ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Badiiy matndagi paralingvistik vositalarning ayol muallif nuqtayi nazaridan ifodalanishi

Annazarova Tamilla Dilshod qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

BADIIY MATNDAGI PARALINGVISTIK VOSITALARNING AYOL

MUALLIF NUQTAYI NAZARIDAN IFODALANISHI

REPRESENTATION OF PARALINGUISTIC DEVICES IN LITERARY

TEXT FROM A FEMALE AUTHOR’S PERSPECTIVE

ВЫРАЖЕНИЕ ПАРАЛИНГВИСТИЧЕСКИХ СРЕДСТВ В

ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ ЖЕНЩИНЫ-

АВТОРА

https://zenodo.org/records/20666911

Annazarova Tamilla Dilshod qizi

Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti

Turkshunoslik oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi,

Tel.: +998 90-960-23-13

E-mail: aabuzuh18@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada Elif Shafakning Havva'nın Üç Kızı romanida

qo‘llanilgan paralingvistik vositalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi

badiiy matnda uchraydigan paralingvistik birliklarning (jest, mimika, intonatsiya,

pauza va boshqalar) funksional-semantik xususiyatlarini aniqlash hamda ularning

qahramonlar nutqi va psixologik holatini ifodalashdagi rolini ochib berishdan

iborat. Tadqiqot jarayonida muallif tomonidan shakllantirilgan kartoteka

materiallari asosida roman matnidan tanlab olingan misollar tizimli ravishda tahlil

qilindi. To‘plangan birliklar G.E.Kreydlin klassifikatsiyasi asosida guruhlarga

ajratilib, ularning badiiy nutqdagi qo‘llanish xususiyatlari o‘rganildi. Kontekstual

va tavsifiy metodlar yordamida paralingvistik vositalarning emotsional-ekspressiv

yuklamasi hamda kommunikativ vazifalari aniqlashtirildi.

Kalit so‘zlar: tilshunoslikda gender, paralingvistika, kinetik vosita, fonetik

xususiyat, grafik vosita.

Annotation. This article analyzes the paralinguistic devices used in Elif

Shafak’s novel Havva'nın Üç Kızı. The main objective of the study is to identify

the functional and semantic features of paralinguistic units (gestures, facial

expressions, intonation, pauses, etc.) occurring in the literary text, as well as to

reveal their role in conveying characters’ speech and psychological states. In the

course of the study, a systematic analysis was conducted based on a card index

compiled by the author, examining examples selected from the text of the novel.

The collected units were classified according to G. E. Kreydlin’s system and

grouped for further study of their functioning in literary discourse. Contextual and

descriptive methods were applied to determine the emotional-expressive load and

communicative functions of the paralinguistic devices.

Keywords: gender in linguistics, paralinguistics, kinetic device, phonetic

feature, graphic device.

Аннотация. В данной статье анализируются паралингвистические

средства, используемые в романе Elif Shafak «Havva'nın Üç Kızı». Основная

цель исследования заключается в выявлении функционально-семантических

особенностей паралингвистических единиц (жестов, мимики, интонации,

пауз и др.), встречающихся в художественном тексте, а также в раскрытии их

роли в передаче речи персонажей и их психологического состояния. В ходе

исследования на основе картотеки, сформированной автором, был проведён

системный анализ примеров, отобранных из текста романа. Собранные

единицы были классифицированы по системе G. E. Kreydlin и распределены

по группам с последующим изучением особенностей их функционирования в

художественной речи. С помощью контекстуального и описательного

методов были определены эмоционально-экспрессивная нагрузка и

коммуникативные функции паралингвистических средств.

Ключевые слова: гендер в лингвистике, паралингвистика,

кинетическое средство, фонетическая особенность, графическое средство.

KIRISH

Bugungi kunda gender tadqiqotlar fanlararo soha bo‘lib, ijtimoiy falsafa,

sotsiologiya, madaniyatshunoslik, tilshunoslik va boshqa bir qator madaniyat

tuzilmasini o‘rganuvchi fanlar bilan bog‘liqdir. Gender ijtimoiy konstrukt sifatida,

ayni paytda til yordamida jamiyatni shakllantiradi (Бенвенист Э., 1974). Bu

tadqiqot sohasi tilshunoslikda borgan sari ko‘proq diqqatni jalb etmoqda. Bu

sohadagi ilk tadqiqotlar g‘arb tilshunosligida yaratilgan va ayollar hamda erkaklar

nutqining birinchi sistem tavsifi german va roman tillari guruhiga kiruvchi tillar

