SHINJONG O‘ZBEK SHOIRLARINING SHE’RIY UNSURLAR
(QOFIYA) QO‘LLASH MAHORATI
THE SKILLFUL USE OF POETIC ELEMENTS (RHYME) IN THE
WORKS OF XINJIANG UZBEK POETS
СТИЛИСТИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО ПРИМЕНЕНИЯ
ПОЭТИЧЕСКИХ ЭЛЕМЕНТОВ (РИФМЫ) В ТВОРЧЕСТВЕ
СИНЬЦЗЯНСКИХ УЗБЕКСКИХ ПОЭТОВ
https://zenodo.org/records/20666883
Karimova Shahlo G‘aniyevna
Oriental Universiteti
Uzluksiz ta’lim pedagogikasi dotsenti
Tel.: +998 90 185-69-13
E-mail: shkarimova1984@gmail.com
ORCID ID: https://orcid.org/0009-0000-5380-4852
Annotatsiya. Mazkur maqolada XX asr boshlarida Shinjon hududida yashab
ijod qilgan o‘zbek shoirlaridan Aziziddin Muhammad o‘g‘li Vasliy (1919-1985)
ning she’riy unsurlarni qo‘llash mahorati tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoirlar ijodida
metafora, tashbeh, istiora, takror, ramz va boshqa badiiy ifoda vositalarining
ishlatilish darajasi va ularning g‘oyaviy-badiiy vazifasi yoritiladi. Maqolada Vasliy
ijodi misolida she’riy ifoda vositalarining individual uslub shakllanishidagi o‘rni
ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, shoir ijodida mumtoz adabiy an’analar bilan
zamonaviy badiiy tafakkur uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida
tarixiy-adabiy tahlil, qiyosiy va matnshunoslik metodlaridan foydalanilgan.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Vasliy kabi shu davr Shinjong o‘zbek shoirlari she’riy
unsurlardan mahorat bilan foydalanib, davr ruhini, ijtimoiy muammolarni va
ma’rifatparvarlik g‘oyalarini badiiy ifodalashda muhim natijalarga erishgan. Ushbu
maqola o‘zbek adabiyoti tarixida kam o‘rganilgan mintaqaviy she’riyat
an’analarini yoritishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: Shinjong o‘zbeklari, she’riyat, badiiy unsurlar, poetik mahorat,
tashbeh, istiora, ramz, qofiya, murdaf, muqayyad.
Annotation. This article analyzes the mastery of poetic devices by the early
20th-century Uzbek poet of Xinjiang, Vasliy (1919-1985), who lived and worked
in the region. The study examines the use and artistic functions of various poetic
devices such as metaphor, simile, allegory, repetition, symbolism, and other
literary techniques. Based on the works of Aziziddin Muhammad o‘g‘li Vasliy, the
article explores the role of poetic devices in the formation of an individual
authorial style. It also analyzes the synthesis of classical literary traditions with
modern artistic thinking in his poetry. The research employs historical-literary,
comparative, and textual analysis methods. The results show that Vasliy, along
with other Uzbek poets of Xinjiang, skillfully used poetic devices to artistically
express the spirit of the era, social issues, and enlightenment ideas. This article
contributes to the study of under-researched regional traditions of Uzbek poetry..
Keywords: Xinjiang Uzbek poets, poetry, poetic devices, artistic mastery,
metaphor, symbolism, radif rhyme.
Аннотация. В данной статье анализируется мастерство использования
поэтических средств узбекским поэтом Синьцзяна Васлий (1919-1985),
который жил и творил в начале XX века на территории Синьцзян. В
исследовании рассматривается степень использования таких
художественных средств, как метафора, сравнение, аллегория, повтор,
символ и другие поэтические приёмы, а также их идейно-эстетическая
функция. На материале творчества Азизиддина Мухаммада оглы Васлия
раскрывается роль поэтических средств в формировании индивидуального
авторского стиля. Также анализируется синтез классических литературных
традиций и современного художественного мышления в его поэзии. В работе
применены историко-литературный, сравнительный и текстологический
методы анализа. Результаты исследования показывают, что Васлий и другие
узбекские поэты Синьцзяна умело использовали поэтические средства для
художественного выражения духа эпохи, социальных проблем и идей
просвещения. Данная статья способствует изучению малоисследованных
региональных традиций узбекской поэзии.
