ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Islom moliyaviy muassasalarida samaradorlik: Nazariy-konseptual asoslar va baholash mezonlari

Sadikova Rano Abdullayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ISLOM MOLIYAVIY MUASSASALARIDA SAMARADORLIK:
NAZARIY-KONSEPTUAL ASOSLAR VA BAHOLASH MEZONLARI

EFFICIENCY IN ISLAMIC FINANCIAL INSTITUTIONS:
THEORETICAL-CONCEPTUAL FOUNDATIONS AND EVALUATION

CRITERIA

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСЛАМСКИХ ФИНАНСОВЫХ
УЧРЕЖДЕНИЙ:

ТЕОРЕТИКО-КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ И КРИТЕРИИ
ОЦЕНКИ

https://doi.org/10.5281/zenodo.21350979
Sadikova Rano Abdullayevna

Oriental universiteti“Biznes va boshqaruv” kafedrasi
Dotsenti, iqtisodiyot fanlar nomzodi,
Tel.: +998 93-072-60-19

Annotatsiya. Ushbu maqolada islom moliyasining ilmiy-konseptual asoslari,
uning iqtisodiy va axloqiy tamoyillari hamda zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni
chuqur tahlil qilingan. Islom moliyasining asosini tashkil etuvchi ribо taqiqi, g‘arar
va maysirning man etilishi, risk va foydani taqsimlash kabi tamoyillar an’anaviy
moliya tizimidan tub farq qilishini asoslab beradi. Shu bilan birga, islom moliyaviy
muassasalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari – murabaha, mudaraba, musharaka,
ijara, sukuk va takaful instrumentlari nazariy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqilgan.

Maqolada islom moliyaviy institutlari samaradorligini baholashning zamonaviy
yondashuvlari tahlil qilinib, moliyaviy ko‘rsatkichlar (ROA, ROE), likvidlilik,
risklarni boshqarish darajasi, shariatga muvofiqlik va ijtimoiy ta’sir omillarini o‘z
ichiga olgan kompleks baholash modeli taklif etilgan. Xususan, samaradorlikni
aniqlashda Data Envelopment Analysis (DEA) usulidan foydalanishning afzalliklari
yoritilgan bo‘lib, u orqali moliyaviy muassasalarning nisbiy samaradorligini
aniqlash imkoniyati mavjudligi ko‘rsatib berilgan.

Shuningdek, maqolada global islom moliyasi bozori rivojlanish tendensiyalari,
uning tez o‘sish sur’atlari va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
islom moliyasi nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ijtimoiy adolat, moliyaviy
barqarorlik va inkluziv rivojlanishni ta’minlashda muhim vosita sifatida namoyon
bo‘lmoqda.

Kalit so‘zlar: islom moliyasi, islom banklari, samaradorlik, shari'a muvofiqlik,
murobaha, musharaka, mudoraba, sukuk, takaful, IFSB, baholash mezonlari.

Annotation. This article analyzes the scientific and conceptual foundations of
Islamic finance, its economic and ethical principles, as well as its role in the modern
financial system. The fundamental principles of Islamic finance, including the

prohibition of riba (interest), the avoidance of gharar (uncertainty) and maysir
(gambling), as well as risk and profit-sharing mechanisms, are shown to
fundamentally distinguish it from the conventional financial system. At the same
time, the main operational areas of Islamic financial institutions– murabaha,
mudaraba, musharaka, ijara, sukuk, and takaful instruments– are examined from
both theoretical and practical perspectives.

The article also explores modern approaches to evaluating the efficiency of
Islamic financial institutions and proposes a comprehensive assessment model
incorporating financial indicators (ROA, ROE), liquidity, risk management, Sharia
compliance, and social impact factors. In particular, the advantages of using the
Data Envelopment Analysis (DEA) method for measuring efficiency are
highlighted, demonstrating its capability to assess the relative efficiency of financial
institutions.

Furthermore, the study analyzes the development trends, growth dynamics, and
future prospects of the global Islamic finance market. The findings suggest that
Islamic finance serves not only as a tool for economic efficiency but also as an
important mechanism for ensuring social justice, financial stability, and inclusive
development.

