation: Mir Alisher Navoi is a well-known poet and thinker of the 15th
century in the Muslim world. Sufism can be found in the works of Navoi. In his works,
Navoi made many references to mystical science. Sufis and Islamic teachings have
always occupied an important place in Islamic society. These teachings influenced the
perceptions and hearts of people and became the basis for human behavior. Sufis, poets
and thinkers tried to raise the level of thinking and activity of people by presenting
mystical teachings. As one of the outstanding Muslim poets and thinkers of the 10th
century Hijri, Alisher Navoi’s views and works make it clear that he was fully aware
of the traditions, teachings and culture of Islam that dominated the society of his time.
But are there mystical teachings in his works? Which Sufi teaching is given more
attention in his works? What is its significance and contribution to the rethinking of
mystical concepts? In his poems, the poet used statuses and conditions (Maqamat and
Ahval), as well as many mystical elements. Using mystical terms, Navoi criticizes
hypocrisy, explains the concept of divine love, closeness to God, death and martyrdom,
eliminates selfishness and sorrows. This article attempts to express the mystical
teachings presented in Navoi’s work, particularly from the period of practical
mysticism and the concept of repentance, fully manifesting it, to the concept of fano
(absence).

Keywords: Mir Alisher Navoi, mystical love, status, case, eagerness in devotion.

Аннотация: Мир Алишер Навои – известный поэт и мыслитель в
мусульманском мире XV века. В творчестве Навои можно найти Суфизм, в его
произведениях много элементов суфизма. Суфии и исламские учения всегда
занимали важное место в исламском обществе. Эти учения повлияли на
восприятие и сердце людей и стали основой гуманного поведения. Суфии, поэты
и мыслители пытались поднять уровень мышления и активности людей,
представляя мистические учения. Алишер Навои, как один из выдающихся
мусульманских поэтов и мыслителей Х века хиджры, в его взглядах и
произведениях ясно видно, что он в полной мере осознавал традиции, учение и
культуру ислама, господствовавшего в обществе его времени. Но есть ли в его
произведениях мистические учения? Какому суфийскому учению уделяется
больше внимания в его произведениях? Каково его значение и вклад в
переосмысление мистических концепций? В его стихах поэт использовал
статусы и ситуации (Макамат и Ахвал), а также множество мистических
элементов. С помощью мистических терминов Навои критикует лицемерие,
объясняет понятие божественной любви, избавляется от эгоизма, избавляется от
скорбей, близости к Богу, смерти и мученичества. В данной статье предпринята
попытка выразить мистические учения, представленные в творчестве Навои, в

частности, от периода практического мистицизма и концепции покаяния,
полностью его проявляющей, до концепции фано (отсутствия).

Ключевые слова: Мир Алишер Навои, мистическая любовь, статус,
состояние, страсть в верности.

KIRISH
Navoiyning dunyoqarashi bilan tanishish, uning so‘fiylar ta’limotini o‘ta puxta va
sinchkovlik bilan egallaganini va o‘z asarlarida bu haqida fikrlar yuritganini ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, u so‘fiylar ta’limotining eng quyi darajasi, ya’ni tavbadan tortib,
tasavvufning eng yuksak darajalarigacha, ya’ni fano, vahdat (birlik), hayratni o‘z
asarlarida, ayniqsa, she’rlari devonida o‘ziga xos va ta’sirchan ifodalaganining guvohi
bo‘lamiz. Albatta, buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki u Jomiyning shogirdlaridan
bo‘lib, Hofiz, Sa’diy, Mavlaviyning qarashlari va ijodiga jiddiy e’tibor bergan. Uning
o‘zidan oldingi salaflar izidan borishi adabiy uslubdagi mahoratini hamda irfoniy
adabiyot bilan yaqinligini ko‘rsatadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Bir qancha tadqiqotchilar, xususan, S..G‘aniyeva, A..Erkinov, A..Hayitmetov,
A..Mirzayev kabi tadqiqotchilar o‘z ilmiy asarlarida Alisher Navoiyning so‘fiylik
haqidagi qarashlari haqida fikr bildirganlar. Ularda Navoiyning she’riyati va nasrida
so‘fiylik an’analarini chuqur anglash va qadrlash, xususan, uning ishq, ma’naviyat va
ilohiylik tabiati haqidagi g‘oyalarda namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi. Bu tadqiqotlarda
Navoiyning falsafiy-ma’naviy qarashlariga, xususan, so‘fiylik orqali ichki osoyishtalik
va ma’rifatga intilishga alohida e’tibor qaratilgan. Tasavvufning Navoiy tafakkuri va
ijodiy faoliyatiga ta’siri ko‘rsatilib, shoirning so‘fiylik an’analari bilan chuqur
aloqadorligi yoritib berilgan. Umuman olganda, bu tadqiqotchilar Alisher Navoiyning
so‘fiylik haqidagi qarashlarini tushunishga katta hissa qo‘shgan. Bu olimlarning
xulosalarini tahlil qilish va umumlashtirish orqali Navoiyning tasavvufga bo‘lgan
qarashlari, uning ijodiy faoliyatiga ta’siri haqida kengroq tushunchaga ega bo‘lishimiz
mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Navoiyning Foniy devoni g‘azallarini o‘rganish jarayonida tahlil, irfoniy-badiiy
tahlil, qiyosiy tahlil usullari qo‘llanildi. Navoiyning forsiy tildagi g‘azallaridan baytlar
keltirib, ularning atamalariga va ularning mazmun-mohiyatiga tushuntirish berishda
nazariy jihatdan yondashish uslubidan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Navoiyning so‘fiyona qarashlari, harakatlarining natijalari uni buyuk haqiqatni
qabul qilishga yetaklaydi. Bugungi kunda diniy plyuralizm, bag‘rikenglik deb

ataladigan tushunchalar uning so‘fiylik nazariyasida o‘z rang-u bo‘yini ochib berdi.
Navoiy Ka’ba va dayr o‘rtasida farq yo‘qligini ta’kidlaydi:

،‫کعبه و دیر تفاوت نکند چون همه جا‬
.‫دیده بر روی تو و میل دلم سوی تو بود‬
Ka’ba bilan dayrda tafovut yo‘q, chunki hamma joyda
Ko‘zim yuzingda-yu, dilim mayli senda edi (Devoni Foniy, 175-g‘azal, 154-
bet)
U bugungi kun mutafakkiri va Mavlaviy nazariyasi kabi Ka’baga boradigan
barcha yo‘llarni ochiq deb hisoblaydi:
‫باده ده ز آن که زهر خانه سوی حق راه است‬
‫اگر از گوشه مسجد و گر از کنج کنشت‬
Boda ber, chunki har uydan Xudo sari bir yo‘l bor,
Agar u masjid burchagi bo‘lsin, yo kaliso kunji. (Devoni Foniy, 108-g‘azal,
81-bet)
Uning so‘fiylik va estetik qarashi uni shu bosqichga yetaklaydiki, qiblaning
yaqini faqat jon do‘stidir:
‫نیست جز دولت مرا قبله ی جان، ای زاهد‬

‫ساکن دیر و گر عازم بیت اللهم‬
Dayrda ham, masjidga ketayotgan bo‘lsam ham
Qiblai jonim do‘stdan boshqa emas. (Devoni Foniy, 334-g‘azal, 237-bet)
Va nihoyat, u orifni so‘zsiz, ishonchlilar ahlidan deb biladi va unga shubha ko‘zi
bilan qaramaydi:

‫عارف آن دان که گر افلاک ز هم بشکافد‬
.‫به شهودش نرسد شاییه نقص و قصور‬

Agar falak ikkiga ayrilganda ham, e’tiqodiga
Nuqs-u zarar yetmasa, o‘sha kishini orif deb bil. (Devoni Foniy, 245-g‘azal,
189-bet)
Mavlaviy zikr etgan so‘fiy Navoiy nazariyasida ham to‘liq ifodalangan.
Mavlaviy: “Yagona ishonchli panoh Hazrati Haqdir, boshqa panohlar muvaqqat
(qulaguvchi)” degan edi.

،‫هیچ کنجی بی در و بی دام نیست‬
‫جز به خلوتگاه حق آرام نیست‬

Eshiksiz, tuzoqsiz biror makon yo‘q,
Haqning xilvatidan o‘zga yerda orom yo‘qdir. (Mavlaviy, 1381: 591)
Navoiy ham aytadiki:

‫به غیر باقی مطلق مجوی فانی از آن رو‬
)143 ‫ ص‬:153 ‫که به هر دلبستگی دل نشاید آنچه نپاید )همان، غ‬

Ey, Foniy, boqiyi mutlaqdan o‘zgani izlama,
Chunki baqosi yo‘q narsa ko‘ngil bog‘lashga arzimaydi.
Pirovardida, Alisher Navoiyning so‘fiyona harakatlarining eng oliy maqsadi –
vahdatdir. U bizning qarashlarimizni xatoning natijasi deb biladi:

‫من و مایی نبود در ره وحدت، هشدار‬
‫که من این ما و منی از عین خطا میبینم‬
Vahdat yo‘lida siz biz (degan so‘z) yo‘q, hushyor bo‘l,
Chunki men bu siz bizni ayni xato deb ko‘raman. (Devoni Foniy, 353-g‘azal,
247-bet)
Navoiy ham ko‘p so‘fiylar kabi o‘zining asl maskanini unutib, sarsonsargardonlik g‘amidan so‘z ochadi:
‫غربتی پیش من افتاد و عجب دور و دراز‬
)228 ‫ ص‬،319 ‫که بشد منزل اصلی همگی از یادم )دیوان، غزل‬
Menga olisdan-olis musofirlik nasib bo‘ldi,
Asl manzilim hammasi yodimdan ko‘tarilib ketdi.
(Devoni Foniy, 319-g‘azal, 228-bet)
U bu dunyoning beqaror mohiyatiga ishora qiladi:

‫فانی چه شوی شیفته دهر که کونین‬
)115 ‫ ص‬،94 ‫در دشت فنا جمله نمودار سراب است )دیوان، غزل‬
Ey Foniy, dunyoga nima uchun maftun bo‘lasan, holbuki,
Fano dashtida ko‘ringan barcha narsalar sarobdir.

(Devoni Foniy, 94-g‘azal, 115-bet)
U so‘fiylar singari dunyoni ishvagar makkora qari ayoldek, insonni esa uning asiri
deb biladi:

‫بین سوی پیره زن عشوه گر دهر که چون‬
)109 ‫ ص‬،84 ‫رستمانند زبونش، چه عجایب زالی است )دیوان، غزل‬
Ishva qiluvchi jahon kampiri tomoniga qara, uning
oldida Rustamlar mag‘lubdir, bu qanday ajoyib kampir ekan?

