ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Structural characteristics of phraseological units in Arabic and Uzbek: common and different aspects

Boborajabov Muhammadiqbol Emomaliyevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

STRUCTURAL CHARACTERISTICS OF PHRASEOLOGISTS IN ARABIC
AND UZBEK: COMMON AND DIFFERENT ASPECTS

Boborajabov Muhammadiqbol Emomaliyevich
Trainee teacher, Department of Oriental Languages,

Oriental University
Tel.: +998 97 420-99-00
e-mail: m.boborajabov62@gmail.com

Annotation. During the current development of world linguistics, the study of
different national languages in the comparative paradigm in connection with the human
factor, the interpretation of the issues of the practical application of language system
units has become one of the urgent issues of linguistics. Despite the fact that some
researches have been done on modern Uzbek phraseology, especially its alternative
version, there are still many problems that are waiting to be solved in this field. For
example, although the structural features of Uzbek phraseology are compared with
phraseology in Western languages, Eastern languages are not compared with
phraseology in Arabic. From this point of view, clarification of the structural
composition of phraseology in Arabic and Uzbek languages, analysis of common and
different aspects is one of the issues waiting to be solved in linguistics. This article
describes the structural features of phraseology in the Arabic and Uzbek languages. In
order to find a solution to the problem, the structural composition of phraseologisms in
Arabic and Uzbek languages was studied. Their differences and similarities were
revealed. Also, phraseologisms in the compared languages were formed in the structure
of structurally simple and complex phraseological units. The results of the research
serve as a theoretical resource in studying problems such as general linguistics,
common and different aspects of phraseological units in different languages. The
results of the research work can be used to study the characteristics of phraseological
units in Arabic and Uzbek hybrid linguistics in a comparative aspect.

Key words: phraseologism, semantic, verbal, substantive, verb, noun, adjective,
adverb, case, possessive, participle, component, preposition, addition, conjunction,
agreement, phrase, sentence.

ARAB VA OʻZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING
STRUKTUR XUSUSIYATLARI: UMUMIY VA FARQLI JIHATLAR

Boborajabov Muhammadiqbol Emomaliyevich
Oriental Universiteti, Sharq tillari kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi

Тel.: +998 97 420-99-00
e-mail: m.boborajabov62@gmail.com

Annotatsiya. Jahon tilshunosligining hozirgi taraqqiyoti davrida turli xalq
tillarini qiyosiy paradigmada inson omili bilan bogʻliq holda oʻrganish, til sistemasi
birliklarining amalda real qo‘llanilishi masalalari talqini tilshunoslikning dolzarb
masalalaridan biriga aylandi. Hozirgi zamon o‘zbek tili frazemasi, ayniqsa, uning
muqobil variantiga oid birmuncha tadqiqotlar qilingan bo‘lishiga qaramay, bu sohada
hali o‘z yechimini kutayotgan muammolar kam emas. Jumladan, o‘zbek tilidagi
frazeologizmlarning struktur xususiyatlari g‘arb tillaridagi frazeologizmlar bilan
o‘zaro qiyoslangan bo‘lsa-da, sharq tillari ayniqsa arab tilidagi frazeologizmlar bilan
qiyoslanmagan. Shu nuqtayi nazardan arab va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarning
struktur tarkibini yoritish, umumiy va farqli jihatlarini tahlil qilish tilshunoslikda
yechimi kutilayotgan masalalardan biridir. Ushbu maqolada arab va o‘zbek tillaridagi
frazeologizmlarning struktur xususiyatlari yoritilgan. Muammoga yechim topish
maqsadida arab va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarning struktur tarkibi o‘rganildi.
Ularning farqli va o‘xshash jihatlari ochib berildi. Shuningdek, qiyoslanayotgan
tillardagi frazeologizmlar struktur jihatdan sodda va murakkab frazeologik birliklar
tuzilishida shakllandi. Tadqiqot natijalari umumiy tilshunoslik, turli tillardagi
frazeologik birliklarning umumiy va farqli jihatlari kabi muammolarning
o‘rganilishida nazariy manba vazifasini oʻtaydi. Tadqiqot ishi natijalaridan arab va
oʻzbek chogʻishtirma tilshunosligida frazeologik birliklarning xususiyatlarini qiyosiy
aspektda tadqiq etishda foydalanish mumkin.

Kalit so‘zlar: frazeologizm, semantik, verbal, substansiv, fe’l, ot, sifat, ravish,
hol, ega, kesim, komponent, predlog, izofa, birikma, kelishik, ibora, gap.

СТРУКТУРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ В
АРАБСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ: ОБЩИЕ И РАЗЛИЧНЫЕ

АСПЕКТЫ

Бобораджабов Мухаммадикбол Эмомалиевич
Стажер-преподаватель кафедры восточных языков

университета Ориентал
Тел.: +998 97 420-99-00

e-mail: m.boborajabov62@gmail.com

Аннотация. В ходе современного развития мирового языкознания изучение
различных национальных языков в сравнительной парадигме в связи с
человеческим фактором, интерпретация вопросов практического применения
единиц языковой системы стала одной из актуальных проблем языкознания.
Несмотря на то, что были проведены некоторые исследования современной
узбекской фразеологии, особенно ее альтернативного варианта, в этой области
еще много проблем, которые ждут своего решения. Например, хотя структурные
особенности узбекской фразеологии сравниваются с фразеологией западных

языков, восточные языки не сравниваются с фразеологией арабского языка. С
этой точки зрения выяснение структурного состава фразеологии арабского и
узбекского языков, анализ общих и различных аспектов является одной из
проблем, ждущих своего решения в языкознании. В данной статье описываются
структурные особенности фразеологии арабского и узбекского языков. Для
решения проблемы был изучен структурный состав фразеологизмов арабского и
узбекского языков. Выявлены их различия и сходства. Также фразеологизмы в
сравниваемых языках были сформированы в составе структурно простых и
сложных фразеологических единиц. Результаты исследования служат
теоретическим ресурсом при изучении таких проблем, как общее языкознание,
общие и различные аспекты фразеологических единиц в разных языках.
Результаты научно-исследовательской работы могут быть использованы при
изучении особенностей фразеологических единиц в арабском и узбекском
гибридном языкознании в сопоставительном аспекте.

Ключевые слова: фразеологизм, смысловой, глагольный,
существительный, глагол, существительное, прилагательное, наречие, падеж,
притяжательный падеж, причастие, компонент, предлог, дополнение, союз,
согласие, словосочетание, предложение.

KIRISH
O‘zbek tilshunosligi o‘zining yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ydi.
Mustaqillikka erishilgach, yurtimizda islomshunoslik, dinshunoslik sohalariga,
shuningdek, arab tili va boshqa sharq tillari, sharq xalqlari madaniyatini oʻrganishga
boʻlgan eʼtibor yanada kuchayib, ushbu yoʻnalishlarda bir qancha tadqiqot ishlari olib
borildi. Bu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarning jadallashuvi va takomillashuviga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan farmon va qarorlar ham
turtki boʻldi. Jumladan, 2021-yil 19-maydagi PQ 5117-sonli “Oʻzbekiston
Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan
yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida xorijiy tillarni
oʻrgatishni taʼlim sifatining ustuvor yoʻnalishi sifatida rivojlantirish, xorijiy tillarni
oʻrganishga boʻlgan qiziqishni oshirish masalalari taʼkidlab oʻtildi. Bugungi kun milliy
til va milliy ma’naviyat mushtarakligi masalasiga daxldor yangidan yangi vazifalarni
qo‘ymoqda. Shu nuqtayi nazardan o‘zbek tilidagi frazeologizmlarni boshqa tillardagi
frazeologik birliklar bilan qiyoslash, chog‘ishtirma tilshunoslikdagi tadqiqotlar sonini
ko‘paytirish tilshunoslikning muhim masalalaridan biri sanaladi.
Ushbu tadqiqot ishida arab va oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarning semantik va
lingvokulturologik xususiyatlarini yoritish maqsad qilib belgilangan. Tadqiqotning
vazifasi arab va oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarning struktur jihatdan tavsiflash
hamda umumiy va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat.

