ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Turk-moniy tavbanomalari

Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TURK-MONIY TAVBANOMALARI

TURKIC-MANICHAEAN REPENTANCES

ТЮРКСКО-МАНИХЕЙСКАЯ ПОКАЯННАЯ МОЛИТВА

https://zenodo.org/records/20666749

Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich

Oriental universiteti

Tillar-1 kafedrasi professori v.b.,

Filologiya fanlari doktori

Tel.: +998 90-996-86-23

E-mail: rixsitilla@gmail.com

Annotatsiya. Turkiy adabiyotning islomga qadar bo‘lgan davri bir necha

adabiy jarayonlarga bo‘linadi. Shulardan biri fanda turk-moniy adabiyoti deb

nomlanadi. Nomlanishidan sabab o‘sha davrda yaratilgan adabiyot namunalari

moniylik ta’sirida, moniy ta’limotining tushuncha-atamalari, mazmun-mohiyati

singanidir. Ushbu davrda turli mazmundagi janrdagi matnlar yaratilgan bo‘lib,

ulardan bir guruhi turk-moniy tavbanomalari deb nomlanadi. Tavbanoma –

kishining biror ayb-gunohlaridan kechirim so‘rash, yolvorish mazmunidagi tavba

matnlaridir. Ularning mazkur davr adabiyotida o‘ziga xos o‘rni mavjud. Xususan,

o‘ziga xos matn tuzilishi, janr xususiyatlariga ega. Mazkur maqolada turk-moniy

adabiyotida yaratilgan, kunimizgacha qo‘lyozmalari yetib kelgan tavbanomalar

haqida so‘z boradi. Ularning qayerda saqlanishi, kimlar tomonidan tahlil etilgani,

nashr etilgani, asar qo‘lyozmasining o‘ziga xos xususiyatlari, kimlarga atab

bitilgani va shu kabi masalalar qamrab olingan.

Kalit so‘zlar: Moniy, moniylik, turk-moniy adabiyoti, “Xuastuanivt”,

moniychilar tavbanomasi, tavbanoma.

Annotation. The Pre-Islamic period of Turkic literature is divided into

several literary processes. One of them is called Turkic-Manichaean literature in

science. The reason for its name is that the literary samples created during that

period were influenced by Mani, and the concepts, terms, and content of Mani's

teachings were broken. During this period, texts of various genres were created,

one group of which is called Turkic-Manichaean Tavbanoma. Tavbanoma are texts

of repentance in the content of asking for forgiveness for one’s sins. They have a

special place in the literature of this period. In particular, they have a unique text

structure and genre characteristics. This article discusses the tavbanoma created in

Turkic-Manichaean literature, the manuscripts of which have survived to this day.

Where they are stored, by whom they were analyzed, published, the specific

features of the manuscript of the work, to whom they were addressed, and similar

issues are covered.

Keywords: Mani, Manichaeism, Turkic Manichaean literature,

“Khuastuanivt”, Manichaean repentance, repentance.

Аннотация. Доисламский период тюркской литературы делится на

несколько литературных процессов. Один из них называется тюркско-

манихейской литературой в науке. Название объясняется тем, что

литературные образцы, созданные в этот период, находились под влиянием

Манихейства, и его концепции, термины и содержание были искажены. В

этот период создавались тексты различных жанров, одна группа которых

называется тюркско-манихейской тавбанома. Тавбанома – это тексты

покаяния, содержащие просьбу о прощении грехов. Они занимают особое

место в литературе этого периода. В частности, они обладают уникальной

текстовой структурой и жанровыми характеристиками. В данной статье

рассматриваются тавбанома, созданные в тюркско-манихейской литературе,

рукописи которых сохранились до наших дней. Рассматриваются вопросы их

хранения, авторы анализа и публикации, особенности рукописей

произведений, адресаты и другие подобные вопросы.

Ключевые слова: Мани, манихейство, тюркско-манихейская

литература, «Хуастуанивт», покаянная молитва манихеев, покаянная

молитва.

KIRISH

Moniylikda inson bilan yaratuvchi o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi,

yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi turkum asarlar yaratilgan. Ular orasida kishilarning bilib-

bilmay qilgan ayb-gunohlaridan tavba qilish, ularning kechirilishi so‘ralgan

matnlar ham bor. Biz shu mazmundagi asarlarni “tavbanoma” deb atadik. Turk-

moniy manbalari orasida ham xuddi shunday asarlar bo‘lib, quyida ularni birma-

bir ko‘rib chiqamiz.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Turk-moniy muhitida yaratilgan yirik hamda to‘liq holda saqlangan

tavbanomalardan biri fanda “Xuastuanivt” nomi bilan mashhur (Asmussen J.P.

1965: 167-234). Turkshunoslar asarda berilgan ma’lumotga tayanib, uni turlicha

nomlaganlar. Jumladan, V.Radlov “Moniychilarning gunohlariga tavba qilishi”

(“Das Bussgebet Der Manichäer”) (1909:VI+51), L. Klark “Confession for

Auditors” ( 2013: 7), S.Malov “Покаянная молитва манихейцев” (1951: 108),

L.Dmitriyeva “Покаянная молитва для широкого круга “слушателей”

манихейской общины” (1963: 214), L.Tugusheva “Манихейское покаяние в

грехах” (2008:82), Q.Sodiqov “nig‘o‘shaklarning yozuqlarini o‘kinuvchi

“Xuastuanivt” (2004: 43), “moniychilar tavbanomasi “Xuastuanivt” (1997: 33) deb

nomlagan. Mazkur nom asarning uyg‘ur yozuvli Sankt-Peterburg nusxasi so‘ngida

quyidagicha keltirilgan: tügädi n(i)ğošaklarnïŋ suyïn yazuqïn öküngü Xuastuan(i)vt

(Малов С.Е. 1951: 120). Gapdagi n(i)ğošak сўзи [<sug‘dcha nγwš’k] moniy dini

jamoa a’zosi – tinglovchisi~o‘quvchisi ma’nosini beradi. Moniylikda ushbu so‘z

moniy diniga e’tiqod qiluvchilarning eng quyi tabaqa vakilini bildirgan

(Древнетюркский словарь. 1969: 358-359). Suy [<xitoycha] – gunoh ma’nosini

anglatadi. Gapda yazuq so‘zi bilan birga qo‘shma so‘z ko‘rinishida qo‘llangan: suy

yazuq – “gunoh va ayblar” (Древнетюркский словарь. 1969: 513). So‘zdagi -ïn

qo‘shimchasi qadimgi turkiy tilda qo‘llangan vosita kelishigi -n (-ïn, -in; -un, -

ün)dir (Содиқов Қ.П. 2006: 152-154). Ökün- o‘kin-, pushaymon bo‘l- ma’nolarni

anglatadi (Древнетюркский словарь. 1969: 382). -gü sifatdosh qo‘shimchasidir

(Содиқов Қ.П. 2006: 160). Xuastuan(i)vt [<суғдча χw’stw’nft] – moniychilarning

tavba duosi ma’nosini bildiradi (Древнетюркский словарь. 1969: 638). Yuqorida

keltirilgan so‘zlarning ma’nosini yig‘ib, gapni o‘zbek tiliga quyidagicha o‘girish

mumkin: “tugadi nig‘o‘shaklarning gunoh va ayblarini o‘kinuvchi Xuastuanivt”.