Keywords: Islamic finance, Islamic banks, efficiency, sharia compliance,
murabaha, musharaka, mudarabah, sukuk, takaful, IFSB, evaluation criteria.

Аннотация. В данной статье проведён анализ научно-концептуальных
основ исламских финансов, их экономических и этических принципов, а также
их роли в современной финансовой системе. Основные принципы исламских
финансов, включая запрет риба (процента), исключение гарар
(неопределённости) и майсир (азартных операций), а также механизмы
распределения рисков и прибыли, существенно отличают их от традиционной
финансовой системы. В то же время основные направления деятельности
исламских финансовых институтов – мурабаха, мудараба, мушарака, иджара,
сукук и такафул – рассмотрены как с теоретической, так и с практической
точек зрения.

В статье также анализируются современные подходы к оценке
эффективности исламских финансовых институтов и предлагается
комплексная модель оценки, включающая финансовые показатели (ROA,
ROE), ликвидность, уровень управления рисками, соответствие шариату и
социальное воздействие. Особое внимание уделено преимуществам
применения метода Data Envelopment Analysis (DEA), позволяющего
определить относительную эффективность финансовых учреждений.

Кроме того, в работе рассматриваются тенденции развития, темпы роста и
перспективы глобального рынка исламских финансов. Результаты

исследования показывают, что исламские финансы выступают не только
инструментом экономической эффективности, но и важным механизмом
обеспечения социальной справедливости, финансовой устойчивости и
инклюзивного развития.

Ключевые слова: исламские финансы, исламские банки,
эффективность, соответствие шариату, мурабаха, мушарака, мударабах,
сукук, такафул, IFSB, критерии оценки.

KIRISH
Jahon moliya tizimida islom moliyasi sektori so‘nggi o‘n yilliklarda eng tez
rivojlanayotgan segmentlardan biriga aylandi. Global islom moliyaviy aktivlari
Global islom moliyaviy aktivlari 2024-yil holatiga ko‘ra taxminan 4 trillion AQSh
dollariga teng bo‘lib, 2028-yilga kelib 5-6 trillion dollarga yetishi prognoz
qilinmoqda (IFSB, ICD, DinarStandard). Ushbu fenomenal o‘sish faqat demografik
omillar bilan emas, balki islom moliyasining o‘ziga xos etik va iqtisodiy tamoyillari
bilan ham belgilanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ham islom moliyasini milliy moliya tizimiga joriy
etish bo‘yicha faol harakatlar olib bormoqda. Islom bankсhiligi bo‘yicha
qonunchilik bazasi yaratildi, 2026-yildan dastlabki islom banklari faoliyatini
boshlashi kutilmoqda. Biroq islom moliyaviy muassasalarining samaradorligini
baholash metodologiyasi hali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, bu masala ilmiy-amaliy
tadqiqotni talab etadi.
Ushbu maqolaning maqsadi islom moliyasining ilmiy-konseptual asoslarini
tizimlashtirish, islom moliyaviy muassasalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini
tahlil etish hamda ularning samaradorligini baholash uchun kompleks metodologik
yondashuv ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy abstraksiya, qiyosiy tahlil,
tizimli yondashuv va empirik umumlashtirish usullaridan foydalanilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Islom moliyasi va islom moliyaviy muassasalari samaradorligi bo‘yicha jahon
miqyosida keng tadqiqotlar olib borilgan. Chapra (2000) o‘zining “The Future of
Economics: An Islamic Perspective” asarida islom iqtisodiyotining falsafiy
asoslarini batafsil yoritgan va ribo taqiqi nafaqat diniy, balki iqtisodiy jihatdan ham
asoslanganligini ko‘rsatgan.
Beck, Demirgüç-Kunt va Merrouche (2013) “Islamic vs. conventional banking:
Business model, efficiency and stability” tadqiqotida islom banklarining an'anaviy
banklarga nisbatan barqarorligini tahlil qilgan va risk taqsimoti mexanizmi islom
banklaini moliyaviy inqirozlarga chidamliroq qilishini isbotlagan. Iqbal va Mirakhor
(2011) esa islom moliyasining nazariy asoslarini tizimli tarzda bayon etib, uning
global moliya tizimidagi o‘rni haqida keng tahlil keltirgan.

