ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLARDA MILLIY
QADRIYATLAR VA AXLOQIY NORMALARNING IFODALANISHI
EXPRESSION OF NATIONAL VALUES AND MORAL NORMS IN
PHRASEOLOGISMS IN ARABIC AND UZBEKISTAN
ВЫРАЖЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ И НОРМ
НРАВСТВЕННОСТИ ВО ФРАЗЕОЛОГИЗМАХ АРАБСКОГО ЯЗЫКА И
УЗБЕКИСТАНА
Boborajabov Muhammadiqbol Emomaliyevich
Oriental universiteti Tillar-1kafedrasi o‘qituvchisi
Tel.: +99877-767-09-00
E-mail: mboborajabov62@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada arab va o‘zbek tillaridagi ta’lim-tarbiyaga oid
frazeologik birliklar lingvomadaniy jihatdan tahlil qilingan. Frazeologizmlar xalqning
asrlar davomida shakllangan dunyoqarashi, axloqiy me’yorlari va milliy qadriyatlarini
ifoda etuvchi til birliklari sifatida qaraladi. Tadqiqotda mehmondo‘stlik, oila va urug‘-
aymoq qadriyatlari, diniy e’tiqodlar, mehnatsevarlik va sabr-toqat kabi muhim
ijtimoiy-madaniy tushunchalar frazeologik birliklar misolida yoritilgan. Arab va
o‘zbek tilidagi o‘xshash va farqli jihatlar taqqoslanib, ularning tarbiyaviy hamda
madaniy ahamiyati izohlangan. Maqola xulosalarida til birliklari orqali tarbiyaviy
qadriyatlarni o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash va yosh avlodni tarbiyalashda
frazeologizmlarning muhim vosita ekanligi ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar: frazeologizm, lingvomadaniyat, ta’lim-tarbiya, milliy qadriyat,
axloqiy me’yor, arab tili, o‘zbek tili, mehmondo‘stlik, oila qadriyatlari,
mehnatsevarlik, sabr-toqat.
Annotation. This article analyzes educational phraseological units in the Arabic
and Uzbek languages from a linguocultural perspective. Phraseologisms are considered
as language units that express the worldview, moral standards and national values of
the people formed over the centuries. The study highlights important socio-cultural
concepts such as hospitality, family and clan values, religious beliefs, hard work and
patience using phraseological units. Similarities and differences in the Arabic and
Uzbek languages are compared, and their educational and cultural significance is
explained. The conclusions of the article emphasize that phraseologisms are an
important tool in studying educational values, understanding national identity and
educating the younger generation through language units.
Keywords: phraseology, linguistic culture, education, national value, moral
standard, Arabic language, Uzbek language, hospitality, family values, hard work,
patience.
Аннотация. В данной статье анализируются образовательные
фразеологизмы в арабском и узбекском языках с лингвокультурологической
точки зрения. Фразеологизмы рассматриваются как языковые единицы,
выражающие мировоззрение, моральные нормы и национальные ценности
народа, формировавшиеся на протяжении веков. В исследовании с помощью
фразеологизмов выделяются такие важные социально-культурные концепты, как
гостеприимство, семейно-родовые ценности, религиозные убеждения,
трудолюбие и терпение. Сравниваются сходства и различия в арабском и
узбекском языках, объясняется их образовательное и культурное значение. В
выводах статьи подчеркивается, что фразеологизмы являются важным
инструментом в изучении образовательных ценностей, понимании
национальной идентичности и воспитании подрастающего поколения
посредством языковых единиц.
Ключевые слова: фразеология, лингвокультура, образование, национальная
ценность, моральный стандарт, арабский язык, узбекский язык,
гостеприимство, семейные ценности, трудолюбие, терпение.
KIRISH
Har bir xalqning tili uning tarixi, dunyoqarashi, milliy qadriyatlari va madaniy
merosini o‘zida aks ettiradi. Til boyligining muhim qatlamlaridan biri bo‘lgan
frazeologik birliklar xalqning ma’naviy hayotini, urf-odatlari va tarbiyaviy qarashlarini
chuqur ifodalaydi. Ayniqsa, ta’lim-tarbiyaga oid frazeologizmlar orqali xalqning
axloqiy-me’yoriy qarashlari, tarbiyaga oid qadimiy tajribalari va ijtimoiy
munosabatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu bois arab va o‘zbek tillaridagi ta’limtarbiyaga oid frazeologik birliklarni lingvomadaniy jihatdan o‘rganish nafaqat
tilshunoslik, balki xalqshunoslik, madaniyatshunoslik uchun ham muhim ilmiy
ahamiyatga ega.
Mazkur tadqiqotda arab va o‘zbek xalqlarining tarbiyaga oid qarashlari
frazeologik birliklar misolida tahlil qilinadi. Har ikkala tilda qo‘llaniladigan
iboralarning lingvomadaniy mazmuni ochib berilib, ularning xalq tarbiyasi, axloqiy
qadriyatlari va ijtimoiy hayotidagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, tadqiqot
davomida frazeologizmlarda xalqning milliy mentaliteti, tarbiyaviy qarashlari va
o‘ziga xos dunyoqarashi qanday aks etgani ilmiy tahlil qilinadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbek tilshunosligida H. Doniyorov, Sh. Rahmatullayev, M. Mirtojiyev, A.
Hojiyev kabi olimlar frazeologizmlarning lug‘aviy va uslubiy xususiyatlarini
izohlaganlar. Sh. Rahmatullayevning “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati” da minglab
frazeologizmlar jamlangan bo‘lib, ular xalqning axloqiy qarashlari va tarbiyaviy
qadriyatlarini ifodalashdagi o‘rni bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, N. Mahmudov
va A. Nurmonovlarning ishlari frazeologizmlarning matnshunoslik va lingvomadaniy
talqiniga qaratilgan.