В статье анализируется мастерство использования поэтических средств
в творчестве узбекских поэтов Синьцзяна. Рассматривается роль
художественных приемов, таких как сравнение, метафора, гипербола и
символ, а также их эстетическая значимость. В статье проведён анализ
поэтических текстов и освещены особенности узбекской поэзии Синьцзяна, в
том числе рассмотрены вопросы, связанные с использованием поэтических
средств.
Ключевые слова: узбекские поэты Синьцзяна, поэзия, художественные
средства, поэтическое мастерство, метафора, символ, ограниченная
рифма.
KIRISH
XX asr boshlarida Shinjon hududida yashab ijod qilgan o‘zbek shoirlarining
adabiy faoliyati mintaqa madaniy hayotida muhim o‘rin egallaydi. Bu davr
murakkab tarixiy-ijtimoiy jarayonlar, madaniy almashinuvlar va ma’rifatparvarlik
g‘oyalarining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, Vasliy (1919-1985) ijodi
o‘zbek she’riyatida badiiy ifoda vositalarining rivojlanishi va individual uslub
shakllanishi jihatidan alohida ahamiyatga ega.
She’riyatda metafora, tashbeh, istiora, ramz, takror kabi badiiy ifoda vositalari
muallifning estetik maqsadini ifodalash, davr ruhini aks ettirish hamda g‘oyaviy
mazmunni chuqurlashtirishda muhim vazifa bajaradi. Shu jihatdan Vasliy ijodini
o‘rganish nafaqat uning individual poetik uslubini ochib beradi, balki XX asr
boshlaridagi Shinjon o‘zbek she’riyatining umumiy rivojlanish tendensiyalarini
ham yoritishga yordam beradi.
Vasliy ijodida mumtoz adabiy an’analar bilan zamonaviy badiiy tafakkur
uyg‘unlashuvi kuzatiladi. Shoir she’rlarida an’anaviy poetik shakllar saqlangan
holda, yangi mazmuniy yo‘nalishlar, ijtimoiy masalalarga munosabat va
ma’rifatparvarlik g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. Bu esa uning ijodini o‘tish davri
adabiyotining muhim namunalaridan biri sifatida ko‘rsatadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Qofiya – she’riy asarning badiiy nafisligini yorituvchi, musiqiy uyg‘unlik
bag‘ishlovchi muhim shakliy vositadir (Hojiahmedov A., 1998:128). Mumtoz
poetika nazariyotchilaridan biri Shams Qays Roziy esa qofiyasiz she’rni haqiqiy
ijodiy mahsul sifatida tan olmagan (Шамси Қайси Розий, 1991:161-162). Xalq
og‘zaki ijodida ham bu jihat juda katta ahamiyat kasb etgan. Dostonlarning
musiqiy ohang va ta’sirchan tinglovchilarga yetib borishida eng zo‘r usul
hisoblangan. Mazmunan boy va jarangli qofiya hamda radiflar asarda aks
ettirilayotgan turfa ijtimoiy-axloqiy g‘oyalarni eng muhim, chuqur mazmunga ega,
ma’nodor va badiiy jiloga boy so‘zlar hamda ifoda vositalari orqali kitobxon
xotirasida uzoq vaqt iz qoldirishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, ular
yoqimli ohang hosil qilib, asarning musiqiy uyg‘unligini va badiiy ta’sir kuchini
oshiradi. Shu bois ham qadimdan she’riy nutqning ohangdorligi va jozibadorligini
ta’minlovchi muhim unsurlardan biri sifatida, qofiya va radif mumtoz she’riyat
nazariyasida alohida o‘rganilgan (Афоқова Н., 2005:140).
