ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Hozirgi zamon ingliz va o‘zbek tillarida vaqt kategoriyasining frazeologik birliklar yordamida ifodalanishi

Qudratova Muxlisa Izatilla qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

HOZIRGI ZAMON INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA VAQT

KATEGORIYASINING FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR YORDAMIDA

IFODALANISHI

EXPRESSION OF THE CATEGORY OF TIME IN MODERN

ENGLISH AND UZBEK THROUGH PHRASEOLOGICAL UNITS

ВЫРАЖЕНИЕ КАТЕГОРИИ ВРЕМЕНИ В СОВРЕМЕННОМ

АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ С ПОМОЩЬЮ

ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ

https://zenodo.org/records/20666959

Qudratova Muxlisa Izatilla qizi

Oriental universiteti Filologiya va tillarni oʻqitish fakulteti,

“Tillar-2” kafedrasi stajor-o‘qituvchisi

Tel: +998 77-310-77-33

E-mail: muxlisaqudratova380@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada tilshunoslikda frazeologik birliklarning

vaqtni obrazli ifodalashi haqida ochib berilgan. Bunda vaqt ma’nosi ikki yo‘sinda,

ya’ni asosiy (yetakchi) ma’no yoki asosiy ma’noni tashkil etuvchi komponent

(sema) sifatida ifodalanadi.Qolaversa, vaqt kategoriyasining ingliz va o‘zbek

tillaridagi verbalizatsiyasi va uning tilshunoslikdagi muhim jihatlari ifodalangan.

Vaqt kategoriyasining strukturaviy tahlili hamda uning frazeologik birliklarda

qo‘llash usullari kabi tahlillar amalga oshirilgan. Hozirgi zamon ingliz va o‘zbek

tillarida vaqtning muhimligi va uni jamiyatdagi odamlar bilan muloqot qilishdagi

o‘rni tahlil qilingan. Ingliz va o‘zbek tillarining temporal maydonida leksik-

frazeologik hamda paremiologik birliklarning tutgan o‘rni ifodalangan bo‘lib, vaqt

ma’noli lug‘aviy birliklar komponent tahlil qilinib, tasnif etildi

Kalit so‘zlar: vaqt, kategoriya, komponent, sema, semantika yadro,

pereferiya, distributsiya, zamon.

Annotation. This article explores the figurative expression of time through

phraseological units in linguistics. In this regard, the meaning of time is expressed

in two ways: either as a primary (leading) meaning or as a component (seme) that

constitutes the core meaning. Furthermore, the verbalization of the category of

time in English and Uzbek, as well as its important aspects in linguistics, are

discussed. Structural analysis of the time category and its usage in phraseological

units are also carried out. The significance of time in modern English and Uzbek,

along with its role in communication among people in society, is analyzed. The

place of lexical-phraseological and paremiological units within the temporal field

of English and Uzbek is highlighted, and lexical units expressing time are analyzed

componentially and classified.

Keywords: time, category, component, seme, semantics, core (nucleus),

periphery, distribution, tense.

Аннотация. В данной статье раскрывается образное выражение времени

с помощью фразеологических единиц в лингвистике. При этом значение

времени выражается двумя способами: либо как основное (ведущее)

значение, либо как компонент (сема), формирующий основное значение.

Кроме того, рассматривается вербализация категории времени в английском

и узбекском языках, а также её важные аспекты в лингвистике. Проведён

структурный анализ категории времени и рассмотрены способы её

использования во фразеологических единицах. Проанализированы

значимость времени в современном английском и узбекском языках, а также

его роль в общении людей в обществе. Определено место лексико-

фразеологических и паремиологических единиц в темпоральном поле

английского и узбекского языков, проведён компонентный анализ и

классификация лексических единиц со значением времени.

Ключевые слова: время, категория, компонент, сема, семантика, ядро,

периферия, дистрибуция, время (грамматическое).

KIRISH
Frazeologik birliklar vaqtni obrazli ifodalash xususiyatiga ega. Bunda vaqt
ma’nosi ikki yo‘sinda, ya’ni asosiy (yetakchi) ma’no yoki asosiy ma’noni tashkil
etuvchi komponent (sema) sifatida ifodalanadi. Masalan, bir kun emas, bir kun,
eldan burun (elburutdan), yil-o‘n ikki oy kabi frazemalar qachon so‘roqli
semantikaga ega. Shuningdek, ikki gapning birida, ko‘zi ochiqligida, boshi
yostiqqa yetganda, ikki dunyoda kabi iboralarda ham vaqt ma’nosi yetakchidir.
Belgilash olmoshi yoki umumlashtiruvchi ot (hamma, katta-kichik) ma’nosini
beruvchi yetti yoshdan yetmish yoshgacha kabi iboralarda hamda ko‘z uzmay,
kechani kunduz demay, ko‘zi to‘rt bo‘lmoq, kuni bitmoq, kuni o‘tmoq, berdisini
aytguncha urib o‘ldirmoq, bo‘yga yetmoq, suyagi qotmoq singari fe’l frazemalarda
vaqt ma’nosi tarkibiy qism (sema) maqomidadir.
Frazeologiya atamasi grek tilidagi ikkita so‘zdan, ya’ni “phraseos” – ifoda va
“logos” – so‘zlardan tashkil topgan. Frazeologiya tilshunoslikning ajralmas bir
qismi bo‘lib, u tilning frazeologik birliklarini ham tarixiy, ham zamonaviy
nuqtayinazarlardan o‘rganadi. Umumiy tilshunoslik nuqtayinazaridan frazeologik
birliklar deganda semantik jihatdan bir-biriga tobe bo‘lgan (ya’ni erkin bo‘lmagan)
nutq jarayonida gapiruvchi tomonidan erkin so‘zlarni bir-biriga qo‘shish yo‘li
bilan tuzilmaydigan, til leksikonida tayyor holda mavjud bo‘lgan va jamiyat
tomonidan belgilangan barqaror ma’noga ega bo‘lgan ma’lum bir leksik-

