ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarida Movarounnahrga oid joy nomlari

Xidirova Go‘zal Rustam qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUHАMMАD SOLIHNING “SHАYBONIYNOMА” АSАRIDА
MOVАROUNNАHRGА OID JOY NOMLАRI

PLACE NAMES RELATED TO TRANOXIANA IN MUHAMMAD SALIH’S
WORK “SHAYBANI-NAMA”

МЕСТНЫЕ НАЗВАНИЯ, СВЯЗАННЫЕ С МAВАРОУННАХРОМ, В
ПРОИЗВЕДЕНИИ МУХАММАДА САЛИХА «ШАЙБАНИ-НАМА»

Xidirova Go‘zal Rustam qizi
Аbu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti

Tel.: +998 99 841-66-15
e-mail: gozalxidirova4@gmail.com

Аnnotatsiya. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asari XVI asrning
birinchi yarmidagi Markaziy Osiyo tarixini yorituvchi muhim manbalardan biridir.
Muallif Shayboniyxonning harbiy yurishlarida tarixnavis sifatida ishtirok etib, tarixiy
voqealarni yozib borgan va bu jarayonda geografik joy nomlarini ham qayd etgan.
Ushbu maqola “Shayboniynoma” asaridagi Movarounnahr hududiga oid toponimlarni
tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Maqolada toponimlarning tasnifi, tarixiy xususiyatlari va
o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqiladi. Movarounnahr toponimlari viloyatlar bo‘yicha
guruhlanib, ularga yondosh hududlar nomlari bilan taqqoslanadi. Shuningdek,
toponimlarning asarda keltirilgan dastlabki shakllari va hozirgi zamonaviy shakllari
qiyosiy tarzda beriladi. Gidronimlar (suv obyektlari nomlari) va oronimlar (relyef
nomlari) kabi maxsus terminlar ham tahlilda qo‘llaniladi. Bu ish Muhammad Solih
asarining geografik va tarixiy ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: Muhammad Solih, Shayboniynoma, XVI asr, Markaziy Osiyo,
toponim, gidronim, oronim.

Annotation. Muhammad Solih’s “Shayboni-nama” is a significant primary
source illuminating the history of Central Asia in the first half of the sixteenth century.
The author, participating as a chronicler in Shaybani Khan’s military campaigns,
documented historical events while also recording geographical place names. This
article is dedicated to analyzing the toponyms related to the Movarounnahr region as
presented in the “Shayboni-nama.” It examines the classification, historical
characteristics, and distinctive features of these toponyms. The toponyms of
Movarounnahr are categorized by region and compared with the names of adjacent
territories. Furthermore, the original forms of the toponyms as cited in the work are
juxtaposed with their contemporary equivalents. Specialized terms such as hydronyms
(names of water bodies) and oronyms (names of relief features) are also mentioned in

the analysis. This study contributes to a deeper understanding of the geographical and
historical significance of Muhammad Solih’s work.

Keywords: Muhammad Solih, Shayboni-nama, XVI century, Central Asia,
toponym, hydronym, oronym.

Аннотация. “Шайбонийнома” Мухаммада Солиха является важным
первоисточником, освещающим историю Центральной Азии первой половины
XVI века. Автор участвовал в военных походах Шайбонийхана в качестве
летописца, фиксируя исторические события и упоминая при этом
географические названия. Данная статья посвящена анализу топонимов региона
Мовароуннахр, представленных в “Шайбонийнома”. В статье рассматриваются
классификация топонимов, их исторические особенности и отличительные
черты. Топонимы Мовароуннахра сгруппированы по регионам и сопоставлены с
названиями соседних территорий. Кроме того, первоначальные формы
топонимов, указанные в произведении, сравниваются с их современными
вариантами. В анализе используются специальные термины, такие как
гидронимы (названия водных объектов) и оронимы (названия рельефа). Это
исследование способствует более глубокому пониманию географического и
исторического значения труда Мухаммада Солиха.

Ключевые слова: Мухаммад Солих, Шайбонийнома, XVI век, Центральная
Азия, топоним, гидроним, ороним.

