ABDULLA NOSIROV DAFTARLARI ASOSIDA HAJ GUVOHNOMALARI
TAHLILI
ANALYSIS OF HAJJ CERTIFICATES BASED ON ABDULLA NOSIROVʼS
NOTEBOOKS
АНАЛИЗ СВИДЕТЕЛЬСТВ ХАДЖА НА ОСНОВЕ ТЕТРАДЕЙ
АБДУЛЛЫ НОСИРОВА
Nasirillayeva Nodirabegim Furqat qizi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti.
Tel: +998 99 847-60-50
E-mail: nasirillayevanodira@umail.uz
Annotatsiya: Mazkur maqolada XX asrga oid haj va umra guvohnomalari diniyhuquqiy hujjat sifatida tarixiy-nazariy tahlil etilgan. Asosiy manba sifatida Abdulla
Nosirov tomonidan toʻplangan va hozirda Sharqshunoslik instituti fondida
saqlanayotgan “Bosma xatlar va rasmlar” toʻplamidagi hujjatlar oʻrganildi. Ular
orasida haj badali uchun berilgan vakolatnomalar, umra safariga oid tasdiqnomalar va
boshqa diniy hujjatlarning mazmuni, shakli, yozuv uslubi, tili hamda grafikasiga
alohida eʼtibor qaratilgan. Tadqiqot davomida bu guvohnomalarda qoʻllanilgan diniy
ifodalar, formulalar, islom huquqiy tafakkuridagi muayyan andozalarga muvofiqligi
yoritib berildi. Ushbu hujjatlar haj amallarining rasmiylashtirilish tarixini, diniymaʼnaviy merosni, islomiy matbaachilikning shakllanish bosqichlarini oʻrganishda
muhim manba ekanligi asoslangan. Maqola sharq manbalarini oʻrganishda kompleks
yondashuv zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Kalit soʻzlar: Abdulla Nosirov, badal, esdalik, guvohnoma, haj, hujjat, sharq
manbalari, umra.
Annotation: This article provides a historical-theoretical analysis of Hajj and
Umrah certificates from the 20th century as religious-legal documents. The primary
source material consists of documents from the collection “Printed Letters and
Images,” compiled by Abdulla Nosirov and currently preserved in the archives of the
Institute of Oriental Studies. Particular attention is given to the content, form, writing
style, language, and graphic design of these documents, which include powers of
attorney issued for Hajj substitution, certificates related to Umrah journeys, and other
religious documents. The study highlights the compliance of these certificates with
specific religious expressions, formulas, and patterns within Islamic legal thought. The
analysis substantiates the significance of these documents as key sources for studying
the formalization history of Hajj practices, religious-spiritual heritage, and the
developmental stages of Islamic printing. The article reaffirms the necessity of a
comprehensive approach in the study of Eastern sources.
Keywords: Abdulla Nosirov, badal, memoir, certificate, Hajj, document, Eastern
sources, Umrah.
Аннотация: В данной статье проводится историко-теоретический анализ
свидетельств о хадже и умре XX века как религиозно-правовых документов.
Основным источником послужили документы из собрания «Печатные письма и
изображения», собранного Абдуллой Носировым и хранящегося в настоящее
время в фонде Института востоковедения. Особое внимание уделено
содержанию, форме, стилю письма, языку и графическому оформлению этих
документов, среди которых доверенности, выданные для совершения хаджа от
имени другого лица, свидетельства о путешествиях на умру и другие
религиозные документы. В ходе исследования освещается соответствие этих
свидетельств религиозным выражениям, формулам и определённым шаблонам
исламской правовой мысли. Обосновывается значимость данных документов как
важных источников для изучения истории оформления обрядов хаджа,
религиозно-духовного наследия и этапов формирования исламской
книгопечатной традиции. Статья подтверждает необходимость комплексного
подхода при изучении восточных источников.
Ключевые слова: Абдулла Насиров, бадал, памятка, сертификат, хадж,
документ, Восточные источники, умра.