asosida amalga oshirilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Gender tadqiqotlar – ilmiy fan olamidagi yangi yo‘nalish hisoblanadi. Bu

tadqiqotlar xususida fikr yuritgan olimlarga V.V.Ganina (2005), G.E.Kreydlin

(2002), A.V.Kirillina (1999) va boshqalar kiradi. Bunday tadqiqotlar markazida

jamiyatning ayollarga va erkaklarga bo‘lgan munosabatining madaniy, ijtimoiy va

til omillari, u yoki bu jinsga taalluqlilik bilan bog‘liq individlar xulqi, harakati,

erkaklar va ayollarning xususiyatlari haqidagi stereotip tasavvurlar turadi. Erkaklar

va ayollarning xatti-harakatlaridagi farq aniq ko‘rinib turadi. Bu farq turli

madaniyatlar vakillariga ham taalluqlidir. Buning sababi quyidagilarda kuzatiladi.

Birinchidan, erkaklar va ayollarning vujudining biologik tuzilishi aprior farqlarni

bildiradi.

Masalan, ayollar va erkaklar ovozining fonetik xususiyatlari – tembr,

diapazon; ayollar va erkaklar tanasining o‘ziga xos turishi, harakatlari farqlanadi

(Горелов И.Н., 1991). Ikkinchidan, erkaklar va ayollarning muloqotidagi

jinsiyatga xos farqlar mavqe: rol, motivatsiya, me'yoriy kutishlar, stereotiplar va

qoliplar, preferentsiya va boshqalar muhim o‘rin egallaydigan ijtimoiy va

interaktiv kinetik o‘zgarishlar vaziyatida yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Insonning jamiyatdagi o‘rni, ayolning noverbal xulqiga oid stereotip tasavvurlar,

“noto‘g‘ri” imo-ishora, “noto‘g‘ri” nigohdan saqlanish bo‘yicha ta'qiqlar sababli

ayollarning xatti-harakatlaridagi tortinchoqlik, erkin emaslik, harakatlarining

cheklanganligi – ularning hammasi yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar bilan

murakkab aloqaga kirishadi deb taxmin qiladilar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotda asosiy metod sifatida tavsifiy (deskriptiv) va tasnifiy

(klassifikatsion) yondashuvlardan foydalanildi. Paralingvistik vositalar G. Kreydlin

tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiya asosida guruhlarga ajratildi va ularning

funksional-semantik xususiyatlari aniqlab berildi. Shuningdek, kontekstual tahlil

metodi orqali ushbu birliklarning badiiy matndagi ma’no hosil qilishdagi roli,

emotsional-ekspressiv yuklamasi va kommunikativ vazifalari o‘rganildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

G.Ye.Kreydlinning tasnifi kinetik paralingvistik vositalarga oid bo‘lib, olim

bu birliklarni kinema deb atagan (Крейдлин Г. Е., 2004).

Biz esa ishimiz davomida paralingvistik vositalarni tahlil qilishda mazkur

birliklarni izohlovchi birlik deb atashni ma'qul ko‘rdik. Mazkur izohlovchi birliklar

to‘rt pragmatik nuqtayi nazardan tavsiflanishi mumkin, ya’ni “qahramon va

qahramon” , “muallif va obyekt”, “qahramon va obyekt”, “muallif va qahramon”

o‘rtasidagi munosabatlar. Quyida mavzudan kelib chiqib “muallif-qahramon”

munosabati jihatidan tahlil amalga oshiriladi. Turk tilidagi paralingvistik

vositalarni va ularning gender xususiyatlarini o‘rganish uchun Elif Shafaqning

“Havva’nın üç kızı” romani manba sifatida tanlandi (Shafaq E., 2016). Manbadan

jami 567 ta paralingvistik vosita ishtirokidagi izohlovchi birliklar to‘plandi va

quyidagi holat ma'lum bo‘ldi: fonatsion paralingvistik vositalar – 124 ta; kinetik

paralingvistik vositalar – 310 ta; grafik paralingvistik vositalar - 23 ta.

Tadqiqotimizdagi barcha misollar so‘zma-so‘z tarjima qilinib, bundan har bir

so‘zning asl ma’nosini tushunish maqsadi ko‘zlangan. Bu izohlovchi birliklar

asarning barcha qahramonlari va personajlari uchun xos bo‘lgan harakatlarni ifoda

etadi. Shu bilan birga, romanning bosh qahramonlari asosan ayollar bo‘lib, erkak

personajlar ayollarning hayotini ochib berish, xarakterini tavsiflash uchun

kiritilgan. Shuning uchun roman muallifining ayol ekanligi diqqatga olinishi

maqsadga muvofiq.

