ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Bolalar adabiyotida folklor unsurlarining ifodasi

Namozova Gulbahor Muzaffarovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

BOLALAR ADABIYOTIDA FOLKLOR UNSURLARINING IFODASI

THE EXPRESSION OF FOLKLORE ELEMENTS IN CHILDREN’S
LITERATURE

ВЫРАЖЕНИЕ ЭЛЕМЕНТОВ ФОЛЬКЛОРА В ДЕТСКОЙ
ЛИТЕРАТУРЕ

Namozova Gulbahor Muzaffarovna
Oriental universiteti,

Uzluksiz ta’lim pedagogikasi
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 97 888-63-78

E-mail: gulinamazova8@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar adabiyotiga xalq og‘zaki ijodining,
xususan, ertak, topishmoq, maqol, matal, afsona kabi folklor janrlarining ta’siri,
ularning zamonaviy bolalar adabiyotidagi badiiy ifoda vositasi sifatida qo‘llanish
xususiyatlari hamda tarbiyaviy, estetik va didaktik ahamiyati chuqur ilmiy-nazariy
hamda amaliy asosda tahlil qilinadi. Bolalar dunyoqarashi va tafakkurining
shakllanishida ushbu janrlarning tutgan o‘rni, ularning axloqiy-etik qadriyatlarni
singdirishdagi imkoniyatlari, obrazlar orqali ijtimoiy hayotga oid tasavvurlarni
boyitishdagi roli o‘rganiladi. Bolalar adabiyotida xalq og‘zaki ijodining bevosita va
bilvosita ifoda shakllari, stilistik xususiyatlari, obrazlar tizimi va kompozitsion
qurilishi ham tahlil etilib, ularning yosh o‘quvchilarda estetik didni shakllantirish,
milliy qadriyatlarni anglash va ongli xulq-atvorni tarbiyalashdagi samaradorligi ochib
beriladi. Mazkur yondashuv orqali bolalar adabiyotida folklor elementlarining
mustahkam estetik, ma’naviy, didaktik asosga ega ekani ko‘rsatib beriladi.

Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, folklor, ertak, topishmoq, maqol, xalq og‘zaki
ijodi, badiiy vosita, tarbiyaviy ahamiyat.

Abstract. This article examines the incorporation of Uzbek oral folklore – fairy
tales, riddles, proverbs, sayings, legends and epics, into children’s literature as an
artistic device and explores its aesthetic and educational value. Drawing on national
and international literary scholarship, contemporary pedagogical frameworks, and
empirical observations. The study identifies how fantastical imagery in tales and epics
nurtures imagination, how proverbs and riddles sharpen logical thinking, and how
ceremonial songs embed national values in young readers. The findings offer
methodological recommendations for authors and educators seeking to integrate
folklore‐based materials into modern educational contexts.

Keywords: children’s literature, folklore, fairy tale, riddle, proverb and saying,
ritual song, artistic device, educational value.

Аннотaция. В статье анализируется использование элементов устного
народного творчества – сказок, загадок, пословиц, поговорок, легенд и дастанов
в детской литературе Узбекистана как художественного средства, а также их
эстетическое и воспитательное значение. Исследование опирается на труды
отечественных и зарубежных литературоведов, современные педагогические
подходы и практические наблюдения. Особое внимание уделяется роли
сказочных и эпических образов в развитии воображения детей, пословиц и
загадок – в формировании логического мышления, а также обрядовых песен – в
приобщении к нaциональным ценностям. Полученные результаты служат
основой для выработки методических рекомендaций по созданию детской
литературы и её интегрaции в образовательный процесс.

Ключевые слова: детская литература, фольклор, сказка, загадка,
пословицы и поговорки, обрядовые песни, художественное средство,
воспитательное значение.