KIRISH
Maʼlumki, muqaddas dinimiz beshta asosiy ustun - iymon, namoz, roʻza, zakot va
haj amallari ustiga qurilgan boʻlib, ularning eng soʻngisi haj amali faqat unga qodir
boʻlgan kishilargagina farz hisoblanadi. Jismoniy va moddiy jihatdan qodir boʻlgan har
bir musulmon hayotida kamida bir marta Makkaga haj qilishi shart.
Qadimdan haj amali murakkab va mashaqqatli jarayon boʻlib, unga olib boruvchi
yoʻllar xavf-xatar va sarguzashtlarga boy boʻlgan. Shu sababli, hajning ulugʻvorligi va
ziyoratchilarning Muqaddas Baytni ziyorat qilish orqali erishadigan sharafini eʼtiborga
olgan holda, musulmonlar bu ibodatga alohida eʼtibor qaratganlar.
Haj marosimi bilan bogʻliq turli esdaliklar, haj amali bajarilganligi haqidagi
guvohnomalar hamda muborak joylarni yodga soluvchi lavhalar (jumladan, devoriy
suratlar) keng tarqalgan. Ushbu materiallar nafaqat diniy-madaniy yodgorlik sifatida
qabul qilingan, balki haj tarixini oʻrganishda muhim manba vazifasini ham oʻtaydi.
Shu bois, haj amalini tasvirlar va yozma guvohnomalar orqali abadiylashtirishga
intilish qadimdan mavjud boʻlib, bu anʼana turli davrlarda davom etib kelgan.
Haj guvohnomalari yoki haj shahodatnomalari – musulmonlarning haj ziyoratini
muvaffaqiyatli ado etganliklarini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. Ular ziyoratchilarga
esdalik sifatida berilib, haj amallarining toʻliq va toʻgʻri bajarilganligini
hujjatlashtiradi. Bu turdagi esdalik faqat marosimni eslatib qolmay, balki haj ibodatini
ado etganlik haqidagi guvohnoma vazifasini ham oʻtagan.
Haj guvohnomalari nafaqat haj amalini bajargan kishi, balkim, bu amalni
jismonan bajara olmagan ammo moddiy taraflama unga qodir boʻlgan kishilarga ham
taqdim etilgan. Yaʼni hajji badal guvohnomasi – oʻzlari ziyoratni bajara olmaydigan
kishilar uchun boshqa bir shaxsni oʻz oʻrniga yuborishi munosabati bilan beriladigan
hujjatdir. Garchi kichik ziyorat (arabcha ʼumra), yaʼni yil davomida istalgan paytda
bajariladigan ziyorat marosimlari bilan, Zul-hijja oyida oʻtkaziladigan katta haj
(arabcha hajj) oʻrtasida terminologik farq mavjud boʻlsa-da, haj guvohnomasi atamasi
har ikkala hujjatga nisbatan qoʻllaniladi. Shunga koʻra, har bir guvohnoma jismonan
hozir boʻlgan shaxsning ziyoratini, yoki bu shaxsning boshqa birov nomidan ishonchli
vakil sifatida ziyorat qilganligini tasdiqlaydi.
Haj guvohnomalari tarixi. Bu turdagi manbalarning tarixiga nazar tashlaydigan
boʻlsak, ularni yozish anʼanasi XI asrdan boshlanib XX asrning birinchi yarmigacha
davom etgan (Luitgard Mols., 2015:186). Saljuqiylar davridan Ayyubiylar davrigacha
boʻlgan turli tarixiy haj guvohnomalari hozirda Turkiyaning Istanbul shahridagi Turk
va Islom sanʼati muzeyida saqlanmoqda (Ular 1893-yilda Usmonli hukmdorlari
Damashqdan Istanbulga ko‘chirgan hujjatlar to‘plamiga tegishli). XIX asr oxirlariga
kelib, toshbosma uskunalarning keng tarqalishi haj guvohnomalari ishlab chiqarish
jarayoniga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Natijada bosma guvohnomalar ommalashib, ularni
tayyorlash jarayoni osonlashdi hamda ishlab chiqarish xarajatlari kamaydi 1 . Shu
sababli ushbu turdagi hujjatlar dunyoning koʻplab muzey va kutubxonalarida,
shuningdek, shaxsiy kolleksiyalar fondlarida keng tarqalgan holda uchraydi2.
