ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Arab tilida uslubiyatning tarixiy shakllanishi

Xasanov Islombek Xasanboy o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ARAB TILIDA USLUBIYATNING TARIXIY SHAKLLANISHI

ИСТОРИЧЕСКОЕ ФОРМИРОВАНИЕ СТИЛИСТИКИ
В АРАБСКОМ ЯЗЫКЕ

Xasanov Islombek Xasanboy o‘g‘li
Oriental universiteti Sharq tillari kafedrasi

katta oʻqituvchisi
Tel.: +998 99-884-34-45
E-mail: xislombek51@gmail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqola arab tilida uslubiyatning (stilistikaning) tarixiy
shakllanish va rivojlanish yo‘lini o‘rganadi. Tadqiqot johiliyat davri she’riyatidan
(muallaqotlar, xususan Imru al-Qays qasidasi) boshlab, Qur’oni Karimning i’joz uslubi
va hadislar ta’siri, Abbosiylar davrida balog‘at ilmining gullashi, Abdulqohir al-
Jurjoniy nazm nazariyasi (“Daloyil al-i’joz”, “Asror al-balog‘a”), Zamaxshariyning
“Al-Kashshof” tafsiridagi uslubiy yondashuvlar kabi klassik bosqichlarni tahlil qiladi.
Uslubiyatning ilm al-ma’oniy, ilm al-bayon va ilm al-badi’ fanlari bilan chambarchas
bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Ish filologik, tarixiy, qiyosiy va paleografik usullarga
asoslanib, klassik manbalar bilan zamonaviy lingvistik tadqiqotlarni solishtiradi.
Natijada arab til uslubiyati arab madaniyati, ijtimoiy identifikatsiya va tilning
barqarorligini ta’minlovchi markaziy element ekanligi ta’kidlanadi. Klassik balog‘at
an’analarining zamonaviy diskurs tahlilidagi dolzarbligi isbotlanib, nodir
qo‘lyozmalarni raqamlashtirish va qiyosiy o‘zbek-arab uslubiyati izlanishlari taklif
etiladi.
Kalit so‘zlar: arab tili, uslubiyat, balog‘at, johiliyat sheʼriyati, Qur’on i’jozi,
nazm nazariyasi, Abdulqohir Jurjoniy, Zamaxshariy, Abbosiylar davri, zamonaviy
lingvistika.
Abstract. This article examines the historical formation and development of
stylistics in the Arabic language. The study traces its origins from pre-Islamic Jahiliyya
poetry (notably the Mu’allaqat, especially Imru’ al-Qays’ qasida), through the
inimitable style (i’jaz) of the Qur’an and the influence of Hadith, the flourishing of
balagha during the Abbasid period, Abdulqahir al-Jurjani’s theory of nazm (“Dala’il
al-i’jaz” and “Asrar al-balagha”), and al-Zamakhshari’s stylistic approach in “Al-
Kashshaf”. The close interconnection of stylistics with the sciences of ma’ani, bayan,
and badi’ is highlighted. Employing philological, historical, comparative, and
paleographic methods, the paper compares classical sources with modern linguistic
research. The findings underscore that Arabic stylistics is not merely a literary-aesthetic

phenomenon but a central element in Arab cultural and socio-cultural identity, ensuring

linguistic stability. The enduring relevance of classical balagha traditions in

contemporary discourse analysis is demonstrated, with proposals for digitizing rare

manuscripts and conducting comparative Uzbek-Arabic stylistic studies.

Keywords: Arabic language, stylistics, balagha, Jahiliyya poetry, Qur’anic

i’jaz, inimitability, nazm theory, Abdulqahir al-Jurjani, Zamakhshari, Abbasid period,

modern linguistics.

Аннотация. Статья посвящена историческому формированию и развитию

стилистики в арабском языке. Исследование начинается с поэзии джахилийского

периода (муаллакаты, в частности, касыда Имру аль-Кайса), охватывает иджаз

Корана и влияние хадисов, расцвет науки о красноречии (балага) в аббасидскую

эпоху, теорию назма Абдулкахира аль-Джурджани («Далаъил аль-иджаз» и

«Асрар аль-балага»), а также стилистический подход аз-Замахшари в тафсире

«Аль-Кашшаф». Показана тесная связь стилистики с науками о смыслах

(маъани), выражении (баян) и украшении речи (бадиъ). Работа опирается на

филологический, исторический, сравнительный и палеографический методы,

сопоставляя классические источники с современными лингвистическими

исследованиями. В итоге подчеркивается, что арабская стилистика – не только

литературно-эстетическое явление, но и центральный элемент арабской

культуры и социальной идентичности, обеспечивающий устойчивость языка.

Доказана актуальность классических традиций балаги в современном дискурс-

анализе; предложены цифровизация редких рукописей и сравнительные

узбекско-арабские стилистические исследования.

Ключевые слова: арабский язык, стилистика, риторика, джахилийская

поэзия, иджаз Корана, теория назма, Абдулкахир аль-Джурджани, Замахшари,

аббасидский период, современная лингвистика.

KIRISH

t

a

r

i

x

a

n

o
‘
r
t
a - 45 -

a

va o‘rinli so‘zlay olish, ritorika kabi so‘zlarga mos keluvchi atamadir. (Nosirova M.A.,

2017:56)

Arab uslubiyatining asl nazariy ildizlari hijriy II–VIII asrlarda balog‘at ilmining

shakllanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu davrda olimlar nutqdagi ma’no va shakl

munosabati, iboralarning tartibi va ularning tinglovchiga ko‘rsatadigan ta’sirini chuqur

tahlil qila boshladilar. Ayniqsa, Abdul-Qohir al-Jurjoniy (v. 471 h./1071 m.) tomonidan

ishlab chiqilgan nazm nazariyasi arab uslubiy tafakkurining rivojida muhim burilish

nuqtasi bo‘ldi. Uning “Daloyil al-i’joz” va “Asror al-balog‘a” asarlarida balog‘at

so‘zlarning alohida qo‘llanishida emas, balki ularning o‘zaro munosabati va ma’no

talabiga muvofiq joylashuvida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Jurjoniy nahviy

tuzilma va balog‘iy mazmun o‘rtasidagi uzviy aloqani ko‘rsatib, uslubiy ta’sirning

manbai aynan sintaktik va semantik uyg‘unlikda ekanini ilmiy jihatdan isbotlaydi ( ‫عبد‬

