“AL-MUSALLAS” LUGʻATINING ARAB LEKSIKOGRAFIYASI
RIVOJIDAGI OʻRNI
THE ROLE OF THE “AL-MUSALLAS” DICTIONARY IN THE
DEVELOPMENT OF ARABIC LEXICOGRAPHY
РОЛЬ СЛОВАРЯ “АЛЬ-МУСАЛЛАС” В РАЗВИТИИ АРАБСКОЙ
ЛЕКСИКОГРАФИИ
Sotvoldiyev Sirojiddin Maxammaddin oʻgʻli
Oriental universiteti
Sharq tillari kafedrasi katta oʻqituvchisi,
mustaqil izlanuvchi
Tel.: +998 93 534-27-35
E-mail: sirojiddinsotvoldiyev@454@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada mashhur tilshunos va leksikograf Ibn Sayyid al-
Batalyavsiyning “Al-Musallas” nomli risolasining arab tilshunosligi tarixidagi oʻrni
har tomonlama tahlil qilinadi. Asarda, ayniqsa, fonetik shakldosh birliklar asosida
shakllangan soʻzlarning lugʻaviy izohi, ularning omonimiyaga, paronimiyaga va
semantik variantlarga aloqadorligi nazariy asosda koʻrib chiqiladi. Shuningdek, “Al-
Musallas”dagi soʻzlar qisqa unli tovushlarning oʻzgarishi orqali farqlanib, bu
oʻzgarishlar muallif tomonidan Qurʼon oyatlari, hadislar, arab adabiyotidan olingan
namunalar, qadimgi lugʻatlardagi dalillar asosida izohlanadi. Muallifning uslubiy va
metodologik yondashuvi, ayniqsa kontekstual aniqlik va fonetik xususiyatlarga
asoslangan tasnif prinsiplari tilshunoslikka ilmiy hissa sifatida baholanadi. Tadqiqot
natijalari arab leksikografiyasining tarixiy bosqichlarini anglashda, ayniqsa almushtarak al-lafẓiy fenomenining rivojlanishini tahlil qilishda muhim manba boʻlib
xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar: shakldoshlik, musallas, omonimiya, paronimiya, variantlik, arab
leksikografiyasi, al-mushtarak al-lafziy.
Abstract. This article comprehensively analyzes the significance of the
renowned linguist and lexicographer Ibn Sayyid al-Batalyavsiʼs treatise “Al-
Musallas” in the history of Arabic linguistics. The work examines the lexical
interpretation of words formed on the basis of phonetic homoforms, their relationship
to homonymy, paronymy, and semantic variants from a theoretical perspective.
Additionally, the words in “Al-Musallas” are distinguished by changes in short vowel
sounds, and these variations are explained by the author using evidence from
Qur’anic verses, hadiths, examples from Arabic literature, and ancient dictionaries.
The authorʼs stylistic and methodological approach, particularly the classification
principles based on contextual precision and phonetic features, is evaluated as a
significant scientific contribution to linguistics. The research findings serve as an
important resource for understanding the historical stages of Arabic lexicography,
especially in analyzing the development of the al-mushtarak al-lafẓiy phenomenon.
Keywords: homonymy, paronymy, variants, al-Musallas, Arabic lexicography,
al-mushtarak al-lafziy.
Аннотация. В данной статье всесторонне анализируется роль трактата
“Аль-Мусаллас” известного лингвиста и лексикографа Ибн Саййида аль-
Баталявси в истории арабского языкознания. В работе на теоретической основе
рассматривается лексическое толкование слов, образованных на основе
фонетически схожих единиц, их связь с омонимией, паронимией и
семантическими вариантами. Кроме того, слова в “Аль-Мусаллас” различаются
по изменению кратких гласных звуков, и эти изменения объясняются автором
на основе аятов Корана, хадисов, примеров из арабской литературы и
свидетельств из древних словарей. Стилистический и методологический подход
автора, особенно принципы классификatsiи, основанные на контекстуальной
точности и фонетических особенностях, оцениваются как научный вклад в
лингвистику. Результаты исследования служат важным источником для
понимания исторических этапов арабской лексикографии, особенно при
анализе развития феномена al-mushtarak al-lafẓiy.