“Muallif-qahramon” munosabati talqinida izohlovchi birliklarning gender

nuqtayinazaridan o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, izohlovchi birliklarning katta qismini

universal izohlovchi birlik deb nomlash mumkin. Chunki bular ham erkak, ham

ayol harakatini ifodalaydi. Yuz ifodasi, harakatning ayol yoki erkakka xosligini

ikki yo‘l bilan aniqlash mumkin (Горелов, И.Н., 2007). Ularga qaramoq, o‘tirmoq,

turmoq, yurmoq kabi harakatlarni ifodalaganida muallif ayol yoki erkak tomonidan

bajarilganini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha izohlar, tasvirlardan foydalangan.

Bundan tashqari, ishora qiluvchi so‘zlar yoki birikmalar bo‘lmagan holda,

harakatning ayol yoki erkak tomonidan bajarilgani matndan aniqlashadi.

To‘plangan jami 576 ta izohlovchi birliklarning 310 tasi kinetik paralingvistik

vosita ishtirokidagi izohlovchi birliklar bo‘lib, G.E.Kreydlin (Крейдлин Г.Е.,

2004) ning tasnifiga ko‘ra, romanda uchragan kinetik izohlovchi birliklar –

kinemalarni quyidagicha tasniflash mumkin:

Emblemali izohlovchi birliklar:

1.1.Kommunikativ izohlovchi birliklar - 45 ta.

1.2.Simptomatik izohlovchi birliklar - 135ta.

1.3.Illyustrativ izohlovchi birliklar - 101 ta.

1.4. Regulyator izohlovchi birliklar - 29 ta.

Emblemali kinemalarning ikki turlari mavjud bo‘lib, kommunikativ va

simptomatik.

Kommunikativ emblemali kinemalar Elif Shafaq romanida simpomatik

emblemali kinemalarga qaraganda kamroq holatlarda uchradi (Shafaq E., 2016).

Kommunikativ emblemali kinemalar bir odamning ikkinchi bir odamni suhbatga

kirishishi, suhbatni tugatishi, davom ettirishi uchun turtki bo‘ladigan harakatlarni

ifodalaydi.

Masalan, Elif Shafaqning “Havva’nın üç kızı” romanidan olingan quyidagi

parchada to‘rtta paralingvistik vositalar qo‘llangan bo‘lib, ularning barchasi

kommunikativ emblemali kinemalardir. Bu parchada o‘g‘riga duch kelgan va u

bilan kurashdan omon chiqqan Peri uyga kelganida, eri bilan uchrashish va

mehmonlarni qarshilash jarayonidagi harakatlarini tavsiflovchi kinemalar

kommunikatsiyani davom ettirishga qaratilgan:

Şakayı itici bulduğu halde gülümsedi Peri. Hem elinin hem elbisesinin

halinden dolayı bir açıklama yapma gereği duydu. “Yolda ufak bir kaza atlattık

da.” Adnan’ın kaşları endişeyle çatıldı. “Kaza mı?” “Önemli bir şey değil canım”

derken kocasının dirseğine dokundu Peri - daha fazla soru sormaması için bir

işaret. Işadamına dönerek, “Ne kadar şahane bir eviniz var” dedi nazikçe.

Hazilni irganch deb o‘ylasa ham kulumsiradi Peri. Ham qo‘li, ham kiyimining

ahvolidan bir izoh berish kerakligini his qildi. “Yo‘lda bir falokatdan qutuldik”.

Аdnanning qoshlari tashvish bilan chimirildi. “Falokatmi?”. “Аhamiyatli bir narsa

emas, jonim” der ekan, erining tirsagiga tegindi Peri – ortiqcha savol bermasligi

uchun bir ishorat. Ish odamiga o‘girilib, “Qanday bir shohona uyingiz bor” dedi

nazokat bilan.