Arab tilshunosligida tildagi frazeologizmlarning lingvistik xususiyatlari koʻplab
tadqiqotlarda oʻrganilgan. Jumladan, Izzat Husayn Husayn Gʻurobning “Qurʼoni
karimdagi frazeologizmlarning semantikasi va tarkibi” mavzusidagi doktorlik
dissertatsiyasi, doktor Vafo Komil Foidning “Zamonaviy arab tilida ayrim
frazeologizmlar turlari” nomli maqolasi kabi tadqiqotlarda frazeologizmlarning
semantik, struktur, lingvopoetik, lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan.
Shuningdek, dunyo arabshunosligida ham frazeologizmlar tahliliga oid bir qator
ishlar kuzatiladi. Jumladan, Murat Yigʻitning “Arab tilidagi frazeologizmlar va
ularning Qurʼoni Karimda qoʻllanilishi” doktorlik dissertatsiyasi, Mansur Muhammad
Hasan Sammanining “Rus tilidagi frazeologizmlar va evfemizmlar arab tili misolida:
lingvokulturologik aspekt” nomli doktorlik dissertatsiyasi, Abdulhamid S.A. ning
“Arab va rus tillaridagi frazeologizmlarning lingvomadaniy tahlili doktorlik
dissertatsiyasi, Bekirov R.A “Arab tilidagi frazeologizmlarning leksik-semantik
xususiyatlari, I.K.Shabaning “Arab va rus tillaridagi frazeologizmlar qiyosiy tahlili”
nomli maqolalari va yana bir qator dissertatsiya monografiya va maqolalarda
frazeologizmlarning lingvopoetik (sistem-struktur) va lingvokulturologik xususiyatlari
yoritilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqot qiyosiy-lingvokulturologik yondashuv asosida olib borildi. Unda
arab va o‘zbek tillaridagi ta’lim-tarbiyaga oid frazeologik birliklar yig‘ildi, semantik
tahlil qilindi hamda ularning lingvomadaniy mazmuni ochib berildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Har bir frazeologizm o‘z xalqining tarixiy tajribasi, axloqiy qadriyatlari va
dunyoqarashini ifodalaydi. Shu boisdan, ta’lim-tarbiya sohasidagi frazeologik birliklar
milliy axloqiy normalar, odob-axloq qoidalari va ta’lim muhitida hurmat qilinadigan
qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi.
Arab va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarda quyidagi har ikki xalqning
milliyligini ifodalovchi o‘ziga xos milliy qadriyatlar va axloqiy normalarni ko‘rish
mumkin.
Mehmondo‘stlik va saxiylik. Arab va o‘zbek madaniyatida mehmondo‘stlik eng
muhim milliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Mehmonni hurmat bilan kutib olish,
unga eng yaxshi sharoit yaratish har ikki xalqda ham an’anaviy axloq normalari sifatida
qadrlanadi. Bu qadriyat, ayniqsa, oila muhitida mustahkam o‘rin tutadi va jamiyatda
ijtimoiy birdamlikni ta’minlaydi. Quyida arab va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarda
mehmondo‘stlik va saxiylikning ifodalanishini ko‘rish mumkin.
وجهه مبسوط ويده ممدودة(yuzida tabassum, qo‘li uzun). Ushbu ibora mehmondo‘st,
saxiy va har doim yordamga tayyor inson holatini ifodalaydi. Arab madaniyatida
tabassum va qo‘l ochiqlik ijobiy xislatlar sanaladi. Iborada insonning mehribonligi,
yuzida tabassum va saxiyligi aks etilgan. Tarbiya jarayonida bolalarga xushmuomala
va saxiy bo‘lishni o‘rgatadi ,.الميداني)1983: 231).
O‘zbek tilida ham ushbu iboraning qo‘li ochiq varianti mavjud. O‘zbek
tilshunosligida qo‘l amaliy harakat ramzi, ochiq esa yopiqlikning aksi sifatida mehr
va saxovat timsoli. O‘zbek xalqi ko‘p hollarda moddiy jihatdan yordam berishni,
ayniqsa mehmonlarga ochiq qo‘l bilan munosabatda bo‘lishni qadrlaydi.
Har ikki tildagi frazeologik birliklar ham xalqning axloqiy-ma’naviy olami,
ijtimoiy muomalasi va tarbiyaviy holatini ifoda etuvchi vositalardir. Arab tilida ibora
ikki jihatni yuzdagi xushmuomalalik va qo‘ldagi saxovatni uyg‘unlashtirgan holda
kengroq semantik yuklamaga ega bo‘lsa, o‘zbek tilida amaliy yordam va mehr-
muruvvatni birlashtirgan holatda ifodaviy ixchamlikni ko‘rsatadi.
بيته مفتوح وطبخه مشروح(uyi ochiq, ovqati tayyor). Iborada mehmon uchun har doim
tayyor, mehmondo‘st inson holati tasvirlanadi. Arab an’analarida mehmon uchun eshik
har doim ochiq bo‘lishi kerakligi qadimiy urf. Bu ibora insonning doimo mehmon
kutish uchun tayyorligi va saxiyligi orqali tarbiyani aks ettiradi ,.الميداني)1983: 304).
O‘zbek tilidagi eshigi ochiq frazeologik birligi ham shunga o‘xshash ma’noni
ifodalaydi. Bu ibora oddiy so‘zma-so‘z ma’noda uy eshigi yopiq emasligini bildirishi
bilan birga, insonning ochiqligi, mehmondo‘stligi va samimiyligini ifodalashda
ishlatiladi. O‘zbek madaniyatida bu ibora ko‘pincha ijtimoiy munosabatlar va oilaviy
qadriyatlar kontekstida tilga olinadi.