(Devoni Foniy, 84-g‘azal, 109-bet)
Navoiy dunyoning bevafoligidan yozg‘iradi:

‫چون بی وفاست غمکده دهر، می بیار‬
)113 ‫ ص‬،90 ‫بودن در این سرای، دمی هوشیار چیست؟ )دیوان، غزل‬
Modomiki, bu g‘amxona dunyo bevafo ekan, may keltir,
Bu dunyoda bir dam hushyor bo‘lmoq nimaga kerak?

(Devoni foniy, 90-g‘azal, 113-bet)
Va so‘nggida dunyoning davlat-u iqboli barchasi xayol bo‘lib, bu olamdagi
barcha o‘xshash silsilaning hammasi hechdir, deya uqtiradi. (Devoni Foniy, 91-g‘azal,
113-bet)

Navoiy o‘z tinglovchilarini vaqt qadrini bilishga chaqirib, vaqt insonlarning
qayg‘u, umidlari va ishonchlari natijasi deb hisoblaydi:

‫نقد وقت آر به کف، ز آنکه پریشان وقت‬
)126 ‫ ص‬،117 ‫پیر ره جمله ز آمال و امانی دانست )دیوان، غزل‬
Vaqtni g‘animat bil, negaki tariqat piri
Vaqt parishonligini amallar-u omonlikdan deb biladi.

(Devoni Foniy, 117-g‘azal, 126-bet)
Tasavvufdagi eng ko‘zga ko‘ringan istilohlardan biri vaqt bo‘lib, so‘fiylar vaqt
hal qiluvchi ekanligini ta’kidlaganlar: Vaqt g‘olib tig‘dir (Tabriziy, 1398: 102).
Deydilarki, “Vaqt qimmatli, uning qadrini hamma ham tushuna olmaydi” (Obodiy,
1347: 193). Xuddi shu ma’noda Alisher Navoiy ham vaqtdan unumli foydalanishga
chorlaydi (Devoni Foniy, 23-g‘azal, 183-bet). Navoiy so‘fiylik an’analariga ko‘ra,
odamlarni haqiqat izlashga chorlab, haqiqatga muvaffaqiyatsiz erishish mumkin
bo‘lmasa-da, umidsizlikka tushmaslik, izlanish kerakligini aytadi:

،‫اگرچه وصل بی توفیق ممکن نبود، ای فانی‬
)277 ‫ ص‬،413 ‫مشو نومید و در راه طلب سعی آنچه بتوانی کن )دیوان، غ‬
Ey Foniy, tavfiqsiz vasl mumkin bo‘lmasa ham,
Noumid bo‘lma, talab yo‘lida qo‘lingdan kelganicha urin!

(Devoni Foniy, 413-g‘azal, 277-bet)
U visol talabi oldida butun olamni arzimas deya ta’kidlaydi:

‫در طلب وصل پیش همت عاشق‬
)157 ‫ ص‬،179 ‫دهرو در او هرچه هست، مختصر آید )دیوان، غ‬

Vasl talabi oshiq himmati oldida
Dunyo ham, undagi barcha narsalar ham ahamiyatsiz ko‘rinadi.

(Devoni Foniy, 179-g‘azal, 157-bet)
Navoiy qalbni poklash zarur ekanligini ta’kidlab, ezguligi bo‘lmagan har qanday
qalbga inoyat harom deb hisoblaydi va g‘uborsiz qalbni ko‘zguga mengzaydi. (Devoni
Foniy, 101-g‘azal, 118-bet). So‘fiylik an’analariga ko‘ra, tavba yuksalish yo‘lidagi
birinchi qadamdir. Xoja Abdulloh aytadiki: “Tavba – davodir”. Tavba - yo‘l nishonasi,
ezgulik yo‘lboshchisi, xazina kaliti, shafoatchi, ulug‘ vositachi, qabul sharti, saodat
toji. Tavbaning ustuni uch narsadir: Qalbda tazarru, tilda uzr va yomonlikdan yiroqlik
(Ansoriy, 1368: 18).
Navoiy tavba va hatto taqvo tushunchasini ham muhokama qilgan:

‫ای مغ بچه بس توبه شکستی و گنه بود‬
)121 ‫ ص‬،108 ‫گر توبه ما را شکنی هست ثوابت )دیوان، غ‬
Ey mug‘bacha, ko‘p tavba ushatding, u gunoh edi,
Agar bizning tavbamizni ushatsang - senga savobi bor.

(Devoni Foniy, 108-g‘azal, 121-bet)

So‘fiylar ta’limotiga ko‘ra, tavbadan keyingi davr tazarrudir. Ansoriy aqidasiga
ko‘ra, oriflarning tazarrusi Ungagina qaytishdir: “Faqat Allohgagina suyaning”.
Tasavvuf ahlining uchta belgisi bor: Biri gunohdan yiroq bo‘lish, ikkinchisi hayo bilan
itoatda bo‘lish, insonlik haqiqati bilan yolg‘iz qolishdir (Ansoriy, 1368: 19). Navoiy
o‘z tinglovchilarini ham “tavba qilgan” deb ataydi. (Devoni Foniy, 78-g‘azal, 106-bet).
So‘fiylar, tavba qilgandan so‘ng, inson o‘z xatti-harakatida ixlosini namoyon qilishi
kerak, deb hisoblaydilar. Ular bu irodat (tariqatni irodat ham deydilar. Ya’ni irodani
shayx irodasiga topshirishni botindagi asl haqiqatga yaqinlashtirgani sababli muhabbat
shu’lasi deb atashadi. Shuningdek, irodat inson qalbida ishq uchqunlari sifatida
tasvirlangan. (Guhareyn, 1368: 145-bet). Shu ma’noda irodat odatni rohat bilan tark
etish hisoblangan. Navoiy irodatni do‘stning irodasini toblab va uni o‘z xohishidan
ustun qo‘yish, deb biladi. (Devoni Foniy, 115-g‘azal, 125-bet).