Ushbu tadqiqot ilmiy jihatdan muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Unda arab va
oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarning struktur tarkibi aniqlanganligi hamda ikki
tildagi frazeologizmlarning qiyosiy tahlili yoritilganligi bilan ajralib turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Arab tilshunosligida tildagi frazeologizmlarning lingvistik xususiyatlari koʻplab
tadqiqotlarda oʻrganilgan. Jumladan, Izzat Husayn Gʻurobning “Qurʼoni Karimdagi
frazeologizmlarning semantikasi va tarkibi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi,
doktor Vafo Komil Foidning “Zamonaviy arab tilida ayrim frazeologizmlar turlari”
nomli maqolasi kabi tadqiqotlarda frazeologizmlarning semantik, struktur,
lingvopoetik, lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan.
Rus tilshunoslari bir qator tadqiqotlarda arab va rus tillaridagi
frazeologizmlarning struktur xususiyatlarini yoritib berganlar. Jumladan, R. Bekirov
o‘zining “Общие вопросы лексико-семантических преобразований в глагольных
фразеологизмах арабского языка” nomli tadqiqot ishida fe’lli frazeologik
birliklarning qiyosiy tahlilini keltirib o‘tgan.
Shuningdek, dunyo arabshunosligida ham frazeologizmlar tahliliga oid bir qator
ishlar kuzatiladi. Jumladan, Murat Yigʻitning “Arab tilidagi frazeologizmlar va
ularning Qurʼoni Karimda qoʻllanilishi” doktorlik dissertatsiyasi, Mansur Muhammad
Hasan Sammanining “Rus tilidagi frazeologizmlar va evfemizmlar arab tili misolida:
lingvokulturologik aspekt” nomli doktorlik dissertatsiyasi, S. Abdulhamidning “Arab
va rus tillaridagi frazeologizmlarning lingvomadaniy tahlili doktorlik dissertatsiyasi,
R. Bekirov tomonidan yozilgan “Arab tilidagi frazeologizmlarning leksik-semantik
xususiyatlari, I. Shabaga tegishli “Arab va rus tillaridagi frazeologizmlar qiyosiy
tahlili” nomli maqolalar va yana bir qator dissertatsiya, monografiya va maqolalarda
frazeologizmlarning lingvopoetik (sistem-struktur) va lingvokulturologik xususiyatlari
yoritilgan.
Oʻzbek tilshunosligida ham frazeologik birliklarga oid bir qator tadqiqotlar olib
borilgan. Jumladan, Sh. Rahmatullayev, Sh. Usmanova, M. Xoliqova, Sh. Abdullayev
va boshqalarning tadqiqotlarida oʻzbek tilidagi frazeologizmlarning boshqa tillardagi
frazeologizmlardan farqlari alohida koʻrsatib oʻtilgan. A. Mamatov oʻz asarlarida
frazeologizmlarning shakllanishi bilan bogʻliq boʻlgan nazariy asoslarni belgilab berdi.
B. Yoʻldoshevning qator asarlari hamda doktorlik dissertatsiyasi frazeologik
birliklarning funksional-uslubiy xususiyatlari, ayni damda, oʻzbek frazeografiyasi
taraqqiyotida katta burilish boʻldi. K. Bozorboyevning soʻzlashuv nutqi
frazeologizmlarga, Sh. Almamatovaning frazemalar komponent tahliliga, M.
Vafoyevaning frazeologik sinonimlarga bagʻishlangan tadqiqotlari oʻzbek
frazeologiyasining rivojiga maʼlum darajada katta hissa qoʻshdi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada arab va oʻzbek tilshunosligidagi frazeologizmlarning struktur
xususiyatlarini o‘rganish asosiy masala hisoblanadi. Bundan tashqari tadqiqotda
qiyoslanayotgan tillardagi frazeologizmlar struktur jihatdan sodda va murakkab
frazeologik birliklar tuzilishida shakllanganligi ochib beriladi.
Ushbu tadqiqot ishida tavsifiy, komponent tahlil, qiyosiy-chogʻishtirma
metodlaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Har bir tildagi frazeologizmlarning semantikasi, tarkibiy tuzilishi bir-biriga
oʻxshash boʻlmagan murakkabligi bilan ajralib turadi. Arab tilida frazeologizmlar
tuzilishiga koʻra juda murakkab boʻlib, quyidagi turlarga boʻlinadi:
1. Feʼlli frazeologik birliklar. Bunday frazeologizmlar verbal
frazeologizmlar deb ataladi. Ular funksional jihatdan feʼllar bilan bogʻliq boʻlib,
asosiy qismini feʼl komponentlari tashkil etadi. Ushbu turga kiruvchi frazeologizmlar
arab va oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Arab tilida
bunday frazeologizmlar ‫ فعل‬(feʼl), ‫ فاعل‬(ega) va ‫ مفعول‬(toʻldiruvchi) qismlardan tashkil
topadi. Masalan: ‫ ابتلع لسانه‬(tilini yutib yubormoq), ‫ بل الصدر‬(yengil tortmoq), ‫بلغ أشده‬
(balogʻatga yetmoq). Ushbu frazeologizmlarda ham feʼl, ega va toʻldiruvchilar,
shuningdek, egaga qaytuvchi birikma olmoshlari ishtirok etganligini koʻrish mumkin.
Oʻzbek tilida verbal frazeologizmlar har xil gap boʻlaklari funksiyalarini,
jumladan kesim, ega va hol funksiyalarini bajaradi. Masalan, S. Ayniyning “Qullar”
asarida keltirilgan “direktor boʻlganidan keyin dimogʻi shishib ketibdi” jumlasida
“dimogʻi shishib ketibdi” iborasi kesim vazifasida kelgan boʻlsa, Oybekning “Oltin
vodiydan shabadalar” asarida kelgan “hoji xola koʻzi ilinib, endi xurrak ota boshlagan
edi” gapidagi “koʻzi ilinmoq” iborasi hol vazifasida kelmoqda.
2. Substantiv frazeologik birliklar. Bunday frazeologizmlar funksional jihatdan ot
bilan bogʻliq boʻladi. Arab tilida bunday frazeologizmlar feʼlli frazeologizmlarga
nisbatan kamroq uchraydi. Masalan, ‫ – اللعب بالنار‬olov bilan oʻynashish, ‫الخروج من عنق‬
‫ – الزجاجة‬shishaning boʻynidan omon qolish. Oʻzbek tilida ham bunday frazeologizmlar
uchraydi. Koʻzining oq u-qorasi, olam guliston, ora ochiq, doʻppisi yarimta kabi
iboralar bularga misol boʻla oladi.
3. Sifat soʻz turkumidan tashkil topgan frazeologizmlar. Arab tilida bunday
frazeologik birliklar asosan izofa birikmasi va moslashgan aniqlovchili birikma
shaklida keladi va insonning xarakteri yoki buyumlarning shaklini ifodalab beradi.
Misol uchun, ‫ خفيف اليد‬(qoʻli yengil), ‫ ثاقب النظر‬(oʻtkir qarashli), ‫ حاد الطبع‬(agressiv),
‫ القبضة الحديدية‬(temir musht), ‫ الخطوط العريضة‬(bepoyon chiziqlar).
Oʻzbek tilida ham bunday frazeologizmlar koʻp uchraydi. Qoʻli ochiq, yuzi
yorugʻ, baxti qaro, koʻngli gʻash, taʼbi xira kabi iboralar shular jumlasidandir.