‫.(القادر حمراني. اللفكر الأسلوبي لدى عبد القاهر الجرجاني جسور السعرفة‬

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Klassik manbalardan Abdulqohir Jurjoniy “Dalail al-i’joz”da Qurʼon uslubining

moʼjizaviy jihatlarini tahlil qilgan va undagi iʼjoz nazariyasi asarning kuchli tomoni

sifatida koʻrilsa, subyektivlik kamchiligi deya baholanadi. Zamaxshariy “Al-

Kashshof”da izohli tafsir orqali uslubiy elementlarni koʻrsatgan. Abu Hilol al-Askariy

“Kitab as-sanoʻatayn”da sheʼriyat va nasr uslublarini qiyoslagan. Oʻrta asr va undan

keyingi davrda yashagan olimlardan As-Sakkokiy “Miftah al-ulum”da balogʻat

ilmining asosini tushuntirgan.

Maqolada o‘rganilgan zamonaviy arab olimlari tadqiqotlaridan quyidagi ishlar

keltirilgan: Shavqiy Dayf “Al-Balagʻa”da johiliyat davri sheʼriyatining uslubiy

xususiyatlarini yoritgan; bu ishning kuchli tomoni misollarga boyligidadir. Muhammad

Abd al-Muttalib “Uslubiyat al-Qur’an”da Qurʼon uslubining semantik tahlilini bergan.

Gʻarb tadqiqotchilari ilmiy ishlaridan Reynold Nikolson “A Literary History of the

Arabs”da johiliyat va islom davrini qiyoslagan; uning kamchiligi sifatida

sharqshunoslik nuqtai nazari cheklanganligida deb ta’riflangan (Nicholson R.A. A

Literary History of the Arabs). Va maqolada bu ilmiy ishlarga klassik manbalarda diniy

ruh kuchli, zamonaviy ishlarda lingvistik usullar ustun ekanligiga qiyosiy baho berib

o‘tilgan. Oʻzbek olimlari tadqiqotlarida (Nosirova M., Rustamiy S., Sodiqov Q.

ishlarida) arab tili uslubiyati, ya’ni stilistikasi, balog‘at ilmi tarixi va zamonaviy

nazariyalari o‘rganilgan, arab-turkiy uslublar qiyosiy misol o‘laroq keltirib o‘tilgan

(Nosirova M.A.,2017).

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqolada qo‘llanilgan metodologiyada bir nechta muhim ilmiy

yondashuvlarga tayaniladi. Xususan, tarixiy usul yordamida arab tili va uslubiyatining

islomdan oldingi johiliyat davridan tortib, islom va abbosiylar davrlarigacha bo‘lgan

bosqichma-bosqich rivojlanishini tizimli ravishda o‘rganadi. Ushbu yondashuv arab

tilining tarixiy yo‘nalishini har tomonlama tushunishga yordam beradi. Filologik tahlil

orqali klassik matnlarda qo‘llaniladigan asosiy metodologik vositalar, ya’ni majoz,

kinoya, istiora va ijozlarning tematik elementlarga, shuningdek, matnning badiiy va

estetik qiymatiga ta’sirini aniqlash uchun chuqur tahlil qilinadi. Paleografik usul

qadimiy qo‘lyozmalar va Qur’on nusxalarini o‘z ichiga olgan noyob yozma manbalarni

tahlil qilish, ularning grafik shakli va semantik qatlamlarini baholash uchun

qo‘llaniladi. Qiyosiy usul arab uslubiyati bilan turkiy tilshunoslik an’analari o‘rtasidagi

umumiylik va farqlarni aniqlashga qaratilgan. Ushbu tadqiqot ham birlamchi, ham

ikkilamchi manbalarga asoslanadi. Birlamchi manbalar sirasiga Qur’on, hadis va

muallaqot, ikkilamchi manbalarga esa arab tilshunosligi va uslubiyati sohasidagi

klassik va zamonaviy mualliflarning ilmiy asarlari kiradi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Islomgacha boʻlgan davr (johiliyat davri) arab tili va adabiyoti tarixida muhim
bosqich hisoblanadi. Til madaniyati asosan ogʻzaki xarakterga ega boʻlishiga qaramay,
aynan shu davrda keyinchalik klassik arab tilining asosiga aylangan asosiy stilistik va
poetik normalar shakllandi. She’riyat nafaqat estetik, balki arab qabilalarining
dunyoqarashi, qadriyatlari va tarixiy xotirasini aks ettiruvchi ijtimoiy va kommunikativ
vazifani ham bajargan. Arab tilida uslubiyat tilshunoslikning asosiy qismi sifatida
taʼriflanadi; uning madaniy va diniy ahamiyati (masalan, Qurʼonning iʼjozligi) katta.
Johiliyat davri sheʼriyati (Muallaqotlar), islomiy davr (Qurʼon va hadislar), oʻrta asrlar
(Abbosiylar davri olimlari) va zamonaviy bosqichlar (XX asr arab tilshunosligi)
uslubiyat evolyutsiyasining umumiy koʻrinishini aks ettiradi.
Johiliyat davri (milodiy VI-VII asrlar, Islomdan oldingi davr) arab tilshunosligi
va adabiyotida uslubiyatning boshlangʻich shakllanishini belgilaydi. Bu davrda arab
she’riyati, asosan, ogʻzaki an’anada rivojlangan boʻlib, uslubiyat she’riyat orqali
shaxsiy ifoda, qabilaviy faxr va tabiat tasviri vositasi sifatida namoyon boʻlgan.
Uslubiyat tizimli fan sifatida emas, balki shoirlarning individual ijodiy uslubi sifatida
shakllangan. Islomgacha boʻlgan arab jamiyatida she’riyat nutqning, lingvistik
ifodaning eng yuqori shakli, arab madaniyatining markaziy elementi hisoblangan.
Shoir lingvistik normalarning tashuvchisi va qabila oʻziga xosligining ifodachisi edi
(90-75 .‫ ص‬.1 .‫ .(الجاحظ. والتبيين البيان. ج‬She’riyat nafaqat badiiy ifoda, balki qabilaviy
urushlar, sevgi va faxrni tasvirlash vositasi sifatida ishlatilgan. Johiliyat sheʼriyatining
oʻziga xos stilistik xususiyatlaridan biri uning kuchli tasvir va metafora tizimidir.
Shoirlar koʻchmanchi hayot haqiqatlaridan foydalanib, giperbola, oʻxshatish va
simvolizmdan keng foydalanganlar. Tuya, choʻl, yirtqich hayvonlar va tabiat
elementlari asosiy obrazlar boʻlib xizmat qilgan va madaniyat tashuvchilari uchun
tushunarli boʻlgan barqaror sheʼriy kodni shakllantirgan. Johiliyat davrining sheʼriy