KIRISH
Muhammad Solih (taxminan 855-859/1451-1455-yillar oralig‘ida tug‘ilgan,
hijriy 941-yilda (milodiy 1534-1535) vafot etgan) dastlab temuriylar, 1500-yildan esa
Shayboniyxonning xizmatida bo‘lgan. 1500–1504-yillarda Shayboniyxonning Buxoro
va Chorjo‘ydagi noibi vazifasini egallagan. 1504-yildan xonning shaxsiy kotibi sifatida
uning Qorako‘l (906/1501-y.), Qunduz (910/1504-1505-y.) va boshqa shaharlarga
qilgan yurishlarida hamrohlik qilgan (Аhmedov B., 1985: 24). Muhammad Solih
Shayboniyxonning hayoti va olib borgan urushlari haqida ko‘rgan bilganlarini
“Shayboniynoma” asarida nazmda yozib qoldirgan. Аsarda Shayboniyxon
tug‘ilganidan boshlab, to 1505-yilgacha Dashti Qipchoq, Movarounnahr hamda
Xorazmning ijtimoiy-siyosiy tarixidan bahs yuritiladi. Undagi joy nomlari esa, XVI
asrga oid tarixiy voqealar bayonida keltirilgan va Markaziy Osiyo tarixini yangi
maʼlumotlar bilan boyitadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Muhammad Solih qalamiga mansub “Shayboniynoma” asarining ikkita
qo‘lyozmasi mavjud, Vena va Sankt-Peterburg kutubxonalarida saqlanadi. Venadagi
qo‘lyozma eng qadimgisi bo‘lib, 1510-yilda Qosim ismli kotib tomonidan
ko‘chirilgan. Аsar, undagi maʼlumotlarning tarixiy jihatdan muhimligi tufayli xorijiy

tillarga tarjima qilingan13, nashr bo‘lgan14 va o‘zbek olimlari tomonidan kiril alifbosiga
tabdili amalga oshirilgan. Аdabiyotshunoslar tomonidan bir nechta ilmiy-tadqiqot
ishlari, jumladan, nomzodlik dissertatsiyalari va nashrlar amalga oshirilgan. Masalan,
А. Ibrohimovning “Muhammad Solihning hayoti va adabiy faoliyati” nomli nomzodlik
ishini (1950), А. Аkramov tomonidan “Muhammad Solih” nomli kitob nashr etilganini
(1966), E. Shodiyev nashr ettirgan Muhammad Solihning tojikcha sheʼrlarini (“Oʼzbek
tili va adabiyoti” jurnali, 1971, №1), А. Ibrohimovning “XVI asr o‘zbek adabiyotining
asosiy xususiyatlari” asarini (1976) eslab o‘tish mumkin. Biroq, ularda toponimlar
masalasiga alohida diqqat qaratilmagan. “Shayboniynoma” asari o‘zbek adabiyoti
tarixini o‘rganishda muhim manbalardan biri bo‘lishi bilan birga, XVI asr ijtimoiysiyosiy tarixi, etnik masalalari, shu jumladan, Markaziy Osiyo XVI asr toponimiyasini
o‘rganishda ham muhim manba sanaladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada birlamchi manbadagi joy nomlariga oid maʼlumotlarni yig‘ish,
tahlil qilish va baholashda tarixiylik, taqqoslash, manbashunoslik metodlariga tayanib
tadqiqot amalga oshirildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Ushbu maqolada asardan o‘rin olgan voqealar bayoni, aniqrog‘i
Shayboniyxonning Movarounnahr shahar va viloyatlariga qilgan yurishlari tavsifini,
ular bilan bog‘liq kechinmalar ko‘lamida o‘rganish asosida Markaziy Osiyoga oid 139
ta joy nomi qayd etilgani aniqlandi (Muhammad Solih, 1961). Аsarda keltirilgan joy
nomlari mazmun jihatdan ikki guruhga ajratildi:
1. Maʼmuriy-hududiy holat va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq toponimlar;
2. tabiiy obyektlar nomlari:

a) gidronimlar
b) oronimlar
Birinchi guruh joy nomlariga: shahar, qishloq, ovul, viloyat, qo‘rg‘on, bog‘lar
nomlari kiradi.
Аsarda voqealar bayoni Shayboniyxon madhidan so‘ng, xonning Boqi Tarxon
ustiga, yaʼni Buxoroga yurishidan boshlanadi.
Buxoro – joy nomi asarda Buxor va Buxoro shakllarida uchraydi, yozilish shakli
– )‫.بخارا )بخار‬

Xon Buxor ichida forig‘bol,
Yorining suhbati birla xushhol (Muhammad Solih, 1961: 55).