Mumtoz poetikada qofiya mustahkam ilmiy an’anaga ega. Ilmi bayon, ilmi
maoniy va ilmi bade’ kabi balog‘at ilmlarining tarkibida mazmun va shakl
mutanosibligi, ritm va ohangdorlik, tovush takrori, qofiya tizimi, shuningdek,
nasrda uchraydigan she’riy unsurlar va janrlararo aloqadorlik singari masalalar
dastlab tilshunoslikning sarf-nahv bo‘limida o‘rganilgan bo`lsa ham, keyinchalik
bu masalalar mustaqil yo‘nalish sifatida ajralib chiqib, alohida she’rshunoslik va
balog‘at ilmlari tizimida mukammal shaklga ega bo‘ldi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot tavsifiy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, XX asr boshlaridagi Shinjong
o‘zbek she’riyatini, xususan Aziziddin Muhammad o‘g‘li Vasliy ijodini chuqur
o‘rganishga qaratilib, tarixiy-adabiy tahlil, matnshunoslik tahlil, qiyosiy tahlil va
nazariy umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Ushbu metodlar majmui orqali
shoir ijodidagi qofiya qo‘llash mahorati har tomonlama yoritildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Qofiya ilmi, ayniqsa, mumtoz Sharq she’riyatida she’rning tashkiliy va estetik
asoslaridan biri sifatida qaraladi. U nafaqat misralarning ohangdorligini
ta’minlaydi, balki mazmunni mustahkamlovchi, obraz va g‘oyani ta’kidlovchi
muhim badiiy vosita vazifasini ham bajaradi. Qofiyaning raviy, radif, harf va
harakat kabi tarkibiy unsurlari aniq qonun-qoidalar asosida tizimlashtirilgan bo‘lib,
bu esa she’r tuzilishida qat’iy me’yorlarning mavjudligini ko‘rsatadi.
Mumtoz adabiyotda qofiya ilmi aruz vazni bilan uzviy bog‘liq holda
rivojlangan. Aruz tizimidagi bo‘g‘inlar, uzun-qisqa hijolar tartibi bilan qofiya
uyg‘unlashib, she’rda mukammal ritmik tuzilmani yuzaga keltiradi. Shu jihatdan
qofiya faqat tovushlar takrori emas, balki umumiy poetik tizimning ajralmas qismi
hisoblanadi.
Shuningdek, qofiya ilmi she’riy janrlar xususiyatini belgilashda ham muhim
rol o‘ynaydi. Masalan, munojot, g‘azal, qasida, ruboiy kabi janrlarda qofiya va
radifning o‘ziga xos qo‘llanish usullari mavjud bo‘lib, ular har bir janrning ichki
qonuniyatlarini shakllantiradi. Qofiyaning turli ko‘rinishlari – mutlaq qofiya,
muqayyad qofiya, musajja’ qofiya (Ҳожиаҳмедов А., 1998:240) kabi turlar –
she’riy nutqning rang-barangligini oshiradi.
Bundan tashqari, qofiya poetik tafakkur va estetik didning rivojlanishida ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Shoirlar qofiya orqali nafaqat ohangdorlik yaratadi,
balki ma’no nozikliklarini, yashirin ishoralar va badiiy o‘yinlarni ham ifodalaydi.
Shu sababli qofiya ilmi mumtoz poetikaning nafaqat texnik, balki chuqur
mazmuniy va falsafiy qatlamlarini ochib beruvchi muhim ilmiy soha sifatida
qadrlanadi.
Sharq poetik tafakkurida poetika va uning asosiy bo‘limlari ilmi – bade’, aruz
va qofiya ilmlarining taraqqiyot jarayoni muayyan tarixiy, ijtimoiy va madaniy
omillar ta’sirida bosqichma-bosqich takomillashib bordi. Har bir ijodkor bu
ilmlarni chuqur egallashni o‘z ijodiy kamoloti – balog‘atning muhim sharti sifatida
bilgan. Shu bois she’r yaratishda vazn va badiiy san’atlar qatori qofiyaning ham
o‘ta muhim poetik unsurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Qofiya nafaqat she’rning
tashqi ko‘rinishiga, balki uning ichki ohang, ritm va ma’no uyg‘unligiga ham
bevosita ta’sir qiluvchi asosiy tarkibiy qism sifatida qaralgan.