4. Predlogli frazeologik birliklar. Arab tilida ayrim frazeologizmlar predloglar
bilan boshlanadi. Masalan, ‫ على عينه غشاوة‬(koʻzida parda bor, yaʼni haqiqatni koʻra
olmaydi), ‫ على كف عفريت‬(Ifritning kaftida, yaʼni hayoti xavf-xatar ostida), ‫ على يده‬(qoʻl
ostida). Bunday frazeologik birliklar oʻzbek tilida uchramaydi.

5. Izofa birikmasi orqali hosil boʻlgan iboralar. Bunday frazeologizmlar muzof
(qaratqich) va muzofun ilayhi (qaralmish) qismlaridan tashkil topadi. Masalan bunday:
‫ حدائق الشيطان‬(shayton bogʻlari), ‫ سقوط الأقنعة‬(niqoblarning tushishi), ‫ دار الآخرة‬(oxirat
hovlisi). Bunday iboralar arab tilida ‫ التعبيرات‬deb nomlansa-da, oʻzbek tilidagi
frazeologizmlarga toʻgʻri kelmaydi. Ushbu iboralarni oʻzbek tilidagi perifrazalarga
misol qilish mumkin.

Yuqoridagi fikrlardan ayon boʻladiki, arab tilidagi frazeologik birliklar tuzilishi
jihatidan oʻzbek tilinikidan katta farq qilmaydi. Frazemalarning tuzilishida ism, feʼl
va yordamchi soʻz turkumlari muhim sanaladi.

Arab tilidagi frazeologizmlarning struktur tarkibi arab tilshunoslari tomonidan
tahlil qilinmagan boʻlsa-da, bir qator rus tadqiqotlarida oʻz aksini topgan. Jumladan,
R.A. Bekirovning fikriga koʻra, zamonaviy arab tilshunosligidagi frazeologik birliklar
asosan feʼl bilan boshlangan boʻlib, ular quyidagi tarkibiy tuzilishga ega:

feʼl + ismlardan tashkil topgan frazeologizmlar. Bunday frazeologizmlar arab
tilida koʻp uchraydi. Masalan, ‫ ضبط النفس‬(oʻzini nazorat qilmoq), ‫ كسر الصمت‬(sukutni
buzdi – gapirdi), ‫ انقبض قلبه‬(yuragi siqilmoq).

feʼl + boshqa soʻz turkumidan tashkil topgan frazeologizmlar. Masalan, ‫ضاق به‬
‫ ذرعا‬(sabr qila olmaydigan holatga yetmoq). ‫ ارتسم على وجهه السرور‬(yuziga tabassum
yugurdi).

Biroq tilshunos feʼlli frazeologizmlarning predloglar bilan birga kelishini
taʼkidlab oʻtmagan. Arab tilida aksar frazeologizmlar tarkibida predloglar
qatnashishini quyidagi misollarda koʻrish mumkin: ‫ تقوقع على نفسه‬(oʻziga berkinib
olmoq) – boshqalarga qoʻshilmaslik, ‫ حفظ عن ظهر قلب‬(yurak tubi bilan himoya qilmoq)
– qattiq himoya qilmoq, ‫ ختم على قلبه‬(yuragiga muhr bosmoq) – hech narsani
tushunmaslik, ‫ خرج إلى النور‬(yorugʻlikka chiqmoq) – ishlari yurishib ketmoq, ‫سبح في خياله‬
(xayolida suzmoq) – amalga oshmaydigan xomxayol qilmoq va boshqalar. Yuqoridagi
frazeologizmlardan anglashildiki, arab tilidagi frazeologik birliklar tarkibida
predloglar qatnashadi va ular frazeologik maʼnoga taʼsir oʻtkazadi.