grammatik tuzilma, birlik tushuniladi. (Irisqulov M.T., 2009:67) Keltirilgan

ta’rifdan ma’lum bo‘lishicha, frazeologizmlar barcha tillarda o‘zlarining

barqarorlik xususiyatlari bilan, nutq jarayonida ularni yasash uchun so‘z tanlash va

ma’lum grammatik shakllarda ishlatish yo‘li bilan yasalmasdan, tayyor holda

mavjud bo‘lgan birlik sifatida qo‘llanilishidir. Frazeologizmlar ikki va undan ortiq

so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning ayrimlari gapda ayrim so‘z sifatida,

ma’lum bir sintaktik vazifada keladi. Frazeologik birliklarning distributsiyasini

aniqlash uchun ba’zida tarixiy-diaxronik tilshunoslikka murojaat qilishga to‘g‘ri

keladi. Erkin so‘z birikmasida, yuqorida aytganimizdek, so‘zlovchi o‘zining bilim

darajasiga ko‘ra, notiqlik san’ati va mahoratiga qarab, o‘z fikrini ifoda qilishda

omonim, sinonim va antonimlardan o‘z xohish-istagiga qarab foydalanishi

mumkin; Umuman olganda, frazeologik birikmalarning nutq jarayonida tutgan

o‘rnini alohida qayd etish lozim. Ularning ma’nolari lo‘nda hamda ta’sirchan,

stilistik jihatdan ham bo‘yoqlarga boy bo‘lib, nutqning rang-barangligini

ta’minlaydi. Frazeologik birliklarni o‘rinli ishlatish odatda so‘zlovchi va tinglovchi

kuchi va vaqtini tejashga ham xizmat qiladi, bu fikrni isbotlash qiyin emas.

Masalan, o‘zbek tilidagi “tepsa tebranmas” frazeologik birligining ma’nosini erkin

so‘z birikmasi yordamida tushuntiradigan bo‘lsak, unga qancha so‘z va qancha

vaqt sarf etilishi o‘z-o‘zidan ma’lum.

Barqaror birikmalar til sohibi ongida uzoq tarixiy davr davomida shakllanadi.

Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida leksemalar o‘rtasida grammatik munosabat

yo‘qolib, yaxlitlik yuzaga keladi. Birikma tarkibidagi komponentlar yaxlit bir

lug‘aviy ma’noga birlashadi. Qolaversa, o‘zbek tilida eng faol vaqt ko‘rsatkichi

bo‘lgan kun so‘zi barqaror birikmalar tarkibida kelib, unga aloqador lug‘aviy

ma’nolarning shakllanishiga xizmat qiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Rus tilshunosligida vaqt lingvokulturologik aspektda o‘rganilgan. Turli

fanlarda hosil qilingan vaqt haqidagi bilimlar tahlil qilingan, vaqt modelini tashkil

qiluvchi o‘lchov belgilari va tipologik xususiyatlar, vaqtni ifodalovchi birliklarning

madaniy belgilarni aks ettirish xususiyatlari, rus tili sohiblarining vaqtni ifodalash,

anglash, idrok etish, baholash usullari va shakllari tahlil qilingan (Михеева Л.Н.

2004).

“Vaqt” tushunchasi kognitiv, lingvokulturologik, lingvistik aspektda tadqiq

qilingan. Z.Dudareva rus va boshqird tillariga xos olamning lisoniy manzarasida

“vaqt” konseptual sferasining kontrast tadqiqini amalga oshirdi. Tadqiqotda olam

manzarasini lisoniy ong orqali aks ettirishga xizmat qiladigan “vaqt” tushunchasini

ifodalovchi lingvistik ifodalarning kontrast xususiyatlari yoritilgan. Olima “vaqt”

masalasi va uning tilda ifodalanishi dolzarb ekanligini ta’kidlab, ayrim

mutaxassislarning zamonaviy ilmiy tadqiqotlar doirasida temporologiya sohasini

ajratish lozimligi haqidagi fikrlarini tasdiqlaydi (Дударева З.М., 2005:48).