nutqida fonetik ifoda vositalari – alliteratsiya, assonans va qatʼiy qofiya markaziy rol

oʻynagan. Ogʻzaki an’analar kontekstida ular she’rga musiqiy sifat berdi va uni

yodlashni osonlashtirgan. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, qadimgi arab tilining

fonologik normalarini mustahkamlashga she’riyatning fonetik tuzilishi katta hissa

qoʻshgan. Islomgacha boʻlgan arab tili sezilarli dialektal xilma-xillik bilan ajralib

turgan. Biroq, she’riyatda keyinchalik eng “fasix” (fusha) deb tan olingan Markaziy va

Shimoliy Arabistondagi badaviy qabilalarining tili ustunlik qilgan. Bu dialektdan

yuqori she’riy til ifodasi klassik arab adabiy standartining asosiga aylandi ‫)بنن سلام‬

)20-12 .‫.الجمحي. طببقات فحول الشعراء.ص‬

Keyinchalik arab filologlari tomonidan “sof” va normativ nutq namunasi sifatida

taʼriflangan barqaror metrik tuzilishga ega monoritm sheʼriy shakl – qasida janri

alohida oʻrin egallagan. Uslubiyat bu davrda she’riy qasidalar orqali rivojlangan, ular

odatda uch qismdan iborat bo‘lgan: nasib (sevgi va xarobalar tasviri), rahil (sayohat va

choʻl tasviri) va madh/faxr. Ular Islom davrining dastlabki grammatik va leksikografik

asarlari uchun asosiy manbaga aylangan johiliyat davrining sheʼriy tili edi. She’riyat

ogʻzaki shaklda tarqalgan, ritm va qofiya orqali esda saqlangan. Uslubiy vositalar:

kinoya (simile), isti’ora (metafora), tabiat tasviri va emotsional ifodalar ishlatilgan. Bu

vositalar she’riyatni shaxsiy ifoda vositasi qilgan, lekin tizimli nazariya yoʻq edi –

uslubiyat keyinchalik ilk Islom va Abbosiylar davrida mustaqil fan sifatida

shakllangan. Qasida janri oʻzining qat’iy kompozitsiyasi va barqaror tematik

bloklarning mavjudligi bilan ajralib turardi. Bularga nasib (ishqiy-elegik kirish soʻzi),

tashlab ketilgan makonning tavsifi (atlal), sayohatnomalar, jang sahnalari va oʻzini

maqtash (faxr) kiradi. Ushbu motivlarning takrorlanishi islomgacha boʻlgan she’riy

an’analarning yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Johiliyat

she’riyatining lugʻati, ayniqsa tabiiy hodisalar, koʻchmanchi hayot, qurol-yarogʻ va

ijtimoiy munosabatlarni tasvirlashda oʻzining ajoyib aniqligi va boyligi bilan ajralib

turardi. Aynan shu leksik material keyinchalik “Kitob al-ʻAyn” va “Lison al-ʻArab”

kabi klassik arab lugʻatlarida qayd etilgan. Islomgacha boʻlgan davrning stilistik

normalari klassik arab tilining shakllanishida asosiy rol oʻynagan. Johiliyat she’riyati

lingvistik standartlar tizimi asosida ishlab chiqilgan normativ model boʻlib xizmat

qilgan. Qur’on nozil boʻlgandan va Islom yoyilgandan soʻng, bu normalar yanada

kodifikatsiya qilindi va rivojlantirildi, bu arab tilining barqarorligi va yuqori madaniy

ahamiyatini ta’minladi. Quyida ushbu ma’lumotlarni johiliyat davri shoirlaridan Imru

al-Qaysning “Muallaqot” she’ri misolida batafsil ko‘rib chiqamiz.

Muallaqot ‫“ – معلقات)‬terilgan durlar”) johiliyat she’riyatining eng mashhur 7 ta

qasidasi boʻlib, ular Makkadagi Ka’ba devoriga osib qo‘yilgani uchun shunday

nomlangan. Bu qasidalar Johiliyat uslubiyatining choʻqqisi hisoblanadi. Imru al-Qays

ibn Hujr (milodiy 501–544) – “Muallaqot”ning eng mashhur muallifi, arab

she’riyatining “shohi” deb atalgan. Uning “Muallaqot”ida sevgi, choʻl va qaygʻu tasviri

orqali uslubiyatning boshlangʻich shakllarini koʻrishimiz mumkin. “Muallaqot” she’ri

nasib qismi bilan boshlanadi, bu yerda shoir xarobalar oldida toʻxtab, koʻz yosh

toʻkishni taklif qiladi. Bu johiliyat she’riyatining odatiy uslubi: atrof-muhit tasviri

orqali shaxsiy qaygʻuni ifodalaydi:

ِ‫ب ِِسقْطِ اللِ َّوى ب َْينَ الد َُّخولِ ف ََحوْمَل‬ ِ‫قِفَا ن َْبكِ مِنْ ذِكْرَى حَبِيب وَمَنْزِل‬
‫فَت ُْوضِحَ فَالْمِقْرَاةِ ل َْم ي َْعفُ رَسْمُهَا‬
‫ِلمَا ن ََسجَت َْها مِنْ جَنُوب وَشَمْأ َِل‬
‫ت ََرى بَع ََر الْأ َْرآمِ فِي عَرَصَات َِها‬ ‫َوقِيعَان َِها كَأَنَّه َُحب ف ُْلف ُِل‬
ِ‫لَدَى س َُمرَاتِ الْحَيِّ نَاق ُِف حَنْظَل‬
‫َكأَنِّي غَدَاةَ الْب َْينِ ي َْومَ ت ََحمَّلُوا‬

ِ‫“ – قِفَا ن َْبكِ مِنْ ذِكْرَى حَبِيبٍ وَمَنْزِل‬Toʻxtang, doʻstlarim, Daxul va Haumal orasidagi

vodiyda sevganim va uning maskanini eslab yigʻlaylik.” Bu misra tabiat tasviri

(xarobalar) orqali shaxsiy qaygʻuni ifodalaydi.
‫“ – ت ََرى بَع ََر الْأ َْرآمِ فِي عَرَصَات َِها‬Uning hovlilarida va maydonlarida oq ohularning

qumalog‘i koʻrinadi, goʻyo qalampir donalari kabi.” Bu tashbeh tabiatning yovvoyi

holatini va oʻtgan hayotni ramziylashtiradi, shu bilan birga shoirning bu achchiq

xotiralar bilan hasrati ifodalanadi.

‫“ – َكأَنِّي غَدَاةَ الْب َْينِ ي َْومَ ت ََحمَّلُوا‬Goʻyo ayriliq kuni ertalab, ular ketayotganda, men

qabilaning akatsiya daraxtlari yonida achchiq hanzal mevasini yeyotgandekman.”

Bu isti’ora (metafora) shoirning qaygʻusini achchiq meva bilan taqqoslaydi.

She’r “tavil bahri” (uzun vazn) boʻyicha yozilgan, har bir bayt (ikki misra)

oxirida “li” qofiyasi takrorlanadi (haumali, sham’ali, fulfuli, hanzali va h.k.).

Qur’onning nozil boʻlishi arab tilining uslubiy taraqqiyotida tub burilish yasadi.

Qur’on tili na an’anaviy she’rga, na oddiy nasrga toʻliq mos keladi. Uning ushbu oʻziga

xosligi I’joz al-Qur’on nazariyasining yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Qur’on matnidagi

sintaktik uygʻunlik, semantik chuqurlik va ohangdorlik arab tilshunoslarini chuqur

tahlilga undadi. Islomiy davrda Qur’onni tushuntirish zarurati ilmul ma’oniy, ilmul

bayon va ilmul badi’iy ilmlarining shakllanishiga olib keldi. Ushbu ilmlar nutqning

kontekstga mosligi, obrazliligi va estetik qiymatini ilmiy jihatdan asoslab berdi.

Qur’on tili arab adabiy tilining eng oliy namunasi sifatida qabul qilinib, keyingi adabiy

va diniy matnlarda me’yor vazifasini bajardi. Natijada arab uslubiyati diniy matnlar

ta’sirida mustahkamlanib, nazariy tizimga aylanish uchun muhim zamin yaratdi

(Nosirova M.A., 2017:71).

Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga Qur’onning nozil qilinishi nafaqat diniy

tarixda, balki arab tilining rivojlanishida ham burilish nuqtasi boʻldi. Islomdan oldingi

davrda she’riyat til uchun normativ model boʻlib xizmat qilgan boʻlsa-da, Islomning

paydo boʻlishi bilan bu vazifani Qur’on – musulmon an’analari tomonidan betakror

(i’joz) deb tan olingan ilohiy vahiy matni oʻz zimmasiga oldi. Aynan shu paytdan

boshlab klassik arab tilining shakllanishi barqaror adabiy va stilistik norma sifatida

boshlandi. Islom an’analarida Qur’on inson matni sifatida emas, balki Allohning “aniq

arab tilida” (arabiy mubiyn) nozil qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri nutqi, kalomi sifatida

qaraladi. Bu uning mutlaq stilistik va ritorik standart sifatida qabul qilinishini oldindan

b

elgilab qoʻydi. Klassik davr arab olimlari – al-Jurjoniy, al-Baqillaniy va as-Suyutiy –

Qur’on uslubi she’riyatdan ham, qofiyali nasrdan ham (saj) ustun turishini va noyob

hodisa ekanligini ta’kidlaganlar. Alohida oyatlarning soddaligiga qaramay, Qur’on

matni chuqur semantik koʻp qatlamlilikka ega. Al-Jurjoniy ta’kidlaganidek,

Qur’onning ma’nosi nafaqat soʻzlar darajasida, balki ularning sintaktik va kontekstual

munosabatlari orqali ham ochib beriladi. Zamonaviy olimlar (marhum shayx

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Izutsu, Versteeg) Qur’onni talqin qilishning

cheksQizuor’boynenkitniga aasyolsainytirsgtialnistaiyknaxnusuhsuiykaotʻlparmida’nnoblirlik uenkianngligqiinsiqtaal’ikidvlaydseilmara. ntik

boylikning uygʻunligidir (Nosirova M.A., 2017:71). Oyatlar koʻpincha tushirib

qoldirilgan (hazf), ishora va elliptik konstruksiyalarni oʻz ichiga oladi, bu esa matn va

qabul qiluvchi oʻrtasida “ichki muloqot” effektini yaratadi. Al-Baqillaniyning fikriga

koʻra, bunday qisqalik ilohiy i’jozaning bir qismidir va inson nutqi bilan qayta tiklana

olmaydi. Qur’onda tarixiy voqealar, paygʻambarlar va xalqlar haqidagi qissalar keng

tushuntirishsiz tez-tez tilga olinadi, bu kontekstni bilishni nazarda tutadi. Bu ishora

tafsir ilmining rivojlanishining sabablaridan biri boʻlgan Tabariy ta’kidlaganidek,

tafsirchining vazifasi matn, tarix va til oʻrtasidagi yashirin aloqalarni ochib berishdir.