Ilk haj guvohnomalari asosan qogʻoz oʻramlar shaklida boʻlib, ularni ziyoratchilar
uchun olib yurish qulay va keng tarqalgan shaklga aylangan edi. Koʻplab haj safariga
chiqqan shaxslar ushbu guvohnomalardan oʻz ziyoratini hujjatlashtirish vositasi
sifatida foydalangan. Hojilar haj marosimida bosib oʻtgan yoʻnalishlarini unga
belgilab, muborak joylarni tasvirlab, muhim toʻxtash manzillarini qayd etganlar.
Oʻrta asrlarda haj guvohnomalari sanʼat va hujjatlashtirish nuqtayi nazaridan
yanada koʻrkam va qimmatli manba hisoblangan. Makka, Arofat togʻi, Muzdalifa va
Mino kabi muqaddas maskanlarning tasvirlari nozik moʻyqalam yordamida qora siyoh
bilan chizilgan, baʼzan esa akvarel va oltin siyoh bilan bezatilgan. Ushbu tasvirlar
oʻziga xos badiiy uslubi va yagona estetik qarashlari bilan ajralib turadi. Bu ularni
1 XX asr boshlarida Makka, Madina va Qohirada chop etilgan bosma haj sertifikatlari keng tarqala boshladi. Manba:
https://exhibits.qnl.qa/en/hajj-certificates/ .
2 Masalan, Britaniya kutubxonasi, Rasmiy veb-sayti: https://www.bl.uk.; Fransiya Milliy kutubxonasi (Bibliothèque
nationale de France): Rasmiy veb-sayti: https://www.bnf.fr/en.; shaxsiy kolleksiyalarda
https://www.khalilicollections.org/all-collections/hajj-and-the-arts-of-pilgrimage/ va boshqa manbalar.
nafaqat diniy ahamiyatga ega boʻlgan muqaddas yodgorlik, balki sanʼat va tarixiy
manba sifatida ham muhimligini oshiradi3.
Mazkur guvohnomalar oʻz taraqqiyot bosqichida bir qancha oʻzgarishlarga
uchrab, shakliy va vizual jihatdan sezilarli darajada takomillashib kelgan. Masalan,
avvalgi guvohnomalar qora siyohda turli bezak va suratlarsiz faqat matn va
tasdiqlangan muhrdangina iborat boʻlgan boʻlsa (Luitgard Mols., 2015:186), keyingi
davrlarda ularning koʻrinishi muborak joylar suratlari, kemalar, takyalar4 va hatto
ularning manzillari bilan ham boyitilgan. Dastlab bir necha gorizontal varaqlardan
iborat boʻlgan guvohnomalar vaqt oʻtishi bilan takomillashib, vertikal shakldagi
yagona varaq koʻrinishiga kelgan. Ushbu oʻzgarishlar haj guvohnomalarining
funksional qulayligi va rasmiylashtirish tizimidagi islohotlar bilan bogʻliq holda sodir
boʻlgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasining arxiv va fondlarida asosan XIX
va XX asrlarga oid haj guvohnomalari saqlanib kelinadi. Yuqorida aytib
oʻtganimizdek, bu davrga oid guvohnomalar asosan litografik koʻrinishda chop etilgan.
Oʻzbekiston Milliy arxivining 323-fondida shunday hujjat namunasi saqlanadi5. Uni
tadqiqotchi G. M. Taniyeva oʻzining “XVI-XIX asr birinchi yarmida Oʻrta Osiyo
xalqlarining Haj ziyorati tarixi” monografiyasida juda chiroyli tavsiflab bergan
(Tanіeva G., 2021:93). Unda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, mazkur hujjat bir varaq
koʻrinishida boʻlib, uning 2/3 qismiga Masjid al-Haram, darvozalari va Kaʼbaning
joylashuvi aks ettirilgan xaritaga o‘xshash rangli tasvir chizilgan. Sanasi nomaʼlum bu
hujjatning pastki qismida arab tilida Allohga va uning paygʻambari Muhammad
(s.a.v)ga hamd-u sanolar yozilib, Majiddin xoʻja ismli shaxsning boshqa bir Ahmad va
Najmiddin ismli shaxslar nomidan haj amallarini bajargani qayd etilgan. Hujjat
Muhammad Ahmad Gʻoziy ibn Husayniy ismli shaxsning muhri bilan tasdiqlangan.