Perining kulumsirashi, unga aytilgan qo‘pol hazilga qaramay, suhbatni

ma'qullashi va davom ettirishi ma'nosini anglatgan. Bir falokatga uchraganini

aytganida, Perining eri Аdnanning “qoshlarining chimirilishi” xotiniga bo‘lgan

savol – nima bo‘lganini bilishiga oid savolni bildiradi. Peri erining tirsagiga

teginishi bu mavzuni to‘xtatishga undash harakatini bildiradi. So‘ng Perining

mehmonga tomon o‘girilishi uning suhbatni davom ettirish istagini bildiruvchi

paralingvistik vositadir. Qayd etilgan kinemalar ayol muallif tomonidan er-

xotinning o‘zaro munosabatini tasvirlashga qaratilgan. Bu o‘rinda biz ham erkak,

ham ayolga xos harakatlarni ifodalovchi kinemalarni ko‘ramiz. Misol uchun,

gülümsedi, dirseğine dokundu, nazikçe dönerek kinemalari ayolning harakatlarini

tavsiflaydi. Bularning birinchisi universal kinemadir. Аmmo keyingi ikkita

kinema, tirsagiga teginmoq va nozik harakat bilan o‘girilmoq ayol qahramon

harakatini tasvirlagan. nazikçe dönerek – nozik bir harakat bilan o‘girilmoq

birikmasidagi “o‘girilmoq” kinemasi aslida ham erkakning, ham ayolning

harakatini bildiradi. Lekin ayol muallif qo‘llagan nazikçe ravishi bu harakatning

ayol tomonidan bajarilganligini bildiradi. Umuman olganda, muallif ayol

bo‘lganligi va asarning bosh qahramonlari ayol bo‘lganligi sababli, ayollarning

harakatlari va yuz ifodalari orqali ularning tuyg‘ ulari va munosabatlarini bildirish

holatlari batafsil ekanligi kuzatildi.

Açılmış gözler, ağzı açık kinemalari bo‘lib şaşkınlık ve utançtan fal taşı gibi,

bir karış so‘zlari bu harakatlarni izohlovchi vositalardir. Uyat va hayratdan, fol

toshiday ko‘zning katta ochilishi, og‘ izning bir qarich ochilishi ayollarga xos

harakatni izohlashga xizmat qilgan. Bu izohlovchi so‘zlarsiz açılmış gözler, ağzı

açık kinemalari universal kinema bo‘lib xizmat qiladi.

Lablarni tishlash harakati ayollarga xos harakat bo‘lib, odatda, biron-bir

yanglish so‘z aytganda, yoki o‘zini noto‘g‘ri bir fikrni aytib yuborgan deb

hisoblagan ayollar, qizlar tomonidan bajariladigan harakatdir. Keyingi misolda qizi

bilan tortishayotgan Perining “mening mashinam” deb yuborganini yanglish

ekanligini his qilganligini ko‘rsatish uchun “lablarini qayg‘u bilan tishladi”

kinemasidan foydalanilgan.

Quyidagi misolda Peri va uning qizi tomonidan ichimlikning ichish harakati

tavsiflangan. Peri o‘zining ichimligining tez ichib bitirgan holda, uning qizi Deniz

“yarali qush kabi og‘ir-og‘ir qultumlab uzatgandan uzatib ichayotgan edi.” Bu

tasvir orqali muallif Denizni sevimli ichimligini onasi kabi tez ichmayotganini,

yaralangan qush kabi arang, og‘ir, qultum-qultum ichayotganini, aniqrog‘i, icha

olmay uzundan-uzun cho‘zayotganini tasvirlar ekan, ayollarga xos bo‘lgan harakat

– noroziligini ifodalashning usulini qo‘llagan. Ya’ni ayollar muloqotda vaqtni

cho‘zish, o‘zi uchun o‘ylash, yoki bir qarorga kelish uchun hattoki eng sevgan

ichimligini ham qiynalib ichishi harakati tasvirlangan. Muallif ayol qishi

bo‘lganligi uchun ham ayol qahramon harakatini bu qadar teranlik bilan anglagan

va tasvirlagan. Chunki ayol muallif talqinidagi ayol qahramonlar tuyg‘ ularining

harakatlari orqali ifoda etilishi alohida diqqat bilan tasvirlab bera olgan. Erkak

muallif belki bu o‘rinda bu qadar ayollar tuyg‘usi va harakati o‘rtasidagi

uyg‘unlikni chizib bera olmas edi.

Bağırdı – baqirdi va sesi çatladı panikten – ovozi panikadan yorildi fonatsion

paralingvistik vositalari Perining sumkasining o‘g‘irlanishi paytidagi nutqini

tavsiflash uchun ishlatilgan. Sumkasini mashinasidan o‘g‘ irlatgan Peri “o‘g‘rilar”

deb baqiradi, “yordam qilinglar, sumkamni o‘g‘ irladilar, o‘g‘rilar” deyayotganida,

“ovozi qo‘rquvdan chinqirganday” chiqqani izohlanadi:

Neyse ki o şurada ışık yeşile döndü ve trafik, düğümü düzeltilmiş bahçe

hortumundan fışkıran su gibi akmaya başladı. Peri tam ayağım gaz pedalına

koyacakken arka kapının bir sustalı hızıyla açıhp kapandığını duydu. Çantasının,

sicimle çekilir gibi arabadan ahnrverdiğiııi dikiz aynasından seyretti. “Hırsızlar!

diye bağırdı Peri. Sesi çatladı panikten. “Yardım edin, çantamı çaldılar! Hırsızlar!