So‘fiylik ta’limotiga ko‘ra, insonning nafs changaliga o‘ralashib qolishi uning
hayotda to‘g‘ri yo‘ldan adashishiga sabab bo‘ladi. Nafs inson taraqqiyoti yo‘lidagi
katta to‘siqdir. Shu boisdan ham, banda qachonki nafsini yer qa’riga ko‘msa, uning
qalbi osmon cho‘qqilariga ko‘tariladi, deyilgan (Siroj Tusiy, 1394: 240). Navoiy ham
“O‘zlik yuki og‘ir va yuksalishga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun undan qutulish
kerak”, deb ta’kidlagan. (Devoni Foniy, 352-g‘azal, 246-bet). Uning fikricha, inson
toki o‘zligi bilan birga ekan, matlabiga yeta olmaydi, u haqiqat yo‘lini topishi uchun
o‘zidan ozod bo‘lmog‘i kerak. (Devoni Foniy, 430-g‘azal, 286-bet). U ilm va
tasavvufga erishish uchun insonning nafsini tark etishi zarurligini va nafsni tark
etmagan kishi bu safarni yakunlay olmasligini ta’kidlaydi. (Devoni Foniy, 206-g‘azal,
171-bet). Albatta, Xudoning marhamati insonga nasib qilmasa, o‘zlik sahrosini kesib
o‘tish qiyin, deb hisoblaydi. (Devoni Foniy, 210-g‘azal, 172-bet). Navoiy boshlang‘ich
va an’anaviy ta’lim usullarini insonni o‘zlik yukidan ozod qilish yo‘li deb
hisoblamaydi. U maktab o‘quvchilarini o‘zligini sevuvchi deb hisoblaydi:

)200 ‫ ص‬:266 ‫خودبینی اهل مدرسه دانند فاینا )دیوان، غ‬
Ey Foniy, maktab o‘quvchilari takabburlik neligin biladilar

(Devoni Foniy, 266-g‘azal, 200-bet)
U o‘z davridagi va’zxonlarning so‘zlarini, din va ma’naviyat holatini tanqid qilib,
da’vatchilarning va’zgo‘yligi xudbinlikdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi. Navoiy
fikricha, voiz tushkun holatda, qush esa vahmda. (Devoni Foniy, 67-g‘azal, 100-bet).
Va ularga voizning faryodiga quloq solmaslikni, buning o‘rniga mug‘anniyning kuyini
tinglashni tavsiya etadi. (Devoni Foniy, 430-g‘azal, 286-bet). U voizlarning va’zlarini
g‘ofillik sababi deb hisoblab, buni afsonaviy uyquga qiyos etadi. (Devoni Foniy, 13-
g‘azal, 73-bet).
Shayxning va’z-u nasihatlari bilan ishq va maydan kechmayman, chunki uning
so‘zlari goh afsona, goh afsundir, deya ta’kidlaydi. (Devoni Foniy, 63-g‘azal, 99-bet).
Navoiy o‘z tanqidini davom ettirib, aql, ishq va xulq o‘rtasidagi doimiy ziddiyatga ham

ishora qiladi. Bu yo‘lda ilm-u amal ojizligi, Haq visoliga bog‘lanish yo‘li esa fano
aqidasi ekanligini aytadi. U majnunlik va ishqni aql bilan topib bo‘lmaydigan narsa,
deb biladi. (Devoni Foniy, 318-g‘azal, 227-bet).

Aql va ishq o‘rtasidagi ziddiyat hikoyasi so‘fiy adabiyotida juda yaqqol namoyon
bo‘lib, Navoiy ham bunga e’tibor bergan:

Sarxush boshimiz aql doirasidan chiqib ketdi. (Devoni Foniy, 66-g‘azal,
100-bet).

Uning fikricha, dono keksa ham ishq qarshisida maktab bolasi kabidir. (Devoni
Foniy, 46-g‘azal, 90-bet).

Navoiy o‘z davri va jamiyatining illatlariga to‘la e’tibor berib, ijtimoiy tanqidchi
sifatida harakat qilgan. U o‘z jamiyatidagi illatlarni ikkiyuzlamachilik, zohidlik deb
tanishtiradi. Munofiq do‘stlarga e’tibor bermaslik, tariqat yo‘lidan chin do‘st izlash
kerakligini aytadi. Ammo bunday do‘st qayerda? (Devoni Foniy, 87-g‘azal, 111-bet).
Munofiq ahlining oldiga bormang, chunki ularning oldiga borgan har bir kishi
pushaymon bo‘ladi, deydi. (Devoni Foniy, 170-g‘azal, 152-bet). U shayx va ulamolarni
ikkiyuzlamachi deb ko‘rgani uchun ularni tanqid qiladi: Shayx uchun munofiqlik
xushdir. (Devoni Foniy, 48-g‘azal, 91-bet). Tariqat yo‘lida riyo chirkinligidan
poklanmoqchi ekanligini bayon qiladi. (Devoni Foniy, 23-g‘azal, 79-bet). Tasbehning
munchoqlarini sanaydigan munofiq Shayxga e’tiroz bildiradi. (Devoni Foniy, 34-
g‘azal, 84-bet).