Vaqt makon tushunchasi bilan aloqadorlikda tahlil qilingan. S.Ayupova

tadqiqotida makon va zamon tushunchalarining badiiy matndagi ifodasi

I.S.Turgenev asarlari misolida yoritilgan. Makon va zamon kategoriyalari falsafiy,

badiiy, lingvistik aspektlarda tadqiq etilgan, makon va zamonning badiiy til

kartinasida ifodalanish xususiyatlari izohlangan. Makon va zamon semantikasining

leksik, so‘z yasalishi, morfologik, sintaktik usullarda ifodalanish xususiyatlari

yoritilgan (Аюпова С.Б., 2012).

Frazeologiya – til sistemasining ajralmas qismidir. Frazeologiyaning

tilshunoslikda alohida o‘rin egallashiga V.V.Vinogradov, V.L.Arxangelskiy,

N.N.Amosova, I.IChernishevalarning hissalari kattadir. Chunki ular

frazeologiyaning asosiy tushunchasi va kelajakda o‘rganilish yo‘llarini belgilab

berishgan. Frazeologiya nazariyasining asoschisi sifatida shveysariyalik olim

Sh.Balli (1865-1947) hisoblanadi. Balli birinchilardan bo‘lib, o‘zining “Fransuz

stilistikasi” va “Stilistika maqolalari” o‘quv qo‘llanmalarida so‘zlarning

mosliklarini o‘rganib chiqqan. U stilistika kitoblarida frazeologiya haqida bob

kiritgan. U o‘zining birinchi kitobida so‘z birikmalarining 4 ta guruhini ajratib

ko‘rsatgan:

1) mustaqil so‘z birikmalari, yaʼni turg‘unlikka ega bo‘lmagan so‘z

birikmalari;

2) oddiy birikmalar, yaʼni baʼzi o‘zgarishlarni qabul qiladigan birikmalar;

3) frazeologik qatorlar, yaʼni frazeologik birliklardagi so‘zlar umumiy bitta

tushunchani anglatadi;

4) frazeologik birliklar, yaʼni so‘zlar o‘zining maʼnosini umuman yo‘qotib,

bitta yakka tushunchaga ega birliklar.

Frazeologik birliklar, ular birikmalarning vaqtincha joy almashishi yoki

semantik jihatdan maʼno almashishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ular o‘zidan

ajratilmaydigan semantik yaxlitlikni tashkil qiladi. Bu guruh maʼnoning bo‘rttirib

ko‘rsatilishi bilan xarakterlanadi. “Make an elephant of a fly” – “Pashshadan fil

yasamoq”.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotda qiyoslash, interpretatsiya, tavsiflash, lingvokulturologik, kognitiv,

psixologik, diskursiv tahlil usullaridan foydalanildi.To‘plangan manbalardan kelib

chiqib, tadqiqotni o‘rganish jarayonida ma’lumot to‘plash, tarjima, komponent

tahlil, qiyosiy chog‘ishtirma tavsif metodi, analiz hamda sintez kabi metodlardan

ham foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Tilshunoslarning fikriga koʻra, frazeologik birikmalar - bularning

komponentlari qaysidir maʼnoda bir-biri bilan teng huquqlidir. Hattoki shu birikma

tarkibidagi biror bir mustaqil bo‘lmagan komponentlarning ham sinonimi bo‘lishi

mumkin. Frazeologik birikmalar uchun shu asos so‘z bilan bog‘liq bo‘lgan

sinonimik, parallel konstruksiyalarning borligi xarakterlidir. Masalan, a blind love

– yomon ko‘rmoq, ko‘r-ko‘rona sevmoq. Bu yerda semantikaning tahliliyligi

xarakterlidir. Make an elephant of a fly – Pashshadan fil yasamoq.

Maʼno jihatidan ko‘rib chiqilganda, frazeologizmlarning struktural – semantik

klassifikatsiyasi kelib chiqadi. Ular uchta guruhga bo‘linadi:

1. Frazeologik birliklar;

2. Frazeologik birikmalar;

3. Frazeologik tushunchalar.

1. Frazeologik birliklar. Frazeologiyaning asosiy bo‘limlaridan biridir.

Ularning asosida semantik transformatsiya yotadi. Komponentlar guruhining

maʼnosi o‘zgarganda, frazeologik maʼno paydo bo‘ladi. Bu guruhga bir – biri bilan

ergashish yo‘li orqali bog‘langan birikmalar kiradi.

Frazeobirliklar guruhiga, M. D. Stepanova va I. I.Chernishevaning aytishicha,

so‘z juftliklari va komparativ frazeologizmlar kiradi. Ular bularni struktural

xususiyatga ega frazeobirliklar deb atashadi. So‘z juftliklarining asosiy struktural

belgisi bu ularning binar xususiyatga ega birikma bo‘lishidir, yaʼni ular ikkita bir

gap bo‘laklariga taalluqli bo‘lgan leksemalardan iborat. Semantika

nuqtayinazaridan olib qaralganda, so‘z juftliklar umumlashgan xarakterga ega.