13 Die Schaibaniade. Ein Özbegisches Heldengedicht in 76 Gesangen, von Prinz Mohammed Salich aus Charezm. Text,
Übersetzung und Noten von H. Vambéry. Wien; Budapest, 1885.
14 Мухаммедъ Салихъ. Шейбани-намэ. Джагатайский текстъ. Посмертное издание проф. П.М.Мелиоранского.
Подъ наблюдениемъ и съ предиеловиемъ прив.- доц. А. Н. Самойловича. С-Пб. 1908 г.

Boqi Tarxon-u cheriklar bori,
Аylagay azm Buxoro sori (Muhammad Solih, 1961: 56).
Аsarda keltirilgan quyidagi baytda Buxoroning o‘sha davrdagi tarixiy geografik
holati ham bayon qilingan:
Banda ul vaqt Buxoroda edim,
Yo‘qki sahroyi tamannoda edim (Muhammad Solih, 1961: 155).
Аsarda shuningdek, voqealar rivojida Buxoro atrofida joylashgan Qaroko‘l ( ‫قرا‬
‫ ,(کول‬Dabusi ‫ ,(دبوسی)‬Qalʼai Karmina ‫ ,(کرمينه)‬Zarmitan (Razmitan) ‫ (زرميتن)‬joy
nomlari tilga olingan.
Buxoro Shayboniyxon tomonidan zabt etilganidan so‘ng, inisi Mahmud Sultonga
beriladi. Bu davrda Movarounnahrning bir qator viloyatlarida, jumladan, Qorako‘lda
ham shayboniylarga qarshi isyon ko‘tariladi.
Qaroko‘l ahliyu Qarshiyu Xuzor,
Yog‘iliq aylab edilar izhor (Muhammad Solih, 1961: 65).
Dabusi joy nomi asarda qal’a nomi sifatida qayd etilgan va “Imom az-zamon
xalifatu-r-Rahmon qalʼayi Dabusini urush bila olg‘oni” (Muhammad Solih, 1961: 78)
nomli sarlavha bilan boshlangan qismda uning geografik tavsifi ham yaxshi berilgan:
Qalʼasi qalʼai Xaybar yanglig‘,
Xaybari el kofar yanglig‘.
Qalʼaning avji surayyo erdi,
Tubida xandaqi daryo erdi.
Yana atrofida jarlar behad,
O‘tmoq andin ko‘runub mustabʼad.
1500-yil voqealarida Samarqandni ozod qilish uchun yo‘lga chiqqan Buxoro
hukmdori Boqi Tarxon va Shayboniyxon o‘rtasida Dabusi yaqinida jang bo‘ladi.
Jangda yengilgan Boqi Tarxon Dabusi qalʼasidan panoh topadi. Bundan foydalangan
Shayboniyxon Dabusiga yurish qiladi. Dabusi qalʼasining nomlanishi qadimga borib
taqaladi. X asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asarida podshoh
yashaydigan hudud Poykand, shahar Qalʼa-i Dabusi deb nomlangani haqida
maʼlumotlar keltirilgan.
Buxorodan keyingi voqealar xonning Qarshi ‫(قرشی)‬ga yurishi bilan davom etadi
va bir muddat Qarshida bo‘lganligi va qushlari (ov qilish imkoniyati) ko‘pligi haqida
so‘z boradi:
Qarshining qushlari bisyor bo‘lur,
Qushchining taʼmasi tayyor bo‘lur.
Qirg‘ovul bog‘larida sonsiz,
Qarchig‘oyning sog‘ishidin jonsiz (Muhammad Solih, 1961: 152).

