ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Shayboniylar davrida Dashti Qipchoq o‘zbeklarining migratsiyasi

Rajabov Jo‘rabek Muzaffar o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SHAYBONIYLAR DAVRIDA DASHTI QIPCHOQ O‘ZBEKLARINING

MIGRATSIYASI

THE MIGRATION OF DASHTI KIPCHAK UZBEKS DURING THE
SHAYBANID PERIOD

МИГРАЦИЯ УЗБЕКОВ ДАШТИ КИПЧАК В ПЕРИОД
ШЕЙБАНИДОВ
Rajabov Jo‘rabek Muzaffar o‘g‘li
Nizomiy nomidagi O‘MPU
2-kurs magistranti
Tel.: +998947383240
E-mail: jorabek.rajabov2000@mail.ru

Annotatsiya. Ushbu maqolada Dashti Qipchoq o‘zbeklarining Shayboniylar
sulolasi bilan birga Movarounnahr va Xorazm hududlariga ko‘chib kelishi, tarixi va
etnik shakllanish jarayonlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tarixiy-arxiv
manbalari, etnografik kuzatuvlar hamda ilmiy tadqiqot materiallari asosida o‘zbek
urug‘larining o‘ziga xos etnogenetik o‘rni aniqlangan. Maqolada urug‘larning ijtimoiy
tarkibi, soni, madaniy xususiyatlari, o‘lka etnografiyasiga ta’siri hamda mahalliy aholi
bilan o‘zaro aloqalari yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Dashti Qipchoq o‘zbeklari
yashagan qadimgi hududlar, tashqi omillar ta’sirida mamlakatimiz hududiga ko‘chishi
va mahalliy aholi tarkibiga singishib o‘zbek xalqi shakllanishida muhim rol o‘ynagan
kopanentlardan biri ekanligi isbotlangan. Maqola Dashti Qipchoq o‘zbeklarining
tarixiy ildizlarini aniqlash va o‘zbek xalqining shakllanishini o‘rganishda muhim ilmiy
manba sifatida xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: Dashti Qipchoq o‘zbeklari, Shayboniylar, turkiy qabilalar,
etnogenez, qipchoqlar, qo‘ng‘irotlar, mang‘itlar, etnografiya, yozma manbalar.

Annotation. This article analyzes the migration of the Dashti-Kipchak Uzbeks to
the territories of Movarunnahr and Khorezm, their history and impact on the processes
of ethnic formation. During the study, based on historical and archival sources,
ethnographic observations and scientific research materials, the specific ethnogenetic
role of the Uzbek tribes was determined. The article covers the social composition,
number, cultural characteristics of the tribes, their impact on the ethnography of the
region, and their interaction with the local population. According to the results of the
study, it is proven that the ancient territories inhabited by the Dashti-Kipchak Uzbeks
migrated to the territory of our country under the influence of external factors and were
one of the components that played an important role in the formation of the Uzbek
nation by assimilating into the local population. The article serves as an important

scientific source in identifying the historical roots of the Dashti-Kipchak Uzbeks and

studying the formation of the Uzbek nation.

Keywords: Dashti Kipchak uzbeks, Shaybanids, turkic tribes, ethnogenesis,

kipchaks, kungrats, mangyts, ethnography, written sources.

Аннотация. В данной статье анализируется миграция дашти-кипчакских

узбеков на территории Моваруннахра и Хорезма, их история и влияние на

процессы этнического формирования. В ходе исследования на основе историко-

архивных источников, этнографических наблюдений и материалов научных

исследований была определена специфическая этногенетическая роль узбекских

племен. В статье рассматриваются социальный состав, численность, культурные

особенности племен, их влияние на этнографию региона и их взаимодействие с

местным населением. По результатам исследования доказано, что древние

территории проживания дашти-кипчакских узбеков мигрировали на территорию

нашей страны под влиянием внешних факторов и явились одним из

компонентов, сыгравших важную роль в формировании узбекской нации,

ассимилируясь в местное население. Статья служит важным научным

источником в выявлении исторических корней дашти-кипчакских узбеков и

изучении формирования узбекской нации.

