ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Inglizzabon tadqiqotlarda XIX asr Xorazm turkiy adabiy manbalari

Adambayeva Nargiza Kadambayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INGLIZZABON TADQIQOTLARDA XIX ASR XORAZM TURKIY

ADABIY MANBALARI

19TH-CENTURY KHOREZMIAN TURKI LITERARY SOURCES IN
ANGLOPHONE SCHOLARSHIP

ХОРЕЗМИЙСКИЕ ТЮРКСКИЕ ЛИТЕРАТУРНЫЕ ИСТОЧНИКИ
XIX ВЕКА В АНГЛОЯЗЫЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЯХ
https://zenodo.org/records/19260339
Adambayeva Nargiza Kadambayevna
Tillar-2 kafedrasi dotsenti,
Tel.: +998 91-424-51-15
E-mail: mumtaz1980@mail.ru

Annotatsiya. Xorijiy turkologiyada XIX asr Xorazm turkiy adabiy-tarixiy
manbalariga qiziqish XIX asr o’rtalaridan boshlanadi. A.Vambery 1863-yildagi Xiva
safarida Ogahiy ijodi va Xorazm adabiy muhiti bilan tanishib, she’rlarini tarjima qilish
niyatini bildirgan birinchi g’arbiy olim bo’ldi. Maqolada inglizzabon tadqiqotchilar
orasida ushbu manbalarni eng chuqur o’rgangan Yuri Bregel (1925-2016) faoliyatiga
alohida e’tibor qaratiladi. Bregel 1988-yilda “Firdavs ul-iqbol” asarining ilmiytanqidiy matnini, 1999-yilda esa to’liq inglizcha tarjimasini nashr etib, Xorazm tarixiy
adabiyotini jahon sharqshunosligiga keng ochdi. Shuningdek, Benedek Perining
Haydar Xorazmiy “Maxzan ul-asror” asarining Budapesht qo’lyozmasi asosidagi
2020-yilgi inglizcha nashri ham qisqacha tahlil qilinadi. Maqola Xorazm turkiy
manbalarining inglizzabon ilmiy adabiyotda qabul qilinishi va tarjima tarixini yoritadi.

Kalit so’zlar: turkologiya, tarixiy – adabiy manba, “Firdavs ul-iqbol”,
“Maxzanul-asror”, Yu.Bregel, qo’lyozma, Xiva xonligi, Ogahiy, Munis.

Abstract. Interest in 19th-century Khorezmian Turki literary-historical sources in
Western Turkology began in the mid-19th century. Arminius Vámbéry, during his
1863 journey to Khiva, was the first European scholar to become acquainted with the
literary milieu of Khorezm and the works of Ogahiy, expressing his intention to
translate the poet’s verses. The article focuses primarily on the contribution of Yuri
Bregel (1925-2016), the Anglophone scholar who studied these sources most
profoundly. In 1988 Bregel published the critical edition of “Firdavs ul-iqbol”,
followed by its complete English translation in 1999, thereby making Khorezmian
historical literature widely accessible to international scholarship. The 2020 English
edition and translation by Benedek Peri of Haydar Khorezmi’s “Makhzan al-asrar”
(based on the Budapest manuscript) is also briefly analysed. The study illuminates the
reception and translation history of 19th-century Khorezmian Turki sources in Englishlanguage academic literature.

Keywords: Turkology, historical and literary source, "Firdaus ul-iqbal",

"Makhzanul-asror", J. Bruegel, manuscript, Khiva Khanate, Ogahiy, Munis.

Аннотация. Интерес зарубежной тюркологии к хорезмийским тюркским

литературно-историческим источникам XIX в. начинается со второй половины

XIX века. Арминий Вамбери во время путешествия в Хиву в 1863 г. первым из

европейских учёных познакомился с литературной средой Хорезма и

творчеством Огахи, выразив намерение перевести его стихи. Статья уделяет

основное внимание деятельности Юрия Брегеля (1925-2016) – англоязычного

исследователя, наиболее глубоко изучавшего эти источники. В 1988 г. он

опубликовал научно-критическое издание «Фирдавс ул-икбал», а в 1999 г. –

полный английский перевод, открыв хорезмийскую историческую литературу

мировой науке. Кратко анализируется также изданный в 2020 г. Бенедеком Пери

английский перевод «Махзан аль-асрар» Хайдара Хорезми по будапештской

рукописи. Работа освещает историю восприятия и перевода хорезмийско-

тюркских источников XIX века в англоязычной научной литературе.