OʻzR FA sharqshunoslik instituti asosiy fondida XX asrga oid ikkita haj
guvohnomasi saqlanib kelinmoqda. Mazkur hujjatlar Sharqshunoslik institutining
sobiq xodimi – bibliograf, tarjimon va manbashunos Abdulla Nosirov (1899-1987)
ning “Nosirov daftarlari” deb tanilgan toʻplamlariga tegishli (Хўжаева У., 2002:148).
Bu daftarlar OʻzR FA Sharqshunoslik instituti va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
fondlarida saqlanayotgan fors, arab, turk, oʻzbek, tatar, uygʻur, ozarbayjon, turkman,
urdu tillaridagi qoʻlyozma va toshbosma asarlar asosida jamlangan 128 ta jilddan iborat
ilmiy materiallarni oʻz ichiga oladi. Ushbu jildlar nafaqat ilmiy materiallar, balki
bibliografik koʻrsatkichlar bilan ham boyitilgan.
Ana shu daftarlarning biri hisoblangan, “Bosma xatlar va rasmlar” deb nomlangan
3 Bunday shahodatnomalardan biriga misol sifatida 1433-milodiy yildagi Maymuna binti Muhammad bin Abdullohning
haj shahodatnomasini keltirish mumkin. Haj ziyoratini ado etganlik to‘g‘risidagi guvohnoma Britaniya kutubxonasi
to‘plamida saqlanmoqda. Manba: https://www.baytalfann.com/post/hajj-certificates-a-beautiful-history
4 Takya – arabcha “boshpana”. Haj ziyoratiga otlangan ziyoratchilar uchun dam olish yoki vaqtincha turar joy.
5 O‘zbekiston Milliy Arxivi. 323-fond, 2-ro‘yxat, 103-yig‘ma jild, 1-varaq.
toʻplamda Abdulla Nosirov 30 ga yaqin XX asrga oid turli materiallar: haj
shahodatnomalari, eʼlonlar, sud va qozilik hujjatlari, eʼlon va buyruqlardan namunalar
va boshqa qiziqarli materiallarni jamlab, ularni muqovalatib qoʻygan. Undagi manbalar
Markaziy Osiyo tarixini oʻrganishda, xususan, XIX-XX asrlar huquqiy va diniy
hujjatlarini tahlil qilishda muhim manba boʻlib xizmat qila oladi.
Yuqorida aytganimizdek, ushbu toʻplamdan musulmonlarning muhim
amallaridan sanalgan haj amaliga oid uchta material – haj va umra guvohnomalari joy
olgan. Ana shu materiallar misolida mazkur maqolada Haj guvohnomalarining
tuzilishi, bezatilishi va ahamiyatini koʻrib chiqamiz.
Haj guvohnomalarining tuzilishi.
Abdulla Nosirovning “Bosma xatlar va rasmlar” deb nomlanuvchi toʻplamining
2b varagʻida umra amaliga tegishli guvohnoma berilgan boʻlib, guvohnoma vertikal
holatdagi bir varaqdan iborat (1-rasm). Varaq XIX-XX asr boshlarida keng tarqalgan
litografik uslubda chop etilgan boʻlib, holatidan yillar davomida eskirgani koʻrinib
turadi. Ammo asosiy ranglar va yozuvlar saqlanib qolgan.
Varaqning asosiy qismi grafik bezak va chizmalar hamda ramziy suratlar bilan
bezatilgan boʻlib, eng ostki qismiga asosiy matn joylashtirilgan. Qogʻozda koʻplab
ranglardan foydalanilgan: sariq, qizil, yashil va qora ranglar.
