TURLI YOSH DAVRLARIDA AYBDORLIK VA UYAT
KECHINMALARINING TUTGAN O‘RNI
THE ROLE OF EXPERIENCE OF GUILT AND SHAME AT DIFFERENT
AGES
РОЛЬ ПЕРЕЖИВАНИЯ ВИНЫ И СТЫДА В РАЗНОМ ВОЗРАСТЕ
Djurakulova Dilfuza Farxodovna
Samarqand davlat universiteti,
Amaliy psixologiya kafedrasi dotsenti, PhD
Tel.: +998 91 555-83-34
E-mail: dilfuzadjurakulova3@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada turli yosh davrlarida aybdorlik va uyat histuyg‘ularining shaxs ijtimoiy-psixologik hayotidagi o‘rni keng yoritiladi. Ularning
o‘ziga xos xususiyatlari, o‘xshashlik va farqlari, shuningdek, ijtimoiy-psixologik
mexanizmlari nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda aybdorlik
va uyatning shaxs o‘z-o‘ziga munosabati, o‘z-o‘zini baholash jarayonlari, vijdon,
qo‘rquv, agressiya, pushaymonlik kabi hissiyotlarga ta’siri o‘rganiladi. Maqola ushbu
his-tuyg‘ularning turli yosh bosqichlarida shaxsning ijtimoiy munosabatlari, axloqiy
me’yorlarga rioya qilishi va majburiyatlariga ta’sirini ko‘rib chiqadi. Aybdorlik va
uyat hislari shaxsning o‘z xatolarini tushunish va tuzatish jarayonlarida muhim rol
o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari aybdorlik va uyatning shaxs rivojlanishidagi muhim
rolini tushunishga yordam beradi va ularning ijtimoiy muhitdagi o‘rnini
aniqlashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: Ayb, aybdorlik hissi, uyat, vijdon, xato, qo‘rquv, agressiya,
ijtimoiy hissiyot, majburiyat, o‘z-o‘ziga munosabat, o‘z-o‘zini baholash, xo‘rlanish,
kamsitilish, pushaymonlik.
Abstract: This article comprehensively examines the role of guilt and shame
emotions in an individual’s socio-psychological life across various age periods. Their
unique characteristics, similarities, and differences, as well as socio-psychological
mechanisms, are analyzed from both theoretical and practical perspectives. The study
explores the impact of guilt and shame on self-relation, self-esteem processes, and their
connection to emotions such as conscience, fear, aggression, and regret. The article
addresses the influence of these emotions on an individual’s social relationships,
adherence to moral norms, and obligations across different age stages. Guilt and shame
play a significant role in understanding and correcting one’s mistakes. The research
findings contribute to understanding the crucial role of guilt and shame in personal
development and their significance in the social environment.
Key words: guilt, guilt, shame, conscience, mistake, fear, aggression, social
feeling, commitment, self-esteem, self-esteem, humiliation, discrimination, remorse.
Аннотация: В данной статье всесторонне рассматривается роль эмоций
вины и стыда в социально-психологической жизни личности на разных
возрастных этапах. Анализируются их уникальные характеристики, сходства и
различия, а также социально-психологические механизмы с теоретической и
практической точек зрения. Исследование изучает влияние вины и стыда на
отношение к себе, процессы самооценки и их связь с такими эмоциями, как
совесть, страх, агрессия и сожаление. Статья посвящена воздействию этих
эмоций на социальные отношения личности, соблюдение моральных норм и
обязанностей в различные возрастные периоды. Чувства вины и стыда играют
важную роль в осознании и исправлении ошибок. Результаты исследования
способствуют пониманию ключевой роли вины и стыда в развитии личности и
их значения в социальной среде.
Ключевые слова: вина, вина, стыд, совесть, ошибка, страх, агрессия,
социальное чувство, приверженность, самооценка, самоуважение, унижение,
дискриминация, раскаяние.
KIRISH
Aybdorlik hissi inson psixikasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u shaxs
rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi va axloqiy ongining shakllanishida katta ahamiyatga
ega. Psixologik adabiyotlarda aybdorlik hissi axloqiy o‘zini o‘zi nazorat qilish va xulqatvorni tartibga solish mexanizmi sifatida qaraladi. Lekin ushbu hisning turli yosh
davrlarida qanday shakllanishi va namoyon bo‘lishi hali yetarlicha tadqiq etilmagan.
Aybdorlik hissining shakllanishi tarbiya usullari, ota-ona va pedagoglarning
munosabati bilan bog‘liq bo‘lib, noto‘g‘ri yondashuv bolaning o‘ziga past baho berishi,
haddan tashqari itoatkorlik yoki aksincha, agressiya shaklida namoyon bo‘lishiga
sabab bo‘lishi mumkin. O‘smirlik davrida identifikatsiya jarayonlari va ijtimoiy
ta’sirlar kuchaygani sababli aybdorlik hissi yanada chuqurlashadi.
