ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ekologik mas’uliyat: O‘zbekistonda polietilen chiqindilar, tamaki qoldiqlari va urbanizatsiya oqibatidagi chang muammolariga yechimlar

Maxmudov Dilshod Kilichboyevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

EKOLOGIK MAS’ULIYAT: O‘ZBEKISTONDA POLIETILEN
CHIQINDILAR, TAMAKI QOLDIQLARI VA URBANIZATSIYA

OQIBATIDAGI CHANG MUAMMOLARIGA YECHIMLAR

ECOLOGICAL RESPONSIBILITY: SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF
POLYETHYLENE WASTE, CIGARETTE BUTTS, AND DUST POLLUTION

DUE TO URBANIZATION IN UZBEKISTAN

ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ ОТВЕТСТВЕННОСТЬ: РЕШЕНИЯ ПРОБЛЕМ
ПОЛИЭТИЛЕНОВЫХ ОТХОДОВ, ОКУРКОВ И ПЫЛЕВОГО

ЗАГРЯЗНЕНИЯ ВСЛЕДСТВИЕ УРБАНИЗАЦИИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Maxmudov Dilshod Kilichboyevich
Oriental universiteti, Filologiya fakulteti, 2-bosqich talabasi

Tel.: +998 97 820-20-98
E-mail: Md_hon087@mail.ru

Annotatsiya: Maqola O‘zbekistonda polietilen paketlar, tamaki qoldiqlari va
urbanizatsiya natijasidagi chang muammolarining ekologik oqibatlarini tahlil qilishga
qaratilgan. Polietilen chiqindilarning tabiatda chirimasligi, tamaki qoldiqlarining suv
va tuproqqa zarari, shuningdek, urbanizatsiya oqibatidagi changning inson
salomatligiga ta’siri mahalliy va xalqaro statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi.
Qog‘oz paketlar kabi muqobil materiallarning afzalliklari, tamaki qaramligiga qarshi
choralar va changni kamaytirish usullari xalqaro tajriba asosida ko‘rib chiqiladi.
Muqobil yechimlar sifatida qayta ishlash dasturlari va ekologik toza texnologiyalarni
joriy etishning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Oilalarda ekologik savodxonlikni
oshirish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar: ekologik mas’uliyat, polietilen paketlar, qog‘oz paketlar, tamaki
qoldiqlari, tamaki qaramligi, urbanizatsiya, chang zarari, barqaror rivojlanish.

Abstract: The article is dedicated to analyzing the environmental consequences
of polyethylene waste, tobacco residues, and dust pollution resulting from
urbanization in Uzbekistan. The non-biodegradability of polyethylene waste, the
harmful impact of tobacco residues on water and soil, and the effects of urbanizationrelated dust on human health are examined based on local and international statistical
data. The advantages of alternative materials, such as paper bags, measures to combat
tobacco addiction, and methods to reduce dust pollution are explored drawing on
international experience. The effectiveness of implementing recycling programs and
eco-friendly technologies as alternative solutions is also considered. Practical

recommendations are provided for enhancing environmental awareness among
households and improving relevant legislation.

Keywords: ecological responsibility, polyethylene bags, paper bags, cigarette
butts, tobacco addiction, urbanization, dust harm, sustainable development.

Аннотация: Статья посвящена анализу экологических последствий
загрязнения полиэтиленовыми отходами, остатками табачной продукции и
пылью, вызванной урбанизацией в Узбекистане. Неразлагаемость
полиэтиленовых отходов в природе, вредное воздействие табачных остатков на
воду и почву, а также влияние пыли, связанной с урбанизацией, на здоровье
человека анализируются на основе местных и международных статистических
данных. Рассматриваются преимущества альтернативных материалов, таких
как бумажные пакеты, меры по борьбе с табачной зависимостью и методы
сокращения пылевого загрязнения на основе международного опыта. Также
оценивается эффективность внедрения программ переработки и экологически
чистых технологий в качестве альтернативных решений. Предлагаются
практические рекомендации по повышению экологической грамотности
населения и совершенствованию законодательства.