Ключевые слова: тюркология, историко-литературный источник,

«Фирдаус уль-икбал», «Махзанул-асрор», И. Брейгель, рукопись, Хивинское

ханство, Огахий, Мунис.

KIRISH
Inglizzabon adabiyotshunosligida Devin Devis, Ron Sela, Vilyam Vud, Paolo
Stori, Yurgen Paul, Valter Xenning, Micheli Minardi, Benedik Peri kabi olimlar
Xorazm tarixi va qisman adabiyoti bilan ham qiziqishgan. Xususan, Devin Devis
sufiylik maqomiga oid tadqiqotlaridan birida Xorazmlik shoir Xusayn Xorazmiy
haqida ham ma’lumotlar keltirgan.
Benedik Peri, vengriyalik olim, Haydar Xorazmiyning “Maxzanul-asror” asarini
oʻrgangan. Haydar Xorazmiy (XV asr) – turkiy va forsiy tilda she’rlar bitgan, Nizomiy
Ganjaviyning “Maxzanul-asror” asariga monand “Maxzanul-asror” nomi bilan turkiy
tilda javob yozgan taniqli shoir boʻlgan. Benedik Peri asarning Vengriya fanlar
akademiyasida saqlanayotgan qoʻlyozma nusxasi asosida uning ingliz tiliga tarjimasini
amalga oshiradi va 2020-yilda nashr qildiradi. “Maxzanul-asror” asarining Budapesht
qoʻlyozmasi asosidagi ushbu nashr ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qism
qoʻlyozmada mavjud rasmlar hamda matn transkripsiyasini, ikkinchi qism asarning
ingliz tiliga tarjimasini qamrab oladi (Xalliyeva G., 2000:24).

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Benedik Peri asarning London, Parij, Vena, Qozon, Oʻzbekiston kutubxonalarida
qoʻlyozma va foto nusxalarini qiyoslash asosida muhim ilmiy-nazariy xulosalarga
keladi. Olimning ushbu tadqiqoti orqali Haydar Xorazmiyning ijodi xorij

turkologiyasida, Xorazm shoirlari orasida eng koʻp oʻrganilganligining guvohi

boʻlamiz. Adabiyotshunos E.Rustamovning ta’kidlashicha, ushbu asar italyan olimlari

A.Bombachi va Ettore Rossi tomonidan ham oʻrganilgan. Benedek Perining xabar

berishicha, “Maxzanul-asror” asarining birinchi tanqidiy nashrini 2008-yilda, turk

olimi Avni Gozutok (1954-2020), beshta qoʻlyozma nusxa asosida amalga oshirgan,

ammo u asarning Yevropada saqlanayotgan nusxalarini koʻrmagan. Benedek Peri

yaqin kelajakda asarning barcha qoʻlyozma nusxalari asosida ilmiy-tanqidiy matnni

yaratish istagi borligini ma’lum qiladi. Ammo olim oʻz tadqiqotida bu borada

Oʻzbekistonda olib borilgan ilmiy ishlarga toʻxtalmaydi. Adabiyotshunos

N.Mallayevning ta’kidlashicha, Haydar Xorazmiy ijodi A.Abdugʻafurov,

B.Valixoʻjayev, E.Rustamov, J.Sharipov, A.Hayitmetov tomonidan oʻrganilgan.

Oʻzbek olimi N.Abdullaev esa asarni Nizomiy dostoni bilan chogʻishtirib maxsus

tadqiqot (nomzodlik dissertatsiyasi) ham olib borgan (Vamberi A., 1864:347).

Xorazm turkiy tarixiy-adabiy manbalarini jiddiy oʻrgangan xorijlik olim

Yu.Bregel hisoblanadi. Biz bu oʻrinda dissertatsiya hajmini e’tiborga olib, aynan uning

ilmiy ishlariga kengroq toʻxtalishni lozim topdik.