KIRISH
Bolalar adabiyoti har qanday xalqning ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida o‘rin
egallaydi. U yosh avlodni milliy an’ana va qadriyatlarga sodiqlik, insoniy fazilatlar va
axloqiy me’yorlar ruhida tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Ushbu
adabiyotning ildizlari esa bevosita xalq og‘zaki ijodining boy qatlamlariga borib
taqaladi. Ertaklar, maqollar, topishmoqlar, matallar, afsonalar singari folklor janrlari
bolalar uchun faqatgina bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish vositasi bo‘lib qolmay, balki
ularning ma’naviy-axloqiy, estetik va intellektual rivojlanishida muhim omil sifatida
namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, yozma adabiyotning shakllanishida xalq og‘zaki ijodi betakror badiiy
manba, ilhom va tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilgan. Bu jihat, ayniqsa, bolalar
adabiyotida yaqqol namoyon bo‘ladi, chunki aynan og‘zaki ijod mahsullari orqali bola
hayotiy voqealarni obrazlar, ramzlar va timsollar orqali anglaydi, dunyoni idrok etishni
o‘rganadi. Badiiy adabiyotning taraqqiyoti esa jamiyatning ijtimoiy, madaniy va
axloqiy rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu borada rus olimi V. G. Belinskiyning
“Adabiyot — hayotning in’ikosi, biroq uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxasi emas” degan
fikri adabiyotning ijtimoiy-tarbiyaviy mohiyatini chuqur yoritib beradi (Белинский
В.Г., 1955:64).
Inson shaxsining shakllanishida bolalik davri hal qiluvchi bosqich hisoblanadi.
Bolalikda egallangan axborot, tajriba va estetik tasavvurlar insonning butun hayoti
davomida uning fikrlash tarziga, axloqiy mezonlariga va ijtimoiy munosabatlariga

bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov
ta’kidlaganidek: “Bolalikda shuurga singdirilgan ona tiligina qalbni she’riyat bilan
sug‘orishi, insonda milliy g‘ururning ilk kurtaklarini uyg‘otishi va ajdodlar tilining
naqadar serqirra va sermazmun ekanligini anglatishi mumkin. Bolalik nafaqat quvnoq
davr, balki inson shaxsi shakllanishining ilk va eng muhim bosqichidir” (Айтматов Ч.,
1988:42).

Mazkur fikrdan kelib chiqilsa, bolalar adabiyotiga har bir millatning ma’naviyma’rifiy hayotida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida
qarash zarur. Bu adabiy tur orqali yosh avlodga milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar,
estetik dunyoqarash, badiiy did va til madaniyati singdiriladi. Ayniqsa, bolalar
tafakkurini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodining – folklorning tutgan o‘rni alohida
e’tiborga loyiqdir.

Folklor namunalari – ertaklar, maqollar, topishmoqlar, matallar, afsonalar –
o‘zida xalqning ko‘p asrlik tajribasi, donishmandligi, hayotiy kuzatuvchanligi, estetik
didi va axloqiy qarashlarini mujassamlashtiradi. Ular zamirida xalqning orzu-umid va
ezgu intilishlari, ijtimoiy munosabatlarga bo‘lgan baholari, hayotga bo‘lgan
munosabati aks etgan bo‘lib, bu bebaho ma’naviy meros og‘zaki shaklda avloddanavlodga o‘tib, milliy tafakkurni asrab-avaylab kelmoqda. Shunday ekan, bolalar
adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining o‘zaro bog‘liqligi ularning tarbiyaviy, estetik va
axloqiy ahamiyatini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Shunday qilib, bolalar adabiyotida xalq og‘zaki ijodining roli faqat tarixiy asos
emas, balki bugungi kunda ham amaliy-pedagogik, estetik va didaktik jihatdan dolzarb
ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-axloqiy tuyg‘ular, insonparvarlik, imon-e’tiqod,
to‘g‘riso‘zlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, kattalarga hurmat va
kichiklarga izzat kabi ezgu fazilatlar inson shaxsida tabiiy ravishda, o‘z-o‘zidan
shakllanmaydi. Bu xislatlarning shakllanishida tarbiyaning, milliy urf-odat va
an’analar negizida yotgan qadriyatlarning o‘rni beqiyosdir. Aynan shu nuqtayi
nazardan, bolalar adabiyoti yosh avlod tarbiyasining mustahkam poydevori sifatida
insoniy fazilatlarni kamol toptirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Turkiy xalqlar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy namunalari haqida ilk yozma
manbalardan biri - XI asr olimi Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”
asarida mufassal ma’lumot beriladi. Muallif ushbu nodir asarda V-XI asrlarga oid
turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan maqollar, afsonalar, qo‘shiqlar, hikmatli
so‘zlar va ertaklarning nafaqat til va madaniyat uchun, balki tarbiya uchun ham
muhimligini alohida ta’kidlaydi: “Men bu kitobni hikmatli so‘zlar, sajlar, maqollar,

qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim” (Қошғарий М.,
1960:35).