Ключевые слова: экологическая ответственность, полиэтиленовые
пакеты, бумажные пакеты, окурки, табачная зависимость, урбанизация, вред
пыли, устойчивое развитие.

KIRISH
Hozirgi kunda global ekologik muammolar, xususan, polietilen chiqindilar,
tamaki qoldiqlari va urbanizatsiya oqibatidagi ifloslanishning tabiat va inson
salomatligiga ta’siri keskin tarzda dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. O‘zbekiston
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (2023)
ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yiliga 1,2 million tonna plastik chiqindilar hosil
bo‘ladi, ammo qayta ishlash darajasi 20% dan oshmaydi. Jahon Sog‘liqni Saqlash
Tashkiloti (JSST, 2023) xabariga ko‘ra, har yili 4,5 trillion tamaki qoldig‘i tabiatga
tashlanib, suv va tuproqni zaharli moddalar bilan ifloslantiradi. Urbanizatsiya
natijasida hosil bo‘lgan chang esa nafas olish tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi,
ayniqsa, katta shaharlarda bu muammo yanada jiddiy tus olmoqda.
Ushbu muammolarni yechishda oilalar va jamiyatning ekologik mas’uliyati
muhim ahamiyatga ega. Maqola maqsadi – O‘zbekiston sharoitida polietilen
chiqindilar, tamaki qoldiqlari va urbanizatsiya oqibatidagi chang muammolarini tahlil
qilish, muqobil yechimlar (qog‘oz paketlar, tamakiga qarshi choralar, changni
kamaytirish usullari) taklif etish va ekologik savodxonlikni oshirish bo‘yicha amaliy

tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadlar yo‘lida quyidagi vazifalar
belgilab olindi:

1. Polietilen paketlar, tamaki qoldiqlari va changning ekologik va sog‘liqqa
zararini aniqlash;

2. Qog‘oz paketlar va boshqa muqobil materiallarning afzalliklarini tahlil
qilish;

3. Xalqaro tajribalarni O‘zbekiston kontekstida qo‘llash imkoniyatlarini
o‘rganish;

4. Ekologik mas’uliyatni oshirish bo‘yicha takliflar berish.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ekologik muammolar bo‘yicha xalqaro va mahalliy tadqiqotlar polietilen
chiqindilar, tamaki qoldiqlari va changning jiddiy tahdid ekanligini tasdiqlaydi. J.
Jambek va boshqalar polietilen paketlarning tabiatda 450-1000 yil chirimasligini va
mikroplastiklarga aylanishini isbotlagan (Jambeck J., Geyer R., Wilcox C., Siegler
T., Perryman M., Andrady A., Law K., 2015). UNEP polietilen yoqilganda dioksinlar
ajralib, saraton va nafas olish kasalliklarini keltirib chiqarishini ta’kidlaydi (UNEP,
2019). S. Ahmed tamaki qoldiqlarining suv yo‘llarini ifloslantirishini va ekotizimga
zarar yetkazishini ko‘rsatgan (Ahmed S., 2020). JSST (2023) ma’lumotlariga ko‘ra,
tamaki iste’moli har yili 8 million odamning o‘limiga sabab bo‘ladi, 65 ming bola esa
passiv chekish oqibatida vafot etadi.
Urbanizatsiya va chang muammosi bo‘yicha tadqiqotlarda shaharlarning
kengayishi havodagi chang miqdorini oshirishi aniqlangan. O‘zbekistonda B.
Qodirov ekologik tarbiya masalalarini o‘rgangan, ammo tamaki qoldiqlari va
changning ekologik oqibatlari kam yoritilgan (Qodirov B., 2020). Xalqaro
tajribalarda, masalan, Janubiy Koreyada chiqindilarni saralash tizimi oilalar orqali
muvaffaqiyatli joriy etilgan (Kim H., Lee J., 2020). Yevropada “zero waste”
tashabbuslari plastik va tamaki qoldiqlarini kamaytirishga xizmat qiladi (GEF, 2022).
O‘zbekistonda bunday tashabbuslar tizimli emas, bu esa tadqiqotning dolzarbligini
oshiradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda sifatli va miqdoriy usullar qo‘llanildi:
1. Hujjat tahlili: O‘zbekiston Ekologiya vazirligi (2023), JSST (2023), UNEP
(2019) va boshqa manbalardagi ma’lumotlar tahlil qilindi.
2. So‘rovnoma: Toshkent shahridagi 150 ta oilasi o‘rtasida polietilen paketlar,
tamaki qoldiqlari va chang muammolari bo‘yicha xabardorlik darajasini aniqlash
uchun so‘rov o‘tkazildi.