Ключевые словa: омонимия, паронимия, варианты, аль-мусаллас,
лексикография, ал-муштарак ал-лафзий.
KIRISH
Arab tilining fonetik va morfologik tuzilishi oʻziga xos murakkablikka ega
boʻlib, undagi leksik birliklar oʻrtasidagi shakl va talaffuz jihatdan oʻxshashliklar
(mushtarak lafziy) qadimdan tilshunoslar diqqat markazida boʻlib kelgan. Ushbu
hodisa umumiy tilshunoslikda omonimiya, paronimiya, variantlilik kabi atamalar
bilan izohlanadi. Biroq arab tilshunosligida shakldosh soʻzlarning fonetik, morfologik
va semantik jihatdan tafovutli tarzda namoyon boʻlishi mazkur hodisani alohida ilmiy
yoʻnalish sifatida oʻrganishga sabab boʻlgan.
Shakldoshlik hodisasi, xususan, “al-mushtarak al-lafziy” deb nomlanuvchi
birliklar Qurʼon tafsirida, hadis ilmidagi istinbotda, balogʻat va adabiy tahlillarda,
jumladan, arab sheʼriyati va stilistikasida ham alohida oʻrin egallaydi. Ana shu
kontekstda shakldosh birliklarning lugʻaviy izohini, tarixiy shakllanishini va ularning
izohlarini aniq koʻrsatib bergan eng muhim manbalardan biri – Ibn Sayyid
Batalyavsiyning “Al-Musallas” asari hisoblanadi. Mazkur risola uch harakat
oʻzgarishi (fatha, kasra, zamma) asosida farqlanuvchi uch oʻzakli soʻzlarning leksik-
semantik tafovutlarini tahlil qilgan ilk va nodir manbalardan biridir (Fallāḥī, Yaʼqūb.
1999:23). Ushbu asarda toʻplangan shakldosh soʻzlar ikki asosiy toifaga ajratilgan:
- maʼnosi bir xil boʻlgan variantdosh soʻzlar ;(المتفق المعنﻰ)
- maʼnosi turlicha boʻlgan omonim/paronimlar .(المﺨتلف المعنﻰ)
Ibn Sayyid oʻz lugʻatini arab alifbosining “magʻrib usuli”ga binoan tartiblagan
holda, fonetik oʻzgarishlar asosida soʻzning maʼnosiga qanday taʼsir koʻrsatishini
Qurʼon oyatlari, hadislar, sheʼrlar va qiroat tafovutlari asosida izohlab bergan. Bu esa
“Al-Musallas”ni nafaqat lugʻaviy qoʻllanma, balki fonetik-semantik izlanishlar uchun
ham manba sifatidagi ilmiy qiymatini oshirgan (Murād, Yaḥyā, 1985:95).
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Arab tilshunosligining ilk bosqichlaridanoq al-mushtarak al-lafẓiy hodisasi
alohida lingvistik muammo sifatida ilk bor Xalil ibn Ahmad al-Farohidiy (vaf. 791-
y.) tomonidan “al-Ayn” lugʻatida fonetik asosda tartiblangan koʻp maʼnoli va shaklan
oʻxshash birliklar kontekstida tilga olinadi. Keyinchalik Sibavayh (vaf. 793-y.)
oʻzining “al-Kitob” asarida shakldosh feʼl va ismlarning kontekstga qarab maʼno
tafovutlarini grammatik izohlar orqali asoslagan. U “wajada” feʼli misolida
omonimiya va polisemiya oʻrtasidagi chegarani keskin ajratgan:َ – َوﺟَدtopmoq,َ – َوﺟَد
boy boʻlmoq,َ – َوﺟِدgʻam chekmoq (Sībawayhi. 1988: 112).