Bu nom asarning moniy yozuvli Berlin uzindisida ham uchraydi. Jumladan,

Berlin akademiyasida saqlanayotgan moniy yozuvli U 0007recto ko‘rsatkichli

uzindining 11 qatorida qizilda (xuastuanift) yozilgan.

“Xuastuanivt” – tarjima asar. Bu to‘g‘rida olimlarning turli fikrlari bor.

Jumladan, L.Dmitriyeva hamda Q.Sodiqovning fikricha, u qadimgi eroniy tillardan

birida yaratilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan, turkiy qabilalarga moniy dinining

qoidalarini tushuntirish maqsadida turkiy tilga o‘girilgan (Дмитриева Л.В. 1963:

214). Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda Q.Sodiqov mazkur asar ilk o‘rta

asrlarda o‘rtancha eroniy, sug‘diy, turkiy, xitoycha versiyalarda keng tarqalganini

ta’kidlaydi (Содиқов Қ. 1997: 33).

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu tadqiqotda tarixiy-filologik yondashuv asosiy metodologik tamoyil

sifatida qo‘llanildi. Tadqiqotning umumiy maqsadi turk-moniy adabiyotida

yaratilgan tavbanomalarni (xususan, “Xuastuanivt” va unga yaqin matnlarni)

kompleks tahlil qilish orqali asarning matn tuzilishi, janr xususiyatlari, til va

uslubiy o‘ziga xosliklarini chuqur va har tomonlama ochib berishga imkon berdi

hamda ilmiy xulosalarning ishonchliligini ta’minladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Turkshunoslikda hozirgi kunga qadar “Xuastuanivt”ning qaysi davrda tarjima

qilingani aniqlanmagan. Olimlar ushbu asar tarjimasi to‘g‘risida turlicha fikrlarni

beradilar. Masalan: Q.Sodiqov “Xuastuanivt”ni turklar orasida moniylik keng

yoyilgan va ijtimoiy-madaniy hayotda uning mavqei yuqori bo‘lgan VIII asrda

turkiyga o‘girilgan (Содиқов Қ. 1997: 35) degan fikrni bersa, L.Tugusheva

qo‘lyozmaning xat uslubiga ko‘ra, uni XI asrda tarjima qilingan, degan fikrni olg‘a

suradi (Тугушева Л.Ю., Хосроев А.Л. 2008: 12). Bularning orasida S.Malov

asarni O‘rta Osiyoda madaniyatning o‘zgarishi, jumladan, VII-VIII asrlarda

arablarning islom bilan kirib kelganlarini inobatga olib, mazkur asarni milodiy V

asrda, islom kirib kelmasidan burun tarjima qilingan, degan fikrni ta’kidlaydi

(Малов С.Е. 1951: 108). Fikrlarning bu qadar xilma-xilligi olimlarning asar tili,

yozuv uslubi bilan bog‘liq fikrlaridan kelib chiqqan. Taxminimizcha, mazkur asar

turkiy xalqlar hududiga islom dinining kirib kelishidan avval, turkiy xalqlar

moniylikni qabul qilgan paytlarida omma orasiga moniylikni yoyish maqsadida

o‘girilgan va nusxalari tarqalgan. Keyingi davrlarda, ya’ni Sharqiy Turkistonda

Uyg‘ur xoqonligining qulashi bilan (840 yil) moniylik davlat dini darajasidan

tushgan va ikkinchi darajali dinga aylanib qolgan (Тугушева Л.Ю., Хосроев А.Л.

2008: 7).

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda mazkur asarni taxminan VIII-IX

asrlarda turkiy tilga o‘girilgan, degan fikrni ilgari surish mumkin.

Asarning sug‘dcha variantining ikki uzindisi V.Xenning tomonidan nashr

etilgan. Olimning ta’kidlashicha, asarning sug‘dcha varianti turkiysi bilan deyarli

bir xil (mot á mot). Uzindilarni asarning turkiy variantiga solishtirganda ular

asarning yakunlovchi bo‘limi, o‘ninchi hamda o‘n birinchi bo‘limlarining bosh

qismiga to‘g‘ri kelmoqda (Ercilasun A.B. 2008: 63-67).

Asar bitilgan yozuv to‘g‘risida. Asarning turkiy versiyalari bizgacha ikki

yozuv: turkiy tilga moslashtirilgan moniy hamda eski uyg‘ur xatida yetib kelgan.

S.Malov va Q.Sodiqov asarning dastlabki yozilgan yozuvi to‘g‘risida quyidagicha

fikr bildiradilar: asar avval moniy-suryoniy yozuvida bitilgan. Keyingi davr

qo‘lyozmalari esa eski uyg‘ur xatida ko‘chirilgan. Qadimda sug‘dlarning turkiy

xalqlar, jumladan uyg‘urlar bilan aloqalari yaxshi bo‘lgan. Shuning natijasida

Uyg‘ur xoqonligi moniy dini va yozuvi bilan yaqindan tanishgan. O‘tmishda diniy

asarlar, xususan, moniy yodgorliklarini bitishda yozuvning xos bir uslubi

tanlangan. “Xuastuanivt”ning xati ham o‘ta chiroyli, uyg‘ur yozuvining klassik

uslubidadir (Содиқов Қ., Омонов Қ. 2010: 28). “Xuastuanivt”ning moniy

yozuvidan tashqari, uyg‘ur xatida bitilgani o‘z davrida asarga e’tibor kuchli

bo‘lganidan dalolat beradi (Содиқов Қ. 1997: 34-35).

“Xuastuanivt”ning qo‘lyozmalari hozirda Sankt-Peterburg, London va Berlin

qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda (Содиқов Қ. 1997: 33). “Xuastuanivt”

qo‘lyozmalarining orasida to‘liqligi bo‘yicha London, so‘ng Sankt-Peterburg

nusxasi turadi. Asarning parcha holidagi uzindilari esa Berlinda saqlanmoqda.