3. Taqqoslov tahlil: Janubiy Koreya, Yevropa va O‘zbekiston tajribalari
solishtirildi.

4. Statistik ma’lumotlar: JSST (2023), O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash
vazirligi (2023) va Ekologiya vazirligi (2023) ma’lumotlari asos qilib olindi.

So‘rovnoma respondentlarining maxfiyligi ta’minlandi, natijalar foizli tahlil
usuli orqali olindi. Tadqiqot ishonchliligi manbalar va ma’lumotlarning dolzarbligi
bilan ta’minlandi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Polietilen paketlarning zarari va muqobil yechimlar
Polietilen paketlar tabiatda 450-1000 yil chirimaydi, mikroplastiklarga aylanishi
esa suv va tuproqni zaharli moddalar bilan ifloslantiradi (Jambeck et al., 2015).
O‘zbekistonda yiliga 1,2 million tonna plastik chiqindilar hosil bo‘lib, qayta ishlash
darajasi past (Ekologiya vazirligi, 2023). Yoqilganda dioksinlar ajralib, nafas olish va
saraton kasalliklarini keltirib chiqaradi (UNEP, 2019).
6-aprel kuni ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Tabiat resurslari
vazirligi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan
analitik nazorat markazida press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida polietilen mahsulotlarning zararli ta’sirlari hamda yurtimizda
bunga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
“Dunyoda har soniyada 160 000 ta bir martalik paketlardan foydalaniladi. Yiliga
tabiatga 4 trillion dona bir martalik paketlar chiqindi sifatida tashlanadi. Okeanga esa
4 milliondan 6 million tonnagacha plastik chiqindilar chiqarib yuboriladi, - dedi
polimer texnologiyasi bo‘yicha muhandis Abduforux Hidoyatov, - Boshqa
davlatlarda bu muammoning oldini olish maqsadida hozirgi an’anaviy polietilen
o‘rniga bioyemiriluvchi polietilen paketlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda ham aynan shunday mahsulotlar ishlab chiqariladigan korxona qurish
masalasi muhokama qilinmoqda”.

Biologik parchalanadigan polimer materiallarni yaratish va ulardan foydalanish
tabiatning ifloslanish miqdorini ancha kamaytiradi. Shuningdek, ekologik vaziyatni
yomonlashtiradigan sintetik polimerlarga ehtiyoj qolmaydi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda polietilen paketlarni qayta ishlash bo‘yicha
101 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Qolaversa, polietilen paketlar bilan
ifloslanishning oldini olish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, chiqindilarning atrof-muhitga yetkazadigan zarari miqdori
aniqlanib, tartibga solinadi. Shuningdek, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan
O‘zbekistonda biologik parchalanadigan polimer materiallar texnologiyasini joriy
etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Plastik paketlar insoniyat tomonidan ishlab chiqarilgan chiqindilarning 7-10
foizini tashkil qiladi. Ularda dioksinlar, kanserogenlar kabi ko‘p miqdorda zararli
moddalar mavjud. Bundan tashqari, plastik paketlar ishlab chiqarishda
qo‘rg‘oshindan foydalaniladi. Uning inson tanasida to‘planishi esa ko‘plab
kasalliklarga sabab bo‘ladi”, - dedi Abduforux Hidoyatov.

Press-tur yakunida jurnalistlarga biologik parchalanadigan mahsulotlar,
jumladan, xarid uchun biologik parchalanadigan paketlar, oziq-ovqat buyumlari,
stakanlar, choy paketlari, qopqoqlar, idish-tovoqlar, bir marta ishlatiladigan idishlar,
shakarqamishdan tayyorlangan tushlik qutisi va boshqa buyumlar sovg‘a qilindi.