Bu qarashlar Farrāʼ, Mubarrid, Asmaʼiy, Qutrub, Ibn Sukayt, Ibn Durayd kabi
tilshunoslar tomonidan yanada chuqurlashtirildi. Tilshunoslikda shakldoshlikni
mustaqil hodisa deb qarovchi anʼana aynan mana shu olimlardan boshlangan.
Ayniqsa, Qutrubning “Al-Musallas” nomli qisqa, urjuza uslubida yozilgan asari arab
tilidagi uchta fonetik shakli mavjud soʻzlarning birinchi namunalaridandir
(Sotvoldiyev S., 2023).
Tadqiqotchilarning bir guruhi esa shakldoshlikni polisemiyadan kelib chiqqan
semantik kengayish deb qaraydi. Bu yoʻnalish vakillari (Ibn Durustavayh, Badihiy,
Aliy Abdulvohid Vofiy va boshqalar) fikricha, bir soʻz dastlab bitta markaziy
maʼnoga ega boʻlib, vaqt oʻtishi bilan yangi kontekstlarda qoʻllanilishi natijasida turli
maʼnolarga ega boʻladi.
Xususan, “zaʼīna” soʻzi ilk bosqichda faqat “taxtiravondagi ayol” maʼnosida
boʻlgan boʻlsa, keyinchalik bu maʼno taxtiravonning oʻziga, hatto uni koʻtarayotgan
tuyaga nisbatan ham qoʻllanila boshlagan. Bu esa semantik kengayishning tipik
koʻrinishidir (Sotvoldiyev S., 2022).
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada Ibn Sayyid Batalyavsiyning “Al-Musallas” asarini ilmiytanqidiy lugʻat sifatida oʻrganish maqsadida tavsifiy, statistik tahlil va qiyosiy-tarixiy
metodlardan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Ibn Sayyid Batalyavsiyning “Al-Musallas” lugʻati tarkibida jami 833 ta
shakldosh oʻzak birlik tahlil qilingan boʻlib, ular fonetik harakatlarning (fatha, kasra,
zamma) farqlari orqali shakldoshlikka asoslangan. Ushbu birliklar ikki asosiy toifaga
ajratilgan:
- maʼnosi turli boʻlgan shakldoshlar – (المﺨتلف المعني)695 ta (83%);
- maʼnosi bir xil boʻlgan shakldoshlar – (المتفق المعني)138 ta (17%).
Bu statistik koʻrsatkich shuni anglatadiki, shakldoshlik hodisasi arab tilida
asosan omonim-paronim tusdagi semantik tafovutlarni anglatadi. Harakat farqlari
faqat fonetik oʻzgarish emas, maʼno tafovutining asosiy semantik omili sifatida
namoyon boʻladi. Bundan tashqari, Ibn Sayyid feʼl va ism birliklarini alohida tahlil
qiladi:
- shakldosh feʼllar: 219 ta (oʻtgan zamon – 58 ta; hozirgi-kelasi zamon – 61 ta);
- shakldosh ismlar: 614 ta.
Demak, “Al-Musallas” lugʻatida asosiy urgʻu ism shaklidagi “musallas”
birliklarga qaratilgan boʻlib, bu arab tili leksikasida aynan ism soʻz turkumi
birliklarida shakldoshlik koʻproq uchrashini koʻrsatadi.