Frazeologik birikmalar –Komponentlarning maʼno jihatidan o‘zgarib, bitta yagona

maʼno beruvchi frazeologik birliklardir. Bunday frazeologik birliklarning

semantikasi uchun tahliliy qarash va komponentlarning alohida semantik

o‘rganilishini saqlash joizdir. Masalan “an iron lady” “temir ayol”. Frazeologik

birikmalar terminologik va noterminologik xarakterga ega. Masalan “The black

market” “chayqovchilar bozori”. Frazeologik tushunchalar – bunday birliklar o‘z

grammatik tuzilishi jihatidan gap yoki predikativ birliklar bo‘lishi mumkin.

Kommunikativ maʼno jihatidan ularning quyidagi xillari mavjud: a) ko‘p

ishlatiladigan maqollar: “In Rome as the Romans do” – “Ko‘rlar shahriga borsang,

bir ko‘zingni qisib yur”. b) Mukammal va hosil qilingan modal tushunchalar,

masalan “Damn it up.” “Ha, qurib ketsin!” Xulosa o‘rnida aytish mumkinki,

frazeologik birliklar nafaqat ingliz tilida, balki boshqa tillarda ham keng

qo‘llaniladi. Frazeologik birliklar ingliz tilida quyidagi asos bo‘yicha tahlil

qilinadi:

1. Frazeologik birliklarning soniga nisbatan boshqa tillar bilan qiyoslanishi;

2. Aspektual va funksional moslikka nisbatan taqqoslash;

3. Stilistik bo‘yoqqa egaligi nuqtayinazaridan.

Bu nuqtayinazar orqali o‘rganilgan frazeologik birliklarda hamma stilistik

qatlamlarga mos frazeologik birliklar mavjudligi ham o‘rganildi. Bundan tashqari

biz tahlil qilgan frazeologik birliklarning asosiy qismi inson xarakteri, uning ichki

va tashqi dunyosini ochib tahlil qiluvchi frazeosemantik guruhga mansub

frazeologik birliklardir. Ularda emotsional ekspressiv bo‘yoq, ishlatilishning

stilistik xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular tilning madaniy xususiyatlarini ochib

beradi va bu birliklarda milliy bo‘yoq, o‘rganilayotgan tilning yorqinligi va his-

hayajoni aniq va ravon aks ettirilgan.

Har bir narsa o‘z o‘tmishi, hoziri, kelgusiga ega. Narsa, hodisalarning ba’zi

birlari avvalroq, boshqalari keyinroq sodir bo‘ladi. Bular esa vaqt tushunchasini

ifodalaydi. Vaqt uch o‘lchovli fazo bilan ajralmas bog‘liq bo‘lsa-da, u bir

o‘lchovlidir. Tabiatshunoslikda ham vaqt va fazo tushunchalari bir-biridan

ajratilmaydi va universal kategoriyalar sifatida tushuniladi. Bu shuni anglatadiki,

A.M.Mostepanenkoning ta’kidlashicha, makon va vaqtdan tashqarida biron bir

hodisa yoki jarayon sodir bo‘lishi mumkin emas. Tilshunoslikda vaqt

antropotsentrik, subyektiv kategoriya sifatida tushuniladi, chunki inson dunyoni

o‘z his-tuyg‘ulari orqali idrok etadi. Vaqt tushunchasini tilshunoslik bilan bog‘lab,

uni shaxsning dunyoqarashi bilan bog‘liqligi haqidagi fikr, birinchi marta

B.L.Uorfning lingvistik nisbiylik nazariyasida paydo bo‘lgan va keyinchalik

Y.D.Apresyan va N.D.Arutyunovning ilmiy ishlarida davom ettirildi. Til o‘zida

rang-barang olam turlarini asliga mos ravishda in’ikos ettirishga harakat qilar ekan,

bunday holatda til uchun barcha olamlarga xos bo‘lgan vaqt turlarini hayotiy va

ilmiy tushunchalar asosida aks ettirishdan boshqa yo‘l yo‘q. Aks holda odam va

olam munosabati buzilgan bo‘lardi. Vaqt material dunyo atributi bo‘lib, o‘zining

o‘zgarmas, barqaror ma’nolari bilan til sistemasida o‘z aksini topadi. Dunyoda

hech bir til yo‘qki, u vaqt va vaqt munosabatlarini ifodalovchi grammatik, leksik

vositalarga ega bo‘lmasa. I.I.Meshaninov ta’kidlaganidek, “Har qanday tushuncha

tilda yo tavsifiy ifodalanishi, yo alohida so‘z ma’nosi bilan berilishi yoxud bir

butun sistema yordamida ifodalanishi mumkin. Ana shu tilda sistema hosil

qiluvchi tushuncha ong kategoriyasi deyiladi. U til vositalari bilangina ifodalanib

qolmay, balki tilning o‘zida, tilning material qismida o‘z ifodasiga ega bo‘ladi.