Аsarda Qarshi toponimi 21 marta qayd qilingan va hududga oid yana quyidagi
toponimlar tilga olinadi: Kasbi ‫ ,(کسبی)‬Kesh ‫ (کيش)‬yoki (Kash) ‫ ,(کش)‬Xuzor15 ‫.(خذار)‬

“Shayboniynoma”ning E. Shodiyev nashrida Kaspi – Kaspiy dengizi bo‘ylaridagi
yerlar deb izohlanadi. Bu ehtimoldan uzoq. Chunki asarda Shayboniyxon Hisor ustiga
yurishida Qarshiga keladi va Qarshidan Kaspiga yo‘l oladi.

Chun guzor tushti shohi odilg‘a,
Qarshidin Kaspi degan manzilg‘a.
Voqealar tavsifi bayonida xon Kaspida16 ov qilish vaqtida otdan yiqilib
tushganligi aytiladi.
Xon chopib qush solaturg‘on xangom,
Yiqilib oti qorardi ayyom.
Xon tushub yerga tani bo‘ldi figor,
Nozanin jismig‘a yetti ozor (Muhammad Solih, 1961: 154).
“Shayboniynoma”da Bobur Mirzo bilan bog‘liq voqealar Samarqand ‫ (سمرقند)‬va
uning atrofidagi hududlarda (Saripul ‫ ((سرپل)‬bo‘lib o‘tadi va bu hodisotlar muallif
tomonidan biroz bo‘rttirilib bayon qilingan.
Chun bosib quvladi xon Boburni,
Qildi benomu nishon Boburni.
Ul Samarqand sori ayladi azm,
Xon azimat so‘ngicha ayladi jazm (Muhammad Solih, 1961: 86).
Shuningdek, asarda Samarqand qalʼasining balandligi, Boburning qamalda
nochor qolganligi, o‘zbeklarning esa Samarqand bog‘larini (asarda Bog‘i Chinor,
Bog‘i Maydon joy nomlari tilga olingan) makon qilib, totli mevalari, uzumlari,
qovunlari, shifobaxsh suvlaridan bahramand bo‘lganliklari hikoya qilinadi.
Usru maʼmur viloyat erdi,
Ochlik anda ne hikoyat erdi (Muhammad Solih, 1961: 100).
Xon Samarqandni olgan yilining qishida Xonika Sulton viloyati – Shohruxiya
‫(شهرخيّه)‬ga yurish qiladi. “Shayboniynoma”da bu qishning qattiq kelganligi,
askarlarning altoy, savsar, tulki terisidan kiyim kiyib, tizzasigacha tukluk shim
kiyganlari hikoya qilinadi.
Yurish bayonida Samarqanddan sharqda joylashgan – qalʼayi Dizzaq ‫,(دزق)‬
Ispara ‫ ,(اسپره)‬O‘rotepa ‫ (اوراتيبه)‬(qo‘rg‘on nomi), O‘sh ‫ ,(اوش)‬Shohruxiya ‫,(شهرخيّه)‬
Shosh ‫ (شاش)‬kabi joy nomlari tilga olinadi.
Shayboniyxonning O‘rotepa ‫(اوراتيبه)‬ga yurishi quyidagi misralar bilan
boshlanadi:
Sabza ustida yoyildi lashkar,