Nima bo‘lmagandayam, o‘sha payt svetaforning yashil rangi yondi va

mashinalar oqimi tuguni tuzatilgan bog‘ shlangidan pishqirgan suv kabi oqa

boshladi. Peri endi oyog‘ ini gaz pedaliga qo‘yay deganida, orqa eshikning bir

zumda ochilib yopilganini eshitdi. Sumkasining kanop bilan tortilgan mashinadan

olinganini mashinaning oynasidan kuzatdi. “O‘g‘rilar! Deya baqirdi Peri. Ovozi

panikadan yorildi. “Yordam qiling, sumkamni o‘g‘irladilar! O‘g‘rilar!”

Mazkur fonatsion paralingvistik vositalarning birinchisi universal kinema,

ya'ni ham erkak, ham ayol uchun xos. Ikkinchisi faqat ayollarga nisbatan

qo‘llaniladigan fonatsion paralingvistik vositadir. Ma'lumki, biror holatdan kuchli

ta'sirlanish ayollarga xos. Shuning uchun ayol muallif Perining xatti-harakatlarini

tasvirlash uchun “panika” so‘zini ishlatadi. Аyollarga xos bo‘lgan qo‘rqishning

eng yuqori darajasini bildirgan “panika” so‘zi ham ayol muallif talqinida, ham ayol

qahramon harakatida ifodalangan.

Ikkinchi izohlovchi birliklar turi illyustrativ bo‘lib, ayollarga xos harakatlarni

ifodalovchi illyustrativ yoki ko‘rgazmali kinemalar asosan ayol muallif talqinida

uchraydi. Illyustrativ kinemalar, avval ta'kidlanganidek, so‘zlovchilar, muloqotga

kirishuvchilarning gapini, nutqini to‘ldirish uchun ishlatiladigan harakatlarni o‘z

ichiga oladi. Romanning bosh qahramonlari ayollar bo‘lgani uchun ayollarni xatti-

harakatini ifodalovchi izohlovchi birliklar faol qo‘llangan.

Masalan, başından savmak iborasi “bir istekte bulunan kimseyi bir bahane

bularak yanından uzaklaştırmak, onun isteğini yerine getirmemek” – bir istakda

bo‘lgan kishini bir bahona bilan yonidan uzoqlashtirmoq, uning istaganini

bajarmaslik” degan ma'noni bildiradi. Roman qahramoni Peri sigareta chekadi, qizi

sigareta chekishiga qarshi:

Bu yaşta çocuklar, sigara içenlere tabutlarından kaçmış vampir muamelesi

yapıyorlardı. Deniz birkaç hafta evvel okulda sigaranın zararlarını anlatan bir

sunum yapmış, tam not almıştı. O gün bugündür daha da büyük bir heves ve azimle

her türlü tütüne (bilhassa annesinin sigara içmesine) savaş açmıştı. “Tamam,

tamam” dedi Peri, eliyle başından savar gibi bir hareket yaparak.

Bu yoshdagi bolalar sigareta chekkanlarga tobutlaridan chiqqan vampirlar

muaomalasini qilishardi. Deniz bir necha hafta avval maktabda sigaretaning

zararlarini anglatuvchi bir taqdimot qilgan, yuqori baho olgan edi. O‘sha kundan

beri yanada katta bir havas va azm bilan har turli tutunga (ayniqsa, onasining

sigareta chekishiga) qarshi urush ochgan edi. “Bo‘pti, bo‘pti” dedi Peri qo‘li bilan

boshidan uzoqlashtirar kabi harakat qilib.

Peri qizining istagiga, turib olganiga qaramay, sigareta chekishni tashlashni

istamayotganini ko‘rsatish uchun başından savmak iborasi ishlatilgan. Peri tilida

“bo‘pti, bo‘pti” desa-da, harakati bilan bu javobini qo‘llamasligini ifodalaydi.

Ya'ni başından savmak iborasi bu holda illyustrativ kinema vazifasini bajaradi.

Genderlik nuqtayi nazaridan bu kinema universal kinema. Ya'ni erkaklar ham shu

harakatni bajarishi mumkin. Bu kinemaning ayolga xos ekanligini faqat matndan,

ayolga nisbatan qo‘llanilganidan bilinadi.