Koʻrinib turgan parchalanishiga qaramay, Qur’on chuqur ichki strukturaviy izchillikka

ega. Zamonaviy tadqiqotlar (Neuwirth, Küpper) shuni koʻrsatadiki, suralar va oyatlar

murakkab ritorik va tematik tizimni tashkil qiladi. Qur’on klassik arab tili normalarini

mustahkamlashda, asrlar davomida uning tarkibiy oʻzgarishlarini minimallashtirishda

hal qiluvchi rol oʻynadi. Aynan Qur’on tili Sibavayh va undan keyingi Basriya va

Koʻfiy maktablarining grammatik asarlari uchun asos boʻldi. Qur’on matnining

jozibadorligi va chuqurligi tafsirning mustaqil akademik fan sifatida paydo boʻlishiga

olib keldi. Tafsir tilshunoslik, ritorika, ilohiyot va tarixni birlashtirdi. Oʻzbek

olimlarining ta’kidlashicha, tafsir klassik lingvistik normalarni saqlash va

rivojlantirishning asosiy mexanizmiga aylandi. Qur’on uslubi Islom yozuvining barcha

asosiy janrlariga ta’sir koʻrsatdi: hadis, fiqh, kalom, tasavvuf adabiyoti va hatto

she’riyatga ham. Shunday qilib, noyob madaniy va lingvistik hodisa – muqaddas

maqomga ega boʻlgan “Islomning arab tili” paydo boʻldi. Islomning tarqalishi bilan

arab tili shunchaki etnik aloqa vositasi boʻlishdan toʻxtadi va diniy bilimlarning

universal tiliga aylandi. Bu unga maxsus muqaddas maqom berdi va koʻp tilli islom

dunyosida uning saqlanishi va obroʻsini ta’minladi. Qur’on nafaqat yangi stilistik

qonunlar yaratdi, balki arab tilining oʻzini me’moriy jihatdan qayta tuzdi, uni ma’naviy

va intellektual bilim vositasiga aylantirdi. Islom davri arab tiliga ta’sir koʻrsatishda

davom etayotgan ushbu ilohiy stilistik merosni tushunish, talqin qilish va rivojlantirish

davriga aylandi. Bu davr arab madaniyati va tiliga bugungi kungacha ta’sir koʻrsatib

kelmoqda (Мавланов Н.2025).

Balogʻat ilmining rivoji. Arab tilshunosligi tarixidan ma’lumki, arablar o‘z

tillarining grammatikasini tadqiq qilishni boshlaganlarida avval “‫ – ”علم النحو‬sintaksis,

keyin “‫ – ”علم الصرف‬morfologiya vujudga kelgan. So‘ngra “‫ – ”علم البلاغة‬uslubiyat, ya’ni

stilistikaning asoslari yaratilgan. Ammo o‘sha davrda mazkur fan bo‘yicha alohida

kitob mavjud emas edi. Bu ilmga oid alohida savollarga javob tariqasida yozilgan

kichik hajmdagi risolalargina mavjud edi. Keyinchalik stilistika fani rivojlana borgani

sari alohida asar yozish ehtiyoji tug‘ilgan. Stilistikaga oid birinchi kitobni yozgan olim

Abu Ubayda (vaf. 825y.) bo‘ladi. Uning asari ‫( مجاز القرآن‬Majoz ul-Qur’on( – “Qur’on

tafsiri” deb nomlanadi (Nosirova M. A., 2017: 56). Arab tili uslubiyati balog‘at, fasohat

va nahv ilmlaridan shakllangandir. Arab klassik tilshunosligi va adabiyotshunosligida

b

alog‘at ‫ (البلاغة)‬tushunchasi nutqning vaziyatga mosligi va ma’no-ta’sir uyg‘unligini

ifodalovchi asosiy estetik kategoriya sifatida qaraladi, balog‘at so‘zining lug‘aviy

ma’n1o.siG“ryaemtimshaitsihk”jdihira. tIdlmaniymiustkialomhmdaalesgaa,p“nbiaolo‘zg‘oa‘tr”nidkakivnaatresgaidsahliishloaltaitldadaiq: o‘llash.

2. So‘zlovchining yuqoridagi talablarga javob beruvchi gaplarni so‘zlay olish

mahorati.

Balog‘atli so‘zlay olishga 6 yo‘l orqali erishiladi:

ovushlarning uyg‘unligi did bilan bilinadi;

o‘zlarning qoidaga xilofligi sarf orqali muolaja etiladi;

ahv yordamida gaplarning qoidaga tushmasligining oldi olinadi;

o‘zlarning g‘aribligi ko‘p mutolaa qilish orqali yo‘qotiladi;

lm al-bayon jumlalarning ma’no jihatdan mukammal bo‘lishni o‘rganadi;

aziyat taqozosi ilm al-maoniy yordamida o‘rganiladi.

Ilm al-balog‘a qadimdan arab tilshunoslari, adabiyotshunoslari diqqat markazida

bo‘lib kelgan. Adib (o‘rta asr arab ziyolisi)ning yetukligi uning ilm al-balog‘ani qay

darajada egallaganligi bilan o‘lchanardi. Shu bois, ilm al-balog‘a masalalariga

bag‘ishlangan asarlarni ko‘plab olimlar ijodlarida uchratishimiz mumkin (Nosirova

M.A., 2017:67). Abdul-Qohir al-Jurjoniy (v. 471/1078) o‘zining “Daloyil al-i’joz” va

“Asror al-balo‘ga” asarlarida balog‘atni mustaqil qoidalar majmui sifatida emas, balki

nazm nazariyasi doirasida ma’no va tarkibning o‘zaro munosabatiga tayanuvchi hodisa

sifatida izohlaydi. Uning fikricha, nutqning balog‘atli bo‘lishi so‘zlarning alohida

xususiyatiga emas, balki ularning ma’no talabiga muvofiq tartibda joylashuvi bilan

belgilanadi ‫ .(عبد القاهر الجرجاني. دلائل الإعجاز)‬Balog‘atni tizimli ilmiy fan sifatida

shakllantirish Abu Ya’qub as-Sakkokiy (v. 626/1229) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u