Ключевые слова: Дашти-кипчакские узбеки, Шейбаниды, тюркские

племена, этногенез, кыпчаки, кунграты, мангыты, этнография, письменные

источники.

KIRISH
O‘zbek xalqining etnik tarixi va etnogenez jarayonlari O‘rta Osiyo mintaqasining
ming yillik tarixiy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, turli qabila va
elatlarning migratsiyasi, madaniy uyg‘unlashuvi hamda ijtimoiy aralashuvi natijasida
shakllangan. Ushbu jarayonlarda XVI asr boshlarida Shayboniylar sulolasi bilan birga
Dashti Qipchoqdan Movarounnahr va Xorazm hududlariga ko‘chib kelgan turkiymo‘g‘ul qabilalari – dasht o‘zbeklari alohida o‘rin tutadi. Bu qabilalar o‘zlarining boy
ko‘chmanchi an’analari, harbiy salohiyati va ijtimoiy tuzilishi bilan ajralib turib,
mintaqaning siyosiy, ijtimoiy-madaniy va etnik manzarasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Dashti Qipchoq o‘zbeklarining migratsiyasi nafaqat Shayboniylar davlatining
mustahkamlanishiga zamin yaratgan, balki mahalliy o‘troq aholi bilan o‘zaro
integratsiyalashuvi orqali zamonaviy o‘zbek xalqining shakllanishida muhim
komponent bo‘lib xizmat qilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ushbu mavzu alohida tadqiqot mavzusi sifatida tadqiq etilmagan. Dashti Qipchoq
o‘zbeklarining migratsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bag‘ishlangan maxsus monografiyalar

mavjud bo‘lmasa-da, o‘zbek urug‘lari tarixi va urug‘-qabila tizimi, umumiy turkiy

urug‘lar tarkibi, ularning etnik shakllanishi va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini

yoritgan asarlarda tarixchilar bu masalaga ham to‘xtalib o‘tishgan. Xususan,

A.Asqarovning “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” asarida va R.Alimova va

A.Ashirovlarning “O‘rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan

demografik jarayonlarning manbalarda aks etishi” monografiyasida o‘zbek

urug‘larining nomlari, soni va joylashuvi haqida ma’lumotlar uchraydi. Shuningdek,

K.Шониёзов, I. Jabborov, B. Ahmedov, X.Doniyorov, A.Zamonov, N.Norboyev,

U.Nosirovlar tomonidan yozilgan asarlar, maqolalar va monografiyalarda ham

uchraydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda o‘zbek urug‘larining migratsiyasi va etnogenez masalalari tarixiy
asoslarini o‘rganishda xolislik tamoyiliga amal qilinib, tahlil, sintez, qiyosiy tahlil,
umumlashtirish, tarixiy tahlil hamda xronologik yondashuv kabi ilmiy uslublardan
foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbek xalqi etnogenezi – bu ming yillik tarixiy jarayon bo‘lib, u turli davrlarda
yashagan qabila va elatlar aralashuvi, madaniy hamda ijtimoiy uyg‘unlashuvi
natijasida shakllangan. Arxeologik, antropologik va yozma manbalar shundan dalolat
beradiki, mamlakatimiz hududida qadimdan skif, sak, sarmat, massaget, sug‘d, augas,
xorazm, hur, turk kabi qadimgi eroniy va turkiy tilli qabilalar istiqomat qilgan. Ular
O‘rta Osiyoning ilk aholisi – hozirgi o‘zbek xalqining uzoq ajdodlari sifatida tarixda
muhim o‘rin tutadi.
Ming yillar davomida turkiy qabilalarning O‘rta Osiyo hududlariga ko‘chib
kelishi mahalliy aholini ham turkiylashuviga sabab bo‘ldi. Turkiy urug‘larning
yurtimiz hududiga so‘nggi yirik migratsiyasi XV asr oxiri XVI asrlarga to‘g‘ri keladi.
Bu jarayon natijasida asrlar davomida 92 bovli (bog‘li) turkiy-o‘zbek urug‘lari
shakllanib, o‘zbek xalqining asosiy tayanchi bo‘lib qolgan.
O‘zbek urug‘larining 92 urug‘dan tashkil topganligi Sayfuddin Axsikatiyning
“Majmuat – tavorix” (XVI), Ahmad ibn Masruxning “Nasabnomai o‘zbek” (XIX asr),
Avaz Muhammad Attorning “Tuhat at-tavorix”, “Qitmir” kitobi va “Asomiy nabadu
firqai o‘zbek” asarlarida noma-nom keltiriladi. (Асқаров А., 2015:478). Shunga
qaramasdan, XV-XVI asrlarda Dashti Qipchoq o‘zbeklari urug‘larining soni bahslidir.
Abulxayrxon asos solgan “O‘zbek ulusi”da durmon, juboyn, chimboy, uyg‘ur, burqut,
qiyot, qung‘irot, nayman, qushchi, mang‘it, ushun, iyjon, tangut, o‘tarchi, o‘karashnayman, jot, xitoy, qarluq, kenagas, echki, tuman, ming-avangara, qanbul, qoravul,
toymas, qurlovut barloslardan iborat 27 o‘zbek qabilalari mavjud bo‘lgan. Vaholanki,