Xalq dostonlari va ertaklarida aks etgan fantastik obrazlar, ramziy tasvirlar va
dramatik voqealar bolalar tasavvur doirasini kengaytiradi, ularni badiiy idrok va
obrazli tafakkurga yo‘naltiradi. Ushbu jarayon bola shaxsiyatining shakllanishi, milliy
g‘urur va estetik didining kamol topishida bevosita rol o‘ynaydi. Bu fikrni mashhur
o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning o‘z xotiralariga asoslangan misralari ham
tasdiqlaydi: “Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda, Ko‘p ertak eshitardim, So‘zlab
berardi buvim…” (Ҳамид Олимжон. 1979:45)

O‘zbek adabiyotida bolalar uchun yozilgan asarlarda folklor unsurlaridan
foydalanish an’anasi XX asr boshlaridan boshlab jadal rivojlana boshlagan. Abdulla
Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon kabi yozuvchilarning bolalar uchun yozgan
hikoya, she’r va ertaklarida xalq og‘zaki ijodi elementlari yaqqol seziladi. Bugungi
kunda ham bolalar adabiyoti bilan shug‘ullanayotgan ko‘plab adiblar – Xurshid
Davron, H. Zohidov, Erkin Vohidov kabi ijodkorlar asarlarida folklor unsurlarini
zamonaviy uslubda qayta talqin etmoqdalar.

Jahon adabiyotshunosligi va pedagogik tafakkurida bolalar folklorining ilmiynazariy tadqiqi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllana boshladi. Bu borada
rus pedagogikasi va folklorshunosligi tarixida muhim o‘rin egallagan atoqli olim va
o‘qituvchi K. D. Ushinskiy bolalar folkloriga birinchi bo‘lib jiddiy ilmiy e’tibor
qaratgan tadqiqotchilardan biridir. P. Bessonov tomonidan 1868-yilda chop etilgan
“Bolalar qo‘shiqlari” to‘plami bu boradagi ilk muhim nashrlardan biri hisoblanadi
(Бессонов П. A., 1868:180). Keyingi yillarda E. A. Pokrovskiy (1887) va P. V. Shein
(1898) tomonidan nashr etilgan bolalar folkloriga oid to‘plamlar mazkur sohaning
metodik va nazariy asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