Bizgacha yetib kelgan asar nusxalarining hech biri to‘liq emas. Shunga

qaramay, muayyan nusxa boshqa bir qo‘lyozmada tushib qolgan bo‘lagini

to‘ldiradi (Содиқов Қ. 1997: 35-36). Asarning nusxalari quyidagilardir:

1. Sankt-Peterburg nusxasi. Qo‘lyozma hozirda Rossiya FASHIning Sankt-

Peterburg bo‘limida – SI D1 (SI 3159) raqam ostida saqlanmoqda. U uyg‘ur

xatining klassik kitobat uslubida bitilgan. Qo‘lyozma turk-moniy jamoalari orasida

keng qo‘llanilgan o‘rama qog‘oz shaklida bo‘lib, matn har ikki chetdan

tekislangan. Matn estetik jihatdan chiroyli chiqishi hamda varaqni to‘ldirib turishi

uchun qator oxiridagi ba’zi harflar cho‘zibroq yozilgan. Buni qo‘lyozmaning 33–

36, 38–41, 43–45 va boshqa qatorlarida uchratamiz (Тугушева Л.Ю., Хосроев

А.Л. 2008: 72-73). Hajmi 255x30,5 sm. 46 sm.li qog‘ozlar bir-biriga yelimlab

chiqilgan (Тугушева Л.Ю., Хосроев А.Л. 2008: 12).

Qo‘lyozma o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qog‘ozi yupqa, rangi to‘q.

Qo‘lyozmada qora va qizil siyohdan foydalanilgan. Asosiy matn qorada, qizilda

esa gaplarni va bo‘limlarni ajratib turuvchi ikki nuqta (:)lar hamda tarix yozilgan.

Asar to‘liq emas. Jami 160 qatorli matn saqlangan. Qo‘lyozmaning bosh qismi

ancha titilgan. Matnda gaplar orasida ( ), bo‘limlar orasida esa

( ) belgi qizil siyoh bilan yozilgan. Matndagi bu belgi vazifasiga

ko‘ra xuddi ko‘k turk yozuvli yozma yodgorliklarda qo‘llanilgan (:) ikki nuqtaga

o‘xshab so‘zlarni bir-biridan ajratadi. Qo‘lyozmaning 1-15-, 17-18-, 24-, 31-

qatorlari qog‘oz titilib ketgani bois to‘liq saqlanmagan. Asar nomi va uni

ko‘chiruvchi baxshining oti (159-160- qatorlar) qizilda berilgan.

“Xuastuanivt”ning mazkur qo‘lyozmasi A.Dyakov tomonidan Turfon

yaqinidagi Ostona degan joydan 1908-yilning 15-avgustida topilgan. 1909-yili

V.Radlov tomonidan nemischa tarjima, 144-160-qatorlarining faksimili hamda

izohlar bilan nashr etilgan (Radloff W. 1909: VI+51). Olimning aytishicha, mazkur

qo‘lyozma Turfondan topilgan boshqa asarlar bilan birga O‘rta va Sharqiy Osiyoni

o‘rganuvchi rus komitetiga konsul A.Dyakov tomonidan taqdim etilgan (Radloff

W. 1909: I).

Keyinchalik, 1951-yilda S.Malov ham ushbu qo‘lyozmani (asarning 5-

bo‘limidan boshlab: 32-160-qatorlar) biroz o‘zgartishlar bilan harfterma shakli,

transkripsiya, ruscha tarjima, til xususiyatlari hamda bibliografik ma’lumotlar

qo‘shib nashr ettirgan (Малов С.Е. 1951: 108-130). Mazkur qo‘lyozmaning qayta

to‘ldirilgan, to‘liq faksimil hamda ruscha tarjima va izohi bilan 2008-yilda

Tugusheva va Xosroyev nashr etdilar. Nashr RF FASHIning Sankt-Peterburg filiali

tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur nashr risola shaklida bo‘lib, unda asarga

tegishli barcha ma’lumotlar kirgan. Asar qo‘lyozmasi rangli faksimileda

(Тугушева Л.Ю., Хосроев А.Л. 2008: 82).

Ushbu qo‘lyozmani Tarxan ismli baxshi ko‘chirgan. Uning nomini

L.Dmitriyeva, Y.Asmussen hamda L.Klark Bötürmiš Tarxan deb beradilar

(Дмитриева Л.В. 1963: 232). Xosroyevning talqinicha “Byutyurmish Tarxon”

asar ko‘chiruvchisining ismi va unvonidir (Тугушева Л.Ю., Хосроев А.Л. 2008:

12, 55). Lekin Q.Sodiqov uni quyidagi tarzda talqin etadi: ... bütürmiš Tarxan

tügädi n(i)ğošaklarnïŋ suyïn yazuqïn öküngü Xuastuan(i)vt

( 159-160) – “(matnni)

tugallagan Tarxan. Tugadi nig‘o‘shaklarning yozuqlardan o‘kinuv kitobi –

“Xuastuanivt” (Содиқов Қ.П. 2009: 93, 99). Ya’ni bütürmiš so‘zini “yozgan”,

“tugallagan” ma’noda o‘qib, baxshi otini Tarxan deydi. Sharq kitobatchilik

an’anasiga ko‘ra tarix, ya’ni kitobning ko‘chirilgan sanasi va kotibi asarning

xotima qismida beriladi (Содиқов Қ. 1997: 20). Shunga ko‘ra, mazkur

qo‘lyozmani ko‘chirgan kotib ismi to‘g‘ri talqin qilingan.

2. London nusxasi. Qo‘lyozma turkiy tilga moslashtirilgan moniy yozuvida.

Hozirda Londondagi Britaniya kutubxonasida A.Steyn kolleksiyasida Or.

8202/178=Ch. 0015 ko‘rsatkichi ostida saqlanmoqda. U XX asrning boshida

A.Steyn tomonidan Dunxuandan sotib olingan. A.Lekok tomonidan 1911-yil matn,

transkripsiya, inglizcha tarjima hamda izohlar bilan nashr etilgan (Дмитриева Л.В.

1963: 214).

Qo‘lyozma o‘rama qog‘oz shaklida. Qog‘oz parchalari bir-biriga yelimlab

chiqilgan. Xat o‘ngdan chapga chiroyli va aniq qilib bitilgan. Qo‘lyozmaning bosh

qismi titilib ketganini aytmaganda yaxshi saqlangan: qog‘oz chirigani uchun 1–7-,

12–17- satrlardagi matn to‘liq emas. Matn qora va qizil siyohda ko‘chirilgan.