Hujjatning markazida Kaʼba tasviri joylashgan boʻlib, atrofida muqaddas joylar -
Masjid al-Haram, minora, Maqomi Ibrohim, zamzam qudugʻi va boshqa manzillar
tasvirlangan. Tashqi hoshiyada esa muqaddas joylarni ifodalaydigan belgilar, Haramga
kiruvchi barcha eshiklar tasviri va ularning asosiy 16 tasi nomlari berilgan. Shu bilan
birga varaq atrofini naqshlar bezab turadi. Har bir element nomi bilan belgilangan va
ayrimlari chizmalarda tushuntirilgan. Bu tasvirlarning har biri bajariladigan
marosimlar va bosib oʻtiladigan yoʻllarni koʻrsatadi. Masalan, Safo va Marva
tepaliklari orasida Hojar onamizning oʻgʻli Ismoil uchun suv qidirish voqeasini
eslatuvchi “saʼy” yoki “yugurish” marosimi, masjidning tashqarisida “Safo”, “Marva”
va “Saʼy qilinadigan bozor” deb belgilangan (1-rasm).
Guvohnomaning yuqori qismida – “Albatta, odamlarga (ibodat qilish uchun)
qurilgan birinchi uy – Bakka (yaʼni Makka)dagidir. U butun olamlar uchun baraka va
hidoyat manbaidir” (Qurʼoni Karim 3:96) mazmunidagi Qur’oni Karim oyati bitilgan.
Suratning ostki qismida guvohnomaning avvaldan chop etilgan arabcha matni -
ziyoratchining kim nomidan umra bajarayotgani, ehromga kirish joyi (miqot), amal
tartibi va guvohlarning tasdigʻi ifodalanadi. Masalan, biz oʻrganayotgan arab tilidagi
umra badal guvohnomasi quyidagi shaklda:
بسم الله الرحمان الرحيم
الحمد لله الذي خصنننننننا بالبيت الحرام والزمزم والمقام اما بعد فقد احرم بالعمرة من ميقات التنعيم وهو
الحاج عبد اللطيف ابن ملا محمد مرحوم عن عمرة ملا نار محمد ابن دوستتتتتد محمد ار و لم يزل محرما ملبيا
مصنننليا على النبي صنننلى الله عليه وسنننلم داعيا حتى دخل المسنننجد الحرام طايفا بالبيت طواف العمرة ثم صنننلى
هجري شنهد بذلك١٣ ركعتين ثم سنعى سنعى العمرة وحلق ودعا له بالمغفره و تم العمرة من رمضتا سننة
ملا اسماعيل شهد بذلك هدا د مخدوم شهد بذلك
“Bismillahir rohmanir rohiym. Allohga hamd boʻlsin, u bizni Muqaddas Bayt,
Zamzam va Ismoil maqomi bilan sharaflagan. Shundan soʻng, quyidagilar maʼlum
qilinurki: Tanʼim miqotidan ehromga kirgan shaxs, marhum Mulla Muhammadning
farzandi hoji Abdullatif, Mulla Nor Muhammad Doʻst Muhammad Yorning oʻgʻli
nomidan umra amalini ado etdi. U doimiy ravishda ehrom holatida boʻlib, talbiya
aytib, Paygʻambar (s.a.v.)ga salavotlar yoʻllab, duo qildi. Nihoyat, Masjid al-
Haromga kirib, Kaʼbani umra tavofi bilan aylanib, ikki rakat namoz oʻqidi. Soʻngra
umra saʼyini bajarib, sochlarini qisqartirdi va magʻfirat tilab duo qildi. Umra hijriy
13.. 6 yilning Ramazon oyida toʻliq ado etildi. Ushbu ziyoratni Mulla Ismoil, Hidoyat
Maxdum va boshqa guvohlar tasdiqlaganlar.”