Shayboniyxon davrida xam Abulxayrxon davridagi kabi Dashti Qipchoqda atigi 27 ta

urug‘ga mansub aholi yashagan. 92 bovli o‘zbek urug‘lariga kirgan xalqlarning asosiy

qismi esa allaqachon hozirgi O‘zbekiston hududining tubjoy o‘troq aholisi edi.

(Nosirov U., 2012: 334) . Yana shuni ham ta’kidlash kerak-ki, Dashti Qipchoq

o‘zbeklari faqat ko‘chmanchi chorvadorlardan iborat bo‘lib qolmasdan, ularning

orasida Amudaryoning quyi oqimlarida yashagan dehqonlarning ma’lum muddatlarda

ekin yerlariga kelib joylashuvi, o‘z yerlariga ega bo‘lgan qabilalar ham bor bo‘lgan.

(Muqimov Z., 2007: 15) XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi siyosiy vaziyat,

Temuriylar davlatining yemirilishi va Shayboniyxonning Movarounnahr va Xorazm

hududlarini egallashi Dashti Qipchoq o‘zbeklarining ko‘chishlariga zamin yaratdi.

Albatta, ularning ko‘chishi Shayboniylar hukmronligini mustahkamlar edi, shu

sababdan ko‘chib kelganlarga ko‘plab imtiyozlar va yer-mulklar berilgan. Biroq,

qabilalarning ko‘chish jarayonlari qisqa muddatda sodir bo‘lmagan. Ushbu maqolada

o‘zbek urug‘larining ko‘chish bosqichlari, soni, hududlari va o‘lka hayotiga ta’siri

yoritiladi. Muhammad Shayboniy Dashti Qipchoqda hokimiyatni qo‘lga kiritishida

mang‘itlarning yordami katta bo‘ldi. “Qadam zamonlardan to shu kunlargacha odat

bo‘yicha mang‘it amirlari qaysi xonni taxtga o‘tqazsalar, o‘sha xonlar mamlakat

ixtiyorini butunligicha mang‘it amirlari qo‘liga topshirganlar va ularning hech bir

ishiga aralashmaganlar, ra’ylariga qarshi bormaganlar”. (Arab Qatag‘an., 2009: 38).

Dashti Qipchoq hukmdorlari Musomirzo Shayboniyxonni taxtga o‘tqazish uchun

undan mang‘itlar safiga o‘tishni so‘radi. Uni dastlab taxt uchun kurashga otlanganda

qo‘shchi, nayman, uyg‘ur, qurlavut, ichki va durmon o‘zbek urug‘lari qo‘llab-

quvvatlashgan edi. Muhammad Shayboniy O‘rta Osiyoni qo‘lga kiritgach, qiyot,

qo‘ng‘irot, tuman, tan-gut, xitoy, chimboy, shunqorli, shodboqi, yijon urug‘lari

amirlari kelib qo‘shildi. (Nosirov U., 2012: 334) .