Ibn Sayyid harakatlarning fonosemantik ahamiyatini chuqur anglab, lugʻatdagi
barcha birliklarni quyidagi toifalarga ajratgan:
a) birinchi oʻzak harfining harakati oʻzgarishi bilan. Misol: – الْغ َْمرsuv moʻlligi;
– الْغِمْرichki hasad; – الْغمْرtajribasizlik. Bu guruhdagi birliklar lugʻatda eng koʻp
uchraydi va arab tilining fonetik-semantik tizimida birinchi unlining katta ahamiyatga
ega ekanini koʻrsatadi;
b) ikkinchi oʻzak harfining harakati oʻzgarishi bilan. Misol: َ – َوكَعilonning
kulcha holatida yotishi; َ – َوكِعbarmoqlar halqasi holati; َ – َوكعqattiq predmet (tosh)
sifati. Bu toifa semantik tafovutni aniqlashda kontekstdan mustaqil ravishda harakat
farqini talqin qilishning murakkabligini koʻrsatadi;
c) uchinchi oʻzak harfining harakati oʻzgarishi bilan. Bunday birliklar kamroq
uchraydi. Uchinchi harakat koʻproq feʼl zamonlarini ajratishda seziladi: َ – َشرِبu
ichdi; َ – َشربichishdan lazzatlanmoq; َ – َشرَبoddiy ichmoq;
d) kombinatsiyalangan farqlar (1+3 harf). Bu guruh fonosemantik jihatdan eng
murakkabi hisoblanadi: – الظَّلَم، الظِلَم، الظُّلَمhar biri zulm, zulmat, bosim maʼnolarini
anglatadi, lekin morfologik jihatdan alohida leksik birlik sifatida qaraladi.
Shu tarzda Ibn Sayyid shakldoshlikni anʼanaviy omonim/paronim tasnifidan
fonetik darajada chuqurroq tarzda baholagan. Yaʼni:
- variantlilik (bir xil maʼno): “ –الجَث َْوة، الجِث َْوة، الجث َْوةtuproq uyumi” (ismning
talaffuz variantlari);
- paronimlik (yaqin, lekin farqli maʼno): – الجَث َْوةtiz choʻkish holati
– الجِث َْوةtiz choʻkkan tananing holati;
- omonimlik (mutlaqo boshqa maʼno): – َطب1) davolash; 2) mahorat; 3) sehr; 4)
kasb.
Shu nuqtayi nazardan, Ibn Sayyidning lugʻati paronim va variantdosh soʻzlarni
ham til birliklari sifatida farqlovchi eng qadimiy lugʻaviy manba sifatida tan olinishi
mumkin.
Quyida yana bir necha misollarni koʻrib oʻtamiz.
a) شربoʻzagi asosida soʻz variantlari: ichmoq maʼnosida - ;الشُّرب، الشَّرب، الشِرب
paronimlar: ichuvchilar (koʻp.) - ;الشَّربtushunish - ;الشُّربichish - .الشِرب
b) طبoʻzagi asosida soʻz variantlari: mahorat – ٌّ ; َطبٌّ، ِطبٌّ، طبbu borada
mashhur masal ham bor: «»انْ كنْتَ ذا ط ٍَّب فَطبَّ لِع َْينيﻚ بِفَتْح الطاء و كسرها و ضمها
Maʼnosi: «Agar sen mahoratli boʻlsang, unda “to”ning fathasini ham, kasrasini
ham, zammasini ham koʻrasan» (Ibn as-Sayyidi al-Batalyawsiyyu, 1983:75).
Paronimlar: ish ustasi – ;الطَّبُّ (الطبيب)davolash – ُّ ;الطِبTubb (ism) – ُّ;الطُّب
mahorat – ;الطب
Omonimlar: - الطب1) mahorat; 2) davolash; 3) sehr; 4) istak.
Ayrim bir xil oʻzakli soʻzlar oʻz navbati bilan ham paronimlik, ham omonimlik
xususiyatiga ega. Masalan, لبدoʻzagi asosida: اللَّبَد1) tarovchilar (koʻp.); 2) boʻkib
qolish (tuya); اللِبَد1) kigiz; 2) gʻuj-gʻuj (boʻlmoq); اللُّبَد1) yerga yopishish; 2) (juda
koʻp) boylik.