Asosiy matn qorada, so‘zlarni bir-biridan ajratib turuvchi qo‘sh nuqtalar (••) qizil

siyoh bilan doiraga olingan. Namlik yoki boshqa omillar ta’sirida qo‘lyozmaning

ayrim o‘rinlarida siyohning biroz yoyilib ketganini kuzatamiz. Har bir bo‘lim

tugaganidan so‘ng qo‘sh nuqta (••) qo‘yilib, o‘rtada joy tashlab, davomidan yangi

bo‘lim boshlangan. Asar tarixga kelganida sana bilan

( 338: hirz : bir y(i)girminč ay biš otuzda)

to‘xtagan. Shundan so‘ng matn bitish uchun besh-olti qatorlik joy qoldirilgan.

Fikrimizcha, bu yerga matn qizilda bitilishi kerak edi. Lekin noma’lum sabablarga

ko‘ra matn tugallanmay qolgan. Pastroqda moniy rohibining rasmi bor.

Tasvirlangan kishi nig‘o‘shak bo‘lishi kerak. Matn har ikki tomondan tekislangan.

Qatorlarning oralig‘i ham bir xil. Saqlangan matn 338 qator.

Asarning ushbu qo‘lyozmasida shaxs-son qo‘shimchasi (-biz) har doim

so‘zdan ayri yozilgan: - qïlur-biz (XL.142). Matnda ayrim o‘rinlarda unli

( - yimkii, - baruu) hamda undosh ( - igidd, -

törtt) harflar ikkilanib yozilgan.

3. Berlin nusxalari. Uzindi holidagi parchalar turkiy tilga moslashtirilgan

moniy hamda uyg‘ur yozuvida yetib kelgan. Hozirda ular Berlindagi Brandenburg

akademiyasi Turfanforschung, Digitales Turfan-Archiv fondida saqlanmoqda

[http://turfan.bbaw.de/dta/m/dta_m_index.htm (Özbay B. 2014: 78, 163-206).

“Xuastuanivt”ning turkiy versiyasi avval moniy, so‘ng uyg‘ur xatida

ko‘paytirilgan bo‘lishi kerak. Qo‘lyozmaning moniy yozuvli uzindilari

A.Gryunvedel tomonidan 1907 yili Turfondan topilgan. A.Lekok tomonidan 1911

yili matn, transkripsiya, nemischa tarjima hamda izohlar bilan nashr qilingan

(Дмитриева Л.В. 1963: 214). Keyingi tadqiqotlar ham shu nashrga tayangan holda

olib borilgan. J. Vilkens katalogida asarning 15 ta moniy yozuvli uzindisi borligi

qayd etilgan (Özbay B. 2014: 96-113, 163-206).

Mazkur uzindilar orasidan U 0007, U 0008, U 0009, U 0010, U 0020, M 6263

ko‘rsatkichli parchalar diqqatni o‘ziga tortadi. Ular ichki hamda tashqi

xususiyatlariga ko‘ra bir qo‘lyozmaning varaqlariga o‘xshaydi. Tashqi tomondan

qog‘ozining rangi, o‘lchami bir xil. Xati tartibli, yozuvi klassik uslubda. Har bir

betda matn 12 qatordan bitilgan. Bundan tashqari, ushbu uzindilarning eski

saqlanish raqami bir xil (T.II.D 178). Ichki tuzilishi, ya’ni mazmuniga ko‘ra

uzindilarning to‘rttasi (U 0008 ва U 0010, U 0009 ва U 0007) biri ikkinchisidan

so‘ng keladi. Asosiy matn qorada, ayrim o‘rinda qizil siyohdan foydalanilgan. Ikki

nuqtalar (:) qizilda. Kitobat usuliga ko‘ra u daftar shakliga ega. Yuqorida

keltirilgan xususiyatlardan kelib chiqib, mazkur uzindilar “Xuastuanivt”ning

boshqa bir moniy yozuvli qo‘lyozmasining parchalari bo‘lishi kerak, degan

xulosaga keldik. Agar asar jami 378 qator bo‘lsa, mana shu uzindilarni yaxlit

qo‘lyozma deb olsak, taxminiy hisoblarga ko‘ra ushbu qo‘lyozmaning yana 10

varag‘i bo‘lishi kerak. Quyida mazkur qo‘lyozmani asarning tuzilishi bo‘yicha

ko‘rib chiqamiz.

Ushbu qo‘lyozmada - raym(a)st f(a)rzind nomi har

bir bo‘lim so‘ngida qayd etilgan. Bo‘limlar orasidagi kesim birinchi shaxs

ko‘plikda ( -m(ï)z, -müz), lekin bo‘lim so‘ngidagi o‘kinuv birlikda ( -
m(ä)n) berilgan. Asarning V. Xenning tomonidan nashr etilgan sug‘dcha
versiyasida ham Raymast Farzind nomi zikr etiladi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu
sug‘dcha parchaning kesimi so‘zlovchi birligida (I shaxs, birlik). Demak, asarning
hozir biz ko‘rayotgan turkiy varianti ushbu sug‘dcha qo‘lyozmadan ko‘chirilganini
taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, asar nomi ham har bir bo‘limdan so‘ng
bitilgan. Bu hol asarning birinchi varianti yakka tartibda o‘qish uchun
mo‘ljallangan degan taxminni ilgari surishga imkon beradi.

U 0008 recto, verso (T.II.D 178 IV) ko‘rsatkichli uzindi. Qog‘ozi ancha
uringan: pastki qismining bir tomoni titilib ketgan. 6-9-qatorlardagi birinchi
so‘zdan keyin yirtilgan o‘rni bo‘lib, keyingi so‘zning oxirgi harflari ko‘rinib

turibdi. Qog‘oz namiqqani uchun ba’zi o‘rinlardagi so‘z va harflarni o‘qish qiyin.

“Xuastuanivt”ning bosh qismi aynan shu uzindi asosida tiklangan.

U 0010 recto, verso (T.II.D 178 III) ko‘rsatkichli uzindi. Qog‘ozi ancha

uringan: yon tomoni hamda tepa qismidan chirigan. Yozuv avvalgi nusxalarga

qaraganda yaxshi saqlangan. Qog‘ozning orqa (verso) tomonining uchinchi

qatorida qizil siyohda qutluğ pars so‘zi yozilgan. U avvalgi U 0008 uzindisining

davomidir. Matn “Xuastuanivt”ning birinchi bo‘limi oxiri, ikkinchi bo‘limining

boshiga to‘g‘ri keladi.

U 0020 recto, verso (T.II.D 178) ko‘rsatkichli uzindi. Qog‘ozning chirigan

kichik parchasi saqlangan. Parcha namiqqani uchun ba’zi o‘rinlardagi so‘z va

harflarni o‘qish mushkul. Uning har ikki tomonida 4 qatordan, jami 8 qator uzuq-

yuluq matn saqlangan. Matn “Xuastuanivt”ning sakkizinchi bo‘limi oxiri,

to‘qqizinchi bo‘limi boshiga to‘g‘ri keladi.