Demak, Mumtoz o‘zbek she’riyatida qofiya va radif ijodiy asarlar ohangdorligi
va ta’sirchanligini ta’minlovchi asosiy badiiy unsurlardan biri hisoblanadi. Qofiya –
she’riy satrlarning oxiridagi tovushlar yoki so‘z birikmalaridagi ohang uyg‘unligi
orqali yaratiladigan ritmik va musiqiylik bo‘lib, she’rning jozibadorligi va o‘quvchi
ongida mustahkam o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
Ko‘plab mumtoz shoirlar ijodida qofiya tanlash nafaqat mazmuniy, balki
ohangdorlik jihatidan ham alohida e’tibor talab qiladigan masala bo‘lgan. Shoirlar,
masalan, Pirimqori Andijoniy, Dilafkor, Barqiy va Muhsiniy, o‘z she’riyatlarida
qofiyaning turli turlarini faol qo‘llash orqali badiiy mahoratlarini namoyon qilganlar.
Ayniqsa, mujarrad qofiya (eng faol va asosiy qofiya turlaridan biri) shoirlarning
ijodida keng qo‘llanilganligi bilan ajralib turadi.
Demak, qofiya ilmi uzoq tarixga ega bo‘lib, murakkab va mustaqil ilm ekani
bilan qofiya ilmi nazariyasini bilish badiiy matnni poetik tahlil qilishda juda katta
ahamiyatga ega. Biz biror she’riy matnni tahlil qilganimizda, qofiya tizimini to‘liq
tahlil qilishimiz, nazariyasi keng va o‘z qonuniyatlari bor. Shoir qofiyaga juda ko‘p
vazifa yuklaydi. Qofiyada shoirning poetik maqsadlari, g‘oyalari aks etadi. Demakki,
qofiyaga yuklangan vazifani to‘g‘ri tahlil orqali anglash mumkin.
Biz qofiya ilmiga doir nazariy manbalar va badiiy adabiyotdagi takomiliga
tayanib, Vasliy ijodidagi turkiy qofiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashga
harakat qildik:
l. Arab va fors tilidagi poetika ilmiga oid risolalarda she’rning asosi sifatida
vazn belgilansa, turkiy she’riyatda qofiya she’rining asosi sifatida qabul qilingan.
Shoirlar ijodida qofiyadosh so‘zlarni mukammal holatda ishlatishga harakat
qilishgan. Vasliyga zamondosh Zarif qori Toshkandiy ijodidan olaylik:
Yuz tuman armon-u hasrat jon bir yonimdadur,
Toki ming jabr-u jafo bul ofati jonimdadur (Қодир Акбар., 1989:114-140).
Baytda qo‘llangan “yonimdadur” va “jonimdadur” so‘zlari mumtoz
qofiyaning to‘q qofiyasiga mansub bo‘lib, “o”- tovushi raviy vazifasida kelib,
undan keyingi qo‘shimchalar vasl, huruj, mazid, noyira ohangdoshlikni bus-
butunligicha, musiqiylikni to‘la ta’minlagan holda qo‘llangan. Mazmun jihatdan
ham bir-birini taqozo etib kelayotgan bu so‘zlar sof turkiy so‘zlar sifatida poetik
vazifasini uddalagan.
Yoki Vasliy ijodidagi:
Menga ishq o‘ti tegdi go‘zal yuzlik qaro qoshdin,
Bu savdo birla bosh ketdi, bu savdo ketmadi boshdin. (Vasliy)
Baytda ishq holati juda go‘zal va sodda tarzda obrazli ifodalangan. “Ishq o‘ti”
iborasi orqali ishq yonuvchi, azob beruvchi kuch sifatida tasvirlanadi. “Qaro qosh”
esa go‘zallik timsoli bo‘lib, oshiqning ishqqa duchor bo‘lishiga sabab sifatida
keltirilgan.
“Savdo” so‘zi bu yerda ko‘chma ma’noda ishlatilgan bo‘lib, istiora orqali
ijodkor ishqiy dard, ruhiy bog‘liqlikni anglatmoqchi bo‘ladi. Shoir oshiqning
holatini shunday ko‘rsatadiki, u aqlini yo‘qotadi (“bosh ketdi”), lekin ishqdan
qutula olmaydi (“savdo ketmadi”). Iboralarning bir misraning o‘zida har xil
berilishi ishq o‘yinidagi yengil qochirimni, hazil-kinoya aralash yozg‘irishni
ustamonlik bilan ishlatib olgan shoir mahoratini bir darajaga ko‘taradi.