O‘smirlar o‘z qadr-qimmati, shaxsiy mustaqillik va jamiyat oldidagi mas’uliyat
o‘rtasidagi ziddiyatni boshdan kechiradilar. Aybdorlik hissi yetuk shaxsning o‘zini
anglash, qaror qabul qilish va axloqiy normalarga moslashish jarayonida muhim rol
o‘ynaydi. Uning haddan tashqari kuchayishi depressiya, o‘z-o‘zini ayblash,
motivatsiya yo‘qolishi kabi holatlarga olib kelishi mumkin. Inson hayotiga baho
berishda aybdorlik hissi o‘tmishdagi xatolar, bajarilmagan majburiyatlar va
afsuslanishlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Bu esa psixologik stress, yolg‘izlik
hissi va hatto depressiv holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarning o‘zgarishi
odamlarning aybdorlik hissini boshqarishiga ta’sir qilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy
tarmoqlar, psixologik bosim va axloqiy me’yorlarning keskin o‘zgarishi shaxsning
aybdorlik hissi bilan kurashish mexanizmlarini yangidan shakllantirish zaruratini
tug‘diradi. Shu sababli, bu mavzuni chuqur o‘rganish va turli yosh guruhlarida
aybdorlik hissining psixologik xususiyatlarini tahlil qilish dolzarb ilmiy va amaliy
ahamiyatga ega. Jahon taʼlim va ilmiy markazlarida aybdorlik hissini korreksiya qilish,
aybdorlik kechinmasining inson xulqiga tabiiy regulyativ (boshqaruvchi), adaptatsion
(muvofiqlashtiruvchi) taʼsirining optimal darajasini aniqlashga oid tadqiqotlar olib
borilmoqda. Bu borada shaxs xulqidagi aybdorlik hissi tufayli emotsional beqarorlik
namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini maxsus ilmiy tadqiq etish
hamda zarur ilmiy xulosalar ishlab chiqish ayni davrning dolzarb muammolaridan
bo‘lib qolmoqda.
Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ijtimoiy, maʼnaviy, siyosiy va iqtisodiy
sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, dunyodagi global
o‘zgarishlar davlat hamda jamiyat oldiga hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator
vazifalarni qo‘ymoqda hamda mazkur yo‘nalishlarda zarur huquqiy-meʼyoriy asoslar
yaratildi. «Yoshlarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol
topishiga ko‘maklashish»ga doir vazifalar belgilangan bo‘lib, aybdorlik hissining
yuzaga kelish sabablari, inson normal hayotiga taʼsiri yo‘nalishlaridagi izlanishlarni
yangicha ilmiy yondashuviga asos bo‘la oladi (Дубравин Д., 2019: 95).
Аybdorlik va uyat tuyg‘ulari bir qator fanlarning, jumladan, ilohiyot, falsafa,
psixologiya va psixoanaliz kabi fanlarning o‘rganish obyekti bo‘lib hisoblanadi,
shuningdek adabiyotda ham keng tarqalgan mavzulardan biridir. Bu bizni foydali hayot
kechirishimizga xalaqit beradigan mayda-chuyda his-tuyg‘ular yoki jiddiy psixologik
cheklovlar ham bo‘lishi mumkin.
Jamiyat va madaniyat kabi murakkab ijtimoiy tizimlarda odamlarning ijtimoiy
xatti-harakatlarini tartibga solish jarayonida aybdorlik va uyat tuyg‘ulari muhim rol
o‘ynaydi. Аybdorlik va uyat – bu faqat ijtimoiy hissiyotlar sohasiga taalluqli bo‘lgan
psixik hodisalardir. Ularning manbayi va harakatlantiruvchi kuchi esa ijtimoiylashuv
jarayonidagi shaxslardir. Аybdorlik va uyat hislarining ijtimoiy psixologiyadagi
muhim o‘rni, uning faqat ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki shaxslar va butun
guruhlar munosabatlariga taʼsir qilishi bilan ham bog‘liqdir.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Psixologiyada uyat va aybdorlik tuyg‘ulari ko‘pincha birgalikda muhokama
qilinadi, ularning o‘xshashlik va farqli tomonlari hamda mumkin bo‘lgan o‘zaro
munosabatlari tahlil qilinadi. Olimlardan birining taʼkidlashicha, ular bir xil taʼsirga
ega bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalarning turli xil ifodalanishidir, yaʼni, aybdorlik – bu
axloqiy uyatdir.
Umuman olganda, aybdorlik insonning o‘z xatti-harakatlari bilan chegaralarni
yoki qoidalarni buzishi bilan bog‘liq bo‘lsa, uyat hissi esa o‘zini-o‘zi salbiy baholash
bilan bog‘liqdir. Аybdorlik va uyatni keltirib chiqaradigan holatlar ko‘pincha bir xil
yuzaga kelsa-da, ammo ular turli xil kechinmalarning hosilasi ekanligi taʼkidlanadi.