Abdulla Nosirovning “Bosma xatlar va rasmlar” deb nomlanuvchi toʻplamining
keyingi 3b varagʻida ham shunday hujjat - haj guvohnomasi berilgan. Ushbu hujjat
avvalgisiga qaraganda ancha eskirgan, qogʻoz ustida dogʻlar va varaq qirralarining
yirtilgani hamda ranglarning oqargani yaqqol koʻrinib turadi (2-rasm). Ammo bu
guvohnoma ham umra guvohnomasiga oʻxshab bezatilgan, oʻlcham va ranglari aynan
bir xil (Har ikkala guvohnomaning bir xil oʻlchamdaligi, ularning bitta tosh bosmadan
foydalanilganini koʻrsatadi). Faqat ularda sarlavha, ramziy elementlar (daraxtlar,
minoralar soni koʻproq) orasida farq borligini koʻrishimiz mumkin. Har ikkala
guvohnomaning markazida Kaʼba surati va uning atrofida baʼzi binolar va daraxtlar
tasviri berilgan.
Bundan tashqari, guvohnomaning markaziy qismidagi sarlavha avvalgi
namunadagi Qurʼon oyati bilan emas, balki Makka shahrining sharafini ulugʻlovchi
anʼanaviy duo bilan boshlangan boʻlib, bu holat haj marosimining muqaddasligini
yanada taʼkidlaydi. ““) ”هذه نقشننننة مكة الشننننريفة زادها الله شننننرفا وتعظيماBu Makka shahrining
sharafli naqshidir, Alloh unga yanada sharaf va ulugʻlik ato etsin”) kabi iboralar diniyfalsafiy jihatdan Makkani ilohiy markaz sifatida tasvirlaydi.
Haj guvohnomasining matn qismida umra guvohnomasiga nisbatan ancha batafsil
va marosim bosqichlarini puxta yorituvchi yondashuv kuzatiladi. Unda haj ibodatining
shartlari, ruknlari va manzillari bosqichma-bosqich tilga olinadi. Jumladan, Arofatda
turish, Muzdalifada tunash, Minoda tosh otish, Makkaga qaytib “Tavof uz-Ziyora”ni
ado etish kabi amallar izchil tarzda sanab oʻtilgan. Shuningdek, guvohlar sonining
ortganligi ham ushbu amalni rasmiy ado etganligini yanada mustahkamlaydi (Bu
turdagi hujjatlarda guvohlar soni uchtadan beshtagacha beriladi. Buni
6 Mazkur haj guvohnomasida hijriy sana qo‘lda to‘ldirilmagan bo‘lsa-da, hujjatning bosma asosida tayyorlangani uning
1300-hijriy yilning biron bir oʻnlik sanasida (milodiy taxminan 1882–1883-yillardan keyin) chop etilganini ko‘rsatadi.
guvohnomalardagi tasdiqlovchi kishilarning nomlari uchun qoldirilgan boʻsh joylardan
bilib olishimiz mumkin). Hujjatda guvohnomaning matn shakli quyidagicha berilgan:
بسنم الله الرحمان الرحيم الحمد لله الذي خصننا بالبيت الحرام والزمزم والمقام والمقام النبي صنلى الله عليه
و سنلم. اما بعد فقد احرم بالحج الحاج عبد اللطيف ابن ملا محمد رستو باي مرحوم فرد الي العرفات من ميقات
الشرعية عن فرض ملا سيد مرحومي ابن ملا محمد رسو حاجي ولم يزل محرما و ملبيا و مصليا على النبي
صلى الله عليه و على اله و صحبه و سلم. الي ان دخل مكة و دخل البيت الشرقية من باب السلام وطاف بالقدوم
و سننعى الحج صننعد الى العرفات و وقف الي الغروب و نفر الي المزدلفة فالقط الحصننى و بات بها الي الفجر و
دفع الي منى و رمى الجمرة العقبة و حلاق و نزل الي المكة و طاف طواف الزيادة و رجع الى منى و اقام بها
ايام التشريق و رمى الجمرة الثلاثة و ذهب الى العمرة و كان وقوفنا يوم سنة شهد بذلك ملا هدا د مخدوم
شهد بذلك شهد بذلك ملا عبد العز ز... شهد بذلك ملا علي حاجي شهد بذلك
“Bismillahir rohmanir rohiym. Allohga hamd boʻlsin, u bizni Muqaddas Bayt,
Zamzam va Ismoil maqomi bilan hamda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning maqomi
bilan sharaflagan. Shundan soʻng, quyidagilar maʼlum qilinurki: hajga ehrom