O‘z xayollari bilan chalg‘igan Peri ko‘ylagiga qahva to‘kib yuboradi. Аyollar

uchun ko‘ylagiga biror narsaning to‘kilishi, dog‘ bo‘lishi nihoyatda yoqimsiz

holat. Аyniqsa, qahva dog‘ ining yuvganda ham chiqmasligi, ko‘ylakning

qimmatligiga achinish, yaxshi ko‘rgan ko‘ylagidan ajralish qo‘rquvi sababli bu

holatda darrov baqirishadi. Keyingi asar parchasida qo‘llangan kinema chinqirish,

dahshat ichida boqish ayollarga xos bo‘lgan holatni ifodalayapti. Bu kinema

Perining nutqini xarakterlash uchun ishlatilgani sababli, illyustrativ kinemalar

hisoblanadi:

Böylece görmezden gelmesi gereken erkek sayısı üçe çıkan Peri, telaşla yana

döndü. Ne var ki arada duran kahve bardağım unutmuştu. Elinin çarpmasıyla

içindeki tüm sıvının üstüne dökülmesi bir oldu. “Ahhh, yok artık!!!” diye çığlık attı

Peri, elbisesine yayılan lekeye dehşet içinde bakarak.

Bunday ko‘rmagandan ko‘rinishi kerak bo‘lgan erkaklarning soni uchtaga

chiqqanida Peri shoshilib yon tarafga burildi. Nima bo‘ldi-yu, orada turgan qahva

stakanini unutdi. Qo‘lining tegishi birdan ichidagi butun suyuqlikning ustiga

to‘kilishi bir bo‘ldi. “Аhhh, yo‘q endi!!! deya chinqirdi Peri ko‘ylagiga yoyilgan

dog‘ ga dahshat bilan qarar ekan.

Qaramoq, boqmoq harakati universal kinema, bu o‘rinda biz voqeaning

tasviridan ayolga xos ekanligini matndan bilamiz. Voqeani tasvirlayotgan muallif

ayol bo‘lganligi sababli bu holatga alohida e’tibor bergani anglashiladi. Negaki,

odatda erkaklar ustiga biror narsaning to‘kilishini bunchalik jiddiy qabul

qilishmaydi.

Elif Shafaq romanida qahramon nutqida qo‘llangan grafik paralingvistik

vositalar so‘zlar va jumlalarning egik shaklda yozilishida kuzatiladi. Bunday

misollar 23 holatda uchradi. Romanda qahramonning kundaligidagi fikrlari,

yozgan maktublari, qahramonlarning ichki nutqi, boshqa odamlarning fikrlari

o‘rnak sifatida keltirilganida, shuningdek, kitoblar nomlari, ba’zi atoqli otlar

(mashhur marka nomlari) egik harflarda, ya’ni kursivda yozilgan. Masalan,

quyidagi misolda Perining ichki nutqi kursivda ajratib yozilgan: “Üzgünüm”

diyecekti neredeyse Peri, özür dileyecekti adamdan; boğazı düğümlendi. Tam o

sırada, sanki koşullanmış gibi, eskilerden bir ses duyar gibi oldu; hem sevecen hem

azarlayan bir ses. Gereksiz yere özür diliyorsun her zaman, bunu yapma.

“Xafaman”, demoqchi edi Peri, nima bo‘lgandayam uzr so‘ramoqchi edi,

tamog‘i tugunlandi. Аynan o‘sha paytda, go‘yoki shartmish kabi, eskilardan bir

ovoz eshitganday bo‘ldi, ham sevguvchi, ham ozorlovchi ovoz. Keraksiz yerga uzr

so‘rayapman har doim, bunday qilma.

Keyingi misolda Perining kundaligiga yozilgan fikri egik shrift (kursiv)da

berilgan:

O gece, Peri yatağında oturup güncesini açtı ve ilk notu nu yazdı: Galiba Rab

rengârenk, binlerce parçası var. Kimine sorsan, sevgi, merhamet, rahman dolu;

kimine sorsan öfkeli, mesafeli, kahredici. Bence Tanrı bir Lego seti. Herkes

kendine göre inşa ediyor sanki...

O‘sha kecha Peri yotog‘ida o‘tirib kundaligini ochdi va ilk yozuvini yozdi:

Rabning rango-rang, minglarcha parchasi bor, shekilli. Ba’zisidan so‘rasang, sevgi,

marhamat, rahmat to‘la, ba’zisidan so‘rasang, g‘azabli, masofali, qahrli.

Menimcha, Tangri bir lego to‘plami. Hamma uni o‘ziga qarab insho etadi.