Yuriy Enoxovich Bregel (1925-2016) - amerikalik tarixchi, sharqshunos olim,

Oʻrta Osiyo tarixi, madaniyati va adabiyotiga bagʻishlangan bir qancha monografiyalar

muallifi. Xorazm adabiy muhiti, jumladan, tarixiy adabiy asarlari borasida ham

ahamiyatga

molik ilmiy ishlari mavjud. Jumladan, Munis va Ogahiy birgalikda yaratgan

“Firdavs ul-iqbol”, Bobojon Sanoyining – “Tavorixi Xorazmshohiya” asarlarini jiddiy

oʻrgangan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotning maqsadi – inglizzabon ilmiy muhitda XIX asr Xorazm turkiy
(xorazmiy-chigʻatoy) adabiy-tarixiy manbalarining qabul qilinishi, tarjima qilinishi va
talqin etilish jarayonini aniqlash hamda ularning jahon sharqshunosligidagi oʻrnini
baholashdan iborat bo’lib, XIX asr Xorazm adabiy manbalariga boʻlgan qiziqishning
paydo boʻlish bosqichlarini (Vambery → Bartold → sovet sharqshunosligi → Bregel
→ zamonaviy inglizzabon olimlar) xronologik tartibda kuzatish orqali gʻarbiy
tadqiqotlardagi uzluksizlik va uzviylikni aniqlash imkonini berdi.

TAHLIL VA NATIJALAR
XIX asr Xorazm turkiy, adabiy-tarixiy manbalari oʻzbek mumtoz adabiyotining
hali toʻliq oʻrganilmagan jihatlaridan biridir. Bu eng avvalo koʻpgina asarlarning hali
ham qoʻlyozma holida ekanligi, tabdil qilinmagani, ilmiy-tanqidiy matnlar
yetishmasligi bilan ham belgilanadi. Munis va Ogahiy qalamiga mansub “Firdavs ul-

iqbol” asari ana shunday, filologik jihatdan kam oʻrganilgan, ammo katta ahamiyatga

ega asarlardan biridir.

“Firdavs ul-iqbol” asari tarixiy-badiiy asarlar sirasiga kiradi. Chunki unda tarixiy

voqealar bayonini yanada qiziqarliroq yetkazish maqsadida bir qancha she’rlar,

rivoyatlar, maqol va matallar keltirilgan. Bu asarni tarixiy-badiiy manba sifatida

oʻrganishga toʻla asos beradi.

Asarni shoir, tarixchi tarjimon Munis boshlab bergan boʻlsa, uning jiyani, iqtidorli

shoir va davlat arbobi Ogahiy davom ettirgan. “Firdavs ul-iqbol” asarida qadim

davrlardan tortib, 1825-yilgacha boʻlgan Xorazm tarixi bilan bogʻliq voqealar tarixiy-

badiiy shaklda juda qiziqarli yoritilgan. Asarning bebaho qimmati haqida oʻzbek va

xorij ilm-fanida juda koʻplab fikrlar bildirilgan. “Firdavs ul-iqbol” asarining tarix

ilmidagi ahamiyati shundaki, unda Xorazmning qadim davridan boshlab, Muhammad

Rahimxon I (1806-1825yy.) davrigacha boʻlgan siyosiy tarixi xronologik tartibda

bayon etiladi. Munis qadim zamonlardan boshlab Abulgʻozixon davrigacha Xorazmda

boʻlgan voqealarni bayon etarkan, Abulgʻozi davridagi Xiva va Buxoro xonliklarining

oʻzaro munosabatlariga ham toʻxtalib oʻtgan. Shuningdek, asarda XVIII asr va XIX

asrning birinchi choragi, ya’ni Qoʻngʻirot sulolasi vakillarining Muhammadamin inoq

(1755-1790), Avaz inoq (1790-1804), Eltuzarxon (1804-1806) va Muhammad

Rahimxon I (1806-1825)larning Xorazmda hukmronlik qilgan yillaridagi tarixiy

voqealar bayon qilingan, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga doir ayrim ma’lumotlar ham

berilgan (Gʻanixoʻjaev F.,1998:25-30).

Munis “Firdavs ul-iqbol”ning muqaddimasida Eltuzarxon oʻz otasi Avaz

Inoqning oʻrniga Xiva xoni sharafiga muyassar boʻlgach, avvalboshda Xiva qoziligiga

uzoq vaqt aralasha olmaganligi va bu uni chuqur qaygʻuga solganligi haqida aytib

oʻtadi. Ammo kunlarning birida uni qozilikka taklif qilishadi va Eltuzarxon bilan

uchrashtirishadi, xon esa, oʻz navbatida Munisga oʻz hukmronlik yillari haqida kitob

yozishni topshiradi. Xon Munisga, shuningdek, bu jadal hayotda inson umrining asosiy

mazmuni oʻz nomini abadiylashtirish ekanligi va bunga baland binolar qurish yoki oʻz

ortidan koʻplab zurriyotlar qoldirish bilan emas, aynan, soʻz qudrati yordamida

erishajagini ta’kidlaydi. Shuning uchun ham, Xon Munisga oʻzining ham nasrda, ham

nazmda beqiyos uslubiyati bilan ajralib turuvchi bir kitob yozishni buyuradi, chunki

xon oʻzining ulugʻ silsilasi va ajdodlarining nomi, shuningdek, buyuk sifatlari-yu

shonli gʻalabalari tarix zarvaraqlaridan abadiy joy olishini xohlaydi.