Muhammad Shayboniyxon 1499-yilda Movarounnahrga yurishlarini boshlashi

bilan uning qo‘shini tarkibidagi Dashti Qibchoq o‘zbeklarining ham ko‘chish jarayoni

boshlandi. Dashti Qipchoqdan kirib kelgan ko‘chmanchilarning tarkibi borasida ham

ayrim qarashlar mavjud. Masalan, T.I. Sultonovning “Shayboniynoma” asari muallifi

Muhammad Solih keltirgan ma’lumotlarga tayanib bildirgan fikriga ko‘ra

Shayboniyxon qo‘shini tarkibida 19 ta urug‘-qabila vakillari bo‘lib, u bilan birga

Movarounnahrga 13 ta urug‘-qabila aholisi kirib kelgan. (R.Alimova,

A.Ashirov.2011:76). Shayboniyxon qo‘shini tarkibida bo‘lgan qo‘ng‘irotlar

naymanlar, mang‘itlar, do‘rmonlar, ushunlar, keraidlar, qo‘shchi, burqut, jaloyir va

tatarlardan tashkil topgan. Mang‘itlar, naymanlar, qo‘shchilar va qo‘ng‘rotlar

qo‘shinning asosini tashkil etgan bo‘lib, ularning amirlarining nufuzi baland bo‘lgan.

(Muhammad S., 1989: 197).

Shu o‘rinda aytish kerak-ki, XVI asr boshlarida Dashti Qipchoqdan

Movarounnahrga ko‘chib kelgan turk-mo‘g‘ul qabilalari mahalliy turkiyzabon xalqdan

son jihatdan oz edi. Ularning umumiy soni 24-26 qabiladan oshmas edi. “Tavorixi

guzida, nusratnoma” kitobining muallifi ularni nomma-nom keltirgan: qushchi,

nayman, uyg‘ur, qurlavut, girayli, qiyot, qo‘g‘irot, qavchin, mang‘it, jurg‘un, ming,

tang‘ut, echki, do‘rmon, yoboqu, xitoy, chimbot, shunqorli, shodbaqli, iyjon, bachqird,

mojor, solur, qozon, echki bayri. XVI asrda bu qabilalar soni, Xofiz Tanish

Buxoriyning “ Sharafnomayi shohiy” asarining ma’lumotlariga qaraganda, 40 nafarga

yetgan: bahrin, besh yuz, do`rmon, jaloyir, kenagas, mang`ut, ming, mojor, nayman,

olchin, orlot, sulduz, tongyoro‘q, uyg‘ur, xaloj, xitoy, shirin, o‘tarchi, qang‘li,

qatag‘on, qipchoq, qo‘g‘irot, qiyot, arg‘in, yobu, mo‘g‘ul, sajovat, tuboyi, tama, keroit,

qorliq, saroy, turk, uyshun va h. k. XVII asrga kelib, “Bahr ul-asror” muallifining

guvohlik berishicha, ularning soni 50 dan ortiq bo‘lgan, yana quyidagi 20 ga yaqin

qabila nomi qo`shilgan. Bular quyidagilardir: buyraq, qirq, qurama, dug‘doq, yuz,

kelachi, o‘zz, qulon, ayonlik, ko‘ka, arab, qo‘sh oyoq, uyrot, bulochi, markit, fulobchi,

shaboyat, mesit. (Axmedov B., 1994: 378). Manbalardagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki,

ko‘chmanchi o‘zbek qabilalarining ko‘chishi bir asrdan oshiq vaqt davom etgan va shu

tarzda ularning soni oshib borgan.

Dashti Qipchoqdan ko‘chib kelgan aholining soni juda bahslidir. Tadqiqotchilar

bu borada turli fikrlarni bildirishadi. Xususan, akademik Karim Шониёзов fikricha,

Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga ko‘chib kelgan etnoslarning hammasi ham ko‘p

sonli bo‘lavermagan. Ular faqat qipchoq, saray, qo‘ng‘irot, yuz, nayman, mayg‘it,

xitoylarga nisbatan yirik etnik guruhlar edi. Bularning har birining soni 30-50 mingdan

to 200 minggacha bo‘lishi mumkin edi. Tilga olingan etnoslarning ichida eng ko‘p

sonli qipchoqlar bo‘lgan. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida ularning umumiy soni 270

mingta deb taxmin qilingan, qolgan ko‘chmanchi urug‘larning soni 20-30 mingdan to

10 minggacha(ba‘zilari bundan ham kam) bo‘lgan. (Шониёзов K., 2001:414).