Zohidlik erishuvchining o‘tishi kerak bo‘lgan bosqichlardan biridir. Chunki Haq
visoliga yetishish uchun kishi ozod bo‘lishi, dunyoni va undagi hamma narsani tark
qilishi kerak. (Rejoyi Buxoroyi, 1364: 241). Shuningdek, zohidlik oxirat farovonligini
ta’minlash uchun bu dunyoning ne’matlaridan voz kechish deb ta’riflangan. (Domodiy,
1367: 85, Jurjoniyda keltirilgan 1357: 87).

Navoiyning ta’kidlashicha, qiymatga ega bo‘lgan ko‘plab tushunchalar ma’lum
vaqt o‘tishi bilan salbiylashib, o‘z ta’sirini yo‘qotgan. U zuhd tushunchasiga alohida
e’tibor beradi. Buyuk so‘fiylar adabiyotida zohidlik ijobiy ma’noga ega bo‘lgan.
Ansoriy dunyoda zohidlik alomatini uch narsa deb bilgan: o‘limni zikr qilish, boriga
qanoat qilish va darveshlar bilan suhbatlashish. (Ansoriy, 1368: 25). Lekin Navoiy va
Hofiz davrida bu tushunchalarda birmuncha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Chunki Hofiz
ham munofiq zohidlikni ulug‘laydi va deydiki: Gumroh pirlar – zohid shayxlar, bizni
afsona qildilar. Alisher Navoiy o‘zining “Devon”ida qirq besh martadan ortiq zohidlik
va uning tushunchalari haqida bahs yuritib, diniy va ijtimoiy kamchilik sifatida bu
tushunchaga e’tibor bergan. U zuhd va ofiyatni afsona deb biladi. (Devoni Foniy, 64-
g‘azal, 99-bet). U zohidlikni ayb deb biladi. (Devoni Foniy, 103-g‘azal, 119-bet). U
zohidlik va taqvo bilan o‘z maqsadiga erishmaganini aytadi. (Devoni Foniy, 196-
g‘azal, 165-bet). Navoiy riyokor zohidlikni mushkul vazifa deb biladi:

‫فانی اندر سیر اطوار طریقت هرچه دید، بود نیکو‬
)142 ‫ ص‬:151 ‫لیکنش زهد ریایی شاق بود )همان، غ‬
Foniy, tariqatda qanday atvor va odatni ko‘rsa
Hammasi yaxshi, faqat zuhd-u riyo yomon va qiyin.

(Devoni Foniy, 151-g‘azal, 142-bet)
Navoiy zohidlikning salbiy tomonlarini qayta-qayta ifodalaydi. (Devoni Foniy,
337-g‘azal, 239-bet). Do‘stga erishish uchun to‘siq (Devoni Foniy, 200-g‘azal, 167-
bet), insonlarda yuzlab kasalliklarni keltirib chiqaruvchi (Devoni Foniy, 131-g‘azal,
132-bet), riyokorlikning kelib chiqish sababi deya izohlanadi (Devoni Foniy, 181-
g‘azal, 158-bet). Navoiy nazarida, zohidlik va taqvo ridosi qadrsizdir (Devoni Foniy,
267-bet, 200-g‘azal) va zohidlik insoniyat zulmatining manbasiga aylanadi:

‫مرا در خانقه زهد و خرد بس تیره می دارند‬
)143 ‫ ص‬:152 ‫خوش آن رندی که در دیر مغان سرمست شیدا شد )دیوان، غ‬
Xonaqohda zuhd-u aql ta’bimni tirriq qiladi,
Mug‘lar dayrida mast va shaydo bo‘lgan rindga qanday yaxshi.

(Devoni Foniy, 152-g‘azal, 143-bet)
U hatto zohidlikni tushkunlikning sababi deb ataydi. (Devoni Foniy, 254-g‘azal,
193-bet) va zohid xonaqohining noni esa harom sanaladi (Devoni Foniy, 101-g‘azal,
118-bet), u vaqti-vaqti bilan zohidlikdan kechib xarobot makoniga borishni, sarmastlar
davrasini maslahat beradi (Devoni Foniy, 66-g‘azal, 101-bet). Uning aytishicha,
xarobotda zohidlik tan olinmaydi, shuning uchun uni olovga uloqtirish afzalroq: Bu
zohidlik va taqvo libosini olovga tashlayman (Devoni Foniy, 12-g‘azal, 72-bet).
Navoiy hatto taqvoning zulmati haqida gapiradi: Taqvo zulmatidan ko‘zlarim xira
tortdi (Devoni Foniy, 378-g‘azal, 259-bet). Munofiq zohidlikdan esa suv bilan tahorat
olish orqali poklanish mumkin (Devoni Foniy,149-g‘azal,141-bet). Dilimning maqsadi
ikki yillik bodadan hosil bo‘ladi, nega endi Kavsar uchun qirq yil zuhd bilan qon
ichaman, deydi (Devoni Foniy,183-g‘azal, 159-bet). U xonaqoh va riyokor zohidlikdan
charchaganligini ochiqchasiga e’lon qiladi va mayxonaga yo‘l oladi. Aftidan, u
dindorlikni hayratlanarli narsa deb hisoblab, tashqi ko‘rinishni tanqid qilgan:

‫دلم از خانقه و زهد ریایی بگرفت‬
‫راه میخانه کجا، ساقی عیار کجاست‬
‫مسجد و شیخ مرا جانب عجب افکندند‬
‫دیرکو، مغبیه شوخِ قدح خوار کجاست‬
Bu riyolik zuhddan va xonaqohdan ko‘nglim ozor topdi,
Mayxonaning yo‘li qayoqda va ayyor soqiy qaydadir?
Shayx bilan masjid meni takabburlik yo‘liga soldi,
Mayxona qayerda-yu, sho‘x mug‘bacha qaydadir?
(Devoni Foniy, 86-g‘azal, 111-bet)

Navoiy solikni zohidlik va riyokorlik uyidan uzoqlashishga ochiqdan-ochiq taklif
qiladi, agar dayrga yuzlansa, Alloh u bilan birga bo‘ladi. (Devoni Foniy, 305-g‘azal,
221-bet). U mayni poklik va ozodlikning manbai, eski dardning davosi sifatida
tasvirlaydi (Devoni Foniy, 297-g‘azal, 216-bet). Alisher Navoiy hatto shayx
zohidligidan mayni afzal ko‘radi:

‫می ده که جرم ما به دو صد زاری و نیاز‬
.)146 ‫ ص‬:158 ‫زان زهد به که شیخ به عجب و ریا کند )همان، غ‬
May ber, ko‘p zor-u niyoz bilan qilgan gunohimiz
Shayxning takabburlik va riyo bilan qilgan savobidan yaxshiroqdir.

(Devoni Foniy, 158-g‘azal, 146-bet)
U o‘zini zohidlikdan pok deb biladi (Devoni Foniy, 361-g‘azal, 251-bet) va u o‘ta
zukkolik va xushmuomalalik bilan deydiki:

!‫هر شب به اهل زهد و ریا در نماز شب‬
)251 ‫ ص‬:361 ‫صد تفرقه به نعره مستانه افکنم )همان، غ‬
Har kecha mastona na’ra (urib), zuhd-u riyo ahlining
Kechki namozini yuz martalab buzib yuboraman.

(Devoni Foniy, 361-g‘azal, 251-bet)
Va nihoyat, mug‘bachadan madad so‘rab, biz dinni va zohidlikni tark qildik, bor
mushkulot va tugunni yechgin, deydi (Devoni Foniy, 18-g‘azal, 76-bet).
Dastlab zohidlik ijobiy tushuncha edi, lekin Hofiz nazdida u voiz, shayx, muftiy,
shahar imomi, mulku-l-hoj, qozi kabi salbiy timsollaridan biri bo‘lib, masjid, xonaqoh,
ziyoratgoh, riyozatgohlar ahlidir. (Xurramshohi, 1367: 365) Alisher Navoiy Hofizning
zohid va riyokor voizlarga shafqatsiz hujumini tanqid qiladi. U riyokor taqvosi sabab
qalbi iztirob chekkan zohidni soxta yig‘lashdan yaxshiroq deb bilmaydi (Devoni Foniy,
248-g‘azal, 191-bet) va zohidlar tumorini ko‘plab afsonalarda tasvirlagan (Devoni
Foniy, 164-g‘azal, 149-bet), ularni muqaddas hisoblamaydi, ularga duch kelganda
tasavvufiy fikrlarni aytishdan saqlanishni aytadi (Devoni Foniy, 192-g‘azal, 163-bet).
U zohidlarni yolg‘onchi, riyokor deb biladi (Devoni Foniy, 228-g‘azal, 181-bet),
zohidning tavbasida esa poklik ko‘rmaydi:

‫چون صفا از توبه، اهل زهد را ظاهر نشد‬
)182 ‫ ص‬:229 ‫چون بدین تکلیف رندان را مکلف می کنند )همان، غ‬
Zohidlarning tavba qilishdan ko‘ngillari yorishmaydi-yu,
Nima uchun shu xildagi taklif bilan rindlarning ko‘ngillarini xira qiladilar?

(Devoni Foniy, 229-g‘azal, 182-bet)
U zohidni sajdada ham haqiqatdan uzoq ko‘radi (o‘sha kitob, 62-g‘azal, 98-bet).
Navoiy ham shayxlarning ikkiyuzlamachiligiga e’tiroz bildirib, ularning sharmandaligi
zohidlik da’vosi tufaylidir, deb hisoblaydi:

‫شیخ کز میکده بردند به بازارش مست‬
)134 ‫ ص‬:136 ‫دعوی زهد شدش باعث چندین تفضیح )همان، غ‬

Shayxni mayxonadan mast holida bozorga olib bordilar,
Toat-ibodat da’vosi uning shuncha sharmanda bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

(Devoni Foniy, 136-g‘azal, 134-bet)
U o‘z ishining hisobini zohiddan farqlaydi va Yorning inoyatidan o‘zini umidvor
deb biladi (Devoni Foniy, 240-g‘azal, 187-bet). Navoiy tasavvufiy kechinmalarga duch
kelishni tariqatning sharti sifatida sanab o‘tadi. Navoiy ham xuddi Hofiz singari
zohidlarni ishq ahlini tushunishga ojizligini, ishqning tili boshqacha ekanligi, zohidlar
bu til taronasini tushunmasliklarini ta’kidlab, shuning uchun ular sukut saqlagani
ma’qulroq, deydi (Devoni Foniy, 395-g‘azal, 267-bet). U sevgi mojarosi va zohidlik
o‘rtasida juda ko‘p tafovutlarni ko‘radi:

‫فرق ها هست به رسوایی عشق ای زاهد‬
)150 ‫ ص‬:166 ‫کز تو نام نکو افتاد وز ما نام افتاد )همان، غ‬
Ey zohid, ishq rasvoligida farq bor,
Chunki sendan yaxshi nom ketdi-yu, bizdan or-nomus.