Shuningdek, Ibn Sayyid Batalyavsiy oʻz “Musallas” izohli lugʻatiga kiritgan
soʻzlarni shaklan quyidagicha tasnif qilish ham mumkin:
1. Birinchi oʻzak harfining (الفاء)qisqa unli harakati bilan farq qiluvchi
“musallas” lar. Masalan:
a) bitta maʼnoni anglatuvchi soʻzlar (soʻz variantlari):
الأ َْلوَة والاِلْوَة وَ الْألْوَة: ب َِمعْنَي الْي َِميﻦ
Yaʼni, الالوةoʻzagi boʻyicha yigʻilgan har uchala soʻz ham, birinchi oʻzak
harfining harakati oʻzgarsa-da, bitta maʼno – “oʻng” yoki “qasam” maʼnosini
anglatadi. Bu ayni variantdosh soʻzlarga xos xususiyatdir (Ibn as-Sayyidi al-
Batalyawsiyyu, 1983:155).
b) turli maʼnoni anglatuvchi soʻzlar: –الْغ َْمرmoʻl-koʻl suv; –الْغِمْرhasad;
–الْغمْرgʻoʻr, uquvsiz (Ibn as-Sayyidi al-Batalyawsiyyu, 1983:155). Ushbu
soʻzlarda birinchi oʻzak harfidagi unli tovush oʻzgarishi bilan maʼno ham
oʻzgarmoqda. Demak, bu paronimiya hodisasi sanaladi.
2. Ikkinchi oʻzak harfining (الغيﻦ)qisqa unli tovushi bilan farq qiluvchi
“musallas”lar:
a) bir xil maʼno anglatuvchi soʻzlar (soʻz variantlari):
– ism soʻz turkumi doirasida (Ibn as-Sayyidi al-Batalyawsiyyu, 1983:189):
“”و قدرت عليه مقدَرة و مقدِرة و مقدرة
– feʼl soʻz turkumi doirasida (Ibn as-Sayyidi al-Batalyawsiyyu, 1983:275):
“ُّ”و الرﺟل یشَحُّ و یشِحُّ و یشح
Qayd etish kerakki, soʻz variantlari, paronimiya va omonimiya hodisalaridan
feʼllar ham mustasno emas. Ibn Sayyid Batalyavsiy oʻz “Al-musallas”iga oʻtgan
zamon qolipida bir xil maʼnoli 15 ta va turli maʼnoli 43 ta, hozirgi-kelasi zamon
qolipida esa bir xil maʼnoli 5 ta va turli maʼnoli 10 ta oʻzakni (jami 219 ta fel)
kiritgan va izohlagan. Aksariyat bir xil maʼnoli feʼllar oʻtgan zamonda ham, hozirgi-
kelasi zamonda ham oʻzaro variantdoshligini saqlab qoladi. Biroq ayrim solimsifat
(مثال)feʼllar bu xususiyatini qisman yoʻqotadi. Masalan, وعرoʻzagi asosida:
- َوعَرَ (یَعَر) َوعِرَ (یَوعَر) َوعرَ (یَوعر)oʻnqir-choʻnqir boʻlmoq.
Bu holatni oʻzak tarkibida “illatli” harfning mavjudligi bilan izohlash mumkin.
b) turli maʼno anglatuvchi soʻzlar: َ – َوكَعkulcha boʻlish (ilon); َ – َوكِعbosh va
koʻrsatkich barmoqlarni halqa qilish; َ – َوكعqattiq boʻlish (predmet haqida).
“Musallas”ning “ ,”المثلث المتفق المعنيyaʼni “Umumiy maʼnoli musallas” bobida
kelgan muayyan oʻzak asosidagi “musallas” boshqa maʼno qirralari bilan birga
“ ,”المثلث المﺨتلف المعنيyaʼni “Turli maʼnoli musallas” bobida ham takrorlanadi.