Shunday qilib, tilda bayon qilinadigan har qanday tushuncha ham ong kategoriyasi

bo‘lavermaydi. Til qurilishida ishtirok etadigan va unda muayyan tuzilishga,

leksik, morfologik, sintaktik sistemalarda aniq ifodalanishga ega bo‘lgan

tushunchagina ong kategoriyasi bo‘la oladi”. Demak, vaqt ham ong kategoriyasi

bo‘lib, u tilda o‘z ifodasiga ega. “Vaqt” tushunchasi oʻzbek va ingliz tillarida bir

xil semantik tuzilishga ega universal tushunchadir. Ushbu tuzilma davomiylik

qiymatlariga asoslangan yadro-periferik modelga amal qiladi. Yaqin atrof “vaqt

davri”, “moment”, “sikl” qiymatlari, “hozirgi”, “o‘tmish” va “kelajak”

konsepsiyalari bilan ifodalanadi. Vaqtning siklik tizimli tashkil etilishi yaqin atrof-

muhit darajasida “inson hayoti” (yoshi), “tabiat hayoti” (fasllar) qadriyatlari bilan

ifodalanadi. “Vaqt” so‘zining potensial semalarini va vaqt subkonsepsiyalarining

so‘z atamalarini tahlil qilish bizga boshqa tushunсhalar tomonidan shakllantirilgan

tushunсhaning uzoq сhegarasini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Shuning uсhun

ham oʻzbek va ingliz tillarida vaqtni tasvirlash usullarini, mazkur etnoslar ongida

vaqtni tasavvur etish hamda vaqt keсhimini ifodalovсhi lisoniy birliklarning

etnospetsifik, lingvomadaniy, semantik, sintaktik jihatlarini yoritish muhim

ahamiyat kasb etadi. Vaqt tushunсhasining ahamiyati turli sohalarda tan olingan,

jumladan: psixologiya, sotsiologiya, biologiya va lingvistika. Masalan, Britaniyalik

sotsiolog Barbara Adams “Vaqt va ijtimoiy nazariya” asarida Vaqtning murakkab

tomonlarini ijtimoiy nazariyaning asosiy qismiga aylantirish kerakligini hamda

Vaqtni aniq va yetarli darajada anglash ijtimoiy nazariya uchun asos yaratishi

borasida muhokama yuritadi. (Bаrbаrа Аdаm, 1991) Ushbu semantik tuzilmani

o‘rganilayotgan ikkala tilning materialida sezilarli o‘zgarishlarsiz kuzatish

mumkin, bu ular uchun universal degan xulosaga kelishimizga imkon beradi.

Bundan tashqari, “vaqt” tushunchasining asosiy qatlami ajratilgan bo‘lib, u uchta

qatlamdan iborat: tarixiy va etimologik, passiv va faol, bunda hislar, g‘oyalar

shakllanadi hamda tushunchaning semantik tarkibini tashkil etuvchi tushunchalarni

kuzatish mumkin. Turli tillardagi “vaqt” so‘zining ichki shaklini tahlil qilish shuni

ko‘rsatadiki, atrofdagi dunyo haqidagi g‘oyalar shakllanishining dastlabki

bosqichida vaqt kengayishi bilan tavsiflangan va ona tilida so‘zlashuvchilar

tomonidan idrok etiladigan moddiylashtirilgan tushuncha sifatida talqin qilinadi.

Inson ongida vaqt haqidagi g‘oyalarning rivojlanishini aks ettiruvchi “vaqt”

tushunchasining passiv qatlamida vaqtning siklik va chiziqli bo‘linishi muhim

ahamiyatga ega.

Masalan: – Is it a good time for уou? – This is as good a time as anу. – We all

had a lovelу time at the concert. We enjoуed the concert verу much. – Theу’ve

been having a hard time finding an apartment in the citу. – Their music helped me

get through some difficult times in mу life.

O‘zbek tilida ham xuddi ingliz tilida bo‘lgani kabi “Vaqt” konseptining sifatiy

obyekt tarzida ifodalanishini quyidagi so‘z birikmalar orqali amalga oshirilishi

mumkin: qulay vaqt, ajoyib vaqt, sevimli vaqt, ulkan vaqt, o‘z vaqtida, ayni vaqt,

og‘ir dam, murakkab davr va hokazo.

Misol uchun:

– Mana, qulay vaqt keldi! Yaratganning o‘zi suygan bandasiga yubordi!

– Xo‘jasoatda! Qarilik nafaqasini o‘z vaqtida olib turadi!

Quyida berilgan misolda qulay vaqt, imkoniyat kelganligini ko‘rsatib o‘tadi.

Har ikkala tilda keltirilgan misollarda vaqtning sifatiy obyekt tarzida, inson

turmush tarzida vaqt kechimining holati ifodalanayotganining guvohi bo‘lishimiz

mumkin. Shuningdek, vaqt tushunchasining sabab-oqibat tarzida ifodalanishini

ingliz tilida in no time, at a time, per time, in due time, a matter of time, ahead of

time, before time kabi birliklar bilan ifodalansa, o‘zbek tilida vaqtdan ilgarilab,

hechdan ko‘ra kech, oldindan, keyinchalik kabi birliklar yordamida ifodalanishini

ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Misol uchun:

– We’ll be there in no time. Don’t worrу. It’ll all be over in no time.