1988-yilda amerikalik olim Yu.Bregel Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol”

asarining izohlar bilan ilmiy-tanqidiy matnini, oʻn yillik tanaffusdan keyin, 1999-yilda

esa ingliz tiliga tarjimasini nashr qildiradi. Asarning tili arabiy va forsiy iboralarga boy

boʻlgani va oʻziga xos sharqona usulda yaratilgani bois, ingliz tiliga tarjimasi oson

kechmagan. Yu.Bregel bu borada koʻplab olimlar bilan bamaslahat ish olib borgani,

jumladan, doktor Oleg Akimushkin (Rossiya fanlar akademiyasi Sharqshunoslik

institutining Sankt-Peterburg filiali), professor Robert Dankoff (Chikago universiteti),

doktor Irina Viktorovna Erofeeva (Tarix va etnografiya instituti, Olma-ota), professor

Boris Litvinskiy (Sharqshunoslik instituti, Moskva), Aleksandr Naymark (Indiana

universiteti), doktor Benno van Dalen (Geografiya instituti, Moskva), professor Devin

Devis (Indiana universiteti) kabi sharqshunoslar unga juda katta yordam berganini

mamnuniyat bilan eslaydi (Aminov X., 2010:30).

“Firdavs ul-iqbol” asarining yaralganidan salkam ikki asr oʻtgach, birinchi marta,

2010-yilda Oʻzbekistondagi nashrlari amalga oshirildi va kitobxonlarga yetkazildi.

Ushbu nashrlar aynan Yu.Bregel tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matn asosida amalga

oshirilgan. Jumladan, Sh.Vohidov, I.Bekchonov, N.Polvonovlar birgalikda

tayyorlagan asar tabdili soʻzboshisida mazkur tabdilga Yu.Bregel tomonidan

tayyorlangan ilmiy-tanqidiy nashri asos qilib olingan, tabdil matnini Yu.Bregel

tomonidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy nashri bilan taniqli olim Ismoil Bekjonov

solishtirgani, matndagi arab tilidagi jumlalar, oyat va hadislarni toʻgʻri oʻqish va

tarjima qilishga Nozimjon Iminjonov yaqindan yordam bergani ma’lum qilingan.

“Firdavs ul-iqbol” asarining Yu.Bregel tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matni nashrida

noyob ma’lumotlarga toʻla, hali fanimizda deyarli oʻrganilmagan ingliz tilidagi

soʻzboshisi berilgan. Hajman noan’anaviy boʻlgan soʻzboshi (60-bet) toʻrtta qismdan

iborat boʻlib: birinchi qismi asar mualliflari Munis va Ogahiy ijodiy faoliyatini,

ikkinchi qismi “Firdavs ul-iqbol” asarining mohiyati, uchinchisi asarning oʻrganilishi

va nihoyat toʻrtinchisi asarning qoʻlyozma nusxalari xususiyatlarini ochishga

qaratilgan. Dastavval muallif ingliz kitobxonini Munis va Ogahiy shaxsiyati, ijodiy

merosi bilan tanishtiradi. Bu oʻrinda biz bilgan ma’lumotlardan tashqari, Munisning

ustozlari, Ogahiyning tarjima asarlari xususidagi ayrim yangiliklarni oʻqiymiz.

Jumladan, Munisning Sayid Eshon Xoʻja va Sayid Muzaffar Xoʻja kabi ustozlari

boʻlgani, yoshligidan she’riyat va tarixda bilimdon kishilarga suyanganligi

quyidagicha izohlangan: “Munis tells nothing about his learning except for the names

of his two teachers (ustad): Sayid Ishan Khoja, who was also his neighbor in Khiva

when he was ten or eleven years old, and Sayid Muzaffar Khoja Mutavalli, whom he

mentions on three different occasions, citing also his Persian and Chaghatay poems

(Firdavs al Iqbal, 1988:1280).