U 0009 recto, verso (T.II.D 178 V BX) ko‘rsatkichli uzindi. Qog‘ozning bir

tomoni titilib ketgan. Matn “Xuastuanivt”ning o‘n to‘rtinchi bo‘limi boshi va o‘n

beshinchi bo‘limlariga to‘g‘ri keladi.

U 0007 recto, verso (T.II.D 178 VI) ko‘rsatkichli uzindi. Qog‘ozi ancha

uringan: yuqorisida hamda yonida yirtilgan joyi bor. Shuning uchun 2-5

qatorlardagi matn to‘liq emas. Varaqning old tomonida (recto) 11 qator matn,

so‘nggi qator qizil siyohda; orqa tomonida (verso) 12 qatorli matn, varaqning tepa

qismi o‘ng burchagida qora siyoh bilan ramkaga olingan qizildagi matn bor.

Saytda berilgan rasm o‘lchami katta bo‘lmagani uchun ushbu yozuvni o‘qishning

imkoni bo‘lmadi. Matn “Xuastuanivt”ning o‘n beshinchi bo‘limiga to‘g‘ri keladi.

U U 0009 uzindisining davomidir.

M 6263 seite1, seite2 (T.II.D 178) ko‘rsatkichli uzindi. Qog‘ozning bir

kichik parchasi saqlangan: namiqqani bois matndagi so‘zlar xira tortgan. Ayrim

harflarni farqlasa bo‘ladi. Shunga qaramay, parchaning old va orqa tomonidan

bittadan so‘zni o‘qish mumkin. Uzindining eski saqlanish raqami (T.II.D 178)

yuqoridagi uzinlar bilan bir xil hamda harflarning yozilishi ham o‘xshash bo‘lgani

uchun uni avvalgi uzindilar bilan bir qatorga qo‘shdik.

U 19 recto, verso (T.I.D) ko‘rsatkichli uzindi. Qog‘ozning pastki burchagi

ko‘rinishida saqlangan parcha. Olti qatorli qorada bitilgan matn saqlangan. Old

tomondagi matn (recto) sal qiyalatib yozilgan. Orqa (verso) tomondagisi esa

zichroq yozilgan. Varaq namiqqani bois siyohi surkalib ketgan. Matn

“Xuastuanivt”ning oltinchi bo‘limiga to‘g‘ri keladi.

M 798f recto, verso ko‘rsatkichli uzindi. Qog‘ozning bir tomoni, ya’ni matn

bitilmagan hoshiyasi yirtilgan, rangi sariq. Hoshiyaga katta joy qoldirilgan. O‘n

ikki qator matn saqlangan. U qog‘oz o‘rtasiga mayda xatda, qorada bitilgan. Ikki

nuqtalar (:) qizilga olingan. Varaqning old (recto) va orqa (verso) tomonidagi

birinchi harf alif gajak qilib ishlangan. Matn “Xuastuanivt”ning oltinchi bo‘limi

yarmidan to oxirigacha to‘g‘ri keladi.

U 11 recto, verso (TM 303 ёки M 153) ko‘rsatkichli uzindi. Qog‘ozi

yaxshi saqlangan. Faqat tepa qismidagi ozgina joyi titilgan, rangi sariq. Matn qora

siyohda; ikki nuqta (:) ham qorada. Xati tartibli. Matn har bir betga o‘n uch

qatordan qilib, jami yigirma olti qator bitilgan. Ko‘rinishidan daftar uslubidagi

qo‘lyozma shakliga ega. Matn ikki tomondan tekislangan. Ushbu uzindi asarning

oltinchi bo‘limi o‘rtasidan yettinchi bo‘limigacha to‘g‘ri keladi.

M 5103 (T.II.D 63) ko‘rsatkichli uzindi. To‘q sariq qog‘ozning uzuq-yuluq

saqlangan yetti qatorlik matn parchasi ko‘rinishida. Matn qora siyohda, ikki

nuqtasi (:) esa qizilda bitilgan. Xati mayda, tartibli. Qatorni ikki tarafdan tekislash

uchun ayrim harflar cho‘zibroq yozilgan. Matn “Xuastuanivt”ning yettinchi

bo‘limi oxiriga to‘g‘ri keladi.

U 17 (T.I.D 51) ko‘rsatkichli uzindi. Kichik to‘q sariq rangli parcha holida

saqlangan uzindi. Matn qora siyohda, ikki nuqta (:) qizilda. Xati tartibli. Matn

“Xuastuanivt”ning sakkizinchi bo‘limi o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.

U 13 recto (T.M 183) ko‘rsatkichli uzindi. Moniy yozuvli matn varaqning

old (recto) tomoniga bitilgan. Qog‘ozi katta, ancha titilgan, rangi sariq. Xati

mayda. Jami o‘n olti qatorlik qorada bitilgan matn saqlangan. Ikki nuqta (:) qizilda.

Matn “Xuastuanivt”ning o‘n ikkinchi bo‘limining oxiri va o‘n uchinchi

bo‘limining boshiga to‘g‘ri keladi.

M 443 ko‘rsatkichli uzindi. Varaqning parchasi saqlangan, rangi to‘q sariq.

Matn qora siyohda, ikki nuqta (:) qizilda. Xati tartibli. Old (recto) tomondagi

qog‘oz rangi to‘qlashgan. Matn “Xuastuanivt”ning o‘n to‘rtinchi bo‘limi va o‘n

beshinchi bo‘limning boshiga to‘g‘ri keladi.

M 4163 – M4170 (T.I.D 51) ko‘rsatkichli uzindi. Juda parokanda bo‘lgan

uzindi. Ayrim harflarni o‘qish mumkin. Shartli ravishda “Xuastuanivt” uzindisi

qatoriga qo‘shildi.

“Xuastuanivt”ning fanga ma’lum yirik uch qo‘lyozmasi (Sankt-Peterburg,

Berlin hamda London qo‘lyozmalari) asosida 1963-yili L.Dmitriyeva asarning

ilmiy-yig‘ma tanqidiy matnini transliteratsiyada ruscha tarjimasi bilan birga

e’lon qildi. Matnning boshlang‘ich 39 qatori Berlin, 40-48-qatori Berlin va

London, 49-73-qatori London va 74-221-qatori Sankt-Peterburg qo‘lyozmasidan

tiklagan (Дмитриева Л.В. 1963:214-232). L.Tugushevaning fikricha, mazkur

ilmiy-yig‘ma tanqidiy matn asar tadqiqotida biror yangilik ochmagan. Aksincha,

uning tadqiqida bir qadam ortga siljishdek bo‘lgan (Тугушева Л.Ю., Хосроев

А.Л. 2008:11).