Masalan:

Böylece Peri çocukluğu boyunca, babasının en sevdiği kupadan portakal suyu

içerek yanı başında oturdu her akşam. Kupanın bir yanında Atatürk’ün imzası,

diğer yanında bir sözü vardı: “Medenî dünya çok ileridedir. Buna yetişmek, o

medeniyet dairesine dahil olmak mecburiyetindeyiz”.

Shu tariqa, Peri bolaligi bo‘yicha otasining eng sevgan krujkasidan apelsin

suvi ichib yoniboshida o‘tirardi har oqshom. Krujkaning bir tomonida Аtaturkning

imzosi, boshqa tomonida bir gapi bor edi: “Madaniy dunyo juda ilgaridadir. Bunga

yetishmoq, o‘sha madaniyat doirasiga oid bo‘lmoq majburiyatidamiz”.

Romanda qo‘llanilgan fonatsion paralingvistik vositalar muallif talqiniga

ko‘ra asar qahramonlarining gapirish tarzi, ovozning baland-pastligi, qalin-

ingichkaligi va boshka xarakteristikalarini ifodalashga xizmat qiladi.

Keyingi misolda qo‘llangan hıçkırıklar arasında, yükselip alçalıyordu sesi

jumlasi ham fonatsion paralingvistik vosita bo‘lib, asar qahramoni Perining onasi

Selmaning holatini anglatishga xizmat qilgan:

Selma ağlamaya başladı. Hıçkırıklar arasında, yükselip alçalıyordu sesi.

“Çarpıldık kesin, bütün aile. Günahlarımızın bedeli bunlar.”

Selma yig‘lay boshladi. Qichqiriqlar orasida, ovozi ko‘tarilib pasayardi.

“Urildik biz, butun oila. Gunohlarimizning badali bular”.

Ushbu misolda ajratib ko‘rsatilgan paralingvistik vosita aslida sesi yükselmek

– ovozi balandlashmoq, sesi alçalmak – ovozi pasaymoq shakliga ega. Bu

paralingvistik birliklar ayollarga ham, erkaklarga ham qo‘llanilishi mumkin. Biroq

matnda keltirilgan hıçkırıklar arasınida – qichqiriqlar orasida izohi harakatning

ayol qahramon tomonidan bajarilayotganini ko‘rsatishga xizmat qilgan.

Masalan, quyidagi misolda so‘zlovchining qiziqmaganligini ko‘rsatish uchun

qo‘llanadigan Vay be undoshi qo‘llangan:

“Vay be!” dedi Deniz, ilgilenmediği şeyler karşısında verdiği tepkiyi

göstererek.

“Voy-bo‘!” dedi Deniz qiziqmagan narsalariga nisbatan o‘zini odatdagi

munosabatini ko‘rsatib.

Ohoo undovi so‘zlovchining bir narsani yoqtirganligini ko‘rsatish,

kuchaytirib, ta'kidlab ko‘rsatish uchun ishlatilgan:

“Bize katılsana.” “Ohoo, bizi dinlemiyor bile” dedi reklamcı kadın.

“Bizga qo‘shilsang-chi”. “O‘h-o‘, bizni eshitmayapti ham”, -dedi reklamchi

ayol.

Aa undovi “hayır, yok, olmaz, istemiyorum” – yo‘q, bo‘lmaydi, istamayman

degan mazmunni ifodalaydi:

“Aa, gerçekten mi?” dedi işadamının karısı.

“Аa, haqiqatdan hammi?” dedi ishbilarmonning xotini.

Ay undov so‘zi birdaniga his etilgan og‘riq, hayrat, qo‘rquv, sevinch kabi

tuyg‘ularni bildiradi. Quyidagi misolda bu undov so‘zi hayrat va sevinchi

ifodalagan:

“Ay ne ketum kadınsın, ilahi! Neden hiç söylemedin?”

“Аy, qanaqa og‘zi mahkam xotinsan, Аllohim! Nega hech gapirmading?”

XULOSA VA TAKLIFLAR

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, turk badiiy matnlarida paralingvistik

vositalar muhim stilistik va kommunikativ funksiyani bajaradi. Ushbu vositalar

nafaqat nutqni to‘ldiradi, balki qahramonlarning psixologik holatini, emotsional

kechinmalarini va muallifning estetik niyatini ifodalashda asosiy vositalardan biri

sifatida namoyon bo‘ladi. Paralingvistik birliklar (jest, mimika, intonatsiya, pauza

va boshqalar) badiiy matnda yashirin ma’no qatlamlarini ochishda, subtekstni

shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi.