“Miftaḥ ul-’ulum” asarida balog‘atga eltuvchi nazariy mexanizmlarni uch asosiy

bo‘limda izohlaydi:

1) Ilm al-ma’oniy ‫ – (علم المعاني)‬gapning vaziyatga mos qurilishi yoki

so‘zlovchining ko‘zlagan maqsadini tushuntirish uchun kalomni turli vositalar bilan

bezab izohlash qoidalari ilmidir. Bu jumla yoki so‘z birikmasi yoki bir so‘zga jo

bo‘lgan ma’nolarning ahamiyatini o‘rganuvchi ilmdir;

2) Ilm al-bayon ‫ – (علم البيان)‬ma’noni ochiq va obrazli ifodalash usullari (tashbeh,

isti’ora, majoz va b.) yoki ta’birni voqelik va maqsadga muvofiq tarzda tuzish uslublari

haqidagi ilmdir. “Ilm al-bayon” – so‘zma-so‘z tushuntirib berish ilmi degani. Bu – bitta

fikrni turli usullar bilan tushuntirib berish ilmidir (Nosirova M.A., 2017:58);

3) Ilm al-badi’ ‫ – (علم البديع)‬nutqning badiiy bezaklari (jinos, tiboq, muqobala va

b.) yoki so‘z san’ati ilmi. Unga birinchi bo‘lib Abu Usmon Amr ibn al-Johiz asos

solgan. So‘ng uning ishini Xolif ibn Mu’tazz davom ettirgan. Uning ta’kidlashicha,

“so‘z san’ati” johiliyat paytlaridan mavjud bo‘lib, shoirlar undan uddaburonlik bilan

foydalanishgan. So‘ngra bu san’atni Qur’oni karim va hadislarda ham ko‘rishimiz

mumkin. So‘z san’ati ilmi nutqni tinglaganda xush yoqadigan qiluvchi so‘z

e

lementlarini o‘rganuvchi ilmdir (M. A. Nosirova, “Arab tili stilistikasi”, 59-b.).

Sakkokiyga ko‘ra, balog‘at nutqning “muqtazo al-hol”ga mos kelishi bilan belgilanadi,

balog‘at ilmi esa aynan shu moslikni ta’minlovchi qoidalarni o‘rganuvchi fan

hisoblanadi. Mazkur nazariy model Jaloliddin al-Qazviniy (v. 739/1338) tomonidan

“Talxiṣ al-Miftaḥ” hamda “Al-Izaḥ” asarlarida ixchamlashtirilib, ta’limiy va didaktik

shaklga keltirilgan. Qazviniy balog‘atni fasohat bilan uyg‘un holda nutqning vaziyatga

mosligi sifatida ta’riflab, balog‘at ilmini ushbu sifatni tahlil qiluvchi mustaqil fan

sifatida mustahkamlaydi (43 ،‫ .(الدين جلال القزويني‬Natijada arab balog‘at an’anasida

balog‘at – estetik natija, balog‘at ilmi – nazariy vosita degan ilmiy paradigma qaror

topadAi.bbosiylar davri haqli ravishda Islom sivilizatsiyasining “oltin davri”

hisoblanadi. Aynan shu davrda arab intellektual an’anasi asosan amaliy bilim

toʻplashdan uning nazariy tushunchasi va tizimlashtirilishiga oʻtdi. Diniy bilimlarni

saqlash va uzatish hukmronlik qilgan ilk Islom davridan farqli oʻlaroq, Abbosiylar

davri tanqidiy tahlil, bilimlarni tasniflash va madaniyatlararo sintezga asoslangan ilmiy

metodologiyaning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Davlat tomonidan qoʻllab-

quvvatlash fan rivojida muhim rol oʻynadi. Xalifalar Horun ar-Rashid va Ma’mun

bilimni davlatni mustahkamlash va hokimiyatni qonuniylashtirish vositasi sifatida

koʻrishgan. Ularning homiyligida kutubxonalar, tadqiqot markazlari va akademik

doiralar tashkil etilgan boʻlib, bu ilmiy faoliyatning institutsionalizatsiyasiga katta

hissa qoʻshgan. Bagʻdoddagi Bayt al-Hikma (Donolik uyi) Abbosiylar dunyosining

markaziy intellektual markaziga aylandi. U yerda falsafa, tibbiyot, matematika va

astronomiyaga oid yunon, fors va hind asarlarining tarjimalari amalga oshirilgan.

Donolik uyi shunchaki tarjima byurosi emas, balki bilim, tanqidiy tahlil va

moslashuvga yuz tutgan yangi ilmiy metodologiyani shakllantirish maydoni boʻlgan.

Abbosiylar davri madaniyatlarning intensiv muloqoti bilan ajralib turadi. Yunon

ratsionalligi, fors ma’muriy an’anasi va hind matematik bilimlari islom intellektual

muhitiga integratsiyalashgan. Bu sintez avvalgi kognitiv modellarni qayta koʻrib

chiqishga yordam berdi va yangi nazariy yondashuvlarning rivojlanishiga turtki boʻldi.