Bugungi kunda ham psixologlar o‘rtasida aybdorlik hissining bajaradigan
vazifalari yuzasidan umumiy bir fikr mavjud emas. Аksariyat psixologlar, insoniyat
jamiyatida aybdorlik hissi bo‘lmasa unda normal yashash va rivojlanish mumkin emas,
deb hisoblashadi. Baʼzi psixologlar aybdorlik hissi bizning «ichimizdagi vahshiy
hayvonni» – yaʼni g‘azabimizni, hirsimizni va ochko‘zligimizni jilovlashga yordam
beradi, deb taʼkidlashadi. Boshqalari esa, biz o‘z xatolarimizdan saboq olamiz va
aybdorlikni boshdan kechirganimiz sababli, keyinchalik xuddi shunday vaziyatga
tushgan vaqtimizda biz jazolangan, pushaymon bo‘lgan hamda vijdon azobidan
qiynalgan vaqtimizni eslab, o‘zimizni salbiy xatti-harakatlar qilishdan saqlaymiz, deb
hisoblashadi. Va nihoyat, yana bir qarash mavjudki, unga ko‘ra aybdorlik hissi bizni
o‘qishda, ishda, farzandlarimiz, turmush o‘rtog‘imiz, ota-onamiz bilan bo‘lgan
munosabatda hamda jamiyat oldidagi majburiyatlarimizni bajarishga undaydigan,
turtki beruvchi omil deb hisoblanadi.
Qadimgi falsafiy fikrlar doirasida uyat va aybdorlik hislari jamoatchilik fikridan
qo‘rqish bilan bog‘liq bo‘lib, agar shaxsning xulq-atvori jamiyat tomonidan qabul
qilingan normalarga mos kelmasa unda ushbu shaxsga nisbatan jiddiy hukm
chiqarilishi mumkin bo‘lgan. G.G.Matyushin o‘zining «Uyat va vijdon o‘z-o‘zini
baholashning axloqiy shakllari sifatida» nomli asarida Platon va Аristotelga murojaat
qiladi, zero ular aybdorlik va uyat hissining mohiyatini, shaxsning o‘zi haqidagi
jamoatchilik fikridan hamda «ayrim nomussizliklardan qo‘rquvi» orqali ochib
berishadi (Матюшин Г., 1998). Аristotel aybdorlik va uyatni axloqiy nuqtai nazardan
ham ko‘rib chiqadi hamda ularning ijtimoiy mohiyatini alohida taʼkidlaydi. Demokrit
uyatning ikki turini ajratib ko‘rsatadi, bular: shaxsning boshqa odamlar oldidagi va
o‘zi oldidagi uyat hislaridir. Bu yerda, birinchi holatda shaxsning uyatli xatti-harakati
boshqalarga ham maʼlum bo‘lsa, ikkinchisida esa bu qilmishni faqat uni sodir etgan
insongina biladi. Matyushin shaxsning o‘zi oldidagi uyat hamda zamonaviy aybdorlik
tushunchasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi haqida taxmin qiladi.
Аybdorlik va uyat singari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan
hissiyotlarni farqlash masalasini, ushbu hislarning kelib chiqishi haqidagi
tadqiqotlarni tahlil qilishdan boshlash kerak.
V.N.Kunitsina uyat va aybdorlik hislari o‘zini-o‘zi baholash bilan bog‘liq
bo‘lgan turli xil xavotirlanish shakllari deb yozadi (Куницына В., 1991). Uyat bu
tashqi baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib, shaxsning o‘z obro‘si uchun xavotirlanishi,
yaʼni qachonki inson o‘zini boshqalar undan kutgan talablarga javob bermasligini his
qilsa yuzaga keladi. Аybdorlik esa bu shaxsning o‘zini o‘zi baholashiga yo‘naltirilgan
bo‘lib, shaxsiy fazilatlar haqida qayg‘urish, vijdon azobi bilan birgalikda kechadi
hamda yuqori darajadagi axloqiy ongni tavsiflaydi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra
qo‘rquv – bu obyektiv xavotir, uyat – ijtimoiy xavotir, aybdorlik esa – axloqiy xavotir
bo‘lib hisoblanadi (Льюис М., 1993: 563).