Ogahiy tarjimalari haqida axborot berar ekan, Yu.Bregel uning 6 ta tarixiy tarjima

asarining nomi shoirning “Ta’viz ul-oshiqin” devoni debochasida keltirilgan (“Ravzat

us-safo”, “Tarixi jahonkushoyi Nodiriy”, “Zafarnoma”, “Tabaqoti Akbarshohiy”,

“Tazkirai Muqimxoniy”, “Ravzat us-safoyi Nosiriy”), ammo, yettinchisi, ya’ni

Muhammad Mahdiy Astrobodiyning “Durrai nodira” asari tarjimasi haqidagi axborot

faqat kataloglarda uchrashi haqidagi noyob ma’lumotni keltiradi: ”Agahi by far

exceeded his uncle and teacher by the volume of his literary production. His poetry

(predominantly in Chaghatay, but including also a number of poems in Persian) was

collected in a divan (entitled Ta’vidh al-ashiqin) rather late, at the request of Sayid

Muhammad Khan (1272-1281\1856-1864),but this divan must have been supplemented

also much later, continuing almost until the end of his life. He was especially prolific

as a translator into Chaghatay from Persian. In his time the translation of Persian

works which had begun in Khiva apparently with Munis was developing rapidly, and

Agahi was the most active writer in this field. In the preface to his divan he gives the

total number of his translations as 19 (Bregel Y., 1978:17-32.).

Ushbu ma’lumotlar Yu.Bregelning nihoyatda sinchkovlik bilan ish olib

borganidan, Munis va Ogahiy ijodiga daxldor bir qancha manbalarni, dunyo

kataloglarini oʻrganganligidan dalolat beradi.

Yu.Bregel soʻzboshisining “Firdavs ul-iqbol” asarining yaratilish tarixiga

bagʻishlangan ikkinchi qismida asarning Xiva xoni Eltuzarxon buyrugʻiga binoan

yozilgani, asarning 5 ta bobdan iborat ekanligi, boblar hajman teng emasligi, unda

qadim davrlardan tortib, 1825-yilgacha boʻlgan Xorazm tarixi bilan bogʻliq voqealar

bayon qilingani va boshqa ma’lumotlar keltirilgan. Asarning tarixiy-badiiy yoʻsinda

yaratilish sabablardan biri, Eltuzarxonning Munisga nasrda ham, nazmda ham oʻzining

nafisligi bilan ajralib turadigan tarix bitishiga da’vat etishi bilan ham belgilanadi.

Yu.Bregel asarning uslubi borasida oʻz fikrlarini bildirib, rus olimi

P.P.Ivanovning “asar nihoyatda jimjimador, arabiy-forsiy iboralarga, metaforalarga

toʻla tarzda bitilgan” degan qarashlarini unchalik toʻgʻri emas, biroz mubolagʻali deb

hisoblaydi. Olimning fikricha, Munis va Ogahiyning bayon uslubi sinkretik (aralash)

xususiyatga ega. Mualliflar ayrim an’anaviy tasvirlar: harbiy yurishlar, shohlarga xos

jihatlarni yoritishda murakkab istioraviy bayon uslubidan, boshqa tasvirlarda oddiy

uslubdan foydalanilgan.

Bizningcha, bu borada P.P.Ivanovning fikrlari haqiqatga yaqin boʻlib, Munis va

Ogahiyning tarixiy asarlari, boshqa tarixiy asarlardan oʻzining nafis tili, mumtoz uslubi

bilan farq qiladi. Fan tarixidan ma’lumki, Xorazmda XIX asrda tarixiy va badiiy asarlar

yozishda oʻziga xos an’ana shakllangan, Munis boshchiligida maktab yaratilgan,

kitobxonlik rivojlangan. Ilmiy adabiyotlardagi faktlarga koʻra, “Munis Xiva xoni

saroyida kitob va kitobxonlikka munosabat yuqori boʻlgani haqida bir oʻrinda: «Aksar

avqot (vaqtlar) bazmi ishrat va majlisi tarabda axyor va abror, shuaro va fuzalo bila

suhbat tutub, halli mushkiloti aqliy va kashfi mugʻlaqoti naqliy qilib, maoniy rangin

sharobidin sarshor kayfiyat boʻlur erdi» deb yozgan boʻlsa, yana bir oʻrinda, Eltuzar

Inoq xonni shunday ta’riflangan: «...davron hukumatida aksar tavoif bani odoi ish va

fazl iktisobigʻa biqadri vas’e ragʻbat koʻrguzub, majolis va mahofilda hunar va fazoy

va kitobxonlik va she’rshunoslik va latifagoʻylikdin oʻzga soʻz joriy boʻlmas edi”

(Xallieva G., №6. 2009:69-71.).