2. Deyarli har bir she’riy asarida qofiyadosh so‘zlardagi har bir harf va
harakatning ishtiroki va ohangdorligiga alohida e’tibor bergan. Bundan tashqari
qofiyaning muqayyad turi ham ko‘p uchraydi. Misol uchun:
- Yorga aynakdin qarang, yuzin munavvar qildimu,
Tebratib bodi sabo, sochin muattar qildimu.
Bayt juda nozik va nafis tasvirlar asosiga qurilgan: “Aynakdin qarang” – bu
yerda “oyna(ko‘zgu) orqali qarash” ma’nosida bo‘lib, yor husnining yana-da
jilolanib ko‘rinishini anglatadi. Bu ifoda go‘zallikni vosita orqali yanada
kuchaytirib ko‘rsatadi. “Yuzin munavvar qildimu” – yorning yuzi nurli, yana ham
porloq qilib tasvirlanadi. “Munavvar” so‘zi yorning husniga ilohiylik, nur
bag‘ishlaydi. “Bodi sabo” – tong shamoli timsoli bo‘lib, mumtoz adabiyotda
latofat va noziklik ramzi. Bodi saboning “sochin muattar qil”ishi – tonggi nasim
yor sochlarini tebratib, uni go‘yo xushbo‘y qilib qo‘ygandek, atrofga muattarligini
taratib qo‘ygandek tasvirlanadi.
Qofiya bilan birga qo‘llangan “qildimu?” radifi lirik qahramonning ichki
tuyg‘ulari ritorik so‘roq vositasida berilmoqdaki, bu ham baytga o‘zgacha ohang,
musiqiylik bag‘ishlamoqda. Turkiy qofiyashunoslikda radifning ishtiroki va
vazifasi alohida o‘rganilgan jihatlardan bo‘lib, shoirlar ijodida uning qo‘llanilishi
ancha kengaygani va radifning yoyiq shakliga murojaat ko‘p uchraydi. Fors-tojik
shoirlari ijodiga naziralarda va ayrim mustaqil g‘azallarida radifning bir so‘z
holidagi ko‘rinishi uchrasa, mumtoz o‘zbek shoirlari (jumladan, Navoiy, Huvaydo,
Mashrab, Bobur, Tavallo, Miskin, Muqimiy) shoirlar ijodiga taxmislarda badiiy
matn ohangdorligini ta’minlash va ijodkor maqsadini ifodasi sifatida ham bir
so`zli, ham birikma holida ishlatilgan radifli - muraddaf baytlar salmog‘i ko‘p:
- Qildingiz Farg‘onadan azmu sayohat, Qorijon,
Marhabo, xush keldingiz, ey sarviqomat Qorijon.
Nido san’atini yuzaga keltirayotgan “Qorijon” shoir fikri qaratilgan yaqin
insoni sifatida radifga joylashtirilishi ham bejiz emas.
Turkiy adabiyotdagi baytlarda qofiyadosh so‘zlarning aksariyati o‘ta cho‘ziq
hijo bilan tugaydi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, Shinjong shoirlari ham
turkiy til qonuniyatidan kelib chiqqan holda qofiya qismlarining ishtirokiga ko‘ra
mutarodif, mutavosiy, mutarojih, mutazoyid turlariga ko‘proq murojaat qilgan:
Nedan navo chekarman hajringda yor sansiz,
Yil ichra behuda na devonavor sansiz
Vasl raviydan keyin keluvchi qofiyaning asosiy harflardan biridir. Arab va
fors qofiyashunoslari vaslni belgilashda raviy va vasl o‘rtasidagi ulovchi qofiya
harakati – majroning ishtiroki ahamiyatli ekanligini ta’kidlaydilar.Agar raviy va
vasl orasida majro ishtirok etmasa, qofiyadosh so‘z tarkibidagi asosdan keyingi
harflar radif sifatida baholanadi. Bu esa fors va arab tilidagi so‘zlarning yasalishi
va grammatik shakllarning qo‘shilishi bilan bog‘liq. Turkiy tilda esa bu ikki tildan
farqli holatda qo‘shimchalar asosdan keyin qo‘shiladi, qo‘shimchalarning
chegarasi bilinib turadi.