Asarning har bir bo‘limi ma’lum bir gunoh-aybdan o‘tinch, panoh tilashga

qaratilgan. Matnning boshida Xo‘rmuzd (Xormuzta täŋri) tangrisining

osmondan yerga tushib, barcha tangrilar ezguligi bilan Shimnu boshlig‘

shaytonlarga qarshi kurashgani hikoya qilinadi. Shu tariqa har bir bo‘limda

ma’lum ishdan so‘ng kelib chiqadigan gunohdan panoh tilanib, yolboriladi. Har

bir bo‘limning so‘ngida tavba formulasi (m(a)nastar hirza) bitilgan. Bu hol

turk-budda matnlaridagi namo bud namo d(a)r(a)m namo saŋ – “buddaga

hurmat, budda aqidasiga hurmat, jamoaga hurmat”, islom davridagi har bir duo

yoki tilakdan so‘ng qo‘llanadigan āmin qolip so‘ziga to‘g‘ri keladi. O‘n

beshinchi bo‘limdan so‘ng yakunlovchi bo‘lim ham bor. Unda yuqorida

keltirilgan barcha gunohlar umumlashtirilib, ularning kechirilishini so‘rab,

yozuqlardan qutulaylik deya yolboriladi.

II. Keyingi tavbanoma kichik potxi kitobi shaklida. Matn qog‘ozning old va

orqa tomoniga besh qatordan bitilgan. Siyohi qorada. Matn va potxi tizimchasi

o‘tkaziladigan o‘rni an’anaviy tarzda. Matn tekis chiqishi uchun ikki tomondan

hoshiya hamda matn tagiga chiziq tortilgan.

Parchalarda čaxsapat, ayïğ qïlïnč, yazït-yaŋïlt, m(a)nastar xirza, nizvanï, nom,

yükünür-m(ä)n, burxan, arxant kabi moniylik bilan bog‘liq tushuncha va atamalar

bitilgan. Bundan tashqari, yaxshi saqlangan varaqlardagi jumlalarning qurilishi

“Xuastuanivt” strukturasini eslatadi: amtï t(ä)ŋrim m(ä)n [aryaman frištum] xoštir

• aya[maqïn ağï]rla[maqïn] sözüg köŋül[in] [a]ğïrlayu yinčü[rü] [top]un yükünü

[täginür]-m(ä)n (U 0103verso, 1-3) – “endi tangrim, men Aryaman Frishtum

Xo‘shtir, ortiq darajadagi hurmat bilan so‘zingizni ko‘nglingiz bilan qadrlab,

ta’zim qilib, yukunurman”; alqu ayïğ qïlïnčlarïmïn ökünü • arïğ k(a)rmšuh(u)n

qolu ötünü täginür-m(ä)n m(a)nastar hirza (U 0085verso, 2-3) – “barcha yomon

gunohlarimdan o‘kinib, toza muqaddas vaqtda o‘tinurman, gunoholarimni

kechirgaysen”. Matn bir kishi tomonidan o‘qilgan ko‘rinadi. Unda barcha fe’l

shakllari so‘zlovchi birligida (I shaxs, birlik) berilgan. Ushbu tavbanoma ham

xuddi “Xuastuanivt”ning Raymast Farzind kabi topinuvchisi tomonidan maxsus

ko‘chirtirilgan bo‘lsa kerak. Unda aryaman frištum xoštir nomi uch o‘rinda kelgan

(U 0103a verso, 1; U 0104a verso, 4; U 0085verso, 3-4). Demak, ushbu tavbanoma

Aryaman Frishtum Xo‘shtir nomli rohib yoki nig‘o‘shak uchun maxsus yaratilgan,

degan xulosaga olib keladi.

Matnning bir o‘rnida wxvastvanift so‘zi uchraydi (U 0084verso, 3). Qizig‘i

shuki, ushbu so‘z “xuastuanivt” so‘ziga yaqin bo‘lgani bilan unda asar tuzilishi

tamoman boshqacha. Ushbu so‘z saqlangan varaq ancha titilib, chirigani uchun

unda aynan shu so‘z nima sababdan qo‘llanilganini bilish anchayin qiyin. Ehtimol,

bu “Xuastuanivt”dagi biror fikr yoki aynan unga ishora bo‘lishi ham mumkin.

Saqlangan matnda qilingan gunohlardan o‘tinch tilanadi. Shu va yuqoridagi

sabablarga ko‘ra uni tavbanomalar qatoriga qo‘shdik. Quyida mazkur

tavbanomaning uzindilarini ko‘rib chiqamiz:

U 0103a-c (T.III.D 260,19; T.III.D 260,30) ko‘rsatkichli uzindi. Saqlangan

uzindining varag‘i ancha titilib, uch bo‘lakka bo‘lingan. Varaqning recto

tomonining beshinchi qatoridagi matn qizilda. Xuddi shu tomondagi t ( )
harflarining dumaloq joylari qizil siyohga bo‘yalgan. Qog‘ozning verso tomonida
o‘ng tomondagi hoshiyaga matnga vertikal qilib toquz otuz so‘zi yozilgan. Bu
sanoq tizimi qadimgi turkiy matnlarda faol ishlatilgan bo‘lib, yigirma to‘qqiz
raqamini beradi. Aftidan, ushbu so‘z tavbanomaning bo‘limlari yoki varaqning
tartibini (poygir vazifasi) anglatish uchun ishlatilgan bo‘lishi kerak.

U 0104abс (T.III.D 260-а) ko‘rsatkichli uzindi. Varaq uch bo‘lakka
bo‘lingan holida saqlangan. Shulardan a va b bo‘laklaridan ayrim so‘zlarni o‘qish
mumkin. C bo‘lagida faqat bir-ikki harf ko‘rinib turibdi.

U 0084 (T.III.D 260,22) ko‘rsatkichli uzindi. Varaqning matnli bir qismi
saqlangan.

U 0075 (T.III.D 260,31) ko‘rsatkichli uzindi. Varaqning potxi tizimchasi
o‘tkaziladigan o‘rni oldidagi joyi parcha holida saqlangan.

U 0085 (T.III.D 260,26) ko‘rsatkichli uzindi. Potxi shaklidagi varaqning
deyarli butun bir bo‘lagi saqlangan. Varaqning chetlari chirib, titilib ketgan.
Qog‘ozning verso tomonida, o‘ng tomondagi hoshiyaga vertikal qilib altï qïr[q]
so‘zi yozilgan.