– She was calm at a time when everуone else was panicking.

– It’s just a matter of time before someone gets hurt, someone will get hurt

eventuallу. – She read the report ahead of time to prepare for the meeting.

Ingliz tilida vaqt jarayon sifatida o‘ziga xos ifodaviy turlari mavjud bo‘lib,

ular inson hayoti davomiyligi babуhood, childhood, teenager, adolescence,

maturitу, old age, vaqtning tabiat qonunlari jihatidan уear, month, week, season,

spring, summer, autumn, winter tarzida ifodalanadi. Shuningdek, vaqt bir sutkani

ifodalashda ham morning, noon, afternoon, evening, night, midnight kabi leksik

birliklar orqali ifodalanadi. Bundan tashqari vaqt temporal hodisa tarzida

beginning, finishing, continuing tarzida ifodalanishi mumkin.

O‘zbek xalqining qimmatbaho moddiyatga qadriyat, qadr-qimmat nuqtayi

nazaridan yondashuvi, ingliz madaniyatida esa boylik sifatidagi munosabati

kuzatiladi.

O‘zbek va ingliz madaniyatida vaqtning mavhum etalonlari mavjud.

Vaqt – baxt: Vaqt ketdi– baxt ketdi Toji sari taxt ketdi. Vaqting ketdi –baxting

ketdi.Vaqtdan yutding – baxtdan yutding.

Vaqt – omad;

Vaqt – yo‘q etuvchi: Vaqt tog‘ni yemirar, suv toshni kemirar.

Vaqt – me’yoriga amal qilish talab qilinadigan voqelik: Vaqt o‘tgandan keyin

qilichingni toshga chop. Bevaqt qichqirgan xo‘rozning tojidan qon olinar.

Vaqt – g‘animat: Vaqt g‘animat, o‘tsa – nadomat.

Vaqt – yetishmaydigan voqelik: Vaqti yetsa qush ham bolasiga uya qurar.

Vaqt – ma’lum bir payt: Vaqti kelsa. Fil sichqondan qo‘rqar.

Vaqt konsepti vaqt leksemasidan yasalgan yoki mazmunida vaqt tushunchasi

mavjud bo‘lgan lug‘aviy birliklar orqali ifodalangan.

Kishilik jamiyatida, ijtimoiy voqelikda “bo‘sh vaqt” tushunchasi mavjud.

Bo‘sh vaqt muayyan faoliyatdan tashqaridagi vaqt bo‘lib, insonga yoki uning

boshqa turdagi faoliyatiga qaratiladi. Aksariyat hollarda insonning mehnat

faoliyatini tiklashga, o‘z ustida ishlashga, sog‘ligiga va kasbiy kamolotga sarf

qilinadi. “Bo‘sh vaqt” tushunchasi nisbiy bo‘lib, inson faoliyatining asosiy va

yondosh ko‘rinishlarga ajratilishidan kelib chiqadi.

Ingliz madaniyatida time vaqt frazeologizmlar tarkibida quyidagi tasavvurlar

orqali modellashtirilgan:

Vaqt – uchadi; time flies vaqt uchadi: people say time flies when you’re

having fun. Odamlarning aytishicha, baxtli daqiqalarda vaqt tez o‘tadi.

My daughter started school in September – oh, how time flies. Qizim sentabr

oyida maktabga bordi, oh, vaqt qanday tez o‘tadi!

Vaqt qulay yoki noqulay bo‘ladi: at the wrong time or period: noqulay vaqtda

yoki davrda: I felt that I was born out of time. Xato davrda tug‘ilganimni his qildim.

Vaqt – muayyan hajmga ega. Vaqt kam yoki ko‘p bo‘ladi: in no time (also in

less than no time) – qisqa vaqt ichida (shuningdek, kam vaqt ichida);

very quickly or very soon – juda tez yoki tez orada: The video has sold 30,000

copies in no time. Video qisqa vaqt ichida 30,000 nusxada sotildi;

a very short interval or period – juda qisqa interval yoki davr;

the renovations were done in no time. Ta’mirlash qisqa vaqt ichida amalga

oshirildi.

Vaqt yoqimli, lazzatli bo‘lishi mumkin: a period or occasion of exceptional

enjoyment. O‘ziga xos lazzatli davr.

O‘zbek tilida til egalarining diniy e’tiqodi, diniy tafakkuri bilan bog‘liq

ma’lum bir izofalar borki, ularni realiyalar sifatida baholash mumkin. Vaqtning

quyidagi izofalar bilan ifodalanishi ingliz tilida kuzatilmaydi.