فلان يكرم الضيف ويؤثره على نفسه(falonchi mehmonni izzatlaydi va uni o‘zidan ustun
qo‘yadi). Ushbu ibora o‘z ehtiyojlaridan voz kechib, mehmonni ulug‘lash holatlarida
qo‘llaniladi ,.الميداني)1983: 341). Ibora – الإيثار)boshqani o‘zidan afzal ko‘rish)
qadriyatini ifodalaydi. Tarbiyaviy nuqtayi nazardan, bu oliyjanoblik va fidoiylik
namunasi. Arab tilshunosligida bu fazilatni ijtimoiy muomala etiketi sifatida
o‘rganiladi.
O‘zbek tilida mehmonni ko‘ksidan qo‘yish iborasi mavjud bo‘lib, bu ibora
metaforik ma’noga ega va mehmonni o‘zidan ustun qo‘yish, uni yuqori hurmat bilan
qarshi olish, mehmondo‘stlikning eng oliy darajasini ifodalaydi. Frazema o‘zbek
xalqining mehmondo‘stlik madaniyatini yuksak baholashi va uni ijtimoiy norma
sifatida qabul qilganligini ko‘rsatadi.
Har ikkala ibora ham tarbiyaviy nuqtayi nazardan oliyjanoblik, saxiylik va
fidoyilikni ifodalaydi. Mehmonni o‘zidan ustun qo‘yish insonning boshqa odamlarga
nisbatan mehr-muruvvat ko‘rsatishi, o‘z manfaatlarini chetda qoldirib, boshqani
qadrlashidir. Bunday xulq-atvor yosh avlodga insonparvarlik va insoniy fazilatlarni
o‘rgatishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
الكرم غريزة عند العرب(saxiylik arablar orasida tug‘ma xislatdir). Bu ibora xalqning
o‘z-o‘zini tarbiyaviy jihatdan faxr bilan baholashini anglatadi. Arablar o‘z urf-
odatlarida saxiylikni eng muhim qadriyatlardan biri deb hisoblaydilar. Shuning uchun
ta’limda ham bu qadriyat bolalikdan shakllantiriladi.
O‘zbek tilida shuningdek mehmondo‘stlik va saxiylikni ifodalovchi osh bermoq,
xayr-ehson qilmoq, dasturxoni keng, kabi bir qator tarbiyaviy frazeologizmlar ham
uchraydi. Bu kabi frazeologik birliklar o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik va saxiylik
qadriyatlarini, ularning ijtimoiy va madaniy o‘rni hamda tarbiyaviy ahamiyatini chuqur
ifodalaydi.
Oila va urug‘-aymoq. Arab va o‘zbek jamiyatida oila va urug‘-aymoqchilik
muhim qadriyatlardan hisoblanadi. Oila a’zolari orasidagi hurmat, mehr-muhabbat va
bir-biriga yordam ko‘rsatish madaniy-axloqiy normadir. Arablarda esa o‘zbek xalqidan
farqli ravishda qabilachilik ham ijtimoiy himoya va birlik manbai sifatida qaraladi.
Qadimda arablar turli qabilalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har birida o‘z urf-odat va
an’analari bo‘lgan. Quraysh, Banu Hashim, Avs va Hazraj, Banu Tamim, Banu G‘atfan
qabilalari shular jumlasidandir. Bu tuzilmalar arab millatining ijtimoiy barqarorligi va
milliy o‘zligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli oila va qabilachilik
qadriyatlari arab va o‘zbek frazeologizmlarida ham o‘z aksini topgan. Buni quyidagi
misollarda ham ko‘rish mumkin:
ِ – ي َْحف َُظ ماءَ وَجْهِ أ َْهلِهOilasining yuzini saqlaydi, ya’ni ota-onasini uyaltirmaydi, o‘z
nomusni saqlaydi. Bu ibora arab jamiyatidagi or-nomus, ayniqsa oilaviy sha’nni
saqlashga bo‘lgan yuqori e’tiborni aks ettiradi. O‘z qilib yurgan ishlari bilan oila yuzini
yerga qaratmaslikni ifodalaydi. Bu qadriyatlar bolalarga tarbiya orqali singdiriladi. لا
– يرفع رأسه بين قومهqavmi orasida bosh ko‘tarmaydi, ya’ni obro‘siz va qilgan nojo‘ya
ishlari sababli uyatga qolgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, arab madaniyatida qabila
yoki qavm obro‘si juda muhim. Tarbiya jarayonida farzandga nomusli bo‘lish, boshini
baland tutish g‘oyalari singdiriladi. Bu ibora esa ushbu fazilatlardan mahrum bo‘lish,
tarbiyasizligi sababli o‘z oilasi va qarindoshlari orasida obro‘si to‘kilishiga aytiladi.
– خرج عن طوع أهلهoilasining nazoratidan chiqdi. Ushbu ibora tarbiyasiz bola, yoki ota-
onaning gapiga quloq solmaydigan farzandga nisbatan ishlatiladi. Arab jamiyatida
oilaviy nazorat va tarbiya qattiq bo‘lgan, shu sababli bu ibora salbiy konnotatsiyaga
ega. – َورِثَ الشَّهَامَة َِمن آبَائ ِِهjasurlikni ajdodlaridan meros olgan, ya’ni qo‘rqmas va jasur
etib tarbiyalangan. Arab jamiyatida jasurlik, saxovat, or-nomus kabi xususiyatlar
nasldan naslga o‘tadi, deb e’tiqod qilinadi. Bu ibora orqali bola tarbiyasida ota-
bobolarning yaxshi sifatlarini davom ettirish talab qilinadi. Tarbiyada “ajdodingga
munosib bo‘l” degan fikr muhim o‘rin tutadi. – َصاحِبُ ن ََسب عَرِيقnasl-nasabli, obro‘li,
tarbiyali kishi. Arab madaniyatida nasl-nasab “or-nomus, tarbiya, odob, saxovat” kabi
qadriyatlar manbayi sifatida qaraladi. Tarbiya bu naslga mos bo‘lish, uni sharaf bilan
davom ettirish vositasi sifatida qaraladi. – هاك الشبل من ذاك الأسدbu arslon ana u sherdan.