Ogahiy nazarida Xiva madaniy taraqqiyotiga koʻp hissa qoʻshgan Olloqulixon

“tavorixvonligʻ va she’rshunosligʻ va latifagoʻyligʻ uquvining xaylida diqqat tirnogʻin

andogʻ ishlatur erdikim, fuzaloyi zamonga hayrat barmogʻin tishlatur erdi”.

Shu jihatdan, yuqoridagi faktlarni inobatga olsak, Yu.Bregelning Munis va

Ogahiy shohlarga xos jihatlarni yoritishda murakkab bayon uslubidan, boshqa

tasvirlarda oddiy bayon uslubidan foydalanganligi haqidagi fikri, doimo xalq

manfaatini oʻylab ish koʻrgan ikki buyuk mutafakkirning hayot tarzi va ijodiy

prinsiplariga toʻgʻri kelmaydi.

Fikrimizcha, “Firdavs ul-iqbol” asari mualliflari kitobni oʻqiydigan muxlislar

koʻp boʻlishini koʻzda tutmaganlar. Ushbu manbani sinchiklab kuzatishimiz, uni

lugʻatlarsiz tushunish nihoyatda qiyin ekanini yana bir bor koʻrsatdi. Asar tilining

murakkabligi, boshqa tarixiy asarlardan farq qilishini muallif shunday izohlaydi: “The

readers of the work were not expected to be numerous. Munis and Agahi speak about

“the nobles who are the readers of this compendium. This can probably be taken as a

conventional flattery intended for the reader, but in any case there is no doubt that the

number of educated people who could read this work in the Khanate of Khiva was very

limited” (Samoylovich A.N., 671.).

“Firdavs ul-iqbol” asarining oʻrganilishiga bagʻishlangan uchinchi qism bu

boradagi axborotlarni ilk bora jamlaganligi, Yu.Bregeldan oldin asarning

oʻrganilishiga oid ayrim ma’lumotlar, A.Samoylovich, V.Bartold ilmiy asarlaridagina

uchrashi bilan belgilanadi. Jumladan, Yu.Bregel bu oʻrinda A.Amirxanyans,

V.V.Bartold A.N.Samoylovich, P.P.Ivanov, N.Mingulov, A.D.Kalmikov, B.V.Lunin

kabi olimlar turli munosabat bilan asarni oʻrgangani, ularning ilmiy izlanishlarida

asarga oid fan uchun kerakli ma’lumotlar borligini ma’lum qiladi (Roʻzimboev S.,

Ahmedov A., 2009: №6.).

Yu.Bregel nashridagi soʻzboshining toʻrtinchi qismi juda muhim masalaga:

asarning qoʻlyozma nusxalari xususiyatlarini, ular orasidagi farqliklarni ochishga

qaratilgan. Olimning ta’kidlashicha, fanga “Firdavs ul-iqbol” asarining 9 ta qoʻlyozma

nusxasi ma’lum boʻlib, ulardan 2 tasi Rossiya Fanlar Akademiyasiga qarashli Sharq

qoʻlyozmalari institutining qoʻlyozmalar fondida (Sankt-Peterburg), 5 tasi OʻzRFA

ning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida, 1

tasi Xelsinki kutubxonasida (Finlyandiya), yana biri Istanbul kutubxonasida

saqlanmoqda.

Yu.Bregel nashridagi soʻzboshini tadqiq va tahlil qilish asosida olimning

nechogʻli sinchkovlik bilan ish olib borgani ma’lum boʻldi. Yu.Bregel umrining chorak

asrini “Firdavs ul-iqbol” asarini har tomonlama tadqiq qilishga, ingliz tiliga tarjima

qilishga bagʻishlagan. Oʻrta Osiyo tarixiga oid manbalarni tekshirish asnosida olim fan

uchun muhim koʻpgina yangiliklarni aniqlaydi, xorij kitobxoniga taqdim qiladi.