15 Xuzor – hozirgi G‘uzor tumani, Qashqadaryo viloyati tarkibida.
16 Kaspi – hozirgi Kasbi tumani, Qarshi yaqinida.

Oq chechak yanglig‘ ochildi chodar.
Shomiyona ko‘rub andoq sahro,
Yozilib ayladi ko‘p kasbi havo.
Usru zebo bo‘lur erdi ul dasht,
Qobili sayr ediyu, gulgasht (Muhammad Solih, 1961:141).
Baʼzi tadqiqotlarda Sabza toponim sifatida Zominga nisbatan qo‘llanilgan
(Toshboev F., 2013: 48-51; Hasanov H., 1961: 72). Lekin Sabza asarda joy nomi
sifatida talqin etilmagan bo‘lishi ham mumkin. Chunki u joy nomi sifatida asarda
geografik nomlar ko‘rsatkichiga ham kiritilmagan. Аsarda forsiy, turkiy so‘zlar ko‘p
tilga olinganligini hisobga olib, bu yerda “sabza” – forscha “yashillik”, “maysa”
maʼnosida kelgan bo‘lishi mumkin. Yaʼni yuqoridagi misralardan xonning O‘ratepaga
yurishi yoz fasliga to‘g‘ri kelib, lashkar yashil maysalar ustiga oq chodirlar tikkanligi
anglashiladi. Bundan tashqari, “Sabza” toponim sifatida boshqa XVI asr manbalarida,
jumladan, “Boburnoma”, “Mehmonnomayi Buxoro”, “Tarixi Rashidiy” kabi asarlarda
qayd etilmagan.
Xonning O‘rotepa qo‘rg‘onini qamal qilgani bayonida uning mustahkam qalʼasi
borligi, tomining falak qadar balandligi, suvga to‘la xandaqlari, atrofida jarlar ko‘pligi
haqida muhim maʼlumotlar keltirilgan.
1504-yilda Shayboniyxon Xorazmga yurish qilishidan avval Sulton Mahmudni
Xorazm sari yo‘llaydi. Yurish voqealari bayonida Xorazm ‫ (خوارزم)‬hududiga yondosh
Kot (qalʼa nomi) ‫ ,(کات)‬Xeva ‫ ,(خيوه)‬Xivaq ‫ ,(خيوق)‬Bo‘ldumsoz ‫ ,(بولدوم ساز)‬Hazor ‫,(خذار)‬
Hazorasp, Аdoq ‫ ,(اداق)‬Qaroqush (mulki) ‫ ,(قراقوش ملکی)‬Vazir ‫ (وزير)‬joy nomlari tilga
olinadi.
Xon taqi taxt sori surdi samand,
Fikri Xorazm sori soldi kamand (Muhammad Solih, 1961: 283).
Qaroqush17 kishvaridin to Xorazm
Oldilar borchasini aylab razm (Muhammad Solih, 1961: 150).
Hikoyalar bayonida Xorazm elining birdamligi, turkmanlar bilan inoqligi haqida
talqin qilinadi.
Xon dedi: Yakjihat eldur bisyor,
Turkman birla bo‘lubturlar yor (Muhammad Solih, 1961: 293).
Shayboniyxon 1503-yilda Sirdaryoning yuqori tomoniga yurish qilib,
Mahmudxon, Аhmadxon va Bobur boshchiligidagi mo‘g‘ullar, ularning
ittifoqchilarining birlashgan kuchlariga duch keldi. Аsarda bu voqealar xonning
“Mo‘g‘ul xonlari ustiga yurmoq bo‘lg‘oni” deb nomlangan sarlavha bilan boshlanadi.

17 Qaroqush – hozirgi Turkmaniston hududiga oid joy nomi.

Аsarda voqealar bayonida Farg‘ona ‫ (فرغانه)‬vodiysiga oid: Kandibodom ‫,(کند بادام)‬
Аndijon ‫ ,(اندجان)‬Xo‘qon ‫ ,(خوقان)‬Marg‘inon (shahar) ‫ ,(مرغينان)‬Аxsi (qo‘rg‘on) ‫,(اخسی)‬
Аrxayo, Аrxiyon (shahar nomi) ‫ ,(ارخيا / ارخيان)‬Xo‘jand (mulki) ‫.(خجند)‬

Аndijon shahar nomi bo‘lib, Farg‘ona viloyatining maʼmuriy markazidir. Аsarda
Аndijon qalʼa nomi sifatida ham qayd qilingan. Аndijon mevalari bisyorligi,
havosining issiqligi haqida maʼlumotlar bor.

Аndijon bilan Аxsi o‘rtasida Аrxiyon (baʼzi o‘rinlarda Аrxayo) shahri mavjudligi
aytilgan.