Bu ibora ko‘pincha ota yoki ajdodning kuchi, jasorati va qahramonlik fazilatlari
avlodga meros sifatida o‘tishini ta’kidlaydi ,.الميداني)1983: 417). Madaniy nuqtayi
nazardan, arab jamiyatida qabila va nasl davomiyligi muhim o‘rin tutadi. Ibora esa
shunday qadriyatlarni ifodalovchi ramziy birikmadir. Shunday qilib, ibora til va
madaniyat o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni ko‘rsatib, kuchli ota-ona avlodga shijoat va
qahramonlikni meros qilib qoldirishini ifodalaydi.
Yuqoridagi frazeologik birliklardan tashqari qabila nomlari ishtirok etgan iboralar
ham mavjud:
ّ – أ َْكرَمُ مِن ق َُريْشِيQurayshiyday saxiy, ya’ni juda saxiy, ochiq qo‘l inson. Quraysh
qabilasi tarixan Makka ahli orasida eng hurmatli, nasabdor, savodli, va saxiy qabila
sifatida tanilgan. Bu ibora orqali saxovat, or-nomus, tarbiya kabi qadriyatlar Quraysh
nomi bilan ifodalanadi. ّ – أ َْفصَحُ مِنْ هُذ َْيلِيHuzayl qabilasidan fasohatliroq. Ushbu ibora
juda ravon so‘zlovchi, fasohatli, zukko shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Huzayl qabilasi
fasohat, ya’ni ravon va go‘zal so‘zlash bilan mashhur bo‘lgan. Bu ibora ta’lim-tarbiya
va til madaniyati bilan bog‘liq. Bola yoki kishi madaniyatli, chiroyli gapirsa, undan
oila va qabila sha’ni ko‘rinadi. Arablar til madaniyatini ham nasl va tarbiya orqali
o‘tadigan qadriyat deb bilishadi. ّ – أ َْشجَعُ مِن ت َِميمِيTamimlikdan ham jasur, ya’ni o‘ta
jasur, qo‘rqmas odam. Tamim qabilasi jasurligi, jangchiligi bilan tanilgan ,.الميداني)
1983: 391). Arab tarbiyasida jasurlik, erkaklik, sabr katta qadriyat bo‘lgan. Bu ibora
orqali tarbiyada bolaga shijoat beriladi va oila sha’niga loyiq bo‘lishga undaladi.
Yuqoridagi frazeologik birliklarning barchasi ta’limga emas, balki tarbiyaga
dalolat qiladi. Ular arab madaniyatining asosiy qadriyatlarini oilaviy sha’n, nasl
davomiyligi, or-nomus, jasorat, saxovat va til madaniyatini o‘zida mujassam etadi.
Shuningdek, til orqali ijtimoiy tarbiya va axloqiy me’yorlarni ifodalab, shaxsning oilasi
va qabilasi oldidagi mas’uliyatini ta’kidlaydi. Qabila nomlari bilan bog‘liq iboralar esa
tarixiy va madaniy merosning ramzi sifatida, nasl va tarbiyaning ijtimoiy
munosabatlardagi o‘rnini ko‘rsatadi. Shu bois, bu frazeologik birliklar arab
jamiyatining lingvomadaniy mohiyatini aks ettirib, til va madaniyatning o‘zaro uzviy
bog‘liqligini namoyon etadi.
O‘zbek xalqining madaniy merosida ham oila qadriyatlari markaziy o‘rin
egallaydi. Azaldan oilaviy tarbiya, ajdodlar izzatini saqlash, ota-onaga hurmat, urug‘-
aymoq sha’nini ko‘z qorachig‘idek asrash kabi qadriyatlar avloddan avlodga og‘zaki
nutq, udum va iboralar orqali yetkazib kelingan. Ayniqsa, xalqning kundalik tilida
qo‘llaniladigan frazeologik birliklar ushbu qadriyatlarning til vositasidagi eng barqaror
va kuchli aksidir.
O‘zbek tilidagi ba’zi frazeologizmlar bevosita oila, qarindoshlik, ajdodlar sha’ni,
nasl davomiyligi, farzandlik burchi kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib,
ularning mazmuni faqat semantik emas, balki lingvomadaniy jihatdan ham o‘ta boy va
ma’nodor. Bu kabi frazeologik birliklar orqali xalq farzandni qanday tarbiyalagan,
qanday xulq-atvorni qadrlagan, nimalarni uyat yoki faxr deb bilganini aniqlash
mumkin. Buni misoli o‘laroq quyidagi frazeologizmlarni keltirish mumkin:
Ota-onaning yuzini yorug‘ qilish – ota-onani faxrlantirish, ular uchun g‘urur
bo‘lish. Bu frazeologik birlik orqali ta’lim-tarbiyaning maqsadi ota-onani xursand
qilish, el-yurt ichida obro‘li bo‘lish ekanligini anglash mumkin. Urug‘-aymoqqa gap
tushirmaslik – yomon ish qilib qarindoshlar ichida sharmanda qilmaslik. Ushbu
iborada o‘zbek xalqining oilaviy burchi, o‘z avlodi sha’nini saqlash qadriyati aks
ettiriladi. Ajdodiga munosib bo‘lmoq. Ushbu frazeologik birikma o‘zbek tilida avlodlar
uzviyligini va ota-bobolarga hurmatni ifodalovchi muhim madaniy-konseptual
tushunchani aks ettiradi. Bu ibora orqali ajdodlarning tarbiyaviy, axloqiy va madaniy
merosiga mos kelish, ularning izidan borish, ularning sha’nini saqlash ma’nosi
ifodalanadi. Madaniy kontekstda bu fraza o‘zbek xalqining ota-bobolariga hurmat,
avlodlararo bog‘lanish va uzviylik qadriyatlarini yuksak tutishini ko‘rsatish bilan birga,
nasl davomiyligi va oila sharafini saqlashga chaqiradi. Ota-onaning yuzini yerga
qaratish – o‘z xatti-harakatlari bilan ota-onasini sharmanda qilish, ularning yuzini
yerga qaratish. O‘zbek mentalitetida avlod sha’nini asrash, ota-ona nomini yuksaltirish
muhim tarbiyaviy mezon sifatida qaraladi. Ushbu ibora esa salbiy ma’no ya’ni
tarbiyasizligi sababli ota-onasini sha’niga dog‘ tushirishni anglatadi. Ota-onasining
izidan yurmoq – ota-onasining xulq-atvori, kasbi yoki yo‘lini davom ettirmoq. O‘zbek
oilasida avlodlar uzviyligi, tarbiya orqali qadriyatlar avloddan-avlodga o‘tishi muhim
hisoblanadi. Shu sababli har bir farzand ota-onasining mehnatkashligi, halolligi va
mehribonligini o‘z hayotiga namuna qilib oladi. Oilada shakllangan axloqiy
qadriyatlar, odatlar va kasb-hunar odatda avlodlar davomida davom etib, jamiyatda
barqarorlik va do‘stlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Bu esa yoshlarni o‘z
kelajagiga mas’uliyat bilan qarashga, o‘z ota-bobolarining izidan borishga undaydi.