“Vaqt” konseptini Ingliz tilidagi izohi Ifoda etilgan vaqt
ifodalovchi realiyalar

namozi bomdod // namozi Pre-dawn tong
subhi

namozi peshin Midday kunning yarmidagi muddat

namozi digar (namozi asri) Afternoon kun yarmidan to kun botgunga
qadar bo‘lgan muddat

namozshom Sunset kun botib, qorong‘ilik tusha
(Shom) boshlagan payt, qosh qoraya
boshlagan vaqt;

xufton Evening Quyosh botgandan bir-ikki soat
keyingi vaqt

Bu izofalar o‘zbek xalqining diniy e’tiqodlari va kundalik diniy amallari bilan

bog‘liq holda shakllangan.

O‘zbek va ingliz tillarida barqaror birikmalarning shakllanishida umumiy

jihatlar kuzatildi. Har ikki tilda barqaror birikmalarning komponentlari ma’nosiga

bog‘liq ravishda umumiylashgan yoki yaxlit bir ko‘chma ma’noni yuzaga

keltirishga xizmat qiladi. Bu belgilar til sathlarining o‘zaro birikishi, so‘zlarning

birikish xususiyatlari, tobe-hokimlik munosabatidan kelib chiqadi.

O‘zbek va ingliz tillaridagi har xillik barqaror birikmalar komponentlarining

tanlanishida, ko‘chma ma’nolardagi madaniy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Mazkur tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek va ingliz tillarida

time/vaqt ishtirokidagi barqaror birikmalar o‘xshash belgilarga ega. Har ikki

madaniyatda ham vaqtning tez o‘tishi, oltinga tengligi, oltindan qimmatligi,

takrorlanmasligi, ortga qaytmasligi, qaytarilmasligi, uzviyligi, ketma-ketligi,

makon bilan aloqadorligi aks etgan. Bu holat vaqt konseptining umummilliy

mohiyati bilan belgilanadi. Ingliz va o‘zbek madaniyatida time vaqt pul, qimmatli

manba, ko‘rsatuvchi, harakatlanuvchi belgilarga ega. Ingliz va o‘zbek xalqi

madaniyatida inson hamda vaqt alohida voqelik sifatida tasavvur qilinadi. Inson

vaqt bilan teng harakat qilishi, orqada qolishi yoki o‘tib ketishi mumkin.

Har ikki madaniyatda ham so‘nggi g‘oyalar yoki texnikadan xabardor

bo‘lmaslik, eskirgan usullardan foydalanishga nisbatan behind the times

“zamondan orqada qolish” tushunchasi qo‘llanadi. Vaqtni bo‘lish, taqsimlash

mumkin. Vaqtni kimgadir yoki nimagadir bag‘ishlash, ajratish mumkin. Ingliz

tilidagi time/vaqt konseptli frazeologizmlar bir qator “qadim, o‘tgan vaqt”, “uzoq

o‘tgan davr”, “bir vaqtlar”, “uzoq o‘tmish”, “doimiy yoki muntazam ravishda”,

“onda-sonda”, ”belgilangan vaqt” tushunchalarini anglatadi. Time “vaqt” ingliz

madaniyatida father “ota” sifatlashi bilan ishlatilib, o‘zbek tilidagi ona yurt, ota

yurt tushunchalaridagi kabi madaniy semani hosil qiladi: father Time. Ingliz tilida

vaqt timsoli bosh kiyimi va qo‘lida qum soati bo‘lgan chol sifatida tasavvur

qilinadi. O‘zbek madaniyatida vaqt yoqut, oltindan ustun qo‘yiladi. Vaqtning

g‘animatligi, oz, kam, yetishmaydigan voqelik ekanligi ta’kidlanadi. Vaqt bebaho,

topilmas, sotilmas deb sifatlanadi. Ingliz madaniyatida vaqt qimmatbaho manbaga

qiyoslansa, o‘zbek madaniyatida yelga qiyoslanadi. Ingliz tili sohibi vaqtni flies

“uchadi” deb baholaydi, ammo uning qanday “uchishi”ni ifodalamaydi. O‘zbek tili

sohibi esa vaqt o‘tishini “yel”ga, “oqar suv” ga qiyoslaydi. O‘zbek madaniyatida

vaqt baxtga, omadga qiyoslanadi, yo‘q etuvchi deb baholanadi. Bu xususiyat ingliz

tilida kuzatilmaydi. Ingliz tilida vaqt pulga qiyoslangan, pul daromad manbai,

biznes omili sifatida baholangan. Ingliz tili sohibi vaqtning siklli harakatiga

alohida e’tibor qaratgan.