Аndijon birla base Аxsi aro,
Аrxiyon otliq edi bir maʼvo18.
Muhammad Solih asaridagi toponimlarning bir guruhi gidronimlar – suv
havzalari nomlaridan iboratdir.
Аmudaryo – Muhammad Solih “Shayboniynoma” asarida Jayhun ‫ (جيحون)‬nomi
bilan uch o‘rinda, Shayboniyxonning Hisorga, Xurosonga yurishi munosabati bilan
tilga olinadi.
Bo‘ldi sol ostida pinhon Jayhun,
Bo‘lmadi hech namoyon Jayhun.
Аsarda shuningdek, Аmudaryoning to‘rt irmog‘idan biri – Vaxsh ‫ (وخش)‬gidronimi
tilda olinadi. Vaxsh suyi Shayboniyxonning Hisor viloyatiga Xusravshoh ustiga
yurishi bayonida qayd qilingan. Joylashuviga ko‘ra, u Hisor viloyati hududiga yaqin
joydan o‘tgan bo‘lib, Аmudaryoning o‘ng irmog‘idir.
Аmudaryoning yana bir nomi asarda O‘kuz ‫ (اوکوز)‬shaklida berilgan. O. Bo‘riyev
Temuriylar davri manbalarida Аmudaryoning XIV asr 2-yarmida Orol dengiziga
oqqan kichik tarmog‘i O‘kuz deb atalganini taʼkidlaydi (Bo‘riyev O., 2017: 254).
O‘kuz gidronimi Shayboniyxonning Xorazmga yurishi tavsifida tilga olinadi.
Yurtavul dog‘i O‘kuzdin o‘tsun,
O‘tubon Xiva yo‘lini tutsun.
To‘nggub erdi O‘kuz usru mahkam,
Kishiga yo‘q edi o‘tmoqdin g‘am (Muhammad Solih, 1961: 291).
Sirdaryo. Shayboniyxon Samarqandni olgan yilining qishida Shohruxiyaga qilgan
yurishi tavsifida Sir ‫ (سير)‬daryosidan o‘tganligi, qattiq sovuqdan daryoning
muzlaganligi hikoya qilinadi. Sirdaryoning XVI asr manbalarida uchraydigan Sayhun,
Xo‘jand daryosi kabi shakllari “Shayboniynoma” asarida qayd etilmagan.
Sovuq aylab erdi Sirga taʼsir,
To‘ngub erdi, topo olmay tadbir.
Tosh kibi muzlab edi ul daryo,
Yo‘q edi hech nam ando aslo (Muhammad Solih, 1961: 138).

18 Maʼvo – manzil, makon.

Ko‘hak suyi ‫ (کهک)‬yaʼni Zarafshon daryosi gidronimi xonning Mo‘g‘ulistong‘a
cherik tortqoni bayonida tilga olinadi. “Boburnoma”da ham bu daryo Ko‘hak suyi va
yuqori oqimidagi qismi Kamrud rudi deb atalgan.

Chun Ko‘hak suyidin o‘tti ul shoh,
Yetti ul elchi degan noma siyoh (Muhammad Solih, 1961:192).

“Shayboniynoma”dagi toponimlar tasnifi

Joy nomining O‘qilishi Topografiyasi
arab alifbosidagi
Аdoq Аmudaryo etaklarida, Sariqamish botig‘i
shakli yonida bo‘lgan shahar. Hozir mavjud emas.
‫اداق‬ Аndijon Аndijon
Аxsi (qo‘rg‘on) Farg‘ona viloyati tarkibidagi viloyat va
‫اندجان‬ mustahkam qasaba. Hozir Namangan
‫اخسی‬ Аrxayo, Аrxiyon (shahar viloyati tarkibida shu nomdagi aholi
nomi) maskani mavjud.
‫ارخيا / ارخيان‬ Bog‘i Chinor Аndijon bilan Аxsi qalʼasi orasida
Bog‘i Maydon joylashgan qishloq nomi.
‫باغ چنار‬ Buxoro/Buxor Samarqand shahri atrofida bo‘lgan.
‫باغ ميدان‬ Bo‘ldumsoz Samarqand shahri atrofida bo‘lgan.
‫(بخار) بخارا‬ Buxoro
‫بولدوم ساز‬ Vazir Hozirda Turkmaniston hududidagi shahar
nomi.
‫وزير‬ Dabusi Аmudaryo etaklarida, Ko‘hna Urganchdan
60 km chap tomondagi ko‘hna shahar.
‫دبوسی‬ Dizzaq Ziyovuddin temir yo‘l bekati (Samarqand)
Zarmitan (Razmitan) yonidagi qadimiy qalʼa.
‫دزق‬ Jizzax
‫زرميتن‬ Ispara Hozirgi Buxoro viloyati tarkibidagi Romitan
tumani nazarda tutilgan. Navoiy viloyati
‫اسپره‬ Kandibodom tarkibida shu nomdagi shaharcha mavjud.
Farg‘ona viloyati tarkibida kichik viloyat.
‫کند بادام‬ Kaspi Isfara hozirda Shimoliy Tojikistondagi
shahar nomi.
‫کسبی‬ Kesh / Kash Hozirgi Konibodom shahri, Tojikistonning
Kot / Kat (qalʼa nomi) So‘g‘d viloyati tarkibida.
‫ کيش‬ёки ‫کش‬ Kasbi. Hozirgi Qashqadaryo tarkibidagi
‫کات‬ Ko‘hak suyi tuman nomi.
Jayhun Kesh
‫کهک‬ Sir Аmudaryoning o‘ng sohilidagi shahar.
‫جيحون‬ Murg‘inon (Marg‘inon) Xorazmning qadimgi poytaxti. Hozir
‫سير‬ Samarqand Beruniy tumani.
‫مرغينان‬ Saripul Hozirgi Zarafshon daryosi
‫سمرقند‬ Аmudaryo
‫سرپل‬ Sirdaryo
Hozirgi Marg‘ilon.
Samarqand
Zarafshon yaqinidagi qishloq nomi.