K. Muzdibayev o‘zining «Аybdorlik va uyatni boshdan kechirish» asarida ushbu
hissiyotlarning bir-biridan farqiga alohida eʼtibor qaratadi. U «uyat» va «aybdorlik»
bir-biriga yaqin tushunchalar ekanligini, chunki ular o‘zaro o‘xshash boshqaruvchilik
vazifalarini bajarishini taʼkidlab o‘tadi. Аmmo ular shaxsning butunlay boshqaboshqa kechinmalarini aks ettiradi. Аgar, aybdorlik hissi insonda biron bir
meʼyorlarni, qoidalarni, vaʼdalarni buzgan, majburiyatlarni bajarmagan vaqtda
yuzaga kelsa, uyat esa aybdorlikka nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning
butun yaxlitligiga taalluqlidir hamda qoida buzilishi bilan bog‘liq emas. Аybdorlikni
his qilayotgan kishi o‘z eʼtiborini ushbu vaziyatni yuzaga keltirgan harakatlar va o‘z
qilmishlariga qaratsa, uyalgan kishi esa o‘zini, o‘zining «men»ini tahlil qilishga
e’tibor qaratadi (Дубравин Д., 2019: 95). Uyat xatti-harakat yoki xulq-atvorning
nomuvofiqligi tufayli yuzaga keladi va o‘z-o‘zini anglash bilan bog‘liq. Demak,
ushbu hodisalarni o‘rganishda ularning farqlanishiga alohida eʼtibor qaratish lozim.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda aybdorlik va uyat hissi psixologik jihatdan o‘rganildi. So‘rov
metodlari orqali respondentlar «Aybdorlik bu...» va «Uyat bu...» kabi savollarga javob
berdilar. Psixodiagnostik metodlar sifatida K. Kugler va V. Jonsning «Aybdorlik hissi
so‘rovnomasi», J.P. Tangney’ning TOSCA metodikasi, J. Rotter’ning «Lokus nazorat»
va Fetiskin va boshqalarning «Altruizm-egoizm» metodikalari qo‘llanildi. Bu metodlar
aybdorlik va uyatning psixologik xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilish imkonini berdi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Biz shaxsda kechadigan aybdorlik va uyat hislarini o‘rganish maqsadida
I.А.Belik tomonidan ishlab chiqilgan va biz tomonimizdan modifikatsiya qilingan
«Аybdorlik hissini o‘rganish» so‘rovnomasidan foydalandik. Ushbu so‘rovnomada
«aybdorlik hissi» fenomeni to‘g‘risidagi yashirin tasavvurlarni o‘rganish uchun 8 ta
savoldan iborat anketa tuzilgan bo‘lib, respondentlardan dastlab quyidagilarga, yaʼni:
1) «Аybdorlik hissi bu ...» iborasini (tugallanmagan jumla) davom ettiring;
2) aybdorlik hissi va uning kechinmalarini taʼriflash uchun qanday so‘zlardan
foydalangan bo‘lar edingiz;
3) siz o‘zingizni aybdor his qilasizmi, qachon;
4) siz hammadan ko‘ra ko‘proq kimni oldida o‘zingizni aybdor his qilasiz; kabi
savollarga javob berish so‘raldi.
Birinchi savolga, yaʼni «aybdorlik hissi – bu» iborasini to‘ldiring degan savolga
sinaluvchilarning 36% «o‘zgalarni sababsiz ranjitish, xato qilish natijasida kelib
chiqadigan kechinma» deb javob berishgan bo‘lsa, 24% «qilgan ishidan
pushaymonlik, uyalish», 16% «xatolardan afsuslanish va uni tuzatish istagi», 14%
«ruhiy bezovtalik, vijdon azobi» deb va qolgan 10% «o‘zini kechira olmaslik, qo‘rquv
hissi» deb javob berishdi. (1-rasm)
14% 10% «Аybdorlik hissi bu... »
16% 24%
o'zgalarni sababsiz ranjitish, xato qilish natijasida
kelib chiqadigan kechinma
qilgan ishidan pushaymonlik, uyalish
36%
xatolardan afsuslanish va uni tuzatish istagi
ruhiy bezovtalik, vijdon azobi
o'zini kechira olmaslik, qo'rquv hissi
1-rasm. «Aybdorlik hissi – bu» iborasini to‘ldiring savoliga sinaluvchilarning javobi
Ushbu natijalardan ko‘rinib turibdiki, respondentlar asosan aybdorlik hissini
o‘zgalarni sababsiz ranjitish, xato qilish natijasida kelib chiqadigan kechinma, qilgan
ishidan pushaymonlik, uyalish, xatolardan afsuslanish va uni tuzatish istagi, ruhiy
bezovtalik, vijdon azobi, o‘zini kechira olmaslik hamda qo‘rquv hissi bilan birgalikda
assotsiatsiya qilishar ekan. Аyniqsa, eng katta ko‘rsatkich shaxsning o‘zgalarni
sababsiz ranjitishi, biror-bir xato qilishi natijasida unda yuzaga keladigan kechinma
(36%), qilgan noo‘rin ishidan yoki xatti-harakatidan pushaymonlik hamda uyalishi
(24%) natijasida yuzaga kelishini taʼkidlab o‘tishgan. Demak, shaxs o‘zida yuqorida
taʼkidlab o‘tilgan kechinmalarni his qilganida ular bilan birgalikda har doim
aybdorlikni ham boshdan kechirar ekan.
Sinaluvchilardan aybdorlik hissi va uning kechinmalarini taʼriflash uchun
qanday so‘zlardan foydalangan bo‘lar edingiz deb so‘ralganda ularning 29%
«pushaymonlik», 25% «xafa bo‘lish, tushkunlik, xavotir», 21% «afsuslanish», 11%
«vijdon azobi», 7% «boshqalardan o‘zini olib qochish hamda qolgan 7%
«sharmandalik, uyalish» deb javob berganliklarini ko‘rishimiz mumkin. (2-rasm)
«Aybdorlik va uning kechinmalarini ta'riflash uchun qanday so'zlardan
foydalangan bo'lar edingiz?»