Ma’lumot uchun, maishiy va poligon chiqindilarining asosiy qismini plastik
paketlar tashkil qiladi. Plastik paketlar biologik parchalanmaydi. Ular o‘rtacha 25
daqiqa davomida ishlatiladi va keyin chiqindi sifatida tashlanadi.

Muqobil yechimlar:
 Qog‘oz paketlar: Qog‘oz paketlar tabiatda 1-2 oyda chiriydi, qayta ishlash
oson va dioksinlar ajratmaydi. Janubiy Koreyada qog‘oz paketlar foydalanish 80% ga
yetgan (Kim & Lee, 2020).
 Mato xaltachalar: O‘zbekistonda an’anaviy xaridorgir sumkalarni qayta
tiklash va ishlatish targ‘ib qilinmoqda.
 Biologik parchalanadigan materiallar: Misol uchun, kraxmal asosidagi
paketlar 6 oyda parchalanadi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 78% polietilen paketlarning
zararini biladi, lekin 65% muqobil materiallardan foydalanishga o‘tishga tayyor
emas, chunki narxlar yuqori.
Tamakilar: Tarixi, turlari, zarari va qarshi choralar
Tamakilarning tarixi Kolumb tomonidan Amerikadan Yevropaga tamaki olib
kelinishi bilan boshlanadi. XIX asrda Angliyada birinchi tamaki fabrikasi ochildi, 20-
asrda esa tamaki iste’moli global miqyosda kengaydi. Tamakilarning turlari ko‘p
bo‘lib, ulardan ba’zilarini quyida sanab o‘tish mumkin:

- An’anaviy tamakilar: Nikotin, smola va 7000 dan ortiq kimyoviy moddalarni
o‘z ichiga oladi, 70 tasi saraton keltirib chiqaradi.

- Elektron tamakilar: 2022-yilda yoshlar orasida keng tarqaldi, 12,5%
o‘smirlar foydalanadi (JSST, 2023). Metall, plastik va batareyalar tufayli tabiatga
zarar yetkazadi.

Zararlari:
- Sog‘liqqa: Har yili 8 million odam tamaki oqibatida vafot etadi, 65 ming bola
passiv chekishdan o‘ladi (JSST, 2023). O‘smirlarda xotira zaiflashadi, ko‘rish
xiralashadi, reproduktiv tizim zararlanadi (Mymedic, 2023).
- Ekologik: 4,5 trillion tamaki qoldig‘i yiliga tabiatga tashlanadi, 10 yil
chirimaydi, suvga toksinlar chiqaradi.
O‘zbekistonda tamaki zarariga qarshi choralar:
 2023-yilda “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini cheklash
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi;
 Tamaki mahsulotlari texnik reglamenti tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligi,
2023);
 Noqonuniy savdoga qarshi choralar va targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda;
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 70% respondentlar tamaki qaramligining zararini
biladi, lekin 55% o‘smirlarni himoya qilish choralarini yetarli deb hisoblamaydi.
Urbanizatsiya va chang muammosi
Urbanizatsiya shaharlarning kengayishi, qurilish va transport faoliyatining
o‘sishi bilan chang miqdorini oshiradi. Shaharsozlikda binolarning haddan tashqari
ko‘payishi, og‘ir yuk mashinalaridan havoga ko‘tarilayotgan chang zarralari bizning
har birimizga zararlidir, hatto yog‘ayotgan yomg‘ir-qorlar ham chang zarralari bilan
yerga tushganda undan xalos bo‘linmayapti. Uyning derazalari, mashina oynalari
yomg‘ir yog‘ib o‘tgandan keyin ifloslanib qolmoqda. Demakki, bunga yechim kerak.
Bizda qadimdan bir urf-odat bor – hovli supurishdan oldin chelakda suv sepib
chiqiladi so‘ngra supuriladi. Sababi, chang ko‘tarilmasligi va hovlini salqin va pok
tutishlik uchun. Katta-katta inshootlar va binolarni qurishda shu usuldan ham
foydalansak ancha oqilona ish bo‘ladi. Ya’ni bino qazilishida yoki chang ko‘tarilishi
mumkin bo‘lgan hollarda suv purkagichlardan foydalanib kerakli joygacha suv sepish
kerak. Bunday usulni Germaniyada ham qo‘llashadi. Bundan tashqari sement ishlab
chiqarishda, elektr energiyasi yoki bir qancha zavodlarda havoga ko‘tarilayotgan
zararli moddalarni oldini olish uchun filtr tizimini joriy qilish kerak. Bu narsa har
birimiz uchun, qolaversa, kelajak avlodlarimiz uchun juda zarurdir.
Toshkentda har bir metr kub havo tarkibida 6000-30000 chang zarrachasi
aniqlangan (Ekologiya vazirligi, 2023). Chang turlari:
- Tabiiy: Shamol, bo‘ron va vulqonlardan kelib chiqadi.