G.Jahongirovning «O‘zbek bolalar folklori» (1975), shuningdek, O.Safarovning
«Bolalarni erkalovchi o‘zbek xalq qo‘shiqlari» (1983), «O‘zbek bolalar poetik
folklori» (1985), «Alla-yo alla» (1999), «Chittigul» (2004), Sh.Galievning «O‘zbek
bolalar o‘yin folklori» (1998) singari tadqiqotlari bilan bolalar folklori yanada boyidi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqolada tahliliy-deskriptiv uslub asosida tadqiqot olib borildi. Unda
o‘zbek va jahon adabiyotshunosligi sohasidagi ilg‘or nazariy manbalar, zamonaviy
ilmiy yondashuvlar asosida folklor unsurlarining bolalar adabiyotidagi badiiy
ifodalanishi, funksional xususiyatlari hamda tarixiy-evolyutsion rivojlanish
yo‘nalishlari o‘rganildi. Shu bilan birga, xalq og‘zaki ijodining o‘quv-tarbiyaviy
jarayonga integratsiyalashuvi, ya’ni folklor janrlarini ta’limda samarali qo‘llash
imkoniyatlari ham zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tahlil etildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbek xalqining bebaho og‘zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar,
matallar, afsonalar va dostonlar – yosh avlodning dunyoqarashi, estetik didi, shaxsiy
va ijtimoiy fazilatlarini shakllantirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Har bir
folklor janri o‘ziga xos tarbiyaviy yuklama, badiiy ifoda vositalari va axloqiy-estetik
g‘oyalarni mujassam etgan bo‘lib, ularning har biri bola shaxsining kamol topishiga
o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, ertaklar orqali bolalarda milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar, odamlar
muomala va ijtimoiy munosabatlar haqidagi tasavvurlar shakllanadi. Ular orqaligina
bola yaxshilik va yomonlik, halollik va xiyonat, mardlik va qo‘rqoqchilik,
mehnatsevarlik va dangasalik kabi qarama-qarshi tushunchalarni idrok eta boshlaydi.
Topishmoqlar esa bolaning zakovati, mantiqiy tafakkuri, kuzatuvchanlik va
muammoga yechim topish qobiliyatini rivojlantiradi. Maqollar esa ajdodlarimizning
hayotiy tajribasi, axloqiy qarashlari va hayotga oid donishmandona xulosalari asosida
bola ongida to‘g‘ri yo‘lni tanlash, muayyan vaziyatlarga nisbatan aniq pozitsiya
egallashga yo‘naltiradi. Bu jihatdan maqollar bolalik davridan boshlab inson uchun
yo‘l-yo‘riq beruvchi murabbiy vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, folklor janrlari bolalar adabiyotining tarkibiy qismi bo‘lishi bilan
birga, ularning ruhiy-axloqiy, estetik va intellektual rivojlanishida asosiy omillardan
biri hisoblanadi. Ular bolaga nafaqat badiiy zavq bag‘ishlaydi, balki mustahkam
axloqiy poydevor, milliy g‘urur va ongli ijtimoiy pozitsiyani shakllantirishda muhim
tarbiyaviy funksiyani ham bajaradi. Shu sababli, bolalar adabiyotida folklor unsurlarini
o‘rganish va ulardan to‘g‘ri foydalanish zamonaviy tarbiya tizimining ajralmas tarkibiy
qismi bo‘lib qolmoqda.
O‘rganilgan materiallar asosida bolalar adabiyotida folklor unsurlarining
funksional, estetik va pedagogik ahamiyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha
umumlashtirish mumkin:
Folklorning tarbiyaviy funksiyasi. Ertaklar orqali bolalarda yaxshilik va
yomonlik, mardlik va qo‘rqoqchilik, halollik va xiyonat kabi asosiy axloqiy mezonlarni
ajrata olish ko‘nikmasi shakllanadi. Topishmoqlar bolaning tafakkurini charxlash,
mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqollar esa hayotiy tajriba asosida
lo‘nda, mazmunli pand-nasihatlar berib, axloqiy qaror qabul qilishga yordam beradi.
Folklorning estetik va badiiy ta’siri. Xalq og‘zaki ijodi vositalari – fantastik
obrazlar, ramziy ifodalar, poetik ritm va obrazli til vositalari orqali bolalarda badiiy did
va estetik dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu holat ularning adabiyotga
bo‘lgan qiziqishi va ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi.

Zamonaviy adabiyotdagi aks sado. A.Qodiriy, G‘.G‘ulom, H.Olimjon kabi o‘zbek
adabiyotining klassik namoyandalari hamda Xurshid Davron, Erkin Vohidov kabi
zamonaviy ijodkorlarning asarlarida xalq og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan ifoda vositalari
va ramziy obrazlar yangi badiiy talqinlarda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa folklorning
zamonaviy adabiyot bilan uzviy bog‘liqligini tasdiqlaydi.

Jahon adabiy-madaniy tajribasi. K.D. Ushinskiy, P. Bessonov, E.A. Pokrovskiy
kabi mashhur olimlar tomonidan Rossiya va Yevropa bolalar folklori bo‘yicha olib
borilgan tadqiqotlar folklor bilan bola psixologiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilmiy
jihatdan asoslab bergan. Bu tajribalar xalq ijodining global didaktik ahamiyatini ochib
beradi.

Mahalliy o‘ziga xoslik va mintaqaviy an’analar. O‘zbek xalqining turli
hududlarida saqlanib qolgan ramazon qo‘shiqlari, o‘yin kuylari, xalqona sayllar va
mavsumiy marosimlar bolalar ongiga qadriyatlarni singdirishda bevosita vosita bo‘lib
xizmat qilmoqda. Bu unsurlar yosh avlodni o‘z tarixiga, tiliga va madaniyatiga hurmat
ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Yuqoridagi holatlar bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotda folklor
unsurlaridan keng va muvaffaqiyatli foydalanib kelinganini, bu esa asrlar davomida
o‘z samarasini berib kelayotganini yaqqol tasdiqlaydi. Folklor – bu nafaqat badiiy zavq
manbai, balki komil inson tarbiyasining bebaho pedagogik vositasidir.