Qofiyalarda uyg‘urcha elementlarning aks etishi ko‘proq qo‘shimchalar
qo‘llanilishida ko‘zga tashlanadi:
Salom aytib yozay xat, sog‘misiz, tan-joningiz qandoq?
Saboqdosh, ham muallim, do‘stlar, yoroningiz qandoq?
Bo‘lub xanzucha1 tilda bexato irfoningiz qandoq?
Fahmsizlikda gohi ba’zi bir nuqsoningiz qandoq?
Shoirlar ijodida qofiyaning murdaf va muqayyad qofiya turlari ham ko‘p
qo‘llanilgan, ijodkorlik salohiyati va mahoratini belgilashda, she‘rning go‘zal va
ravon o‘qilishida, o‘zgacha musiqiylikni ta’minlashda alohida o‘rin tutgan:
Vasliyga zamondosh Zarif qori Toshkandiy, Andijoniy, Farhatiy mutlaq
qofiyadan ko‘p foydalangan bo‘lsa, Barqiy, Dilafkor, Bilol Aziziy muqayyad
qofiyalarni ko‘p ishlatgan:
Ey ko‘ngul, xushlab qadrdon oshnodin keldi xat,
Tur, sadoqat chin ahli vafodin keldi xat. (Farxatiy)
Demak, mazkur davrdagi poetikaga oid she‘rlarda qofiya ilmi tadqiqi
takomillashdi, yangi qonuniyatlar ishlab chiqildi, til qonuniyatiga moslashtirildi.
Xususan, turkiy qofiya o‘zbek va uyg‘ur tilining grammatik tuzilishi asosida
o‘zgarib, badiiy adabiyotda takomillashdi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, XX asr boshlaridagi poetikaga oid
she’riy matnlarda qofiya ilmi sezilarli darajada rivojlanib, uning nazariy va amaliy
asoslari takomillashdi. Mazkur davrda qofiya tizimi faqat an’anaviy poetik
qoidalar doirasida emas, balki yangi ijtimoiy-madaniy sharoit va til taraqqiyoti
bilan uyg‘un holda shakllandi. Natijada qofiya tuzilishida yangi qonuniyatlar
paydo bo‘lib, ular she’riy matnning g‘oyaviy-badiiy imkoniyatlarini kengaytirdi.
Izlanishlar jarayonida shuni aniqlash mumkinki, turkiy qofiya tizimi, xususan
o‘zbek va uyg‘ur she’riy an’analarida, tillarning grammatik xususiyatlarining
1 Xanzucha- xitoycha
moslashgan holda bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan. Bu
jarayonda qofiya nafaqat fonetik uyg‘unlik vositasi, balki badiiy mazmunni
chuqurlashtiruvchi estetik element- she’riy unsur sifatida ham shakllangan.
Shinjong hududidagi she’riy an’analarda bu jarayon yanada yaqqol ko‘zga
tashlanadi, chunki bu hududda o‘zbek va uyg‘ur adabiy muhitlari o‘zaro ta’sirda
rivojlangan.
Shuningdek, Vasliy kabi shoirlar ijodida qofiya tizimi mumtoz an’analarga
tayangan holda, zamonaviy ifoda vositalari bilan boyitilganini ko‘rish mumkin. Bu
esa o‘z navbatida o‘zbek she’riyatida qofiya ilmining nafaqat saqlanib qolganini,
balki yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abdurahmon Jomiy (2006). Risolai qofiya // Sharq mumtoz poetikasi
Hamidulla Boltaboyev talqinida. Tarjimon D.Yusupova. –Т.: O‘zbekiston Milliy
ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. 2006. -B.306.
2. Афоқова Н. (2005). Жадид шеърияти поэтикаси: Вазн ва қофия
муаммолари – Тошкент: Фан, 2005. – 140 б.
3. Hamroyeva O. (2022). Mumtoz qofiya nazariyasi asoslari [Matn] : o‘quv
qo‘llanma -Toshkent: Bookmany print, 2022. - 156 b.
4. Ҳожиаҳмедов А. (1998). Мумтоз бадиият малоҳати. –Тошкент: Шарқ,
1998. – 240 б.
5. Ҳурматжон Фикрат., Қодир Акбар (2005). Ўзбек адабиёти тарихи.