Shuning uchun ota-onasining izidan yurish nafaqat oila, balki butun jamiyat uchun ham
muhim qadriyat hisoblanadi. Ota-onaning izini toptamaslik – ota-onaning sha’niga
dog‘ tushirmaslik, nomini yomon qilmaslik. Azaldan ajdodlarga hurmat va ularning
tarbiyasiga munosib bo‘lish o‘zbekcha tarbiyaning muhim elementi hisoblanadi.
Aynan shunday qadriyatlar orqali o‘zbek jamiyatida oilaviy mehr-muhabbat, sadoqat
va vatanparvarlik ruhi mustahkamlanadi. Urug‘ini yerga urmoq – butun avlodini
sharmanda qiladigan ish tutmoq. Bu ibora urug‘ sha’ni, oilaviy obro‘ning ijtimoiy
ahamiyatini ko‘rsatadi. O‘zbek oilaviy tarbiyasida el ichida yuzi yorug‘ bo‘lish muhim.
Urug‘ sha’ni deganda nafaqat oilaning ichki hurmati, balki uning jamiyatdagi mavqeyi,
obro‘si tushuniladi. Shu bois, har bir avlod o‘zining qilgan ishlari, so‘zlari bilan oila
nomini faxr bilan tilga olinishiga sababchi bo‘lishga intiladi. Ota-onaning ko‘z
quvonchi bo‘lmoq – ota-onaga yordamchi, yaxshi ko‘rilgan, suyilgan farzand bo‘lish.
Ushbu ibora o‘zbek tilida metaforik ma’noga ega bo‘lib, ota-onani xursand qiladigan,
ularni hurmat qiladigan va yordam beradigan farzandni ifodalaydi. Bu ifoda o‘zbek
madaniyatida ota-ona va farzand o‘rtasidagi mehr-muhabbat, hurmat va mas’uliyatni
aks ettiradi. Ko‘z quvonchi nafaqat hissiy quvonch, balki oilaning ichki barqarorligi va
ijtimoiy obro‘yining ramzi hisoblanadi. Umuman olganda, bu ibora o‘zbek oilaviy
tarbiyasining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, avlodlar o‘rtasidagi uzviylik va
hurmatni ta’kidlaydi hamda jamiyatda ota-ona sha’nini saqlashning muhimligini
ifodalaydi.
O‘zbek tilidagi frazeologizmlar oilaviy qadriyatlar, nasl uzviyligi, ota-ona sha’ni
hamda farzandlik burchi kabi muhim madaniy va ijtimoiy g‘oyalarni o‘zida mujassam
etgan bo‘lib, ularning semantik va lingvomadaniy jihatdan boyligi o‘zbek xalqining
axloqiy me’yorlari va tarbiyaviy tamoyillarini anglashda katta ahamiyat kasb etadi.
Misol tariqasida keltirilgan yuqoridagi frazeologik birliklar nafaqat oilaviy
munosabatlar va qadriyatlarni, balki jamiyat oldidagi mas’uliyat va sharaf
tushunchalarini ham yoritadi. Ushbu frazeologizmlar orqali xalq farzandning tarbiyasi,
ota-onaga hurmat, oilaning obro‘-e’tibori, avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik hamda
jamiyatda yuz ko‘rsatish, sharmanda bo‘lmaslik tamoyillari qanday qadrlanishi aniq
ko‘rinadi. Natijada, o‘zbek frazeologik merosi nafaqat tilshunoslik, balki
madaniyatshunoslik va sotsiologiya sohalarida ham o‘zbek xalqining ma’naviy
hayotini chuqurroq o‘rganish uchun boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘zbek
oilasining barqarorligi, milliy o‘ziga xosligi va ijtimoiy integratsiyasida frazeologik
qadriyatlarning o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlashga yordam beradi.
Arab va o‘zbek tillaridagi ta’lim-tarbiyaga oid frazeologizmlar shaxsning axloqiy,
ruhiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor va ichki sifatlarni
ifodalab, bolalarni halollik, sabr-toqat, muloyimlik, ichki poklik, iymon va taqvo kabi
fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltiradi. Bu frazeologizmlar nafaqat til boyligi, balki
tarbiyaviy va ma’naviy meros sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Shu bois, arab va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar nafaqat madaniy va lingvistik
o‘rganish obyekti, balki ta’lim-tarbiyadagi asosiy qadriyatlarni yetkazishda muhim
vosita sifatida e’tiborga loyiqdir. Ular orqali yosh avlodning ijtimoiy-madaniy va
axloqiy barkamolligi ta’minlanadi, shu bilan birga jamiyatda ijobiy axloqiy muhit
yaratiladi.