O‘zbekiston xalq og‘zaki ijodi bolalar adabiyotining shakllanishi va taraqqiyotida
asosiy manba, mustahkam poydevor vazifasini bajarib kelmoqda. Ayniqsa, xalq
ijodiga mansub ertak, topishmoq, maqol, matal, doston va afsona kabi janrlar orqali
bola shaxsining ma’naviy-axloqiy, estetik va kognitiv jihatdan kamol topishiga
samarali ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bugungi kunda aynan maktabgacha va boshlang‘ich
ta’lim tizimida ushbu folklor unsurlaridan foydalanish orqali bolalarda milliy tafakkur,
estetik sezgi, mustaqil fikrlash va obrazli idrok ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda.

Zamonaviy o‘qituvchilar uchun folklor janrlari nafaqat boy ma’naviy meros, balki
metodik resurs sifatida ham juda katta imkoniyatlar ochadi. Ular o‘z ta’lim-tarbiya
jarayonlarida og‘zaki ijodiy materiallarni faol qo‘llash orqali nafaqat fan o‘qitish, balki
bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashda ham muhim natijalarga erishadilar. Bu borada
folklor didaktikasi, ya’ni xalq ijodining tarbiyaviy funksiyasidan samarali foydalanish
masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Turkiy xalqlar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy namunalari haqida ilk yozma
manbalardan biri – XI asr olimi Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”
asarida mufassal ma’lumot beriladi. Muallif ushbu nodir asarda V-XI asrlarga oid
turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan maqollar, afsonalar, qo‘shiqlar, hikmatli
so‘zlar va ertaklarning nafaqat til va madaniyat uchun, balki tarbiya uchun ham
muhimligini alohida ta’kidlaydi: “Men bu kitobni hikmatli so‘zlar, sajlar, maqollar,

qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim”,(Маҳмуд
Қошғарий, 1960:35) deb yozadi Mahmud Qoshg‘ariy. Bu yondashuvdan ko‘rinadiki,
xalq ijodi qadimdan bolalarning ongini shakllantirish, ularni milliy ruhda tarbiyalashda
beqiyos vosita bo‘lib kelgan.

Xalq dostonlari va ertaklarida aks etgan fantastik obrazlar, ramziy tasvirlar va
dramatik voqealar bolalar tasavvur doirasini kengaytiradi, ularni badiiy idrok va
obrazli tafakkurga yo‘naltiradi. Ushbu jarayon bola shaxsiyatining shakllanishi, milliy
g‘urur va estetik didining kamol topishida bevosita rol o‘ynaydi. Bu fikrni mashhur
o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning o‘z xotiralariga asoslangan misralari ham
tasdiqlaydi:

“Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko‘p ertak eshitardim,
So‘zlab berardi buvim…”(Ҳамид Олимжон. 1979:45)

Shoirning bu dil so‘zlari uning bolalik xotiralaridagi ertaklarning o‘chmas iz
qoldirganini va ijodiy kamolotiga asos bo‘lganini ko‘rsatadi. Demak, ertak, maqol,
matal va dostonlar kabi folklor janrlarining bola ruhiy dunyosiga, dunyoni anglashiga,
o‘zligini tanishiga, ijodiy tafakkur va til madaniyatining shakllanishiga ta’siri chuqur
va ko‘p qirrali bo‘lib, ularni bolalar adabiyotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida
o‘rganish dolzarb ilmiy masaladir.

O‘zbek adabiyotida bolalar uchun yozilgan asarlarda folklor unsurlaridan
foydalanish an’anasi XX asr boshlaridan boshlab jadal rivojlana boshlagan. Abdulla
Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon kabi yozuvchilarning bolalar uchun yozgan
hikoya, she’r va ertaklarida xalq og‘zaki ijodi elementlari yaqqol seziladi. Bugungi
kunda ham bolalar adabiyoti bilan shug‘ullanayotgan ko‘plab adiblar – Xurshid
Davron, H. Zohidov, Erkin Vohidov kabi ijodkorlar asarlarida folklor unsurlarini
zamonaviy uslubda qayta talqin etmoqdalar.

Maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun
yozilayotgan adabiyotlarda folklor janrlaridan foydalanish, ularni badiiy asarlar
tarkibida aks ettirish metodik jihatdan ham dolzarb hisoblanadi. O‘qituvchilar va
tarbiyachilar tomonidan bu asarlardan dars jarayonida to‘g‘ri foydalanish bolalar
tafakkurining rivojlanishiga, ularning milliy ong va o‘zligini anglashiga xizmat qiladi.

Shu sababli, mazkur maqolada bolalar adabiyotida folklor unsurlarining ifodasi,
ularning badiiy funksiyasi va tarbiyaviy imkoniyatlari nazariy va amaliy jihatdan
o‘rganiladi. Maqolada, shuningdek, zamonaviy bolalar adabiyotida folklor
elementlarining qo‘llanish tendensiyalari va ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
masalalariga ham e’tibor qaratiladi.

G.Jahongirovning “O‘zbek bolalar folklori” (1975), shuningdek, O.Safarovning
“Bolalarni erkalovchi o‘zbek xalq qo‘shiqlari” (1983), “O‘zbek bolalar poetik folklori”
(1985), “Alla-yo alla” (1999), “Chittigul” (2004), Sh.Galievning “O‘zbek bolalar o‘yin
folklori” (1998) singari tadqiqotlari bilan bolalar folklori yanada boyidi.

Jahon adabiyotshunosligi va pedagogik tafakkurida bolalar folklorining ilmiynazariy tadqiqi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllana boshladi. Bu borada
rus pedagogikasi va folklorshunosligi tarixida muhim o‘rin egallagan atoqli olim va
o‘qituvchi K. D. Ushinskiy bolalar folkloriga birinchi bo‘lib jiddiy ilmiy e’tibor
qaratgan tadqiqotchilardan biridir. Uning pedagogik konsepsiyasida bolalar uchun
mo‘ljallangan xalq og‘zaki ijodi namunalarining bola psixologiyasi va fiziologiyasi
bilan bog‘liq holda o‘rganilishi ilgari surilgan.

P. Bessonov tomonidan 1868-yilda chop etilgan “Bolalar qo‘shiqlari” to‘plami bu
boradagi ilk muhim nashrlardan biri hisoblanadi. (Бессонов П. А., 1868:180). Mazkur
to‘plamda 19 ta xalq o‘yini va 23 ta sanoq she’riy shakllari qo‘shiq matnlari bilan birga
jamlangan bo‘lib, bolalar og‘zaki ijodining janr turlari va funksional xususiyatlari
yoritilgan. Keyingi yillarda E. A. Pokrovskiy va P. V. Shein tomonidan nashr etilgan
bolalar folkloriga oid to‘plamlar mazkur sohaning metodik va nazariy asoslarini
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. (Покровский Е. А., 1887; Шейн П. В.,
1898). Aynan shu nashrlar keyinchalik folklorshunoslikdagi ilmiy konsepsiyalarga
tayanch bo‘ldi. 1921-yilda Rossiya geografiya jamiyati (RGS) huzurida bolalar
folklori, kundalik hayoti va tili masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya
tashkil etildi. Bu tashabbus bolalar ijodining ijtimoiy, madaniy va tilshunoslik
jihatlarini chuqurroq o‘rganishga zamin yaratdi.1920-yillarda G. S. Vinogradov
tomonidan taklif qilingan bolalar folklorining birinchi tadqiqotlari va atamaning o‘zi
paydo bo‘ldi. 1960-yillardan beri Sibir rus bolalar folklorini M. N. Melnikov
o‘rgangan.

Bolalar folklori ijtimoiy muhit o‘zgarishi bilan o‘zgara bordi. Bolalarning
dunyoqarashi va fikrlash doirasi ularning fe’l-atvoriga o‘zining ta’sirini o‘tkazdi.
Bolalar tomonidan bugungi kunga qadar saqlanib qolgan turli xil qo‘shiqlar orasida
Ramazon qo‘shiqlarining o‘rni o‘zgachadir. Ramazon qo‘shiqlari shaharda va
qishloqda turli xilda kuylanadi. Shahar joylarida ramazon qo‘shiqlari ro‘zaning
birinchi kunidan boshlab, kuylansa, qishloqlarda esa, uch kun o‘tib eshikma-eshik
yurib quyidagicha kuylanadi:

Ro‘zani uch kun tutib keldik, mana,
Ro‘zaning zakotini bering qani.
Ro‘zada so‘ygan qo‘yning go‘shi qani?
Go‘shini olib chiqing hali-hali.