Akademik Ahmadali Asqarovning ta’kidlashicha, Shayboniyxonning armiyasida 92

qavm chavondozlari xizmat qilgan. Demak, har bir qavmning 6-7 kishidan iborat

bo‘lsa, u holda XVI asr boshlaridagi Shayboniyxon harbiy yurishlari munosabati bilan

kamida 500-600 ming Dashti Qipchoq o‘zbeklari Movarounnahr va Xorazmga kirib

kelgan. (Асқаров А., 2015:503). T.I. Sultonov esa o‘rta asr muarrixlari Muhammad

Solih, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirza Muhammad Haydar va Fazlulloh ibn

Ruzbehon bergan ma’lumotlarga asoslanib, XV asr oxiri XVI asr boshlarida Dashti

Qipchoqdan Movarounnahrga 1 million 240 – 1 million 360 mingga yaqin aholi

ko‘chgan deya ta’kidlaydi. (Alimova R, Ashirov A., 2011:75). Dashti Qipchoqdan

qancha aholi ko‘chib kelgan bo‘lmasin, ular mahalliy tubjoy aholi sonidan kam bo‘lgan

va keyinchalik o‘troqlashishi natijasida kichik qabilalar mahalliy aholi tarkibiga singib

ketganlar.

Dashti Qipchoqdan ko‘chib kelgan qabilalar ko‘chmanchi bo‘lganliklari sabab,

ularga keng yaylovlar zarur edi. Shu sababdan, bu qabilalar Movarounnahrning turli

hududlariga joylashganlar. Xususan, mang‘itlar asosan Buxoro va Qarshi atrofida,

qipchoqlar Kattaqo‘rg‘on va Samarqand atrofida, saroy qabilasi Samarqand va Qarshi

orasidagi hududlarda, qo‘ng‘irotlar Qarshi va Shahrisabzda, do‘rmonlar G‘ijduvon va

uning atrofida, ming qabilasi Samarqandning janubi-sharqiy tog‘li hududida va

Urgutda, mang‘itlarning bir qismi Samarqandga yaqin aholi punktlarida, kenagaslar

esa Shahrisabzda yashaganlar. (Abduqodir M., 2024:110-111). Bundan tashqari

naymanlar Samarqand, Buxoro va Termizning Derf qal’asida, olchinlar Badaxshon va

G‘o‘ri hududlarida, yuzlar Andijon, Xo‘jand, Toshkent, Sayram, Jizzax va O‘ratepa

yashaganliklari manbalarda uchraydi (Alimova.R, Ashirov.A., 2011:35-36-38).