“Firdavs ul-iqbol” asarining qomusiy xarakteri manbani kelajakda har tomonlama:

tarixiy, geografik, filologik, ijtimoiy jihatdan oʻrganishga keng yoʻl ochadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
XIX asr Xorazm turkiy (xorazmiy-chigʻatoy) adabiy-tarixiy manbalari
inglizzabon sharqshunoslikda XIX asr oʻrtalaridan boshlab qiziqish uygʻotgan boʻlib,
bu jarayon Vamberyning 1863-yildagi Xiva safaridan boshlanadi. Vambery Ogahiy
ijodi va Xorazm adabiy muhiti bilan tanishib, uning sheʼrlarini tarjima qilish niyatini
bildirgan birinchi gʻarbiy olim sifatida tarixiy ahamiyatga ega. Biroq, ushbu
manbalarning inglizzabon ilmiy muhitda chuqur oʻrganilishi va jahon
sharqshunosligiga keng taqdim etilishi asosan Yuri Bregel (1925–2016) faoliyati bilan
bogʻliq. Bregel 1988-yilda Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asarining ilmiytanqidiy matnini, 1999-yilda esa toʻliq inglizcha tarjimasini nashr etib, Xorazm tarixiy
adabiyotini xalqaro olimlar uchun ochiq manbaga aylantirdi. Bu nashrlar asarning
qoʻlyozma variantlarini sinchkovlik bilan qiyosiy tahlil qilish, mualliflar ijodiy merosi
haqidagi yangi maʼlumotlarni keltirish va tarixiy-badiiy xususiyatlarini yoritish
jihatidan noyobdir. Shuningdek, Benedek Périning 2020-yildagi Haydar Xorazmiy
“Maxzan ul-asror” asarining Budapesht qoʻlyozmasi asosidagi inglizcha nashri va
tarjimasi XV asr Xorazm shoiri ijodini xorijiy turkologiyada yanada chuqurroq
oʻrganishga hissa qoʻshdi.
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, inglizzabon olimlarning Xorazm turkiy
manbalariga qiziqishi xronologik uzviylik (Vámbéry → Bartold → Bregel →
zamonaviy tadqiqotchilar) bilan kechgan boʻlib, bu jarayon manbalarning qabul
qilinishi, tarjima qilinishi va talqin etilishida muhim bosqichlarni belgilaydi. “Firdavs
ul-iqbol” kabi asarlarning ingliz tilidagi nashrlari Oʻrta Osiyo tarixi, adabiyoti va
madaniyatini global ilmiy diskursga integratsiya qilishda katta rol oʻynadi. Biroq,
ushbu manbalarning filologik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari hali toʻliq
oʻrganilmaganligi, koʻpgina qoʻlyozmalar tabdil qilinmaganligi va inglizzabon
tadqiqotlarda mahalliy (oʻzbek) olimlar ishlariga yetarlicha murojaat qilinmasligi
kuzatildi.
Yuqoridagi fikr va xulosalardan kelib chiqib quyidagi takliflarni keltirishimiz
mumkin bo’ladi:
- XIX asr Xorazm turkiy manbalarining barcha qoʻlyozma nusxalari asosida
xalqaro hamkorlikda yangi ilmiy-tanqidiy matnlar va koʻp tilli tarjimalar tayyorlash,
xususan, Ogahiy va Munis merosini zamonaviy inglizzabon olimlar (Devin DeWeese,
Ron Sela va boshqalar) ishtirokida chuqurroq oʻrganish.

- Xorazm adabiy anʼanalarining jahon sharqshunosligidagi oʻrnini yorituvchi

xalqaro konferensiyalar va loyihalar tashkil etish, shu orqali mahalliy va xorijiy

tadqiqotlarni integratsiya qilish.

- Ushbu manbalarning raqamli arxivlarini yaratish va ochiq foydalanishga taqdim

etish, bu kelajak avlod olimlari uchun tarixiy, filologik va madaniy tadqiqotlarga keng

yoʻl ochadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Аминов X. (2010). Хоразмда китоб тарихи манбалари (XVIII аср иккинчи

ярми – XX аср бошлари: ЎзР ФА ШИ қўлёзмалар фонди асосида). Тарих фанлари

номзоди diss. автореф. Тошкент.

2. Bregel Y. (1978). The Tawārīkh-i Khārazmshāhiya by Thanā’ī: The

Historiography of Khiva and the Uzbek Literary Language. Aspects of Altaic

Civilization II: Proceedings of the XVIII PIAC, Bloomington, June 29-July 5, 1975

(L.V. Clark, P.A. Draghi eds.). Bloomington. P. 17-32.

3. Bregel Y. (ed.) (1988). Munis Sh.M.M., Ogahiy M.R.M. Firdaws al-iqbāl:

History of Khorezm. E.J. Brill. Leiden; New York. 1280 p.

4. Ғанихўжаев Ф. (1998). Огахий қўлёзма меросини излаб. Тил ва адабиёт

таълими. № 5. Б. 25-30.

5. Péri B. (2020). Ḥaydar Ḫvārizmī, Maḫzan al-asrār – The Treasury of Secrets.

Library and Information Centre of the Hungarian Academy of Sciences. Budapest.