- Sun’iy: Qurilish, sanoat va transportdan hosil bo‘ladi.
Zarari:
- Sog‘liqqa: Mayda (0,25-10 mkm) va ultramikroskopik (<0,25 mkm) chang
zarrachalari o‘pkaga chuqur kirib, bronxit va astma keltirib chiqaradi.
Iqtisodiy: Texnologik jihozlarni yemiradi, materiallarni yaroqsiz holga keltiradi.
- Ekologik: Yorug‘likni kamaytiradi, yong‘in va portlash xavfini oshiradi.
Yechimlar:
- Filtrlash tizimlari: Sanoat korxonalarida gravitatsion, inertsion, ho‘llash va
elektrostatik usullar qo‘llaniladi. Siklonlar 98% samaradorlikka ega.
Qurilishda suv purkash: Chang ko‘tarilishini kamaytiradi. O‘zbekistonda
an’anaviy ravishda suv sepish orqali chang bostiriladi.
- Rejali urbanizatsiya: Shaharsozlikda yashil zonalar ko‘paytirilishi kerak.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 82% respondentlar chang muammosini
shaharlarning muhim ekologik tahdidi deb hisoblaydi, lekin 60% yechimlardan
bexabar.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, polietilen chiqindilar, tamaki qoldiqlari va
urbanizatsiya oqibatidagi chang O‘zbekiston ekologiyasi va aholisi salomatligiga
jiddiy tahdid solmoqda. Qog‘oz va mato paketlar, tamakiga qarshi qonunchilik va
changni kamaytirish texnologiyalari muammoni yechishda muhim ahamiyatga ega.
Quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
1. Ekologik ta’lim: Maktablarda polietilen mahsulotlari haqida, tamaki zararlari
va chang zarralarining inson salomatligiga zararlari va undan qanday himoyalanishni
o‘rgatuvchi darslar joriy etilsin;
2. Muqobil materiallarni targ‘ib qilish: Qog‘oz va mato paketlar ishlab
chiqarishni joriy qilish va sellofan paketlarga nisbatan cheklov tizimini kiritish;
3. Qonunchilikni kuchaytirish: Polietilen ishlab chiqarishni cheklovlarni
kuchaytirish, tamaki qoldiqlarini atrof muhitga tashlagan shaxslarga jarimalarni
kuchaytirish;
4. Sanoatda filtrlar: Korxonalarda siklon va suv purkash usullarini majburiy
joriy qilish;
5. Yashil urbanizatsiya: Shaharlarda daraxt ekish va yashil zonalarni
ko‘paytirish. Qurilgan har bir bino oldida mashinalar uchun joylarni kerakli darajada
ko‘paytirish, bu esa tirbandlik va baxtsiz hodisalarni oldini oladi;
6. Mediada targ‘ibot: “Plastiksiz hayot” va “Tamakisiz muhit” ko‘rsatuvlari
kengaytirilsin.