Feʼlli frazeologizmlarning tarkibida quyidagi soʻzlar faol qatnashadi:
- his-tuygʻuni ifodalovchi soʻzlar;
- “aql”, “iroda”, “istak” kabi leksemalar;
- tana aʼzolari nomlari (somatizmlar);
- sonlar (Bekirov R.A., 2011:124).
Tilshunos ushbu taqsimotini toʻgʻri amalga oshirgan boʻlib, arab tilida bunday
turdagi frazeologizmlar koʻp uchraydi. Masalan, his-tuygʻuni ifodalovchi soʻzlardan

tashkil topgan frazeologizmlarga ‫ الألم يعتصر قلبه‬(ogʻriq yuragini ezmoqda), ‫انفرط قلبه‬
(yuragi parchalandi), ‫ الروح ترتاح‬(ruhiyati dam olmoq) – taskin topmoq, ‫ الروح تلتهب‬(joni
achimoq) kabi frazeologizmlarni, “aql”, “iroda”, “istak” kabi leksemalardan tuzilgan
frazeologizmlarga ‫ عاد عقله إلى رأسه‬(aqli boshiga qaytdi) – es-hushini yigʻib oldi, ‫حكم عقله‬
(aqlini ishlatmoq), ‫ إعتصر عقله‬(aqlini siqmoq) – miyasi achishib ketmoq kabi iboralarni,
somatizmlardan tashkil topgan frazeologizmlarga ‫ عض بنانه‬(barmogʻini tishlamoq) –
afsuslanmoq, ‫ فاضت عينه‬(koʻzi oqdi) – yigʻladi, ‫ وقف شعر رأسه‬(tepa sochi tikka boʻldi)
kabilarni, sonlardan tuzilgan frazeologizmlarga esa, masalan, ‫ بدأ من الصفر‬(noldan
boshlamoq), ‫ ضرب عصفورين بحجر واحد‬(bir tosh bilan ikki chumchuqni urmoq) kabilarni
misol keltirish mumkin.

R. Bekirov oʻzining yana bir boshqa maqolasida arab tilidagi feʼlli frazeologik
birliklarning struktur tartibini quyidagicha klassifikatsiya qiladi:

Feʼl+bosh kelishikdagi ism. ‫ أكلت الغيرة‬(rashk yedi) – rashk oʻtida kuymoq, ‫سقط‬
‫ السماء‬(osmon tushdi) – yomgʻir yogʻmoq.

Feʼl+predlog+birikma olmoshi+bosh kelishikdagi ism. ‫ جازت عليه الحيلة‬(hiyla
uning ustidan gʻalaba qozondi) – aldandi, ‫ ضاقت به صدرها‬(undan yuragi xijil boʻldi).

Feʼl+bosh kelishikdagi ism+birikma olmoshi. ‫ ابيض وجهه‬(yuzi oqardi) – yuzi
yorugʻ boʻldi, ‫ اسود وجهه‬(yuzi qoraydi) – yuzi shuvut boʻldi.

Feʼl+bosh kelishikdagi ism+tushum kelishigidagi ism. ‫ بلغت الروح أنفه‬(joni burniga
tegdi) – oʻta charchadi.

Feʼl+bosh kelishikdagi ism+predlog+qaratqich kelishigidagi ism. Misol uchun,
‫ اختبس الصوت في خلقه‬(ovozi boʻgʻilib qoldi), ‫ اسودت الدنيا في وجهه‬(dunyo koʻziga qorongʻi
koʻrindi) (Bekirov R., 2011:135)

Oʻzbek tilida ham frazeologizmlarning struktur tarkibi va ularning grammatik
tuzilishi toʻliq ochib berilmagan. Biroq, qisman boʻlsa-da, professor H. Jamolxonov
oʻzining “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” darsligida bu haqida maʼlumot berib oʻtgan.
Tilshunos frazemalar tarkibidagi turkum semalarni boʻlar ekan, ularning feʼl frazema,
sifat frazema, ravish frazemalarga boʻlinishini taʼkidlab oʻtadi. Undan tashqari olim
oʻzbek tilidagi frazeologizmlarni frazeologik monosemiya va frazeologik
polisemiyaga boʻlib, ularning har biriga misollar keltirgan. H. Jamolxonov
frazemaning semantik tarkibida bitta frazeologik maʼno boʻlsa, frazeologik
monosemiya, ikki va undan ortiq frazeologik maʼno boʻlsa, frazeologik polisemiya
boʻlishini taʼkidlab oʻtadi (Jamolxonov H., 2005: 217-218).