Mehnatsevarlik va sabr-toqat. Arab va o‘zbek madaniyatida mehnatsevarlik va
qiyinchiliklarga sabr qilishga katta ahamiyat beriladi. Hayotdagi qiyinchiliklarga
bardosh berish, mehnat qilish orqali maqsadlarga erishish milliy axloqning ajralmas
qismi hisoblanadi. Buni frazeologik birliklarda ham kuzatish mumkin. Bunday
frazeologik birliklar arab va o‘zbek xalqlarining mehnatsevarligi va sabrliligini
mujassam etgan lingvomadaniy hodisa sifatida e’tirof etiladi. Masalan, – شدّ حيلك
kuchingni mustahkamla frazasi insonni faoliyatga safarbar qilish, dangasalikdan tiyib,
mehnatga undashda qo‘llaniladi. Bu ibora o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan bo‘sh
kelma, jonbozlik ko‘rsat kabi iboralarga yaqin bo‘lib, shaxsda irodaviy sifatlarni
shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bu ibora o‘quvchini yoki talabani o‘z bilim
faoliyatiga jiddiy, mas’uliyat bilan yondashishga undovchi pedagogik vosita sifatida
samarali bo‘lishi mumkin.
Yana bir diqqatga sazovor frazeologizm – أكل الخبز بعرق الجبينpeshona teri bilan
non yedi iborasi bo‘lib, u halol mehnat, rizqni o‘z kuchi bilan topish, haromdan tiyilish
g‘oyalarini targ‘ib etadi. O‘zbek tilida bunga muqobil tarzda peshona teri bilan mehnat
qilmoq, ter to‘kmoq kabi iboralar mavjud. Bu frazeologik birliklar yosh avlodga
halollik, mas’uliyat, vijdon bilan yashashni o‘rgatishda muhim tarbiyaviy yuklama
kasb etadi. Ayniqsa, ta’lim jarayonida bu kabi frazeologik namunalarni muhokama
qilish orqali o‘quvchilarda axloqiy qadriyatlarga nisbatan ongli munosabat shakllanadi.
– شمر عن ساعد الجدqat’iyat bilan yeng shimardi frazeologik birligi mehnatga,
faoliyatga to‘liq tayyorgarlik ko‘rish, astoydil kirishish ramzi sifatida ishlatiladi
(Hojiyev A., 2006: 460). Ushbu ibora shaxsning mashaqqatli ish yoki vazifani
bajarishga bo‘lgan qat’iyatini, fidoyiligini ifodalab, pedagogik kontekstda
mehnatsevarlik va jiddiy yondashuvni targ‘ib qiladi. Til va madaniyat nuqtayi
nazaridan bu frazeologizm har qanday faoliyatga samarali va mas’uliyat bilan
yondashish zarurligini ko‘rsatadi, shuningdek, o‘quvchilarda intizom va fidoyilik
fazilatlarini shakllantirishda ahamiyatlidir. O‘zbek tilida ham yeng shimarmoq iborasi
xuddi shu ma’noni ifodalaydi.
Arab tilida tez-tez uchraydigan – يبلّط البحرdengizni tekislaydi frazasi esa, juda
murakkab, hatto imkonsizdek tuyulgan vazifalarga sabr bilan yondashish, ulardan
qo‘rqmaslik, qat’iyat bilan harakat qilish zarurligini bildiradi ,.الميداني)1983: 415). Bu
frazeologizm o‘zbek tilidagi, tog‘ni silkitmoq, changalda sho‘rva pishirish kabi
iboralar bilan semantik jihatdan yaqin. Bunday iboralar orqali insonni hayotdagi
sinovlarga bardosh berishga, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad sari sabr-toqat bilan intilishga
undovchi g‘oyalar ilgari suriladi. Bu frazeologizm faqat mehnat emas, balki ilm olish,
tarbiya, jamiyatda faol ishtirok etish singari yo‘nalishlarda ham shaxsiy intizom va
kuchli irodaning zarurligini ifoda etadi.
– يطحن الصخرtoshni maydalaydi, frazasi juda murakkab va og‘ir vazifalarni
qat’iyat bilan bajarish, barcha to‘siqlarga qaramay sabr bilan harakat qilishni anglatadi.
Bu ibora o‘zbek tilidagi qattiq toshni yoradi, yelkasida tog‘ni ko‘taradi kabi
frazeologizmlarga semantik jihatdan yaqin bo‘lib, har ikki tilda mehnatning barakasi,
sabr-toqatning esa muvaffaqiyat kaliti ekanligi teran ma’noda ifoda etiladi. Ushbu
frazeologik birliklar yoshlarni hayotdagi qiyinchiliklar oldida taslim bo‘lmaslik,
mustahkam iroda va fidoyilik bilan harakat qilishga rag‘batlantiradi.
Shuningdek, – يحفر بالصخرtoshda o‘ra qaziydi frazasi yuqoridagi birlikka yaqin
bo‘lib, deyarli imkonsizdek ko‘ringan vazifalarni ham sabr va iroda bilan amalga
oshirish zarurligini ta’kidlaydi.
Bundan tashqari, – يمشي على الجمرcho‘g‘ ustida yuradi iborasi hayotdagi har
qanday mashaqqat va sinovlarga chidab, bardosh bilan oldinga intilish, qiyinchiliklarga
qaramasdan maqsad sari dadil harakat qilishni anglatadi. Bu frazeologizm o‘zbek
tilidagi o‘t ichida yurmoq, jonini tikib ish qilmoq kabi iboralar bilan semantik jihatdan
mos kelib, kuchli sabr, ruhiy barqarorlik va metin iroda sifatlarini tasvirlaydi. Ta’lim-
tarbiya jarayonida ushbu frazeologik birliklar o‘quvchi yoki talabada intizom,
bardoshlilik va irodani mustahkamlashga qaratilgan axloqiy-ruhiy tarbiya vositasi
vazifasini bajaradi.