bogʻlagan shaxs – marhum Mulla Muhammad Rasulboyning oʻgʻli hoji Abdullatif
boʻlib, u sharʼiy miqotdan7 marhum Mulla Sayyid Mulla Muhammad Rasul Hojining
oʻgʻli nomidan farz hajni ado etish niyati bilan Arofatga yoʻl oldi. U uzluksiz ravishda
ehromda, talbiya aytib, Rosululloh sallallohu alayhi va sallamga salavotlar yoʻllab,
duo qilgan holda haj amallarini bajardi. Keyin u Makka shahriga kirib, sharqiy eshik
– Babu-s-salamdan Masjidu-l-Haramga kirdi. Kaʼbani Tavofu-l-Qudum8 bilan tavof
qildi, soʻngra haj saʼyini 9 bajardi. Shundan soʻng Arofat togʻiga chiqib, quyosh
botgunicha turdi, keyin Muzdalifaga yoʻl olib, u yerdan tosh (jamra) toʻpladi, sahar
vaqtigacha tunab qoldi. Soʻng Minoga yoʻl olib, Jamaratu-l-Aqaba10ni toshboʻron
qildi, sochini oldirdi, va yana Makkaga qaytib, ziyora tavofini ado etdi. Shundan soʻng
yana Minoga qaytdi, u yerda tashriq kunlarida turib, uchta jamarani toshboʻron qildi.
Soʻngra u umrani ado etish uchun Makkaga qaytdi. Ushbu Arofatdagi vuquf (toʻxtash
marosimi) ____ yili boʻlib oʻtdi. Ushbu ziyoratni Mulla Hidoyat Maxdum, Mulla
Abdulaziz ..., Mulla Ali Hajiy va boshqa guvohlar tasdiqlaganlar”.
Demak, mazkur ikkala guvohnomani tahlil qilar ekanmiz, ularning har ikkisida
ham Haj va Umra badalini bajaruvchi shaxs — marhum Mulla Muhammad
Rasulboyning oʻgʻli Hoji Abdullatif boʻlganligi aniq koʻzga tashlanadi. Shunga
qaramay, hujjatlarda badal amalining buyurtmachilari — yaʼni badal Haj va Umra
oʻrniga ibodat topshirgan shaxslar — ikki xil kishi sifatida qayd etilgan. Bu esa bizga
quyidagi muhim xulosani beradi: Hoji Abdullatif badal ibodatlarini ado etish bilan bir
martalik emas, balki doimiy tarzda shugʻullanib kelgan boʻlishi, yaʼni bu borada
eʼtiborli, ishonchli va obroʻli ziyoratchi sifatida tanilgan boʻlishi ehtimolini bildiradi.
7 Shar’iy miqot - shariat belgilagan joy.
8 Tavof al-qudum – kelish, tavof.
9 Haj sa’yi - Safā va Marva tepaliklari o‘rtasida yetti marta yurib o‘tish amalidir.
10 Jamarat al-Aqaba – Shaytonni toshboʻron qilish amali bajariladigan joy.
Shuningdek, har ikkala guvohnomalarda shohid (guvoh)larning nomlari
keltirilganiga qaramay, hujjatlarning muhr bilan tasdiqlanmagani ham eʼtiborga loyiq
jihatdir. Bu holat hujjatlarning shaxsiy arxiv yoki oilaviy esdalik sifatida saqlanishi
uchun yozilganini, keng koʻlamda rasmiy muomala hujjati sifatida emas, balki diniy
ahamiyatga ega dalolatnoma boʻlganini koʻrsatishi ham mumkin11.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada XX asrga oid haj va umra guvohnomalari
diniy-huquqiy hujjat sifatida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida Abdulla Nosirovning
“Bosma xatlar va rasmlar” toʻplamida saqlanayotgan guvohnomalarning shakliy
tuzilishi, mazmuni, grafika va yozuv uslubi oʻrganildi. Ayniqsa, umra va haj badali
uchun berilgan hujjatlar hamda ularning matnli formulalari asosida diniy amallarning
rasmiylashtirilishidagi tarixiy yondashuv ochib berildi. Mazkur hujjatlarning
saqlanishi va oʻrganilishi haj marosimlari tarixi, islomiy sanʼat, matbaachilik va diniyhuquqiy tafakkur taraqqiyotini tahlil etishda muhim manba sifatida ahamiyatga ega
ekani asoslab berildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Holy Quran. – Madina: King Fahd Complex for the Printing of the Holy Quran,
2024.