Tilshunos H. Jamolxonovning ushbu taqsimoti toʻgʻri amalga oshirilgan. Oʻzbek
tilidagi frazeologizmlarning aksar qismini frazeologik monosemiyalar tashkil etadi.
Masalan, koʻngli boʻsh – rahmdil, koʻngilchan; koʻngli gʻash – tashvishlangan,
bezovta; koʻnglini olmoq – xursand qilish bilan oʻziga xayrixoh qilmoq; mukkasidan
ketmoq – oʻzini tiya olmaydigan darajada berilib ketmoq; ogʻzi qulogʻida – nihoyatda
xursand; sirkasi suv koʻtarmaydi – tanqidni koʻtara olmaydi; ter toʻkmoq –

mashaqqatli jismoniy mehnat qilmoq va boshqalar. Ushbu frazeologizmlarning
semantik tarkibida faqat bitta frazeologik maʼno ifodalanmoqda. Frazeologik
polisemiyalar nisbatan kamroq boʻlsa-da, ulardan ayrimlari tilshunoslikda faol
qoʻllaniladi. Masalan, avj olmoq – rivojlanmoq, zoʻraymoq, kuchaymoq; adi-badi
aytishmoq – turli mavzuda yengil-yelpi suhbatlashmoq, soʻz tashlamoq,
janjallashmoq; barmogʻini tishlamoq – hech narsa qilolmay qolmoq, natijaga
erisholmay qolmoq, afsuslanmoq; gap tegdi – gapirishga imkon berildi, tanbeh eshitdi;
jon bermoq – hayot bagʻishlamoq, oʻlmoq; ichi qizidi – qiziqish uygʻondi, zerikib
siqildi va boshqalar. Ushbu frazeologizmlar bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq
maʼnoni anglatib kelmoqda.

Arab tilshunosligida frazeologizmlar ushbu turlarga ajratib oʻrganilmagan. Biroq
ularni ham frazeologik monosemiya va polisemiyaga alohida ajratish mumkin.
Masalan, ‫ بلغت القلوب الحناجر‬(yurakka xanjar tegdi) – qattiq qoʻrqdi, ‫ جاوز الحد‬(haddidan
oshmoq) – oʻzidan ketmoq, ‫ اختلط الحابل بالنابل‬(Hobilni Nobil bilan aralashtirmoq) –
chalkashib ketmoq, ‫ ارتسم على وجهه السرور‬(yuziga xursandchilik yorishmoq) – xursand
boʻlmoq, chehrasi ochilmoq, ‫ طرق الحديد و هو ساخن‬(temirni issigʻida bosmoq) – biror
ishni oʻz vaqtida qilib olmoq va boshqalar. Shuningdek, arab tilida frazeologik
polisemiyalar ham koʻp uchraydi va oʻz semantik tarkibida bir nechta maʼnolarni
anglatadi. Ularga quyidagi frazeologizmlarni misol keltirish mumkin:

‫ بلغ أشده‬(balogʻatga yetmoq). Ushbu ibora ikki xil maʼnoni anglatadi. Birinchi
maʼnosi balogʻat yoshiga yetgan oʻsmirga nisbatan qoʻllanilsa, ikkinchi maʼnosi biror
bir narsani shiddatli avj olganini ifodalaydi. ‫ – بلغت الحرب أشدها‬urush nihoyatda avj oldi.

‫ زاغ بصره‬(koʻzi ogʻmoq). Ushbu frazeologizm bir vaqtning oʻzida uchta maʼnoga
dalolat qiladi. 1. Haqiqatni koʻra olmaslik; 2. Obroʻsi toʻkilmoq; 3. Muayyan bir ish
yuzasidan fikrlash qobiliyatini yoʻqotmoq.

‫ بل ريقه‬(tomogʻi hoʻllanmoq). Ushbu ibora birinchi navbatda xotirjam boʻlmoq,
maqsadga erishish natijasida xursand boʻlmoq maʼnolarini bildirib kelsa, ikkinchi
darajada ovqat yeyishni xohlamoq, qattiq yeyishni xohlash natijasida soʻlagi oqmoq
maʼnolarini ifodalaydi (394 .‫ ص‬:2003 ،.‫.(الدكتور محمد محمد داود‬

Yuqoridagi ushbu misollardan maʼlum boʻladiki, arab tilida ham frazeologik
monosemiya va polisemiyalar mavjud boʻlib, ularni muayyan guruhlarga taqsimlab
tahlil qilish va ushbu masala yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borish maqsadga
muvofiq.