6. Рўзимбоев С., Aҳмедов А. (2009). “Фирдавс ул-иқбол” даги адабий

жанрлар ҳақида. Ўзбек тили ва адабиёти. № 6.

7. Самойлович A.Н. Хивинская придворная книгохранилища и

книгопечатня: Ханская библиотека в Хивинском замке (арк). Рукописи

Исфандияр тюри. РНБ. Ф. 671, ед. хр. 145.

8. Сапарбаев Б. “Фирдавс ул-иқбол” асарида ижтимоий-сиёсий ва маданий

ҳаётнинг акс этиши (Муҳаммад Раҳимхон II даври). library.ziyonet.uz.

9. Vámbéry A. (1864). Travels in Central Asia: Being the Account of a Journey

from Teheran Across the Turkoman Desert on the Eastern Shore of the Caspian to

Khiva, Bokhara, and Samarkand, Performed in the Year 1863. John Murray. London.

P. 347.

10. Веселовский Н.И. (1877). Очерки историко-географических сведений о

Хивинском ханстве от древнейших времен до настоящего. Санкт-Петербург. С.

315-316.

11. Xallieva G. (2000). Огахий мусамматлари. Филол. фанлари номзоди diss.

автореф. Тошкент. 24 б.

12. Xallieva G. (2009). А.Н. Самойлович ва XIX аср Хоразм адабий муҳити.

Илм сарчашмалари. Урганч. № 6. Б. 69-71.

REFERENCES:

1. Aminov X. (2010). Xorazmda kitob tarixi manbalari (XVIII asr ikkinchi

yarmi – XX asr boshlari: OʻzR FA SHI qoʻlyozmalar fondi asosida). Tarix fanlari

nomzodi diss. avtoref. Toshkent. (In Uzbek)

2. Bregel Y. (1978). The Tawārīkh-i Khārazmshāhiya by Thanā’ī: The

Historiography of Khiva and the Uzbek Literary Language. In Aspects of Altaic

Civilization II: Proceedings of the XVIII PIAC, Bloomington, June 29-July 5, 1975

(L.V. Clark, P.A. Draghi eds.). Bloomington. P. 17-32. (In English)

3. Bregel Y. (ed.) (1988). Munis Sh.M.M., Ogahiy M.R.M. Firdaws al-iqbāl:

History of Khorezm. E.J. Brill. Leiden; New York. 1280 p. (In English/Chaghatay)

4. Gʻanixoʻjaev F. (1998). Ogahiy qoʻlyozma merosini izlab. Til va adabiyot

ta’limi. № 5. B. 25-30. (In Uzbek)

5. Péri B. (2020). Ḥaydar Ḫvārizmī, Maḫzan al-asrār – The Treasury of Secrets.

Library and Information Centre of the Hungarian Academy of Sciences. Budapest.

(In English)

6. Roʻzimboev S., Ahmedov A. (2009). “Firdavs ul-iqbol” dagi adabiy janrlar

haqida. Oʻzbek tili va adabiyoti. № 6. (In Uzbek)

7. Samoylovich A.N. (n.d.). Xivinskaya pridvornaya knigoxranilisha i

knigopechatnya: Xanskaya biblioteka v Xivinskom zamke (ark). Rukopisi Isfandiyar

tyuri. RNB. F. 671, ed. xr. 145. (In Russian)

8. Saparbayev B. (n.d.). “Firdavs ul-iqbol” asarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy

hayotning aks etishi (Muhammad Rahimxon II davri). library.ziyonet.uz. (In Uzbek)

9. Vámbéry A. (1864). Travels in Central Asia: Being the Account of a Journey

from Teheran Across the Turkoman Desert on the Eastern Shore of the Caspian to

Khiva, Bokhara, and Samarkand, Performed in the Year 1863. John Murray. London.

P. 347. (In English)

10. Veselovskiy N.I. (1877). Ocherki istoriko-geograficheskix svedeniy o

Xivinskom xanstve ot drevneyshix vremen do nastoyashchego. Sankt-Peterburg. S.

315–316. (In Russian)

11. Xallieva G. (2000). Ogahiy musammatlari. Filol. fanlari nomzodi diss.

avtoref. Toshkent. 24 b. (In Uzbek)

12. Xallieva G. (2009). A.N. Samoylovich va XIX asr Xorazm adabiy muhiti.

Ilm sarchashmalari. Urganch. № 6. B. 69-71. (In Uzbek)