(Devoni Foniy, 166-g‘azal, 150-bet)
Mir Alisher zohidlarni mayxonaga taklif etadi, chunki bu ularning bo‘g‘iq
dimoqlariga shifo bo‘ladi (Devoni Foniy, 133-g‘azal, 133-bet). U soliklarning
ichimligini zohidning ichimligidan farq qilib, o‘zini sharobdan sarxush, zohidni esa
Kavsar g‘amida ko‘radi (Devoni Foniy, 17-g‘azal, 75-bet). Navoiy soliklarni sog‘arga
nom-u obro‘sini to‘kuvchi ofiyat izlayotgan odamlar deb hisoblamaydi (Devoni Foniy,
25-g‘azal, 80-bet).
Mir Alisher xuddi Hofizga o‘xshab, zamon dindorlarining xulq-atvorini tanqid
qilgan. Bir tomondan, Alisher so‘fiylarni madh etib, ularga ergashib, so‘fiylar meni
ma’naviy oziqlantirgan, yashirin sirlardan voqif etgan, deydi (Devoni Foniy, 226-
g‘azal, 180-bet). Azal tongining chiqadigan joyi darveshlar diydori bo‘lib, abadiy
naqdina xazinasi darveshlarning xazinasidir (Devoni Foniy, 58-g‘azal, 180-bet). Lekin
gohida so‘fiylarni tanqid qilib, umrlarini dabdaba va riyokorlikda o‘tkazganliklarini
aytadi:

‫سپری کردند: از صوفی رعنا چه صفا چشم توان داشت‬
)118 ‫ ص‬:100 ،‫کش عمر گرامی همه در زرق و ریا رفت )همان‬
Aziz umrning barchasini zarq-u riyo bilan o‘tkazgan
Firibgar so‘fiydan soflikni qanday kutish mumkin?

(Devoni Foniy, 100-g‘azal, 118-bet)
Navoiy ham so‘fiylar kabi tariqat va maqomot qadamlarini to‘liq e’tirof etib,
ularga e’tibor beradi, faqirlik mavqeini xulq uchun zarur deb biladi. Faqirlik tavsifi
bayonida aytiladiki, faqirlik unvoni, faqirlik rasmi va haqiqati bo‘lib, istaklarga
qaramay turib unvoniga, zohidlik va haqiqatga qaramay rasmiga erishish imkonsizdir.
Haqiqat ahli bor narsani molik-u mulk vositasida ko‘radi. Faqirlar qashshoqligi
ma’lum sabablarning bor yoki yo‘qligiga qaramay o‘zgarmaydigan o‘ziga xos

xususiyatdir (Koshoniy, 1372; 375-bet). G‘azallarida “Foniy” taxallusini qo‘llagan
Alisher faqirlik yo‘lida yurishga chorlaydi:

‫فانی به ره فقر درآ نکته مگو بیش‬
)82 ‫ ص‬:30 ‫گر مرد رهی پیش میار این همه فنها )دیوان نوایی، غ‬
Foniy, faqr yo‘liga kirgin-u ortiqcha bir nukta aytma,
Agar yo‘l mardi bo‘lsang bu hamma fanlaringni pesh qilma.

(Devoni Foniy, 30-g‘azal, 82-bet)
U o‘zini qashshoqlik mashaqqatlarini yengishda juda abjir, deb hisoblaydi
(Devoni Foniy, 411-g‘azal, 276-bet). U faqirlik maqomini dunyoviy hukmdorlar
maqomidan yuksak biladi:

‫کی به چشم آرم لباس و مسند شاهانه را‬
)73 ‫ ص‬:13 ‫من که خواهم دلق فقر و گوشه میخانه را )همان، غ‬
Men faqirlik dalqi (libosi), mayxona burchagini istayman.
Shunday ekan, shohlik kiyimi va masnadini qachon ko‘zga ilaman?

(Devoni Foniy, 13-g‘azal, 73-bet)
U hamma narsadan kambag‘allikni afzal ko‘rib, yaxshi yoki yomon kunlardan
qo‘rqmaydi, qayg‘urmaydi:

‫گردون اگر بود خوش و ناخوش چه غم، چو من‬
)251 ‫ ص‬:36 ‫ز اقبال فقر هرچه به پیش آیدم خوشم )همان، غ‬
Gardun yaxshi va yomon bo‘lsa menga ne g‘am,
Faqirlik tufayli boshimga ne kelsa ham xushdir.

(Devoni Foniy, 36-g‘azal, 251-bet)

XULOSA VA TAKLIFLAR
Alisher Navoiy fikrlarini ko‘rib chiqish uning suluk darajalari, bosqichlari va
tasavvufiy maqomotdan to‘liq xabardor ekanligi haqidagi farazlarni isbotladi. U o‘z
jamiyatining qusurlarini bilib, zohid riyokorligini va ikkiyuzlamachiligini tanqid
qilgan. U o‘z asarlarida tavbadan fanogacha, ishqdan shuhudgacha, masjid-u
xonaqohdan dayr-u Makkagacha kabi yuksak irfoniy tushunchalarni juda yaxshi
talqinlar bilan taqdim etganligi tasavvuf ta’limotlarini puxta egallaganligidan dalolat
beradi.
Alisher Navoiy mutafakkir sifatida ham, shoir sifatida ham, juda yuksak mahorat
va saviyaga ega bo‘lganligi, nafaqat turkiy asarlarida, balki, fors tilida yozgan
asarlarida ham o‘z aksini topgan. Xususan, devoni Foniyda o‘zidan oldin yashab ijod
qilgan mashhur fors shoirlarining ijodi - Sanoiydan tortib, Sa’diy Sheroziy, Hofiz
Sheroziy, Mavlono Balxiy, Umar Xayyom va G‘ayralardan xabardor ekanligi, u
zotlarning sara fikrlarini Navoiy turkona zavq bilan o‘z she’rlarida mujassam etgan
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