Ingliz tili sohibi vaqtni maslahatchi, hikoyanavis sifatida tasvirlangan. O‘zbek

tili vaqtga me’yor talabi sifatida yondashiladi. Har bir faoliyatni muddatidan oldin

bajarish targ‘ib qilinadi. O‘zbek tilidagi barqaror birikmalarda har bir faoliyatni o‘z

vaqtida amalga oshirish targ‘ib qilinadi. Vaqt konsepti yil fasllari bilan bog‘liq

ravishda aks etgan barqaror birikmalar dehqonchilik mavzusiga aloqadordir. Yil

fasllariga oid maqollarda vaqt ma’nosini ifodalovchi birliklarga kontrast

yondashuv aks etgan. Bunday yondashuv obrazlilikka xizmat qiladi. Inson umri

yilning to‘rt fasliga qiyoslanib, fasllar nomi ko‘chma ma’noda inson hayoti

bosqichlarini anglatib keladi. Bu yondashuv ingliz va o‘zbek madaniyatida ham

mavjud. Yil fasllaridan o‘lchov birliklari sifatida foydalanish o‘zbek va ingliz

tillarida farqli belgilarga ega. Yil fasllari bir xil oylarga to‘g‘ri kelmasligiga ko‘ra

ham farqlanadi. O‘zbek xalqida vaqt konsepti asotirlarga bog‘liq ravishda ham

ifodalanadi.

Barqaror birikmalarda yil ko‘rinishidagi vaqtga munosabat, baho ifodalangan.

Yilning o‘n ikki hayvon nomi bilan atalishiga asoslangan muchal hisobi sharqona

yil kalendari hisoblanadi. Hozirda o‘zbek shevalarida faol qo‘llanadi. O‘zbek xalqi

muchallar orqali shunchaki yilni nomlamasdan, ularga baho ham bergan. Bu

baholar xalqning yashash tarzi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p yillik tajriba va

kuzatishlar natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Аюпова С.Б. Категории пространства и времени языковой
художественной картине мира (на материале художественной прозы
И.С.Тургенева). Автореф. ...д-ра канд. филол. наук. –Уфа, 2012.
2. Бушуй А. М. Язык и действителност. – Ташкент. Фан, 2005. – 150 с.
3. Вакуров В.Н.Фразеологический каламбур в современной
публицистике. // Русская реч, 1994, №6. -340 с.
4. Девкин В. Д. Немецкая разговорная реч: Синтаксис и методика.- М.:
Высшая школа, 1979. - 253 с.
5. Дударева З.М. Контрастное исследование концептуальной сферы
“время” в русской и башкирской языковых картинах мира. Автореф. дисс…
д-ра филол. наук. – Екатеринбург, 2005. –48 с.
6. M.T. Irisqulov. Tilshunoslikka kirish – Darslik “Yoshlar matbuoti” – 2009.
7. Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. - М.:
Высшая школа, 1986.- 380 с.
8. Лукянова Н.А. Экспрессивная лексика разговорного употребления. -
Новосибирск: Наука, сиб. отд-е, 1989. -230 с.

9. Михеева Л.Н. Время в русской языковой картине мира:

лингвокультурологический аспект. Автореф. ...д-ра филол. наук. – М.,2004.

10. Солодуб Ю.П., Албрехт Ф.Б. Современный русский язык. Лексика и

фразеология (сопоставителный аспект). - М.: Флинта. Наука, 2002. - 264 с.

11. Umarxo‘jayeva M. E. “Umumiy tilshunoslik” Andijon-2010, 85

REFERENCES:
1. Ayupova S.B. Kategorii prostranstva i vremeni yazikovoy xudojestvennoy
kartine mira (na materiale xudojestvennoy prozi I.S.Turgeneva). Avtoref. ...d-ra
kand. filol. nauk. – Ufa, 2012. (In Russian)
2. Bushuy A. M. Yazik i deystvitelnost. – Tashkent. Fan, 2005. – 150 s. (In
Russian)
3. Devkin V. D. Nemetskaya razgovornaya rech: Sintaksis i metodika.- M.:
Visshaya shkola, 1979. - 253 s. (In Russian)
4. Dudareva Z.M. Kontrastnoye issledovaniye konseptualnoy sferi “vremya”
v russkoy i bashkirskoy yazikovix kartinax mira. Avtoref. diss… d-ra filol. nauk. –
Yekaterinburg, 2005. – 48 s.(In Russian)
5. M.T. Irisqulov. Tilshunoslikka kirish – Darslik “Yoshlar matbuoti” –
2009. (In Uzbek)
6. Kunin A.V. Kurs frazeologii sovremennogo angliyskogo yazika. - M.:
Visshaya shkola, 1986.- 380 s. (In Russian)
7. Lukyanova N.A. Ekspressivnaya leksika razgovornogo upotrebleniya. -
Novosibirsk: Nauka, sib. otd-ye, 1989. -230 s. (In Russian)
8. Mixeyeva L.N. Vremya v russkoy yazikovoy kartine mira:
lingvokulturologicheskiy aspekt. Avtoref. ...d-ra filol. nauk. – M.,2004. (In
Russian)
9. Solodub Yu.P., Albrext F.B. Sovremenniy russkiy yazik. Leksika i
frazeologiya (sopostavitelniy aspekt). - M.: Flinta. Nauka, 2002. - 264 s. (In
Russian)
10. Umarxo‘jayeva M. E. “Umumiy tilshunoslik” Andijon-2010. (In Uzbek)
11. Vakurov V.N. Frazeologicheskiy kalambur v sovremennoy publitsistike.
// Russkaya rech, 1994, №6. -340 s. (In Russian)