Yigitlar pichoq olib o‘ynagani,
Yigitlarning pichoqlari tilla ekan,
Shu uyning egalari mulla ekan.

Har bir mintaqaning bolalari tomonidan kuylanadigan o‘ziga xos xalq qo‘shiqlari
mavjud bo‘lib, ular o‘zida asrlar davomida shakllangan an’anaviy qadriyatlarni,
mahalliy urf-odatlar va marosim madaniyatini mujassam etadi. Bunday qo‘shiqlar
bolalar folklorining muhim turlaridan biri bo‘lib, nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi,
balki milliy madaniyatni uzviy saqlash va avloddan-avlodga o‘tkazishda vosita sifatida
xizmat qiladi.

Yuqorida tilga olingan ramazon qo‘shig‘i ham aynan voha madaniyatiga xos
bo‘lgan, Shahrisabz mintaqasida bolalar tomonidan Ramazon oyida ijro etiladigan
og‘zaki ijod namunalaridan biridir. Bu qo‘shiq shakli, ritmi, mazmuni va poetik
obrazlari bilan o‘zbek bolalar folklorining hududiy xususiyatlarini yorqin namoyon
etadi.

Adabiy matnlarda ham bunday mahalliy o‘ziga xosliklar, ya’ni mintaqaviy folklor
unsurlari aks etganini kuzatish mumkin. Ular o‘zbek bolalar adabiyotining umumiy
mazmuniy va estetik doirasini boyitadi, milliy identitetni shakllantirishda beqiyos rol
o‘ynaydi. Shu bois, bolalar uchun yaratilayotgan adabiy asarlarda bunday qo‘shiqlar,
o‘yinlar, urf-odatlarga asoslangan obrazlar, mavzular va tildagi regionallik elementlari
muhim stilistik va madaniy komponent sifatida qaraladi.

Bolalarning o‘yin bilan bog‘liq qo‘shiqlarida ham folklor uyg‘unligi borligini
kuzatamiz. “Besh tosh”, “Yakkam-dukkam”, “Ko‘k terak” o‘yinlarida kuylangan har
bir qo‘shiqda o‘ziga xos majoziy ritm bilan o‘ziga tortishlikni kuzatamiz. “Ko‘k terak”
o‘yinida bolalarcha beg‘uborlik quyidagicha ifodalanadi:

Oq terakmi ko‘k terak,
Bizdan sizga kim kerak?

Shu ikki jumlaning o‘ziyoq milliy an’analarni o‘ziga singdirgan. Kattalar
tomonidan bolalarga ushbu qo‘shiqlar yetkazilgan va og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan
(Хайдаров, Ш. 2004:65-67, М. Жўраев., 1988:210-213).

Tadqiqotdan ko‘rinib turibdiki, folklor unsurlarini to‘g‘ri tanlab, ta’limiy
maqsadlarda qo‘llash bugungi kunning pedagogik ehtiyojlariga to‘la javob beradi. Shu
bilan birga, mavjud folklor namunalarini tizimli tarzda jamlash, zamonaviy adabiy
uslubda qayta ishlash va darsliklarga integratsiya qilish zarurdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xalq ijodiyoti mislsiz bir ummondir. Har bir topilgan matnni muallifsiz ekanligi,
joyi va vaqti nomalumligi ijodiy jarayonni orqaga sura olmaydi. Bolalar adabiyotida

folklor unsurlarining o‘rni beqiyos. Ular orqali bolalarning ma’naviy olami boyiydi,
milliy qadriyatlar bilan tanishadi va tafakkur jihatdan yetuklik sari qadam qo‘yadi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarining bugungi bolalar adabiyotida qo‘llanishi ijobiy
natijalar bermoqda va bu yo‘nalishda ilmiy-metodik ishlarni davom ettirish zarurligini
anglatadi.