Arab tilshunosligi eng rivojlangan sohalardan biriga aylandi. Basra va Ko‘fa

grammatik maktablari morfologiya, sintaksis va lugʻatni tahlil qilish uchun tizimli

usullarni ishlab chiqdilar. Sibavayh (al-Kitob) asarlari tilning ilmiy tavsifi uchun asos

yaratdi, bu induksiya, oʻxshatish (qiyos) va lingvistik korpusga asoslangan. Olimlar

arab tilshunosligiga qat’iy metodologik xususiyatni bergan narsa Abbosiylar

grammatik an’anasi boʻlganini ta’kidlaydilar. Abbosiylar davridagi falsafiy tafakkur

Aristotel mantigʻining Islom ilohiyotiga integratsiyasi bilan tavsiflanadi. Al-Kindiy va

al-Farobiy mantiqni bilishning universal vositasi sifatida koʻrib chiqadigan ilmiy bilim

tushunchalarini ishlab chiqdilar. Al-Farobiy, xususan, keyingi Islom va Yevropa

falsafasiga ta’sir koʻrsatgan fanlar tasnifini yaratdi. (Ergashev O.B., 2010). Vaqt oʻtishi

bilan arab va musulmon olimlari oddiy tarjimadan tashqariga chiqdilar. Ular qadimiy

matnlarni tanqidiy o‘rganishdi, ularni toʻldirishdi va asl tushunchalarni ishlab

chiqishdi. Islom falsafasi bilim manbalarining epistemologik tasniflarini ishlab chiqdi:

ratsional (aqliy), hissiy va vahiy (naqliy), bu diniy bilimlarni ratsional va empirik

usullar bilan birlashtirishga imkon berdi (Mamadaliyev A.A., Izzetova E.M. 2025).

Abbosiylar davrida shakllangan metodologik an’ana qadimiy merosni saqlash va

uni Andalusiya va Sitsiliya orqali Yevropaga yetkazishda muhim rol oʻynadi. Arab va

musulmon olimlarining koʻplab gʻoyalari va usullari Yevropa Uygʻonish davri uchun

intellektual asosga aylandi. Shunday qilib, Abbosiylar davri izchil arab ilmiy

metodologiyasining shakllanishini belgilab berdi. Bilimlarning institutsionalizatsiyasi,

madaniy sintez va nazariy tafakkurning rivojlanishi arab va musulmon ilmini global

fan tarixiga uzoq muddatli ta’sir koʻrsatgan mustaqil va ta’sirchan an’anaga aylantirdi.

Zamonaviy arab tilshunosligida uslubiyat til va matnning ichki mexanizmini

oʻrganuvchi muhim soha sifatida namoyon boʻlmoqda. Klassik balogʻat ilmlari (ilm

al-bayon, ilm al-maʻoniy, ilm al-badiʻ) asosida shakllangan uslubiyat XX–XXI

asrlarda lingvostilistik va diskursiv yondashuvlar bilan boyidi. Bu rivojlanish

globallashuv, ommaviy axborot vositalari (OAV) va raqamli texnologiyalar taʼsirida

yuz berdi. Klassik nazariyalar, masalan, Abdulqohir Jurjoniy nazm nazariyasi, yangi

metodlar (masalan, kognitiv tilshunoslik) asosida qayta talqin qilinmoqda ( ‫فاطمة مهدي‬

‫ .(البزّال. الأسلوبية وحضورها في كتابات عبد القاهر الجرجاني في كتابيه‬OAV va badiiy matnlarda

uslubiy vositalarning yangi shakllari paydo boʻlayotgan boʻlsa-da, ularning ildizi

tarixiy tajribaga borib taqaladi ( ‫.(تمام,حسان .اللغة العربية معناها ومبناها‬

Hozirgi vaqtda tilshunoslikda uslub bir necha guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi.

Masalan, o‘zbek va rus tillarida uslub 5 taga bo‘lib o‘rganiladi:

1. So‘zlashuv uslubi

2. Ilmiy uslub

3. Rasmiy uslub

4. Publisistik uslub

5. Adabiy-badiiy nutq uslubi.

Hozirgi zamonaviy tilshunoslikda bu 5 uslub yana mayda, kichik uslublarga

bo‘linib ketgan. G‘arbda asosan 5 uslub, Sharqda esa 3 ta uslub mavjud. Jumladan

arablarda:

1. Ilmiy uslub

2. Adabiy (badiiy) uslub

3. Xitob (ritorika) (Nosirova M.A., 2017:61-62).

Arab tilshunosligida uslubiyat haqidagi tadqiqotlar boy tarixga ega. Klassik

davrda Abdulqohir Jurjoniy “Dalo‘il al-i’joz” asarida nazm nazariyasini rivojlantirib,

fasohatni soʻz va maʻno munosabati orqali izohlagan (Abdulqohir Jurjoniy. Dalā’il al-

i’jāz). Zamaxshariy “Al-Kashshof” tafsirida maʻoniy va bayonni qiyosiy tahlil qilgan,

bu zamonaviy diskurs tahliliga asos boʻlgan. Oʻzbek olimlaridan Qosimjon Sodiqov

“Turkiy til tarixi” (2009) asarida arab va turkiy uslublarni qiyoslab, tarjima

maktabidagi uslubiy elementlarni yoritgan (Sodiqov Q., 2009). Malika Nosirova esa

o‘zining “Arab tili stilistikasi” kitobida arab tilida uslubiyatning tarixiy shakllanishidan

to zamonaviy nazariyasigacha bo‘lgan barcha jarayon va bosqichlarni, bu yo‘lda

xizmat qilgan barcha tilshunos olimlarning hissasigacha batafsil ma’lumot bergan.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Umuman olganda, zamonaviy arab tilshunosligida uslubiyat klassikdan
zamonaviyga uzluksiz o‘tish jarayonini aks ettiradi. Klassik balog‘at nazariyalari
yo‘qolib ketmagan, balki yangi ilmiy metodlar yordamida boyitilib, zamonaviy matn
turlarini tahlil qilishda samarali qo‘llanilmoqda. Bu holat arab tilining tarixiy tajribasi
va zamonaviy kommunikativ ehtiyojlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yaqqol
ko‘rsatadi.
Shu munosabat bilan, kelgusidagi tadqiqotlar uchun bir qator takliflarni ilgari
surish mumkin:
- birinchidan, nodir manbalar va qo‘lyozmalarni raqamli transliteratsiya qilish
hamda arxeografik jihatdan o‘rganishni kengaytirish;
- ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalarida arab uslubiyatiga bag‘ishlangan maxsus
o‘quv dasturlarini joriy etish;

- uchinchidan esa arab va turkiy adabiy-uslubiy an’analarni qiyosiy asosda tadqiq

etish orqali umumiy va farqli jihatlarni aniqlash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Dr. Mustafo as-Soviy al-Juvayniy (1984) Manhaju az-Zamahshariy fi tafir al

Qurʼan va bayani iʼjazihi. Dor al Maorif. Misr. – B. 275.