‫‪FILOLOGIYA‬‬ ‫‪Al-BUXORIY‬‬ ‫‪3-son, 2024-yil‬‬

‫:‪FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI‬‬
‫‪ -1‬انصاری، خواجه عبدالله، صدمیدان، به اهتمام قاسم انصاری، تهران، کتابخانه طهوری، ‪.1368‬‬
‫‪ -2‬الفتی تبریزی، شرفالدین حسین بن احمد، رشف الالحاظ فی کشف الالفاظ یا فرهنگ نمادهای‬

‫عرفانی در زبان فارسی، به تصحیح نجیب مایل هروی، تهران، انتشارات مولی، چاپ ششم، ‪.1398‬‬
‫‪ -3‬جامی، عبدالرحمن، سه رساله در تصوف، لوامع و لوایح، با مقدمه ایرج افشار، تهران،‬

‫انتشارات فرهنگ ایران زمین، ‪.1360‬‬
‫‪ -4‬جرجانی، علی بن محمد )میرسید شریف‪ ،)‬تعریفات، قاهره ‪.1938 = 1357‬‬
‫‪ -5‬خرمشاهی، بهاءالدین، حافظ نامه، تهران، انتشارات علمی و فرهنگی و انتشارات سروش،‬

‫‪. 1367‬‬
‫‪ -6‬خوارزمی، کمال الدین حسین، ینبوع الاسرار فی نصائح الابرار، به اهتمام مهدی درخشان،‬

‫تهران، انتشارات انجمن استادان زبان و ادبیات فارسی، ‪.1360‬‬
‫‪ -7‬دامادی، سید محمد، شرح بر مقامات اربعین، تهران، انتشارات دانشگاه تهران، ‪.1367‬‬

‫‪ -8‬دیوان حافظ، به کوشش محمد قزوینی و غنی، تهران، زوار، ‪.1367‬‬
‫‪ -9‬رجایی بخارایی، فرهنگ اشعار حافظ، تهران، انتشارات علمی، ‪.1364‬‬
‫‪ -10‬سراج طوسی، ابونصر، اللمع فی التصوف، به تصحیح رینولد نیکلسون، ترجمه قدرت‬
‫الله خیاطیان و محمود خورسندی، سمنان، انتشارات دانشگاه سمنان، چاپ دوم ‪.1394‬‬
‫‪ -11‬سعدی، کلیات شیخ سعدی، به تصحیح محمدعلی فروغی، تهران، انتشارات علمی،‬

‫‪. 1354‬‬
‫‪ -12‬عبادی، قطب الدین ابوالمظفر منصور بن اردشیر، التصفیه فی احوال المتصوفه، به‬

‫تصحیح دکتر، غلامحسین یوسفی، تهران، ‪.1347‬‬
‫‪ -13‬کاشانی، عبدالرزاق، فرهنگ اصطلاحات عرفانی و تصوف )ترجمه اصطلاحات‬

‫صوفیه‪ ،)‬محمد خواجوی، تهران، انتشارات مولی، چاپ سوم ‪.1387‬‬
‫‪ -14‬کاشانی، عزالدین محمود، مصباح الهدایه و مفتاح الکفایه، تهران، موسسه نشر هما،‬

‫‪. 1372‬‬
‫‪ -15‬کلود واده، ژان، حدیث عشق در شرق، جواد حدیدی، تهران، مرکز نشر دانشگاهی،‬

‫‪. 1372‬‬
‫‪ -16‬گوهرین، سید صادق، شرح اصطلاحات تصوف، تهران، انتشارات زوار، ‪.1368‬‬
‫‪ -17‬مولوی، جلال الدین محمد بلخی، مثنوی معنوی، به اهتمام نیکلسون، تهران، ‪.1365‬‬
‫‪ -18‬نجم الدین کبری، الاصول العشره، ترجمه عبدالغفور لاری، به اهتمام نجیب مایل‬

‫هروی، تهران، انتشارات مولی، ‪.1362‬‬
‫‪ -19‬نوایی، امیرعلیشیر، دیوان امیرنظام الدین علیشیرنوایی، به اهتمام رکن الدین فرخ‬

‫همایون، تهران، انتشارات اساطیر، چاپ اول، ‪.1375‬‬
‫‪20. Shoaliyeva, N. (2024) “Fariduddin Attar and Sufism literature” International‬‬
‫:‪Journal of Social Science and Human Research. Volume 07, Issue 01, January, DOI‬‬
‫‪10.47191/ijsshr/v7-i01-88, Impact factor: 6.686, Page No: 688-691‬‬
‫‪https://ijsshr.in/v7i1/Doc/88.pdf‬‬
‫‪21. Shoaliyeva, N. (2024) “The pleasure of being human” Genius Journals‬‬
‫,‪Publishing Group, Brussels, Belgium, In volume 28 of Eurasian Research Bulletin‬‬
‫‪January, pp. 4-7. https://geniusjournals.org/index.php/erb/article/view/5501‬‬

‫- ‪- 27‬‬