Yuqorida aytganimizdek, ushbu tavbanoma sintaktik tuzilishiga ko‘ra
“Xuastuanivt”ga o‘xshaydi. Jumladan: amtï t(ä)ŋrim … yükünü [täginür]-m(ä)n (U
0103verso, 1–3) (“endi tangrim, yukunib o‘tinurman”) formulasi “Xuastuanivt”da:
amtï t(ä)ŋrim … bošunu ötünür-biz (XL.61–63) (“endi tangrim, ... yukunib
o‘tinurmiz”). Bularning farqi: birinchisida matn bir kishi tomonidan o‘qilsa,
ikkinchisi ko‘pchilik tomonidan o‘qilgan. Matnda ergash gap bosh gap bilan ärsär
so‘zi orqali bog‘langan. Hattoki, bir o‘rinda duo formulasi m(a)nastar hirza ni (U
0085verso, 3) uchratish mumkin.

Ushbu uzindilar A.Gaben, V.Bang, L.Klark, Y.Asmussen, J.Vilkens
tomonidan nashr etilgan (Clark L. 2013: 112).

III. Keyingi tavbanoma kitobat usuliga ko‘ra daftar shaklida (M 0671 seite1,
seite2), moniy yozuvida. Saqlangan parcha daftardan yulib olingan varaq
qog‘oziga o‘xshaydi. Shundan varaqning bir tomoni ko‘proq, boshqa tomoni
kamroq yemirilgan. Kamroq yemirilgan yeridagi matn siyohi to‘q rangda. Boshqa
tarafidagi matn siyohi och rangda. Biz tavsiflayotgan matn ana shu och siyohli

tomoniga bitilgan. To‘q rangli matn eroniy tillarning birida. Matn varaqning har

ikki tomoniga qorada bitilgan bo‘lib, so‘zlar o‘rtasidagi nuqta (•) qizil siyoh bilan

doiraga olingan.

Saqlangan joydagi matn so‘zlovchi birligida (I shaxs, birlik) berilgan (-män).

Jumlalarning tuzilishi “Xuastuanivt” kabi juftlangan: ögirär sävinür-biz –

“shodlanamiz” (М 0671, verso 8).

Matnda moniylikka to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lgan so‘z uchramaydi.

Shunday esa-da, uning umumiy mazmuni tavba marosimini eslatadi. Matn

J.Vilkens, M.Boys tomonidan nashr etilgan (Clark L. 2013: 121).

IV. Keyingi tavbanoma ham daftar shaklida kitobat qilingan bo‘lib, varag‘i

ancha titilib ketgan. Uch bo‘lakka bo‘lingan holda saqlangan. Shulardan a va b

parchalarga tavbanoma bitilgan (U 0149 a,b). Saqlangan yeridan bir-ikki so‘zni

o‘qish mumkin. Xati moniy yozuvida. Matn P.Sime, L.Klark, J.Vilkens tomonidan

nashr qilingan (Clark L. 2013: 126).

Matnda tavbanoma mavzusiga oid so‘zlar uchraydi. Jumladan, tavbanoma

mazmunini eslatuvchi yazuqluğ – “gunohkor, aybdor”, “Xuastuanivt”dagi tavba

formulasidan oldin keluvchi ämti täŋrim – “endi tangrim” iborasi hamda

x[wāstw]ān[i]ft nom so‘zlari ushbu matn moniylik muhitida yaratilganiga ishora

qiladi.

V. Kitobat usuliga ko‘ra xitoycha matn bitilgan o‘rama qog‘oz shaklidagi

qog‘oz parchasining old va orqa tomonlariga uyg‘ur xatida yozilgan tavbanomadir

(Ch/U 6860[A] (T.II 1344). Parchaning recto tomonida xitoycha matn ustiga

parallel qilib, verso tomonida esa faqat uyg‘ur xatidagi matn bitilgan. Jami 5 qator

matn saqlangan. P.Sime, L.Klark, J.Vilkens tomonidan nashr etilgan (Clark L.

2013: 129).

Tuzilishiga ko‘ra “Xuastuanivt”dagi matn uslubiga juda yaqin. Masalan:

yägirmi türlüg … tïnlïğqa-turalïğqa bäš … quruğ öl yärkä näčä yazuq [2-4] –

“yigirma turli ... jonzodga besh ... quruq-ho‘l yerga qancha gunoh”.

VI.Tavbanoma mazmunidagi yana bir matn xuddi “Xuastuanivt”ning xotima

qismining boshlanishi kabidir (Pelliot Chinois 3072 [A]). Solishtirilganda keyingi

jumlalar bir-biridan farq qiladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, matnni o‘qigan

kishida uning “Xuastuanivt”ning o‘zga versiyasi yoki shu kabi boshqa tavbanoma

degan fikrni hosil qiladi. Jumlalarning tuzilish uslubi ham “Xuastuanivt”ga

o‘xshash. Matnda moniylik bilan bog‘liq ko‘plab atamalar qo‘llangan: šämnu,

manastar xirza, yäk, nizvani, xormuzta. Jami uyg‘ur xatidagi 8 qator matn

saqlangan. J. Gamilton, G. Klimkeyt va L. Klark tomonidan nashr etilgan (Clark L.

2013: 131).

VII. Xitoycha matn bitilgan qog‘oz parchasining orqa tarafiga (Ch/U 7081

verso (T.II.D 125) bitilgan. Matn siyohi ancha o‘chib ketgani uchun 8 qatorli

matndan ayrim so‘zlarnigina o‘qish mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramay, matnda

nom, añïğ qïlïnč, yäk kabi so‘zlar saqlangan. Parcha P. Sime, L. Klark, J. Vilkens

tomonidan nashr etilgan (Clark L. 2013: 133).

VIII. “Xuastuanivt” matniga yaqin bo‘lgan uzindi holidagi 3 ta parcha Or.

8212/107=Y.K. [Yarkhoto] 0010 ko‘rsatkichi ostida Britaniya muzeyida saqlanadi

(Zieme P. 2010: 258). Matni uyg‘ur xatida. Parchada manastar xirza, yazuqda

bošunu ötünür-biz kabi so‘zlar uchraydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan tavbanoma mazmunidagi

asarlar turk-moniy muhitida yaratilgan yozma yodgorliklar orasida salmoqli o‘rinni

egallaydi. Ayniqsa, turkshunoslikda “Xuastuanivt” ma’lum va mashhur. Ushbu

asarlar mazmuniga ko‘ra gunohlardan tavba qilish, tangriga o‘z qilgan ayb ishlarini

kechirishni so‘rash mazmuniga ega. Ular turkiy adabiyot tarixida yangi –

tavbanoma janridagi asarlarning shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo‘ldi.