Shu bilan birga o‘zbek tilida mehnatga, sabr-toqatga va iroda mustahkamligiga
urg‘u beruvchi ko‘plab frazeologik birliklar mavjud bo‘lib, ular til orqali xalqning
axloqiy-ruhiy qadriyatlarini ifoda etadi. Masalan, belini baquvvat bog‘lamoq iborasi
og‘ir, murakkab vazifalarni bajarishga tayyorlanish, jismoniy va ruhiy kuchni jamlash
ma’nosini anglatadi. Bu ibora o‘quvchi yoki talabani oldiga qo‘yilgan maqsad sari
jasorat bilan intilish, mashaqqatlarga tayyor turishga ruhlantiradi. Shuningdek,
yelkasiga yuk ortmoq frazasi katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, murakkab ishlarni
bajarish uchun tayyor bo‘lishni bildiradi. Bu ibora tarbiyaviy nuqtayi nazardan shaxsda
fidoyilik, mas’uliyatlilik va qat’iyat kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim vosita
hisoblanadi. Bundan tashqari, qalbi toshdek mustahkam iborasi sabr-toqat, iroda
bardoshliligi va ruhiy qat’iyatni ifodalab, hayotdagi qiyinchiliklarga dosh berish
zarurligini ta’kidlaydi. Ushbu frazeologizm orqali tarbiyalovchi shaxsga ichki kuch,
chidamlilik va mashaqqatlarga tayyorlikni singdirish mumkin.
Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat. Arab va o‘zbek jamiyatlarida oilaviy va
ijtimoiy qadriyatlar orasida kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ko‘rsatish muhim
o‘rin tutadi (Mirtojiyev M., 2003: 119). Bu qadriyatlar har ikki xalqning an’anaviy
madaniyatida chuqur ildiz otgan bo‘lib, ular o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi
ijtimoiy normativ sifatida shakllangan.
Bu ikki xalq madaniyatida avvalo ota-onalar, keksa qarindoshlar va jamiyatdagi
hurmatga loyiq shaxslar e’tiborga loyiqdir. Kattalarga hurmat ko‘rsatish, ularga itoat
qilish nafaqat oilaviy majburiyat, balki diniy va ijtimoiy normalarga ham bog‘liqdir.
Arab oilalarida farzandlar ota-onalarining so‘zini tinglashlari, ularni yuksak hurmat
qilishlari odatiy tarbiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari,
kattalarning so‘zlari dono va ahamiyatli hisoblanib, jamiyatda ularga ustunlik beriladi.
Kichiklarga esa mehr-muhabbat va izzat bilan munosabatda bo‘lish, ularni himoya
qilish, parvarishlash madaniyatda muhim qadriyatlardandir.
Arab tilida kattalarga hurmat va kichiklarga izzat qadriyatlari ko‘plab frazeologik
birliklar orqali o‘zining aniq til ifodasini topgan. Bu frazeologizmlar nafaqat til
birliklari, balki madaniyatda mavjud ijtimoiy normalar va axloqiy qadriyatlarning
ramziy aksidir.
Misol uchun, على الرأس والعين(bosh va ko‘z ustiga) iborasi arab tilida keng
qo‘llanilib, odatda kattalarga yoki muhim shaxslarga itoatkorlik va chuqur hurmatni
ifodalaydi. Bu ibora orqali so‘ralgan ishga rozilik bildiriladi va unga nisbatan ehtirom,
sadoqat aks ettiriladi. Shuningdek, حطّه على راسه(uni boshiga qo‘ydi) frazeologizmi
ham juda chuqur hurmatni, ya’ni insonni eng oliy maqomga qo‘yishni bildiradi. Bu
ibora odatda kattalar yoki jamiyatda obro‘li shaxslarga nisbatan ishlatiladi.
Kattalarga hurmatni ifodalovchi boshqa frazeologik birlik رفع له القبعة(u uchun
qalpog‘ini ko‘tardi) ham xuddi shunday o‘ringa ega bo‘lib, insonga nisbatan chuqur
ehtirom va hurmat ko‘rsatishni anglatadi. Shuningdek, َوضَعَه فوق رأسه(uni boshining
ustiga qo‘ydi) frazeologizmi ham juda katta ehtirom va ulug‘vor munosabatni
ifodalaydi.
Kattalarga bo‘lgan hurmat va izzat, shuningdek, ularning yurakdan joy olganligi
frazeologik birliklar orqali ham ifodalanadi. Masalan, له مكانة في القلب(uning yurakda
o‘rni bor) iborasi insonning e’tiborli va qadrli ekanligini ta’kidlaydi.
Bundan tashqari, arab tilida kichiklarga nisbatan mehr va izzatni ifodalovchi
frazeologik birliklar ham mavjud. Masalan, ق َْلبُه ُِلل ِّصغَارِ مَفْتوح(yuragi kichiklarga ochiq)
iborasi kichiklarga bo‘lgan mehribonlik va hurmatni ko‘rsatadi. Shuningdek, ُي َْحمِل
ال ِّصغَارَ فِي ق َْلب ِِه(kichiklarni yuragida tutadi) frazeologizmi kichiklarga bo‘lgan e’tibor,
mehr-muhabbat va qadrlashni ifodalaydi.