Урумчи: Шинжонг халқ нашриёти. 2005. (уйғур тилида) (Hurmatjon Fikrat.,
Qodir Akbar. History of Uzbek literature. Urumchi: Xinjiang People’s Publishing
House, 2005. (in Uyghur).
6. Исҳоқов Ё. (2014). Сўз санъати сўзлиги. – Тошкент: O‘zbekiston, 2014.
– 320 б.
7. Каримова Ш. (2018). Ўзбек мумтоз шеъриятида поэтик мазмун ва
янгиланишлар (Завқий ва Муҳсиний ижоди мисолида). Фил. фан бўйича.
...дисс. – Тошкент. 2018.
8. Karimova Sh. (2025). XX asr boshlari Shinjong o‘zbek she’riyati.
Monografiya. Toshkent, 2025.
9. Маматохунов У. (1960). Уйғур адабиёти классиклари. – Тошкент.
1960.
10. Қодирий Р. (1963). Уйғур адабиётида Навоий анъаналари / “Адабий
мерос”. 1963. 1-китоб. 52-60 б.
11. نەش خەلق شىنجاڭ .ئەكبەر قادىر :تەييارلانغان قىلىشقا نەشر .يازغۇچىلىرى ئۆزبېك شىنجاڭ
(1989). Шинжонг ўзбек адиблари. Нашрга тайёрловчи: Қодир Акбар.
Шинжонг халқ нашриёти. 114-140 бетлар.
12. Шамси Қайси Розий (1991). Ал мўъжам [ан мачонри ашъор ил –
Аъжам. (“фарҳанги андозаҳон ашъори Ажам”). Муаллифи сар сухану
тавзеҳот ва ҳозиркунандаи чоп У.Тоиров. – Душанбе. Адиб. 1991. С.161-162.
REFERENCES:
1. Abdurahmon Jomiy (2006). Risolai qofiya // Sharq mumtoz poetikasi
Hamidulla Boltaboyev talqinida. Translator D.Yusupova. –T.: O‘zbekiston Milliy
ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. -B.306. (In Uzbek)
2. Afoqova N. (2005). Jadid she’riyati poetikasi: Vazn va qofiya muammolari
– Toshkent: Fan, 2005. – 140 p. (In Uzbek)
3. Hamroyeva O. (2022). Mumtoz qofiya nazariyasi asoslari: o‘quv qo‘llanma
-Toshkent: Bookmany print, 2022. - 156 p. (In Uzbek)
4. Hojiahmedov A. (1998). Mumtoz badiiyat malohati. –Toshkent: Sharq,
1998. – 240 p. (In Uzbek)
5. Hurmatjon Fikrat., Qodir Akbar (2005). O‘zbek adabiyoti tarixi. Urumchi:
Shinjong xalq nashriyoti. 2005. (In Uyghur)
6. Is’hoqov Yo. (2014). So‘z san’ati so‘zligi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2014.
– 320 p. (In Uzbek)
7. Karimova Sh. (2018). O‘zbek mumtoz she’riyatida poetik mazmun va
yangilanishlar (Zavqiy va Muhsiniy ijodi misolida). Fil. fan. bo‘yicha ... diss. –
Toshkent. 2018. (In Uzbek)
8. Karimova Sh. (2025). XX asr boshlari Shinjong o‘zbek she’riyati.
Monografiya. Toshkent, 2025. (In Uzbek)
9. Mamatoxunov U. (1960). Uyghur adabiyoti klassiklari. – Toshkent. 1960.
(In Uzbek)
10. Qodiriy R. (1963). Uyghur adabiyotida Navoiy an’analari / “Adabiy
meros”. 1963. 1-kitob. 52-60 b. (In Uzbek)
11. Shinjong o‘zbek yozuvchilari. Nashrga tayyorlovchi: Qodir Akbar (1989).
Shinjong xalq nashriyoti. 114-140 betlar. (In Uyghur and Uzbek)
12. Shamsi Qaysi Roziy (1991). Al mo‘jam [an machonri ash’or il – A’jam.
(“Farhangi andozahon ash’ori Ajam”). Muallifi sar suxanu tavzehot va hozirkunandai chop U.Toirov. – Dushanbe. Adib. 1991. S.161-162. (In Tajik)