7% 7% pushaymonlik
xafa bo'lish, tushkunlik, xavotir
11% 29%
21% 25% afsuslanish
vijdon azobi
boshqalardan o'zini olib qochish
sharmandalik, uyalish
2-rasm. Aybdorlik va kechinmalarini ta’rifi
Tadqiqot jarayonida olingan natijalarga ko‘ra, aybdorlikni boshdan
kechirayotgan shaxs u bilan birgalikda pushaymonlik, xafa bo‘lish, tushkunlik,
xavotir, afsuslanish, vijdon azobi, boshqalardan o‘zini olib qochish, sharmandalik,
uyalish kechinmalarini ham his qilar ekan. Bundan shunday xulosaga kelishimiz
mumkinki, inson aybdorlikni his qilganda u bilan deyarli har doim pushaymonlik
(29%), xafa bo‘lish hamda tushkunlik (25%) birgalikda boshdan kechirilar ekan.
Siz o‘zingizni aybdor his qilasizmi, qachon deb berilgan savolga esa
sinaluvchilarning ko‘pchiligi, yaʼni 68% «kimnidir dilini og‘ritsam, o‘zgalarni nohaq
xafa qilsam» deb javob berishgan bo‘lsa, 14% «boshlagan ishimni oxiriga yetkaza
olmasam», 11% «yordamga muhtoj odamlarga yordam bera olmasam» deb va qolgan
7% esa «biron gunoh ish qilib qo‘ysam» deb javob berishdi. (3-rasm)
11% «Siz o'zingizni aybdor his qilasizmi, qachon?»
14%
7% kimnidir dilini og'ritsam, o'zgalarni
nohaq xafa qilsam
boshlagan ishimni oxiriga yetkaza
olmasam
68% yordamga muhtoj odamlarga yordam
bera olmasam
biron gunoh ish qilib qo'ysam
3-rasm. Shaxsda aybdorlik hissini yuzaga keltiruvchi vaziyat.
Olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, shaxs kimnidir dilini og‘ritib qo‘yganda,
o‘zgalarni nohaq xafa qilganda, boshlagan ishini oxiriga yetkazmaganda, yordamga
muhtoj odamlarga yordam bera olmaganda yoki biron gunoh ish qilib qo‘yganda o‘zini
aybdor his qilar ekan. Аyniqsa o‘zgalarning dilini og‘ritish yoki nohaq xafa qilish
(68%) aybdorlikni keltirib chiqaruvchi asosiy omil sifatida qaralgan.
So‘rovnomaning to‘rtinchi savoliga yaʼni, siz hammadan ko‘ra ko‘proq kimni
oldida o‘zingizni aybdor his qilasiz deb berilgan savolga sinaluvchilarning 56% «otaonamni va yaqinlarimni» deb javob berishgan bo‘lsa, 16% «hech kimni oldida o‘zimni
aybdor his qilmayman» deb, 13% «ollohni oldida», 9% «faqat o‘zimni» deb va qolgan
6% «men xafa qilgan insonlarni oldida» deb javob berganliklari tahlil qilindi. (4-rasm)
Tadqiqot natijalariga ko‘ra respondentlarning asosiy qismi o‘zlarini ota-onalari va
yaqinlari (56%) oldida aybdor his qilishar ekan. Bu esa bir tomondan o‘zbek
mentalitetiga xos bo‘lgan sifat bo‘lib, farzandlar har doim ota-onalari oldida o‘zlarining
turli majburiyatlari borligini his qilishsa, ikkinchi tomondan aybdorlik hissi bolalarga
ularning yoshligidayoq ota-onalari va yaqin insonlari tomonidan singdirilishi sababli,
bolalar ko‘p hollarda o‘zlarini aynan mana shu insonlar oldida aybdor his qilishadi.
«Siz hammadan ko'ra ko'proq kimnini oldida o'zingizni aybdor his
qilasiz?» savoliga sinaluvchilarning javobi
9% 6%
ota-onamni va yaqinlarimni
13% hech kimni oldida o'zimni aybdor his
16%
56% qilmayman
ollohni oldida
faqat o'zimni oldimni
men xafa qilgan insonlarni oldida
4-rasm.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha
odamlar aybdorlik hissining aniq taʼrifini bera olmaydilar hamda uni uyat tushunchasi
bilan almashtirdilar. Uyat va aybdorlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq
tushunchalar bo‘lib, ko‘pincha bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lganligi sababli, uyat
fenomeni bilan bog‘liq savollar ham so‘rovnomaga kiritilgan:
1) «Uyat bu ....» iborasini (tugallanmagan jumla) davom ettiring;
2) uyat hissi va uning kechinmalarini taʼriflash uchun qanday so‘zlardan
foydalangan bo‘lar edingiz;
3) siz uyalasiz, qachonki;
4) siz uyat hissini boshdan kechirayotganda, o‘zingizda qanday kechinmalar,
fikrlar yuzaga kelishini eslab ko‘ring.
So‘rovnomaning birinchi savoliga, yaʼni «uyat hissi – bu» iborasini to‘ldiring
deb so‘ralganda sinaluvchilarning 34% «o‘ziga yarashmaydigan xatti-harakat qilish,
noqulay ahvolga tushib qolish» deb javob berishgan bo‘lsa, 23% «sharmandalik va
qo‘rquv hissi” deb, 20% «o‘z aybidan xijolat bo‘lish, aybdorlik hissini boshdan
kechirish», 14% «qilgan ishini tahlil qilish, afsuslanish» deb va qolgan 9% «normal
ijtimoiy va psixologik holat» deb taʼrif berishgan. (5-rasm)
«Uyat hissi – bu ...”
o'ziga yarashmaydigan xatti-harakat qilish,
14% 9% 34% noqulay ahvolga tushib qolish
20% sharmandalik va qo'rquv hissi
o'z aybidan xijolat bo'lish, aybdorlik hissini
23% boshdan kechirish
qilgan ishini tahlil qilish, afsuslanish
5-rasm. «Uyat hissi – bu... » iborasini to‘ldiring savoliga sinaluvchilarning javobi.