2. Luitgard Mols. (2015). Souvenir, testimony, and device for Instruction: late
nineteenth and early twentieth-century printed Hajj certificates // Hajj. Global
Interactions through Pilgrimage / Edited by Marjo Buitelaar and Luitgard Mols.
Mededelingen van het Rijksmuseum voor Volkenkunde N. 43. National Museum of
Ethnology. Published by Sidestone Press. – 186 p.
3. Nosirov A. Bosma xatlar va rasmlar – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Asosiy fondi
qoʻlyozmasi. № 13480.
4. Tanіeva G. (2021). XVI-XIX asr birinchi yarmida Oʻrta Osiyo xalqlarining haj
ziyorati tarixi. Monografiya. – Toshkent: “Oʻzkitob savdo nashriyot matbaa ijodiy
uyi”.
5. Oʻzbekiston Milliy Arxivi. 323-fond, 2-roʻyxat, 103-yigʻma jild.
6. Хўжаева У. (2002). А. Носиров дафтарлари. Ўзбек матбуоти тарихини
ўрганишда муҳим манба. // “Шарқшунослик” журнали, № 11.
7. https://exhibits.qnl.qa/en/hajj-certificates/.
8. https://www.bl.uk.
11 Masalan, shaxsiy fondlardan sanalgan Xaliliy kolleksiyasidagi haj guvohnomalarining faqat ba’zilaridagina
ziyoratchilarning ismlari yozib qo‘shilgan. Bu holat ularning nafaqat hujjat, balki esdalik yoki ko‘rgazmali vosita sifatida
ham ishlatilganini ko‘rsatadi. Qarang: https://www.khalilicollections.org/?s=certificate.
9. https://www.khalilicollections.org/all-collections/hajj-and-the-arts-ofpilgrimage/.
10. https://www.bnf.fr/en.
11. https://www.baytalfann.com/post/hajj-certificates-a-beautiful-history .
REFERENCES:
1. Holy Quran. – Madina: King Fahd Complex for the Printing of the Holy Quran,
2024.
2. Luitgard Mols. (2015). Souvenir, testimony, and device for Instruction: late
nineteenth and early twentieth-century printed Hajj certificates // Hajj. Global
Interactions through Pilgrimage / Edited by Marjo Buitelaar and Luitgard Mols.
Mededelingen van het Rijksmuseum voor Volkenkunde N. 43. National Museum of
Ethnology. Published by Sidestone Press. – 186 p.
3. Nosirov A. Bosma xatlar va rasmlar – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Asosiy fondi
qoʻlyozmasi. № 13480. (In Uzbek)
4. Tanіeva G. (2021). XVI-XIX asr birinchi yarmida Oʻrta Osiyo xalqlarining haj
ziyorati tarixi. Monografiya. – Toshkent: “Oʻzkitob savdo nashriyot matbaa ijodiy
uyi”. (In Uzbek)
5. Oʻzbekiston Milliy Arxivi. 323-fond, 2-roʻyxat, 103-yigʻma jild.
6. Xoʻjaeva U. (2002). A. Nosirov daftarlari. Oʻzbek matbuoti tarixini
oʻrganishda muhim manba. // “Sharqshunoslik” jurnali, № 11. (In Uzbek)
7. https://exhibits.qnl.qa/en/hajj-certificates/.
8. https://www.bl.uk.
9. https://www.khalilicollections.org/all-collections/hajj-and-the-arts-ofpilgrimage/.
10. https://www.bnf.fr/en.
11. https://www.baytalfann.com/post/hajj-certificates-a-beautiful-history.
2-rasm