Oʻzbek tilidagi frazeologizmlarni struktur jihatdan iboraga teng frazeologizmlar
va gapga teng frazeologizmlarga ajratish mumkin. Bu haqida A. Hojiyev oʻzining
“Lingvistik terminlarning izohli lugʻati”da taʼkidlab oʻtgan. Uning fikriga koʻra,
frazeologik birliklar tuzilishi jihatdan soʻz birikmasiga, gapga teng, semantik jihatdan
bir butun, umumlashgan maʼno anglatadigan, nutq protsessida yaratilmay, balki nutqqa
tayyor holda kiritiladigan lugʻaviy birlikdir (Hojiyev A., 1985: 137). Oʻzbek tilida

birikmaga teng frazeologizmlar juda koʻp uchraydi. Boshidan oyoq, ipidan
ignasigacha, boshi yostiqqa tekkanda, oʻylab oʻyiga yetolmaslik, tarvuzini qoʻltigʻiga
olib, koʻngli gʻash, dimogʻi chogʻ, taʼbi xira, dunyoni suv olib ketsa toʻpigʻidan
kelmaslik, yeng shimarib, yetti uxlab tushiga ham kirmaslik, yogʻ tushsa yalagudek
qilib, yuragini hovuchlab, kecha-kunduz demay ... kabi frazeologizmlar shular
jumlasidandir. Shuningdek, -moq qoʻshimchasi qatnashgan frazeologik birliklar ham
birikmaga teng frazeologizmlarga kiradi. Masalan, dong chiqarmoq, dosh bermoq,
boshini yerga qaratmoq, yodga solmoq, yon bosmoq, yoqasini ushlamoq, jar solmoq,
zahrini sochmoq, izga solmoq, kovushini toʻgʻrilamoq, kalavasini yoʻqotmoq, koʻzdan
kechirmoq, koʻngli gʻash boʻlmoq, boshini achitmoq, adabini bermoq, oyogʻini yerga
tiramoq, ogʻziga talqon solmoq, pashshadan fil yasamoq.

Yuqorida keltirilgan barcha iboralarda kesim qatnashmaganligi va gap hosil
boʻlmaganligi kuzatildi. Shu sababli bunday iboralar birikmaga teng frazemalar
deyiladi.

Oʻzbek tilida struktur jihatdan gapga teng boʻlgan frazeologizmlar ham koʻp
uchraydi. Ularga bagʻri qon boʻldi, yuzi shuvut boʻldi, boshi aylandi, vahima bosdi,
dami ichiga tushib ketdi, dili yorishdi, dimogʻi shishdi, doʻppisi tor keldi, joniga oro
kirdi, jon-poni chiqib ketdi, ichagi uzildi, ichi qizidi, kapalagi uchdi, ogʻzi yopildi,
pichoq suyakka borib taqaldi, putur yetdi, sabr kosasi toʻlib toshdi, suyagi qotdi, tili
qisildi, tishi oʻtmaydi, toqati toq boʻldi, umidi uzildi kabi frazeologizmlarni misol
keltirish mumkin.

Arab tilida ham oʻzbek tilida boʻlgani kabi birikmaga va gapga teng iboralar
uchraydi. Ammo oʻzbek tilidan farqli ravishda gapga teng frazeologizmlar soni
koʻproq va ularning aksarini feʼl kesimli gapga teng iboralar tashkil etadi. Masalan,
‫ انسلخ من جلده‬(terisidan ajralib ketdi) – butunlay oʻzgarib ketdi, ‫ارتسم على وجهه السرور‬
(yuzida xursandchilik yorishdi), ‫ تجمد الدم في عروقه‬(qoni tomirlarida qotib qoldi), ‫ضرب‬
‫ رأسه في الحائط‬(boshini devorga urdi), ‫ فتح عينيه جيدا‬(koʻzlarini yaxshilab ochdi), ‫ضرب كفا‬
‫ بكف‬(kaftini kaftiga urdi), ‫ طار من الفرح‬(xursandchilikdan uchdi). Ushbu iboralar struktur
jihatdan feʼl kesimli gapga tengdir.

Birikmaga teng iboralarga esa ‫ البكاء على اللبن المسكوب‬(toʻkilgan sutga yigʻlamoq),
yana, ‫ بقلب مفتوح‬(ochiq qalb bilan), ‫ بملء الفم‬(ogʻzini toʻldirib), ‫ حتى يشيب الغراب‬(qargʻa
qarib ketguncha), ‫ خفيف اليد‬(qoʻli yengil), ‫ حديد القلب‬(yuragi temir) kabi frazeologizmlarni
misol keltirish mumkin. Shuningdek, arab tilida ‫ شبه جملة‬(jumlaga oʻxshash) gaplarga
teng birikmalar ham mavjud boʻlib, ular predloglar bilan boshlanadi. Masalan, ‫على عينه‬
‫ غشاوة‬(koʻzida parda bor) yaʼni haqiqatni koʻrmaydi, ‫ فيه داء ظبي‬(uning kasalligi
kiyikning kasalligi). Kiyik kasallikdan tez tuzalganligi sababli ushbu ibora tez
tuzaladigan insonga nisbatan qoʻllaniladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Arab va oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarning struktur xususiyatlari tahlili
o‘laroq quyidagi xulosalarga kelindi:
- arab va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarning asosiy qismini feʼl kesimli
frazeologizmlar tashkil etadi va ular arab tilshunosligida juda keng qoʻllaniladi;
- har ikki tilda ham so‘z birikmasiga teng va gapga teng frazeologizmlar uchraydi
va ular murakkab semantik tarkibga ega. Biroq arab tilida oʻzbek tilidan farqli ravishda
gapga teng frazeologizmlar soni koʻproqdir va ularning aksarini feʼl kesimli gapga teng
iboralar tashkil etadi.
Ushbu misollardan xulosa qilish mumkinki, arab va oʻzbek tillaridagi
frazeologizmlarning struktur tarkibidagi farq katta emas. Balki har ikki tildagi
frazeologik birliklar deyarli bir xil tuzilishga ega. Biroq, ularda soʻzlarning joylashuvi
va ketma-ketligi bir-biridan farq qilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Бекиров Р.А. (2016) Общие вопросы лексико-семантических