Natijalardan ko‘rinib turibdiki, so‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarning
ko‘pchiligi uyat hissini insonlarning o‘ziga yarashmaydigan xatti-harakat qilishi,
ularning turli vaziyatlarda noqulay ahvolga tushib qolishi (34%), sharmandalik va
qo‘rquv hissi (23%) hamda shaxsning o‘z aybidan xijolat bo‘lishi, aybdorlik hissini
boshdan kechirishi (20%) bilan birgalikda assotsiatsiya qilishgan. Bu esa, yuqorida
aytib o‘tgan fikrimiz, yaʼni aybdorlik va uyat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq
tushunchalar bo‘lganligi uchun ko‘pchilik insonlar ularni bir-biri bilan almashtirib
yuborishlarini isbotini ko‘rsatadi. Sinaluvchilardan uyat hissi va uning kechinmalarini
taʼriflash uchun qanday so‘zlardan foydalangan bo‘lar edingiz deb so‘ralganda
ularning 42% «sharmandalik va xijolat tortish» deb javob berishgan bo‘lsa, 31%
«yuzni qizarishi, gapira olmaslik” deb, 18% esa «afsuslanish, pushaymonlik, o‘zidan
nafratlanish» hamda qolgan 9% «boshqalar oldida aybdor bo‘lish, tushkun kayfiyat»
deb javob berishganini ko‘rishimiz mumkin. (6-rasm)
«Uyat hissi va uning kechinmalarini ta'riflash uchun qanday so'zlardan
foydalangan bo'lar edingiz? »
18% 9% 42% sharmandalik va xijolat tortish
31%
yuzni qizarishi, gapira olmaslik
afsuslanish, pushaymonlik, o'zidan
nafratlanish
boshqalar oldida aybdor bo'lish, tushkun
kayfiyat
6-rasm. Uyat hissi va uning kechinmalari ta’rifi
Tadqiqot jarayonida olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, respondentlarning
ko‘pchiligi inson uyat hissini boshdan kechirganda u bilan birgalikda sharmandalik
va xijolat tortish (42%), yuzni qizarishi, gapira olmaslik (31%), afsuslanish,
pushaymonlik va o‘zidan nafratlanish (18%) kechinmalarini birgalikda boshdan
kechirishlarini taʼkidlab o‘tishgan. Respondentlarimiz yuqorida aybdorlik hissi va
uning kechinmalariga taʼrif berishganida ham asosan ushbu kechinmalarni aybdorlik
bilan birgalikda kechirilishini aytib o‘tishgan edi. Bundan shunday xulosaga
kelishimiz mumkinki, aybdorlik va uyat o‘zaro bog‘liq tushunchalar bo‘lganligi
uchun, ular bilan birgalikda kechiriladigan kechinmalar ham deyarli o‘xshash.
So‘rovnomaning uchinchi savoliga yaʼni «siz uyalasiz, qachonki» deb
so‘ralganda respondentlarning 38% «biror ayb yoki yomon ish qilsam» deb javob
berishgan bo‘lsa, 24% «noqulay vaziyatga tushib qolsam», 21% «boshqalar oldida
kamsitilsam yoki hamma birdan qarasa», 10% «nojo‘ya so‘z aytsam» deb va qolgan
7% esa «ota-onamga munosib inson bo‘lolmasam» deb javob berishdi. (7-rasm)
«Siz uyalasiz, qachonki? »
10% 7% 38% biror ayb yoki yomon ish qilsam
21% 24%
noqulay vaziyatga tushib qolsam
boshqalar oldida kamsitilsam yoki hamma birdan qarasa
nojo'ya so'z aytsam
ota-onamga munosib inson bo'lolsam
7-rasm. Shaxsda uyatni yuzaga keltiruvchi vaziyat
Natijalardan ko‘rinib turibdiki, respondentlar asosan uyatni yuzaga keltiruvchi
vaziyat sifatida shaxs tomonidan biror ayb yoki yomon ish qilinganda (38%), o‘z xattiharakati tufayli noqulay vaziyatga tushib qolganda (24%), boshqa kishilar oldida
kamsitilganda yoki ko‘pchilik birdaniga qaraganida (21%) yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan holatni ko‘rsatishgan. Bu esa aybdorlik hissini yuzaga keltiruvchi vaziyatdan
bir muncha farq qilib asosan tashqi baholashga yo‘naltirilgan bo‘ladi, bundan tashqari
shaxsning o‘z obro‘si uchun xavotirlanishi, yaʼni qachonki inson o‘zini boshqalar
undan kutgan talablarga javob bermasligini his qilsa yuzaga keladi. Аybdorlik esa bu
shaxsning o‘zini o‘zi baholashiga yo‘naltirilgan bo‘lib, shaxsiy fazilatlar haqida
qayg‘urish, vijdon azobi bilan birgalikda kechadi hamda yuqori darajadagi axloqiy
ongni tavsiflaydi. Sinaluvchilardan siz uyat hissini boshdan kechirayotganda,
o‘zingizda qanday kechinmalar, fikrlar yuzaga kelishini eslab ko‘ring deb so‘ralganda
ularning 43% «afsuslanaman, vijdonim qiynaladi, o‘zimdan nafratlanaman» deb
javob berishgan bo‘lsa, 31% «yuzim qizaradi, xijolat bo‘laman», 18% «qilgan
xatoyimni tahlil qilaman va boshqa takrorlamaslikka harakat qilaman» deb va qolgan
8% esa «odamlardan o‘zimni olib qochaman» deb javob berishdi. (8-rasm)
Siz uyat hissini boshdan kechirayotganda, o'zingizda qanday
kechinmalar, fikrlar yuzga kelishini eslab ko'ring?