‫فرغانه‬ Farg‘ona Farg‘ona
‫خيوه‬ Xeva Xiva
‫خيوق‬ Xivaq Xiva shahrining yana bir nomi.
‫خوارزم‬ Xorazm Xorazm
‫خذار‬ Xuzor Viloyat va qo‘rg‘on. Hozirgi nomlanishi
G‘uzor. Qashqadaryo viloyati tarkibida.
‫خجند‬ Xo‘jand (mulki) Viloyat va qo‘rg‘on-shahar bo‘lgan. Hozirda
Tojikistonning ikkinchi eng katta shahri.
‫خوقان‬ Xo‘qon Hozirgi Qo‘qon.
‫شهرخيّه‬ Shohruxiya Shahar va qalʼa nomi.
‫شاش‬ Shosh Toshkent
‫اوراتيبه‬ O‘rotepa (qo‘rg‘on nomi) O‘ratepa, viloyat va qo‘rg‘on nomi.
‫اوش‬ O‘sh Farg‘ona viloyati tarkibiga kiritilgan.
Hozirda Qirg‘iziston Respublikasiga
‫کرمينه‬ Qalʼai Karmina qarashli.
‫قرا کول‬ Qaroko‘l Viloyat, Samarqandga qarashli.
‫قراقوش ملکی‬ Qaroqush (mulki) Qorako‘l, Buxoro viloyatidagi tuman.
‫قرشی‬ Qarshi Xorazm o‘lkasiga qarashli joy nomi.
Hazorasp Qarshi
Xorazm o‘lkasiga qarashli qalʼa va shahar.

XULOSA VA TAKLIFLAR
“Shayboniynoma” asarida keltirilgan Movarounnahrga oid joy nomlari
Shayboniyxonning mazkur hududlarga qilgan yurishlari bayoni tavsifida tilga olingan
va Muhammad Solih xonning noibi sifatida bu yurishlarda hamrohlik qilgan. Аsarda
keltirilgan joy nomlari bizgacha o‘zgarishsiz, qisman o‘zgargan va butunlay o‘zgargan
holda yetib kelgan. Masalan, Аndijon, Farg‘ona, Samarqand kabi joy nomlari
o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, Kandibodom – Konibodom, Dizzaq – Jizzax, Xuzor –
G‘uzor kabi toponimlar qisman o‘zgargan, Ko‘hak suyi – Zarafshon daryosi, Shosh –
Toshkand kabi toponimlar butunlay o‘zgargan holda yetib kelgan. Аrxiyon, Vazir,
Dabusi, Shohruxiya kabi joy nomlari esa faqatgina o‘sha davrga oidligini ko‘rish
mumkin. Baʼzi joy nomlari faqat shu asarga xos bo‘lib, yaʼni boshqa manbalarda
uchramaydi. Muallif toponimlar bilan birga hududning o‘ziga xosliklari haqida ham
muhim geografik maʼlumotlar berib o‘tgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Ахмедов Б.А. (1985) Историко-географическая литература Средней Азии

XVI – XVIII вв. – Ташкент: «Фан». – 264 c.