преобразований в глагольных фразеологизмах арабского языка // Научный

вестник Крыма. – № 2(2). – С. 142.

2. Бекиров Р.А. (2011) Классификация глагольных фразеологизмах

арабского языка на мезосинтаксическом уровне // Ученые записки Таврического

национального университета им. В. И. Вернадского. Серия «Филология.

Социальные коммуникации. – № 3. – С. 130-135.

3. Бозорбоев К. (2000) Ўзбек сўзлашув нутқи фразеологизмлари. Филол.

фан. бўйича фалс. докт. (PhD). – Самарқанд.

4. Gʻaniyeva Sh.A. (2017) Oʻzbek frazeologizmlari strukturasi. (Shakliy va

mazmuniy modellashtirish). Filol. fan. boʻyicha fals. dokt. (PhD) … diss. avtoref. –

Fargʻona.

5. Раҳматуллаев Ш. (1978) Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. –

Тошкент: Ўқитувчи. – 407 б.

6. Ҳожиев А. (1985) Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. –

Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти. – 520 б.

7. Жамолхонов Ҳ. (2005) Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Талқин. –

321 б.

8. Юлдошев Б. (2007) Ўзбек фразеологияси ва фразеографиясининг

шаклланиши ҳамда тараққиёти. – Самарқанд: СамДУ. – 106 б.

9. Бердиёров Х., Расулов Р., Йўлдошев Б. (1976) Ўзбек фразеологиясидан

материаллар. I қисм. – Самарқанд. – 176 б.

10. :‫الدكتور محمد محمد داود. معجم التعبير الاصطلاحي في العربية المعاصرة. – القاهرة‬

394 .‫ – ص‬.٢٠٠٣ ،‫.دار الغريب للطباعة و النشر و التوزيع‬

REFERENCES:

1. Bekirov R.A. (2016) Obshiye voprosi leksiko-semanticheskix preobrazovaniy

v glagolnix frazeologizmax arabskogo yazika // Nauchniy vestnik Krima. – № 2(2). –

S. 142. (In Russian)

2. Bekirov R.A. (2011) Klassifikatsiya glagolnix frazeologizmax arabskogo

yazika na mezosintaksicheskom urovne // Ucheniye zapiski Tavricheskogo

natsionalnogo universiteta im. V. I. Vernadskogo. Seriya «Filologiya. Sotsialniye

kommunikatsii. – № 3. – S. 130-135. (In Russian)

3. Bozorboyev K. (2000) Oʻzbek soʻzlashuv nutqi frazeologizmlari. Filol. fan.

boʻyicha fals. dokt. (PhD). – Samarqand. (In Uzbek)

4. Gʻaniyeva Sh.A. (2017) Oʻzbek frazeologizmlari strukturasi. (Shakliy va

mazmuniy modellashtirish). Filol. fan. boʻyicha fals. dokt. (PhD) … diss. avtoref. –

Fargʻona. (In Uzbek)

5. Rahmatullayev Sh. (1978) Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati. –

Toshkent: Oʻqituvchi. – 407 b. (In Uzbek)

6. Hojiyev A. (1985) Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati. – Toshkent:

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. – 520 b. (In Uzbek)

7. Jamolxonov H. (2005) Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin. – 321 b.

(In Uzbek)

8. Yuldoshev B. (2007) Oʻzbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi

hamda taraqqiyoti. – Samarqand: SamDU. – 106 b. (In Uzbek)

9. Berdiyorov X., Rasulov R., Yoʻldoshev B. (1976) Oʻzbek frazeologiyasidan

materiallar. I qism. – Samarqand. – 176 b. (In Uzbek)

10. :‫الدكتور محمد محمد داود. معجم التعبير الاصطلاحي في العربية المعاصرة. – القاهرة‬

394 .‫ – ص‬.٢٠٠٣ ،‫.دار الغريب للطباعة و النشر و التوزيع‬