18% 8% 43% afsuslanaman, vijdonim qiynaladi, o'zimdan
nafratlanaman
yuzim qizaradi, xijolat bo'laman
31% qilgan xatoimni tahlil qilaman va boshqa
takrorlamaslikka harakat qilaman
odamlardan o'zimni olib qochaman
8-rasm. Shaxs uyat hissini boshdan kechirayotganda yuzaga keladigan kechinmalar
Yuqorida qayd etilgan natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, shaxs uyat hissini boshdan
kechirayotganda u bilan birgalikda afsuslanish, vijdon azobi, o‘zidan nafratlanish
(43%), yuzning qizarishi, xijolat bo‘lish (31%) , bundan tashqari qilgan xatosini tahlil
qilib, boshqa takrorlamaslikka harakat qilish (18%) kechinmalari ham boshdan
kechiriladi. Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, uyat va aybdorlik hislari
boshdan kechirilayotganda ular bilan birgalikda kechiriladigan kechinmalar deyarli
bir-biriga o‘xshasa-da, lekin, uyat hissi ijtimoiy kechinma sifatida, aybdorlik hissi esa
axloqiy kechinma sifatida namoyon bo‘ladi.
«Аybdorlik» va «uyat» fenomenlarini taqqoslaganda, respondentlarning ushbu
his-tuyg‘ularga bo‘lgan hissiy munosabati quyidagi baholash tizimi yordamida
baholandi:
«-2» - keskin salbiy (dahshatli, mudhish, vayron qiluvchi)
«-1» - o‘rtacha salbiy (tashvish, bezovtalik, noqulaylik)
«0» - neytral (kechinma, burch, majburiyat)
«1» - o‘rtacha neytral (o‘zgarishni istash, bartaraf qilish)
«2» - keskin ijobiy (konstruktiv, rag‘batlantiruvchi)
40% 35% Aybdorlik hissining tuzilishi
30% 31%
27%
20%
10% 7%
0% Kognitiv Моtivatsion Psixosomatik
komponent komponent komponent
Hissiy komponent
9-rasm. Аybdorlik hissining tarkibiy tuzilishi
Bundan tashqari tadqiqot jarayonida sinaluvchilarga «aybdorlikni his
qilayotganda qanday yo‘l tutasiz» degan savol bilan murojaat qilinib, ushbu savolga
ular beradigan javoblar tartibi hamda shkalasi taklif qilindi. Biroq bu anketa savoliga
tegishli o‘n bitta javoblar varianti ham mavjud bo‘lib respondentlar ushbu javob
variantlariga «deyarli hech qachon», «juda kam holatlarda», «gohida», «tez-tez», «har
doim» ko‘rinishidagi shkalalar asosida javob berishi kerak edi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Respondentlarning ushbu shkalalar asosida bergan javoblari psixologik hodisa
sifatida aybdorlikning tuzilishini ajratib ko‘rsatishga imkon berdi. Аybdorlik tarkibiga
quyidagilar kiradi: hissiy komponent (barcha javoblarning 35%), unda disforik
xarakterdagi kechinmalar (depressiya, tushkunlik, azob-uqubatlar va boshqalar),
afsuslanish va pushaymonlik aniq kuzatiladi; kognitiv komponent (barcha
javoblarning 31%), bu «xulq-atvor, xatti-harakatlarni anglash va tahlil qilish», «real»,
«ideal» hamda «ichki baholash» o‘rtasidagi nomuvofiqlikni anglash; motivatsion
komponent (barcha javoblarning 27%), unda «hozirgi vaziyat yoki xatti-harakatni
tuzatish, o‘zgartirish istagi» ustunlik qiladi. Bundan tashqari aybdorlikni boshdan
kechirganda, ayrim respondentlar ichki noqulaylik hissi, yoqimsiz jismoniy histuyg‘ular, yaʼni psixosomatik komponentni (barcha javoblarning 7%), masalan,
«ichki zo‘riqish», «bosh og‘rig‘i» va «yomon uyqu»ni his qilishlarini ko‘rsatdilar.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, aybdorlik hissi tarkibiga kiruvchi
diskomfort, depressiya, o‘z xatti harakatini tahlil qilish, tuzatish istagi, ichki
noqulaylik hissi namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxsning o‘z xulq-atvorini anglashi
muhimligiga ko‘ra, ularda emotsional, kognitiv, motivatsion va psixosomatik
komponentlar rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
1-jadval.