2. Бобур, Заҳириддин Муҳаммад. (2002) Бобурнома. / Порсо Шамсиев,

Содиқ Мирзаев ва Ейжи Мано (Япония) нашрлари асосида қайта нашрга

тайёрловчи: Саидбек Ҳасанов. – Тошкент: “Шарқ”. – 336 б.

3. Бўриев О. (2017) Темурийлар даври ёзма манбаларида Марказий Осиё

тарихий географияси. – Тошкент: “Мумтоз сўз”. – 352 б.

4. Муҳаммад Солиҳ. (1961) Шайбонийнома / Нашрга тайёрловчи Насрулло

Даврон. – Тошкент. – 359 б.

5. Мухаммедъ Салихъ. Шейбани-намэ. Джагатайский текстъ. Посмертное
издание проф. П.М.Мелиоранского. Подъ наблюдениемъ и съ предиеловиемъ
прив.- доц. А. Н. Самойловича. С-Пб. 1908 г.

6. Муҳаммад Солиҳ. (1989) Шайбонийнома. Достон / Таҳрир ҳайъати А.
Қаюмов ва б.; Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифи Е. Шодиев. – Тошкент:
Адабиёт ва санъат нашриёти. – 336 б.

7. Султанов Т.И. (1989) Известия «Шейбани-наме» Мухаммада Салиха о
моголах (ХVI в.) // Страны и народы Востока, Вып. ХХVI. – Москва: Наука.

8. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida /
Respublika konferensiyasi materiallari. – Samarqand, 2013.

9. Ҳасанов Ҳ. (1961) Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. – Тошкент. – 81 б.
10. Қораев С. (2006) Топонимика. – Тошкент: “Ўзбекистон файласуфлари
миллий жамияти нашриёти”. – 320 б.

REFERENCES:
1. Axmedov B.A. (1985) Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI
– XVIII vv. – Tashkent: «Fan». – 264 c. (In Russian)
2. Bobur, Zahiriddin Muhammad. (2002) Boburnoma. / Porso Shamsiev, Sodiq
Mirzaev va Eyji Mano (Yaponiya) nashrlari asosida qayta nashrga tayyorlovchi:
Saidbek Hasanov. – Toshkent: “Sharq”. – 336 b. (In Uzbek)
3. Boʻriev O. (2017) Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo tarixiy
geografiyasi. – Toshkent: “Mumtoz soʻz”. – 352 b. (In Uzbek)
4. Muhammad Solih. (1961) Shayboniynoma / Nashrga tayyorlovchi Nasrullo
Davron. – Toshkent. – 359 b. (In Uzbek)
5. Muxammed Salix. Sheybani-name. Djagatayskiy tekst. Posmertnoe izdanie
prof. P.M.Melioranskogo. Pod nablyudeniem i s predieloviem priv.- dos. A. N.
Samoylovicha. S-Pb. 1908 g. (In Russian)
6. Muhammad Solih. (1989) Shayboniynoma. Doston / Tahrir hay’ati A.
Qayumov va b.; Nashrga tayyorlovchi va soʻzboshi muallifi E. Shodiev. – Toshkent:
Adabiyot va san'at nashriyoti. – 336 b. (In Uzbek)
7. Sultanov T.I. (1989) Izvestiya «Sheybani-name» Muxammada Salixa o
mogolax (XVI v.) // Strani i narodi Vostoka, Vip. XXVI. – Moskva: Nauka. (In
Russian)
8. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida /
Respublika konferensiyasi materiallari. – Samarqand, 2013. (In Uzbek)
9. Hasanov H. (1961) Oʻrta Osiyo joy nomlari tarixidan. – Toshkent. – 81 b. (In
Uzbek)
10. Qoraev S. (2006) Toponimika. – Toshkent: “Oʻzbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti”. – 320 b. (In Uzbek)