Kelajakda tadqiqotlar chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirish,
o‘smirlarda tamaki qaramligining oldini olish va shaharsozlikda ekologik
yondashuvlarni joriy etishga qaratilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi. (2023). Yillik hisobot.
2. Abdullayev A. (2021). O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish muammolari //
Ekologik xabarnoma, № 3. – B. 12–18.
3. Ahmed S. (2020). Environmental impacts of cigarette butts // Journal of
environmental health, № 12. – P. 78–85.
4. GEF, 2018. Green families: Building sustainable homes through
environmental education. // Global environmental facility.
5. H. Kim, J. Lee. (2020). Zero waste policies in South Korea // Journal of
environmental studies, № 15. – P. 123–130.
6. J. Jambeck, R. Geyer, C. Wilcox, T. Siegler, M. Perryman, A. Andrady, K.
Law. (2015). Plastic waste inputs from land into the ocean // Science, № 347(6223). –
P. 768–771.
7. Karimova M. (2019). Oilada ekologik madaniyatni shakllantirishning
pedagogik asoslari // Oliy ta’lim, № 1. – B. 61–66.
8. Nazarov K. (2021). Plastik chiqindilar va ularning iqtisodiy oqibatlari //
Iqtisodiyot va jamiyat, № 3. – B. 55–60.
9. Qodirov B. (2020). O‘zbekistonda ekologik tarbiya masalalari // Yoshlar va
ilm, № 2. – B. 45–49.
10. Sharipova D. (2023). Ekologik savodxonlikni oshirishda ta’limning o‘rni //
Ta’lim va rivojlanish, № 5. – B. 44–50.
11. W. Li, H. Tse, L. Fok. (2016). Plastic waste in the marine environment: A
review of sources, occurrence and effects // Science of the total environment, № 566.
– P. 333–349.
12. O‘zbekov T. (2023). Tabiatni muhofaza qilishda oilaviy ta’limning o‘rni //
Jamiyat va innovatsiyalar, № 5. – B. 30–35.
13. UNEP,2019. Family and environment: Policy and practice. United nations
environment programme.
14. WHO, 2020. Tobacco and its environmental impact: An overview. World
health organization.
15. Cultureoeuvre. (2023). How the first cigarette appeared. Retrieved from
https://uz.cultureoeuvre.com/10826984-how-the-first-cigarette-appeared

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi. (2023). Yillik hisobot. (In Uzbek)
2. Abdullayev A. (2021). O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish muammolari //
Ekologik xabarnoma, № 3. – B. 12–18. (In Uzbek)
3. Ahmed S. (2020). Environmental impacts of cigarette butts // Journal of
environmental health, № 12. – P. 78–85.
4. GEF, 2018. Green families: Building sustainable homes through
environmental education // Global environmental facility.
5. H. Kim, J. Lee. (2020). Zero waste policies in South Korea // Journal of
environmental studies, № 15. – P. 123–130.
6. J. Jambeck, R. Geyer, C. Wilcox, T. Siegler, M. Perryman, A. Andrady, K.
Law. (2015). Plastic waste inputs from land into the ocean // Science, № 347(6223). –
P. 768–771.
7. Karimova M. (2019). Oilada ekologik madaniyatni shakllantirishning
pedagogik asoslari // Oliy ta’lim, № 1. – B. 61–66. (In Uzbek)
8. Nazarov K. (2021). Plastik chiqindilar va ularning iqtisodiy oqibatlari //
Iqtisodiyot va jamiyat, № 3. – B. 55–60. (In Uzbek)
9. Qodirov B. (2020). O‘zbekistonda ekologik tarbiya masalalari // Yoshlar va
ilm, № 2. – B. 45–49. (In Uzbek)
10. Sharipova D. (2023). Ekologik savodxonlikni oshirishda ta’limning o‘rni //
Ta’lim va rivojlanish, № 5. – B. 44–50. (In Uzbek)
11. W. Li, H. Tse, L. Fok. (2016). Plastic waste in the marine environment: A
review of sources, occurrence and effects // Science of the total environment, № 566.
– P. 333–349.
12. O‘zbekov T. (2023). Tabiatni muhofaza qilishda oilaviy ta’limning o‘rni //
Jamiyat va innovatsiyalar, № 5. – B. 30–35. (In Uzbek)
13. UNEP,2019. Family and environment: Policy and practice. United nations
environment programme.
14. WHO, 2020. Tobacco and its environmental impact: An overview. World
health organization.
15. Cultureoeuvre. (2023). How the first cigarette appeared. Retrieved from
https://uz.cultureoeuvre.com/10826984-how-the-first-cigarette-appeared