Aybdorlik hissining tuzilishi
Emotsional Kognitiv Motivatsion Psixosomatik
komponent komponent
pushaymonlik, komponent komponent ichki noqulaylik hissi,
vijdon azobi, yoqimsiz jismoniy
afsuslanish, o‘z xatolarini tushunib tuzatish istagi, his-tuyg‘ular, bosh
ichki diskomfort, og‘rig‘i, yomon uyqu,
noqulaylik, yetish, o‘z xatti- kechirim so‘rash, ichki zo‘riqish
tashvishlanish,
o‘zidan qoniqmaslik, harakatini tahlil qilish, vaziyatni unutishni
emotsional zo‘riqish,
depressiya, stress baholash, «real» vа xohlashi, kuch
«ideal» o‘rtasidagi to‘plashi
nomuvofiqlikni
anglash
Yuqoridagi tahlildan ko‘rinib turibdiki, aybdorlik hissi, asosan, jamiyatdagi
axloqiy tamoyillarning buzilishi hamda shaxs o‘zining amalga oshirgan xatti-harakati
noto‘g‘ri ekanligini anglaganidan so‘ng yuzaga kelishi, bundan tashqari, shaxsda
kechadigan ushbu his vijdon azobi, pushaymonlik, afsuslanish, noqulaylik, uyat kabi
og‘riqli kechinmalar bilan birgalikda kechishi aniqlandi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, respondentlar, birinchi navbatda, aybdorlik
kechinmasini masʼuliyat va burch tuyg‘usi bilan bog‘lashgan bo‘lishsa ham, biroq,
aybdorlik o‘zidan va mavjud tartibdan norozilik hissi bilan ham bog‘liq ekanligini
taʼkidlashdi, yaʼni hodisaning ontologik tabiatiga ham to‘xtalishdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-
2026-mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-
60-sonli Farmoni.
2. Djurakulova D. (2023). Aybdorlik va uyat psixologik fenomen sifatida.
Monografiya. – Samarqand: SamDU nashriyoti. – 132 b.
3. Djurakulova D. (2023). Shaxsda aybdorlik hissi namoyon bo‘lishining
psixologik xususiyatlari. Avtoreferat (PhD). – Toshkent.
4. Дэн Дубравин. (2019). Психология эмоций: чувства под контролем. –
Киев: Агентство «IPIO».
5. Изард К. (2002). Психология эмоций. – Санкт-Петербург: Питер.
6. Ильин Е. (2019). Эмоции и чувства: Учебное пособие. – Санкт-
Петербург: Питер.
7. Куницына В. (1991). Трудности межличностного общения (Диссертация
на соискание ученой степени доктора психологических наук). – Санкт-
Петербург.
8. Льюис М. (1993). Самосознательные эмоции: смущение, гордость, стыд
и вина. – Нью-Йорк, – Лондон: “The Guilford Press”.
9. Матюшин Г. (1998). Стыд и совесть как формы моральной самооценки.
– Москва: Изд-во МГОПУ: НОУ.
10. Муздыбаев К. (1995). Переживание вины и стыда. – Санкт-Петербург:
Санкт-Петербургский филиал Института социологии.
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-
2026-mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-
60-sonli Farmoni. (In Uzbek)
2. Djurakulova D. (2023). Aybdorlik va uyat psixologik fenomen sifatida.
Monografiya. – Samarqand: SamDU nashriyoti. – 132 b. (In Uzbek)
3. Djurakulova D. (2023). Shaxsda aybdorlik hissi namoyon bo‘lishining
psixologik xususiyatlari. Avtoreferat (PhD). – Toshkent. (In Uzbek)
4. Den Dubravin. (2019). Psixologiya emotsiy: chuvstva pod kontrolem. – Kiev:
Agentstvo «IPIO». – S. 95–96. (In Russian)
5. Izard K. (2002). Psixologiya emotsiy. – Sankt-Peterburg: Piter. (In Russian)
6. Ilin E. (2019). Emotsii i chuvstva: Uchebnoe posobie. – Sankt-Peterburg: Piter.
(In Russian)
7. Kunitsina V. (1991). Trudnosti mejlichnostnogo obsheniya (Dissertatsiya na
soiskanie uchenoy stepeni doktora psixologicheskix nauk). – Sankt-Peterburg. (In
Russian)
8. Lyuis M. (1993). Samosoznatelnie emotsii: smushenie, gordost, stid i vina. –
Nyu York, – London: “The Guilford Press”. – S. 563–573. (In Russian)
9. Matyushin G. (1998). Stid i sovest kak formi moralnoy samootsenki. –
Moskva: Izd-vo MGOPU: NOU. (In Russian)
10. Muzdibayev K. (1995). Perejivanie vini i stida. – Sankt-Peterburg: Sankt-
Peterburgskiy filial Instituta sotsiologii. (In Russian)