Masalan: “ ”البِرْكَة و الب َْركَة و البرْكةmusallasi “Umumiy maʼnoli musallas” bobida soʻz
variantlari sifatida keltirilgan va “tilanchilar jamoasi”ni anglatgan. Eʼtiborlisi, xuddi
shu musallas “Turli maʼnoli musallas” bobida ham zikr etiladi va bu oʻrinda uning
paronimlik va koʻpmaʼnolilik xususiyati koʻzga tashlanadi: الب ِْركَة1) choʻk tushish
holati; 2) koʻlmak; 3) moʻl-koʻl sut; 4) Birka (joy nomi); –الب َْركَةchoʻkka tushish
(tuya haqida); البرْكة1) burka (qush turi); 2) bayram shirinligi. Shuningdek, xuddi shu
bobda “ ”الب ِْرك و الب َْرك و البرْكmusallasi ham uchraydiki, undagi soʻzlar yana boshqa
maʼno qirralarini namoyon qiladi: الب ِْرك1) Birk (Yamandagi joy); الب َْرك1) oʻrta,
markaz; 2) tuyalar toʻdasi; البرْك1) namlik; 2) baliq turi.
Bunday holatni |" ”الجثوةva “ ”الجذوةoʻzaklari asosida tuzilgan musallaslarda ham
kuzatish mumkin. Buning sababi arab tili “sarf ilmi” da “ismu-l-hayʼat”, “ismu-l-
marrot” kabi shartlar asosida soʻz yasash imkoniyatlarining mavjudligi bilan
tushuntiriladi.
“Jim” harfining “ ”المثلث المﺨتلف المعنيbobidan oʻrin olgan “ ”الجنةoʻzagi boʻyicha
tuzilgan musallas ham eʼtiborni tortadi: –الجَنَّةbogʻ, boʻston; –الجِنَّة1) jin; 2)
farishtalar (musannif bu soʻz tafsirida Qurʼoni Karimning Soffot surasidan oyat
keltiradi); 3) telbalik, jinnilik; – الجنَّةsovut, himoya qalqoni.
Yana shunday musallaslar uchraydiki, barchasi bitta umumiy oʻzakdan
yasalgandek koʻrinadi, ammo muallif ularni turli vaznlarda qoʻllab, turfa maʼnolarini
kashf etadi. Masalan:
الظَّلمة و الظِلمة و الظُّلمة \\ الظَّلم و الظُّلم و الظِلم \\ الظَّلام و الظِلام و الظُّلام \\ الظَّلَّام و الظُّلام و
\\ الظِلام
Ibn Sayyid Batalyavsiyning “Al-musallas” asari arab tili leksemasining naqadar
boy ekanini koʻrsatmoqda. Ayniqsa, omonim, paronim va variantdosh soʻzlarning
xilma-xil koʻrinishlari uning oʻziga xos jozibasini taʼminlagan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, mazkur asarda olim soʻzlarni arab alifbosining “magʻrib
usuli”ga binoan joylashtirgan va kitob “hamza” (الهمزة)bilan boshlanib, “ba” (الباء)
harfi bilan nihoyalanadi. Har bir harfda 2 ta bob ochilgan: 1-bob “,”المثلث المتفق المعني
yaʼni “Umumiy maʼnoli musallas” deb nomlangan va soʻz variantlariga
bagʻishlangan. 2-bob esa “ ,”المثلث المﺨتلف المعنيyaʼni “Turli maʼnoli musallas” deb
nomlangan va omonim va paronim soʻzlar jamlangan. Har bir bobda “musallas”larni
berish tartibi oʻsha harf bilan boshlangan soʻzlarga koʻra taqsimlangan. Har bir
“musallas” dastlab “maftuh” – “fatha” harakati, soʻng “maksur” – “kasra” harakati va
keyin “mazmum” – “zamma” harakati oʻzgarishi boʻyicha keltirilgan. “Ya” (الياء)
harfiga tegishli “ ,”المثلث المﺨتلف المعنيyaʼni “Turli maʼnoli musallas” bobida 3-shaxsni
ifoda etuvchi hozirgi-kelasi zamon feʼllari ishlatilgan. Bu holatni muallifning oʻzi:
“Ya” (الياء)harfi boʻyicha taslis uchratmaganim bois harflar tartibi toʻliq boʻlishini
maqsad qilib, hozirgi-kelasi zamon feʼllarini 3-shaxsda oldim (Ibn as-Sayyidi al-
Batalyawsiyyu, 1983:20), – deb izohlaydi.