Ushbu tadqiqot natijasida quyidagi tavsiyalarni berish mumkin bo‘ladi:
1. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim darsliklariga folklor namunalarini
kengroq kiritish.
2. Zamonaviy adiblar uchun folklor talqini bo‘yicha seminarlar tashkil etish.
3. Bolalar folklorini raqamli platformalarda arxivlash va ommalashtirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Айтматов Чингиз. (1988) Болалик ва она тили ҳақидаги фикрлар. –
Тошкент: Ёзувчи.
2. Фитрат А. (1927) Энг эски турк адабиёти намуналари. – Самарқанд.
3. Жаҳонгиров Ф. (1975) Ўзбек болалар фольклори. – Тошкент.
4. Жумабоев М. (2002) Ўзбек болалар адабиёти. – Tошкент: Ўқитувчи.
5. Жумабоев М. (2006) Болалар адабиёти ва фолклор. – Tошкент:
Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси Адабиёт жамғармаси нашриёти.
6. Маҳмуд Қошғарий (1960) Девону луғотит турк. Уч томлик. I, II, III
томлар. – Тошкент: Фан.
7. Masharipova Z. (2008) O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent. 150 bet.
8. Mirzaaliyev I. (2020) Qadimgi turkiy maqollar semantikasi va stilistikasi. –
Toshkent.
9. Мирзаев Т. ва б. (1990) Ўзбек халқ поэтик ижоди. – Tошкент: Ўқитувчи.
10. Ҳамид Олимжон. (1975) Болалик хотиралари. – Tошкент: Ўзбекистон.
11. Қодирий Ғулом Ғафур, Ҳамид Олимжон, Даврон Хуршид, Зоҳидов
Ҳикмат, Воҳидов Э. (2000) Ўзбек болалар адабиёти тарихи ва фольклори. –
Tошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт.
12. Суюмов A. (1962) Кичкинтойлар адабиёти. – Tошкент.
13. Ўзбек болалар антологияси. (2006) Шеърият. 1-қисм.– Tошкент; Шарқ.
14. Ўзбек болалар антологияси. (2006) Наср. 2-қисм.– Tошкент; Шарқ.

REFERENCES:
1. Aytmatov Chingiz. (1988) Bolalik va ona tili haqidagi fikrlar. –Toshkent: Yozuvchi.
(In Uzbek)
2. Fitrat A. (1927) Eng eski turk adabiyoti namunalari. – Samarqand. (In Uzbek)
3. Jahongirov F. (1975) O‘zbek bolalar folklori. – Toshkent. (In Uzbek)
4.Jumaboyev M. (2002) O‘zbek bolalar adabiyoti. – Toshkent: O‘qituvchi. (In Uzbek)

5.Jumaboyev M. (2006) Bolalar adabiyoti va folklor. – Toshkent: O‘zbekiston
yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. (In Uzbek)
6. Mahmud Qoshg‘ariy (1960) Devonu lug‘otit turk. Uch tomlik. I, II, III tomlar. –
Toshkent; Fan. (In Uzbek)
7. Masharipova Z. (2008) O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent. 150 bet. (In Uzbek)
8.Mirzaaliyev I. (2020) Qadimgi turkiy maqollar semantikasi va stilistikasi. –Toshkent.
(In Uzbek)
9. Mirzayev T. va b. (1990) O‘zbek xalq poetik ijodi. – Toshkent; O‘qituvchi. (In
Uzbek)
10. Hamid Olimjon. (1975) Bolalik xotiralari. – Toshkent; O‘zbekiston. (In Uzbek)
11. Qodiriy G‘ulom G‘afur, Hamid Olimjon, Davron Xurshid, Zohidov Hikmat,
Vohidov E. (2000) O‘zbek bolalar adabiyoti tarixi va folklori. – Toshkent; G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot. (In Uzbek)
12. Suyumov A. (1962) Kichkintoylar adabiyoti. – Toshkent. (In Uzbek)
14. O‘zbek bolalar antologiyasi. (2006) She’riyat. 1-qism.– Toshkent; Sharq. (In
Uzbek)
15. O‘zbek bolalar antologiyasi. (2006) Nasr. 2-qism.– Toshkent; Sharq. (In Uzbek)