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqot natijalariga ko‘ra, XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Shayboniylar
sulolasi yurishlari natijasida Dashti Qipchoq o‘zbeklarining Movarounnahr va Xorazm
hududlariga yirik migratsiyasi sodir bo‘lgan. Bu jarayon bir asrdan ortiq davom etib,
o‘zbek xalqining etnogenezida yangi va muhim komponentni shakllantirgan.
Migratsiya davomida 50 dan ortiq turkiy-mo‘g‘ul qabilalari (qipchoq, qo‘ng‘irot,
mang‘it, nayman, kenagas, ming va boshqalar) ko‘chib kelgan bo‘lib, ularning umumiy
soni turli tadqiqotchilar bahosiga ko‘ra 500–600 mingdan 1,2–1,3 milliongacha yetgan.
Ko‘chmanchi qabilalar dastlab harbiy-siyosiy kuch sifatida Shayboniylar davlatining
mustahkamlanishida hal qiluvchi rol o‘ynagan, keyinchalik esa o‘troqlashib, mahalliy
tubjoy aholi (Sug‘d, Xorazm va boshqa eroniy-turkiy guruhlar) bilan madaniy va etnik
jihatdan uyg‘unlashgan. Natijada, yirik qabilalar (mang‘it, qo‘ng‘irot, qipchoq) o‘zbek
xalqining asosiy etnik tayanchlaridan biriga aylangan, kichikroq urug‘lar esa mahalliy
aholiga singib ketgan.
Dashti Qipchoq o‘zbeklari migratsiyasi mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga
ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan: ular keng yaylovlarga ega bo‘lib, chorvachilikni
rivojlantirgan, shahar va voha atroflarida joylashib, dehqonchilik va
hunarmandchilikka o‘tgan. Bu jarayon o‘zbek xalqining 92 urug‘ tizimini
shakllantirishda muhim bosqich bo‘lib, xalqning madaniy, til va an’anaviy
xususiyatlarini boyitgan. Ushbu xulosa asosida quyidagi takliflarni keltirish mumkin:
Dashti Qipchoq o‘zbeklari migratsiyasi va ularning etnogenezdagi o‘rnini
chuqurroq o‘rganish uchun XVI–XVII asr yozma manbalari (Shayboniynoma,
Sharafnomayi shohiy, Bahr ul-asror va boshqalar)ning yangi tarjimasi va qiyosiy
tahlilini amalga oshirish zarur.
Arxeologik va etnografik tadqiqotlarni kuchaytirish, xususan, Buxoro,
Samarqand, Qarshi, Shahrisabz va Xorazm hududlaridagi qabilalar joylashgan joylarda
qazilmalar olib borish orqali moddiy madaniyat dalillarini aniqlash.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya olimlari hamkorligida Dashti Qipchoq

o‘zbeklari tarixiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyalar tashkil etish va

qo‘shma loyihalar amalga oshirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Абдуқодир М. (2024) Шайбонилар давлати. –Тошкент: Насим Кутуб.
2. Аҳмедов Б. (1994) Тарихдан сабоқлар. –Тошкент: Ғофур Ғилом номидаги
Адабиёт ва санъат.
3. Алимовa Р, Аширов А. (2011) Ўрта Осиё халқларининг этник тарихи ва
минтақада юз берган демографик жараёнларнинг манбаларда акс этиши(XVI-
XIX аср биринчи ярми). – Тошкент: Янги нашр.
4. Асқаров А. (2015) Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. –Тошкент:
Ўзбекистон.
5. Муҳаммад Солиҳ. (1989) Шайбонийнома. –Тошкент.
6. Муҳаммадийор Араб Қатағон. (2009) Мусаxxир ал-билод. –Тошкент:
Янги аср.
7. Муқимов З. (2007) Шайбонилар давлати ва ҳуқуқи. –Тошкент: Адолат.
8. Носиров У. (2012) Ўзбеклар шажараси. –Тошкент: Extremum Press.
9. Шонийозов К. (2001) Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. – Тошкент:
Шарқ.

REFERENCES:
1. Abduqodir M. (2024) Shayboniylar davlati. – Toshkent: Nasim Kutub (In
Uzbek).
2. Ahmedov B. (1994) Tarixdan saboqlar. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at (In Uzbek).
3. Alimova R., Ashirov A. (2011) O‘rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va
mintaqada yuz bergan demografik jarayonlarning manbalarda aks etishi (XVI–XIX asr
birinchi yarmi). – Toshkent: Yangi nashr (In Uzbek).
4. Asqarov А. (2015) O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. – Toshkent:
O‘zbekiston (In Uzbek).
5. Muhammad Solih. (1989) Shayboniynoma. – Toshkent (In Uzbek).
6. Muhammadiyor Arab Qatag‘on. (2009) Musaxxir al-bilod. – Toshkent: Yangi
asr (In Uzbek).
7. Muqimov Z. (2007) Shayboniylar davlati va huquqi. – Toshkent: Adolat (In
Uzbek).
8. Nosirov U. (2012) O‘zbeklar shajarasi. – Toshkent: Extremum Press (In
Uzbek).
9. Shoniyozov K. (2001) O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. – Toshkent:
Sharq (In Uzbek).