Muallif har bir bob avvalida ushbu bobdan nechta oʻzak oʻrin olganini
koʻrsatadi. Soʻng uch harakat oʻzgarishi boʻyicha ularni keltiradi. Keyin bu
soʻzlarning maʼnolarini izohlaydi. Turli manbalardan dalillar keltiradi. Qurʼoni
Karimdan 154 oyatni dalil sifatida taqdim etgan. Shundan 32 oyatni qiroatlar
oʻrtasidagi tafovutni koʻrsatishda qoʻllagan. “Al-musallas”da hammasi boʻlib 27 ta
hadis uchraydi. Muallifning uchinchi manbai esa sahobalarning aytgan gaplari,
ulardan naql qilingan rivoyatlar boʻlgan. Bularning soni 43 taga yetgan. Shuningdek,
Ibn Sayyid arab sheʼriyatining oʻtkir bilimdoni sifatida fasohatli sheʼriyat
namunalariga ham suyanadi. U jami 1416 baytdan samarali foydalangan. “Musallas”
dagi biror soʻzni izohlash zarur boʻlsa, avval shoirning taxallusi yoki ismini aytadi,
soʻng undan bayt keltiradi.
Ibn Sayyid Batalyavsiy arab nahvi tarixining juda koʻplab moʻtabar
manbalaridan iqtiboslar keltirgan. Masalan, Xalil ibn Ahmadning “Al-ayn” lugʻati
(11 oʻrinda), Abu Amr Shayboniyning “Navodir” kitobi (bir oʻrinda), Qutrub
“Musallas”i (kitob muqaddimasida), Abu Ubayd Qosim ibn Salomning “al-Gʻaribu-lmusannaf” asari (bir oʻrinda), Ibn Sukaytning “al-Alfaz” asari (bir oʻrinda),
Sibavayhning “al-Kitab” asari (3-oʻrinda) shular jumlasidan. Shu bilan birga, muallif
oʻz oʻrnida mashhur arab olimlaridan rivoyat qilingan turli naqllardan ham
foydalangan. Masalan, Xalil ibn Ahmad (7 naql), Mufazzal Zobiy (4 naql), Abul
Xattob Axfash (1 naql), Sibavayh (6 naql), Kisoiy (5 naql), Qutrub (8 naql), Farro (11
naql), Asmaʼiy (31 naql), Abul Hasan Axfash (1 naql), Ibn Aʼrobiy (35 naql), Ibn
Sukayt (25 naql), Mubarrad (5 naql), Saʼlab (17 naql), Ibn Durayd (7 naql), Abu Amr
Mutarriz (109 naql). Ushbu «Musallas» risolasida johiliyat davri shoirlaridan Imrul
Qays (77 bayt), Nabigʻa Zabyoniy (45 bayt), Zahir ibn Abu Salmo (43 bayt), Tarafa
ibn Abd (32 bayt), Antara (26 bayt); Islom davri shoirlaridan Zur Rumma (50 bayt),
Ajjaj (40 bayt), Ruʼba (31 bayt), Axtal (11 bayt) kabilar koʻp uchraydi (Ibn as-
Sayyidi al-Batalyawsiyyu, 1983:122).