2. Ergashev O. B. (2024) Aristotel mantig‘ining arab tiliga tarjima qilinishi va

Islom olamiga yoyilishi) Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and

social sciences (E)ISSN: 2181-1784. 4(7).

3. Izutsu T. (1964) God and Man in the Qur’an. – Tokyo.

4. Mamadaliyev A.A., Izzetova E.M. (2025) Arab-musulmon sharqida

madaniyat va ilmiy falsafiy fikr taraqqiyotining tarixiy rekonstruksiyasi (VIII-XII

asrlar). Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.

(E)ISSN: 2181-1784. 5(3), March.

5. Muhammad Abd al-Muttalib. (1980) Uslubiyat al-Qur’an. Qohira: Dar al-

Fikr.

6. Neuwirth A. (1996) The Qur’an as Text. – Leiden.

7. Nicholson R.A. (1907) A Literary History of the Arabs. – Cambridge: CUP.

8. Nosirova M.A. (2017) Arab tili stilistikasi. Toshkent Davlat sharqshunoslik

instituti.

9. Rustamiy S. (2019) O‘rta asrlar balog‘at ilmida tilshunoslikka oid qarashlar.

Toshkent.

10. Shawqi Dayf. (1995) Al-Balagha: Tareekh wa naqd. Qohira: Dar al-Maʻarif.

11. Sodiqov Q. (2009) Turkiy til tarixi. Toshkent: Fan.

авланов Н. (2025) Тафаккурга чорловчи Қуръон оятлари: Ибн Жарир Табарий

тафсири мисолида. Наука и инновация, 3(22), 70-73.

.1993 ،‫ ابن سلام الجمحي. طبقات فحول الشعراء. — بيروت: دار الكتب العلمية‬.13

1954.،‫ الباقلاني .إعجاز القرآن .القاهرة‬.14

.1998 ,‫ الجاحظ. والتبيين البيان. القاهرة‬.15

2020 ‫ يونيو‬25 ،‫ د. علي محمد الصلابي .القرآن الكريم مصدر تاريخي عظيم. نُشر الخميس‬.16

1988.،‫بيروت‬2. ‫ الزركشي .البرهان في علوم القرآن .ج‬.17

1987.،‫ السكاكي، أبو يعقوب .مفتاح العلوم .بيروت :دار الكتب العلمية‬.18

Volume 3, ‫ عبد القادر حمراني. الفكر الأسلوبي لدى عبد القاهر الجرجاني جسور المعرفة‬.19

Numéro 10, Pages 376-389. 2017-06-01

REFERENCES:

1. Abd al-Fattoh Ashur. (1962). Manhaju az-Zamahshariy fi tafsir al-Qur’an va
bayani i’jazihi. – Qohira: Dor al-Ma’orif. (In Arabic)

2. Al-Baqillani. (1954). I’jaz al-Qur’an. – Qohira. (In Arabic)
3. Al-Jahiz. (1998). Al-Bayan va at-Tabyin. – Qohira. (In Arabic)

4. Al-Sakkaki, Abu Ya’qub. (1987). Miftah al-‘Ulum. – Bayrut: Dor al-Kutub al-

‘Ilmiyya. (In Arabic)

5. Al-Zarkashi. (1988). Al-Burhan fi ‘Ulum al-Qur’an. Juz’ 2. – Bayrut. (In

Arabic)

6. Ali Muhammad as-Salabi. (2020, 25 iyun). Al-Qur’an al-Karim masdar tarikhi

‘azim. Nashr etilgan sana. (In Arabic)

7. Amir Abd al-Qadir Hamrani. (2017). Al-Fikr al-uslubi lada Abd al-Qahir al-

Jurjani. Jusur al-Ma’rifa. Volume 3, Numero 10, Sahifalar 376–389, 2017-06-01. (In

Arabic)

8. Ibn Sallam al-Jumahi. (1993). Tabaqat fuhul ash-Shu’ara’. – Bayrut: Dor al-

Kutub al-‘Ilmiyya. (In Arabic)

9. Ergashev O. B. (2024). Aristotel mantig‘ining arab tiliga tarjima qilinishi va

Islom olamiga yoyilishi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and

social sciences (E)ISSN: 2181-1784. 4(7). (In Uzbek)

10. Izutsu T. (1964). God and Man in the Qur’an. – Tokyo. (In English)

11. Mamadaliyev A.A., Izzetova E.M. (2025). Arab-musulmon sharqida

madaniyat va ilmiy falsafiy fikr taraqqiyotining tarixiy rekonstruksiyasi (VIII–XII

asrlar). Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.

(E)ISSN: 2181-1784. 5(3), March. (In Uzbek)

12. Muhammad Abd al-Muttalib. (1980). Uslubiyyat al-Qur’an. – Qohira: Dor al-

Fikr. (In Arabic)

13. Mavlоnov N. (2025). Tafakkurga chorlovchi Qur’on oyatlari: Ibn Jarir

Tabariy tafsiri misolida. Nauka i innovatsiya, 3(22), 70–73. (In Russian)

14. Neuwirth A. (1996). The Qur’an as Text. – Leiden. (In English)

15. Nicholson R.A. (1907). A Literary History of the Arabs. – Cambridge: CUP.

(In English)

16. Nosirova M.A. (2017). Arab tili stilistikasi. – Toshkent Davlat sharqshunoslik

instituti. (In Uzbek)

17. Rustamiy S. (2019). O‘rta asrlar balog‘at ilmida tilshunoslikka oid qarashlar.

– Toshkent. (In Uzbek)

18. Shawqi Dayf. (1995). Al-Balagha: Tarikh wa naqd. – Qohira: Dor al-Ma’arif.

(In Arabic)

19. Sodiqov Q. (2009). Turkiy til tarixi. – Toshkent: Fan. (In Uzbek)