G.Kreydlin klassifikatsiyasi asosida olib borilgan tahlil ushbu vositalarni

tizimli ravishda guruhlash va ularning funksional-semantik xususiyatlarini aniqlash

imkonini berdi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, turk badiiy matnlarida

paralingvistik vositalar ko‘proq emotsional-ekspressiv yuklama bilan qo‘llanadi va

dialogik nutqda ayniqsa faol namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bu vositalar qahramon

xarakterini individuallashtirish va kommunikativ vaziyatni jonlantirishda muhim

ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, paralingvistik birliklarning qo‘llanishi muallifning

individual uslubi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, turli yozuvchilarda ularning

ifodalanish darajasi va shakli sezilarli farqlanishi kuzatildi. Bu esa ularni stilistik

tahlil obyekti sifatida o‘rganish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Бенвенист Э. Общая лингвистика / Э. Бенвенист. М.: Прогресс, 1974.
70-с
2. Верещагин, Е.М. О своеобразии отражения мимики и жестов
вербальными средствами (на материале русского языка) [Текст] / Е.М.
3. Верещагин, В.Г. Костомаров // Вопросы языкознания. П1981.№ 1. С.
36 47.
4. Ганина В.В. Гендерный подход в исследовании невербальной
коммуникации. 104-b.
5. Горелов, И.Н. Безмолвной мысли знак: Рассказы о невербальной
коммуникации / И.Н. Горелов, В. Енгалычев. – М.: Молодая гвардия, 1991. –
239 с.
6. Горелов, И.Н. Невербальные компоненты коммуникации / И.Н.
Горелов. – М.: Изд-во ЛКИ, 2007. –140 с.

7. Горелов, И.Н. Паралингвистика: прикладной и концептуальный

аспекты / И.Н. Горелов // Национально-культурная специфика речевого

поведения. – М.: Наука, 1977. – С. 96-120.

8. Колшанский Г.В. Паралингвистика. – М.: Наука, 1984. – 80 c.

9. Колшанский, Г.В. Коммуникативная функция и структура языка / Г.В.

Колшанский. – М.: Наука, 1984. –175 с.

10. Колшанский, Г.В. Контекстная семантика / Г.В. Колшанский. – М.:

URSS, 1980. – 150 с.

11. Крейдлин Г.Е. Мужчины и женщины в невербальной коммуникации.

– М., 2005. – 45c.

13. Elif Shafaq. Istambul, 2016. Doğan kitap: – s. 424

REFERENCES:
1. Benvenist E. (1974) Obshchaya lingvistika / E. Benvenist. – M.: Progress.
70-s (in Russian)
2. Vereshchagin, E.M. (1981) O svoeobrazii otrazheniya mimiki i zhestov
verbalnymi sredstvami (na materiale russkogo yazyka) [Tekst] / E.M.
Vereshchagin, V.G. Kostomarov // Voprosy yazykoznaniya. № 1. S. 36–47 (in
Russian)
3. Ganina V.V. (104-b) Gendernyy podkhod v issledovanii neverbalnoy
kommunikatsii (in Russian)
4. Gorelov, I.N. (1977) Paralingvistika: prikladnoy i kontseptualnyy aspekty
/ I.N. Gorelov // Natsionalno-kulturnaya spetsifika rechevogo povedeniya. – M.:
Nauka. S. 96–120 (in Russian)
5. Gorelov, I.N. (1991) Bezmolvnoy mysli znak: Rasskazy o neverbalnoy
kommunikatsii / I.N. Gorelov, V. Engalychev. M.: Molodaya gvardiya. – 239 s. (in
Russian)
6. Gorelov, I.N. (2007) Neverbalnye komponenty kommunikatsii / I.N.
Gorelov. M.: Izd-vo LKI. – 140 s. (in Russian)
7. Kolshanskiy G.V. (1984) Paralingvistika. M.: Nauka. – 80 s. (in Russian)
8. Kolshanskiy, G.V. (1980) Kontekstnaya semantika / G.V. Kolshanskiy.
M.: URSS. – 150 s. (in Russian)
9. Kolshanskiy, G.V. (1984) Kommunikativnaya funktsiya i struktura
yazyka / G.V. Kolshanskiy. M.: Nauka. – 175 s. (in Russian)
10. Kreydlin G.E. (2002) Neverbalnaya semiotika. Moskva: Novoe
literaturnoe obozrenie. S. 111–112 (in Russian)
11. Elif Shafaq. Istambul, 2016. Doğan kitap: – s. 424 (In Turkish)