Yuqorida keltirilgan barcha fikrlar asosida “Xuastuanivt” haqida quyidagi

xulosalarni berish mumkin:

- Asarning qo‘lyozma hamda uzindi ko‘rinishidagi nusxalarining ko‘pligi

hamda moniy va uyg‘ur xatida ko‘chirilgani uning o‘z davrida mashhur bo‘lganini,

topinuvchilar orasida keng yoyilganini tasdiqlaydi;

- Asarning nusxalari yozuvning klassik uslubida bitilgani uning muqaddas

kitoblardan ekanini isbotlaydi;

- Asar jamoa bo‘lib o‘qish bilan bir qatorda yakka holdagi ibodat uchun ham

ishlatilgan. Asar butun ko‘rinishda ham, yakka bo‘lim holida ham ko‘chirilib,

foydalanilgan;

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Radloff W. (1909). Chuastuanit, das bussgebet der manichäer.

Herausgegeben und übersetzt. – St. Petersburg. – P. VI+51.

2. Clark L. (2013). Uygur Manichaean Texts: Volume II. Liturgical Texts:

Texts, Translations, Commentary. Corpus Fontium Manichaeorum: Series Turcica

II. – Turnhout: Brepols Publishers, 2013. – P. 372.

3. Ercilasun A.B. (2008). Türk dili tarihi. Başlangıçtan yirminci yüzyıla. –

Ankara: Akçağ. – S. 486.

4. Özbay B. (2014). HUASTUANİFT: Manihaist Uygurların Tövbe Duası. –

Ankara: Türk Dil Kurumu Yayınları. – S. 256.

5. Zieme P. (2010). The Manichaean Turkish Texts of the Stein Collection at

the British Library // Journal of the Royal Asiatic Society. Series, 3/(20). – P. 255-

266.

6. Дмитриева Л.В. (1963). Хуастуанифт (введение, текст, перевод) –

Тюркологические исследования. – М.-Л. – С. 214-232.

7. Древнетюркский словарь (1969). – Ленинград. – С. 677.

8. Кулиева Г.В. (2015). Язык “Хуастуанифт”a (Покаянная молитва

манихейцев). Автореферат диссертации на соискание ученой степени

доктора философии по филологии (PhD). – Баку. – С. 22.

9. Малов С.Е. (1951). Памятники древнетюркской письменности.

Тексты и исследования. – М.-Л.: Издательство АН СССР. – С. 452.

10. Содиқов Қ. (1997). Уйғур ёзуви тарихи (Манбашунослик ва китобат

тарихи масалалари). – Тошкент. – 96 б.

11. Содиқов Қ., Омонов Қ. (2010). Ўзбек тилининг ёзма услублари

тарихидан. – Тошкент. – 192 б.

12. Содиқов Қ.П. (2010). “Хуастуанивт”нинг Берлин қўлёзмалар

фондида сақланаётган узиндилари – Хорижий Шарқ халқлари адабиёти ва

адабий манбашунослигининг долзарб масалалари. Халқаро илмий анжуман. –

Тошкент. – 45–52 б.

13. Содиқов Қ.П. (2004). Қадимги туркий халқларнинг диний-фалсафий

қарашлари. – Тошкент. – 108 б.

14. Содиқов Қ.П. (2006). Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг

юзага келиши ва тикланиши. – Тошкент. – 208.

15. Содиқов Қ.П. (2009). Эски туркий битиглар. – Тошкент. – 168 б.

16. Тугушева Л.Ю., Хосроев А.Л. (2008). Хуастванифт. (Манихейское

покаяние в грехах) / Предисловие, транскрипция уйгурского текста, перевод.

Комментарий Факсимиле текста. – Санкт-Петербург: Нестор-История. – С. 82.

REFERENCES:

1. Radloff W. (1909). Chuastuanit, das bussgebet der manichäer.

Herausgegeben und übersetzt. – St. Petersburg. – P. VI+51. (In German)

2. Clark L (2013). Uygur Manichaean Texts: Volume II. Liturgical Texts:

Texts, Translations, Commentary. Corpus Fontium Manichaeorum: Series Turcica

II. – Turnhout: Brepols Publishers, 2013. – P. 372.

3. Ercilasun A.B (2008). Türk dili tarihi. Başlangıçtan yirminci yüzyıla. –

Ankara: Akçağ. – S. 486. (In Turkish)

4. Özbay B (2014). HUASTUANİFT: Manihaist Uygurların Tövbe Duası. –

Ankara: Türk Dil Kurumu Yayınları. – S. 256. (In Turkish)

5. Zieme P (2010). The Manichaean Turkish Texts of the Stein Collection at

the British Library // Journal of the Royal Asiatic Society. Series, 3/(20). – P. 255-

266.

6. Dmitriyeva L.V. (1963). Xuastuanift (vvedeniye, tekst, perevod) –

Tyurkologicheskiye issledovaniya. – M.-L. – S. 214-232. (In Russian)

7. Drevnetyurkskiy slovar (1969). – Leningrad. – S. 677. (In Russian)

8. Kuliyeva G.V. (2015). Yazik “Xuastuanift”a (Pokayannaya molitva

manixeysev). Avtoreferat dissertatsii na soiskaniye uchenoy stepeni doktora

filosofii po filologii (PhD). – Baku. – S. 22. (In Russian)

9. Malov S.Ye. (1951). Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. Teksti i

issledovaniya. – M.-L.: Izdatelstvo AN SSSR. – S. 452. (In Russian)

10. Sodiqov Q. (1997). Uyg‘ur yozuvi tarixi (Manbashunoslik va kitobat

tarixi masalalari). – Toshkent. – 96 b. (In Uzbek)

11. Sodiqov Q., Omonov Q. (2010). O‘zbek tilining yozma uslublari

tarixidan. – Toshkent. – 192 b. (In Uzbek)

12. Sodiqov Q.P. (2010). “Xuastuanivt”ning Berlin qo‘lyozmalar fondida

saqlanayotgan uzindilari – Xorijiy Sharq xalqlari adabiyoti va adabiy

manbashunosligining dolzarb masalalari. Xalqaro ilmiy anjuman. – Toshkent. –

45–52 b. (In Uzbek)

13. Sodiqov Q.P. (2004). Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari.

– Toshkent. – 108 b. (In Uzbek)

14. Sodiqov Q.P. (2006). Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning

yuzaga kelishi va tiklanishi. – Toshkent. – 208. (In Uzbek)

15. Sodiqov Q.P. (2009). Eski turkiy bitiglar. – Toshkent. – 168 b. (In Uzbek)

16. Tugusheva L.Yu., Xosroyev A.L. (2008). Xuastvanift. (Manixeyskoye

pokayaniye v grexax) / Predisloviye, transkripsiya uygurskogo teksta, perevod.

Kommentariy Faksimile teksta. – Sankt-Peterburg: Nestor-Istoriya. – S. 82. (In

Russian)