O‘zbek tilida ham gapiga quloq solmoq, gapini ikki qilmaslik, ko‘nglini olmoq,
ko‘ngliga qaramoq, bag‘riga bosmoq, ko‘z qorachig‘iday asramoq, boshini silamoq,
oyoqqa turg‘izmoq kabi iboralar madaniyatda kattalarga hurmat va kichiklarga izzat
qadriyatlarining amaliy ifodasi hisoblanadi (Rahmatullayev Sh., 1978: 234). Ushbu
iboralar ta’lim-tarbiyadagi muhim prinsiplarni hurmat, ehtirom, mehr-muhabbat va
himoya qilishni o‘zida mujassamlashtirib, yoshlarga tarbiya berishda samarali vosita
sifatida xizmat qiladi. Masalan, quloq solmoq va gapini ikki qilmaslik frazeologizmlari
kattalarning so‘ziga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, ularga itoatkorlikni
ta’kidlaydi. Ko‘nglini olmoq va ko‘ngliga qaramoq iboralari esa kishining ichki
dunyosiga e’tibor berish, mehr-muhabbat ko‘rsatish orqali ijobiy munosabatlarni
rivojlantirishga urg‘u beradi. Shuningdek, bag‘riga bosmoq, ko‘z qorachig‘iday
asramoq kabi iboralar kichiklarga nisbatan himoya va mehr ko‘rsatishni anglatadi,
ularning jismoniy va ruhiy jihatdan parvarishlanishining zarurligini ta’kidlaydi.
Boshini silamoq va oyoqqa turg‘izmoq frazeologizmlari esa yoshlarga ruhiy kuch
berish va ularga ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘mak berishni ifodalaydi. Shu tarzda,
mazkur frazeologik birliklar nafaqat til boyligini boyitadi, balki ularning orqasida
yotgan madaniy qadriyatlar va tarbiyaviy tamoyillar orqali jamiyatda hurmat-izzat
tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, milliy ma’naviyat va
axloqiy muhitning poydevorini mustahkamlaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqoridagi fikrlar shuni ta’kidlaydiki, arab va o‘zbek tillaridagi ta’lim-tarbiyaga
oid frazeologizmlarda milliy qadriyatlar va axloq normalari muhim o‘rin tutadi. Bu
frazeologizmlar orqali xalqning tarixiy tajribalari, madaniyati, axloqiy me’yorlari va
ma’naviy qadriyatlari aks etadi. Ikkala tilning frazeologik boyligi ta’lim-tarbiyaga oid
ma’naviy-axloqiy normalarni avaylab saqlash va avlodlarga yetkazishda muhim vosita
sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib, frazeologizmlar milliy ong va axloqiy
madaniyatning ifodasi bo‘lib, xalqning ma’naviy barkamolligi va ijtimoiy uyg‘unligini
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Бекиров Р.А. (2016) Общие вопросы лексико-семантических
преобразований в глагольных фразеологизмах арабского языка // Научный
вестник Крыма. – № 2(2). – С. 142.
2. Дониёров Ҳ. (1989) Ўзбек тилида фразеологик бирликларнинг
шаклланиши. – Тошкент: Фан. – 210 б.
3. Ғаниева Ш.А. (2017) Ўзбек фразеологизмлари структураси. (Шаклий ва
мазмуний моделлаштириш). Филол. фан. бўйича фалс. докт. (PhD) … дисс.
автореф. – Фарғона. – 46 б.
4. Ҳожиев А. (2006) Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон
миллий энциклопедияси. – 672 б.
5. Маҳмудов Н., Нурмонов А. (2008) Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент:
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – 320 б.
6. Миртожиев М. (2003) Ҳозирги ўзбек тили. Фразеология. – Тошкент:
Университет. – 256 б.
7. Раҳматуллаев Ш. (1978) Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. –
Тошкент: Ўқитувчи. – 407 б.
8. Усманова Ш. (2019) Лингвокультурология. – Тошкент. – 248 б.
9. .فايد كامل وفاء(2003) مجمع مجلة // المعاصرة العربية في الاصطلاحية التعبيرات صور بعض
.بدمشق العربية اللغة917–895 . – سوريا. – ص.4-.المجلد
10. .الميداني(1983) ص دار :العرب. – بيروت الأمثال مجمع680 – ..المعرفة
REFERENCES:
1. Bekirov R.A. (2016) Obshchiye voprosy leksiko-semanticheskikh
preobrazovaniy v glagol'nykh frazeologizmakh arabskogo yazyka // Nauchnyy vestnik
Kryma. – № 2(2). – S. 142. (In Russian)
2. Doniyorov H. (1989) Oʻzbek tilida frazeologik birliklarning shakllanishi. –
Toshkent: Fan. – 210 b. (In Uzbek)
3. Gʻaniyeva Sh.A. (2017) Oʻzbek frazeologizmlari strukturasi. (Shakliy va
mazmuniy modellashtirish). Filol. fan. boʻyicha fals. dokt. (PhD) … diss. avtoref. –
Fargʻona. – 46 b. (In Uzbek)
4. Hojiyev A. (2006) Oʻzbek tilining izohli lugʻati. – Toshkent: Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi. – 672 b. (In Uzbek)
5. Mahmudov N., Nurmonov A. (2008) Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent:
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. – 320 b. (In Uzbek)
6. Mirtojiyev M. (2003) Hozirgi oʻzbek tili. Frazeologiya. – Toshkent:
Universitet. – 256 b. (In Uzbek)
7. Rahmatullayev Sh. (1978) Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati. –
Toshkent: Oʻqituvchi. – 407 b. (In Uzbek)
8. Usmanova Sh. (2019) Lingvokulturologiya. – Toshkent. – 248 b. (In Uzbek)
9. .فايد كامل وفاء(2003) مجمع مجلة // المعاصرة العربية في الاصطلاحية التعبيرات صور بعض
.بدمشق العربية اللغة917–895 . – سوريا. – ص.4- .المجلد(In Arabic)
10. .الميداني(1983) ص دار :العرب. – بيروت الأمثال مجمع680 – . .المعرفة(In Arabic)