Yuqoridagi tahlillarni umumlashtirib, quyidagi xulosalarni qayd etish mumkin:
- shakldoshlik (omonimiya va paronimiya) va koʻpmaʼnolilik (polisemiya)
boshqa-boshqa hodisalar boʻlib, har ikkisi ham “al-mushtarak al-lafẓiyy”
mavzusining qamrov doirasiga kiradi va shu yoʻnalishda oʻrganiladi;
- tilshunoslik istilohida “musallas” soʻzi uchta asosni anglatadi va tilshunoslar
bu atama zamirida shaklan oʻxshash uchta oʻzakni jamlaydilar, ushbu soʻzlar toʻliq
omonimlik hosil qilishi, bir yoki ikki qisqa harakat bilan farqlanishi mumkin;
- harakatlari oʻzgarsa-da, maʼnoda oʻzgarish kuzatilmaydigan musallas (maʼnosi
bir xil) – “ ”المتفق(al-muttafiq) deb ataladi;
- agar maʼnoda ham oʻzgarish yuz bersa, u holda (turlicha) – “ ”المﺨتلف(al-
mukhtalif) deyiladi;
- mazkur turdagi musallasni tashkil qilgan soʻzlarga nisbatan oʻzakdosh
terminini qoʻllash toʻgʻri boʻlmaydi, ularning har biri mustaqil oʻzaklar boʻlib, oʻzaro
shakldoshlik hosil qilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Fallāḥī, Yaʼqūb. (1999). Ibn al-Sayyid al-Baṭalyawsī wa juhūduhu fī al-lugha.
– Bayrūt.
2. Ibn as-Sayyid al-Baṭalyawsiyyu. (1983). Al-Muthallathu (2 jild). Baghdād:
Dār al-Rashīd. 1-jild. 524 b.; 2-jild: 593 b.
3. Murād, Yaḥyā. (1985). Al-Muthallathu li-Ibn al-Sayyid al-Baṭalyawsī.
Baghdād: Dār al-Rashīd. 428 b.
4. Sibawayhi. (1988). Al-Kitāb (4 jild). Al-Qāhira: Maktabat al-Khānajī.
1-jild: – 446 b.; 2-jild: 432 b.; 3-jild: – 662 b.; 4-jild: 494 b.
5. Sotvoldiev, S. (2023). Arab leksikografiyasi tarixi va Ibn Molik musallas
lugʻatlarining tuzilish prinsiplari // The role of science and innovation in the modern
world. – London.
6. Sotvoldiev, S. (2022). Principles of composition of scientific-critical text of
Ibn Sayyidʼs dictionary “Al-Musallas” // Thematics Journal of History, № 8.
7. http://k-tb.com/manuscrit
8. http://waqfeya.com/manuscrit
9. http://wadood.com/manuscrit
10. http://midad.com/manuscrit
REFERENCES:
1. Fallāḥī, Yaʼqūb. (1999). Ibn al-Sayyid al-Baṭalyawsī wa juhūduhu fī al-lugha.
– Bayrūt. (In Arabic)
2. Ibn as-Sayyid al-Baṭalyawsiyyu. (1983). Al-Muthallathu (2 jild). Baghdād:
Dār al-Rashīd. (In Arabic)
3. Murād, Yaḥyā. (1985). Al-Muthallathu li-Ibn al-Sayyid al-Baṭalyawsī.
Baghdād: Dār al-Rashīd. – 428 p. (In Arabic)
4. Sibawayhi. (1988). Al-Kitāb (V. 4). Al-Qāhira: Maktabat al-Khānajī.
(In Arabic)
5. Sotvoldiev, S. (2023). Arab leksikografiyasi tarixi va Ibn Molik musallas
lugʻatlarining tuzilish prinsiplari // The role of science and innovation in the modern
world. – London. (In Uzbek)
6. Sotvoldiev, S. (2022). Principles of composition of scientific-critical text of
Ibn Sayyidʼs dictionary “Al-Musallas” // Thematics Journal of History, № 8.
7. http://k-tb.com/manuscrit
8. http://waqfeya.com/manuscrit
9. http://wadood.com/manuscrit
10.http://midad.com/manuscrit