Johnes, Izzeldin va Pappas (2014) tadqiqotida islom banklarining texnik
samaradorligi DEA (Data Envelopment Analysis) usuli bilan baholangan va ular
texnik samaradorlik jihatdan an'anaviy banklarga o‘xshash bo‘lsada, o‘ziga xos
operatsion xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan. Yudistira (2004) 18 ta islom
bankini tahlil qilib, o‘rtacha texnik samaradorlik 86 foizni tashkil etishini aniqlagan.

Maqsid (2001) ishlab chiqqan “Maqosid al-Shari'a” konsepsiyasiga ko‘ra,
islom moliyaviy muassasasining asosiy maqsadi faqat foyda olish emas, balki din,
hayot, aql, nasab va mol-mulkni himoya qilish singari oliy qadriyatlarga xizmat
qilishdir. Bu yondashuv samaradorlikni baholashda keng ijtimoiy-etik mezonlarni
qo‘llashni taqozo etadi.

Mahalliy tadqiqotchilar orasida O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etishning
dastlabki bosqichlari qayd etilgan. Biroq islom moliyaviy muassasalari
samaradorligini baholashning mahalliy metodologiyasi hali to‘liq shakllanmaganligi
ilmiy tadqiqot zarurligi mavjudligini ko‘rsatadi.

Adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, xorijiy tadqiqotlarda islom moliyaviy
muassasalari samaradorligini baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan birga shari'a
muvofiqlik va ijtimoiy ta'sir mezonlarini ham qo‘llash zaruriyati ilgari surilmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotning metodologik asosini IFSB (2024, 2025), AAOIFI (2023),
DinarStandard (2024/25) hujjatlari tashkil etadi. Qiyosiy tahlil va tizimli yondashuv
asosida O‘zbekiston va global islom moliyasi amaliyoti solishtirilib o‘rganildi.
Samaradorlikni baholashda DEA (Data Envelopment Analysis) metodologiyasi va
Maqosid al-Shari‘a kontseptsiyasiga asoslangan ko‘p o‘lchamli model qo‘llanildi.
Asosiy metodlar: (1) taqqoslama tahlil – islom va an‘anaviy moliyaviy muassasalar
farqlarini aniqlash; (2) tizimli tahlil –islom moliyasi instrumentlarini tizimlashtirish;
(3) modellashtirish – samaradorlik mezonlari tizimini ishlab chiqish.

TAHLIL VA NATIJALAR
Islom moliyasining ilmiy-konseptual asoslari va xususiyatlari
Islom moliyasi faqat moliyaviy texnologiya yoki mahsulotlar to‘plami sifatida
emas, balki o‘ziga xos dunyoqarash va iqtisodiy falsafaga asoslangan tizim sifatida
tushunilishi lozim (CHAPRA, 2000:45). Uning poydevori Qur’oni Karim va Hadisi
Sharif me’yorlarida mujassamlashgan bo‘lib, bu me’yorlar iqtisodiy munosabatlarga
ham tatbiq etiladi.
Islom moliyasining asosiy tamoyillari: ribo (foiz)ning mutlaq taqiqi – pul
ustidan pul ishlash harom hisoblangan; g’arar (haddan tashqari noaniqlik) taqiqi –
shartnomalar shaffof va aniq bo‘lishi lozim; maysir (qimor, spekulyatsiya) taqiqi –
haqiqiy iqtisodiy faoliyatga asoslanmagan operatsiyalar taqiqlangan; haqiqiy aktivga

bog’liqlik – barcha moliyaviy operatsiyalar real iqtisodiy faoliyat bilan ta’minlangan
bo‘lishi shart (IQBAL va MIRAKHOR, 2011:32).

Islom moliyasi bilan an’anaviy moliya o‘rtasidagi farqlar bir necha asosiy
yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. Risk taqsimoti mexanizmi tubdan farqlanadi:
an’anaviy bankda kredit beruvchi oldindan belgilangan foiz stavkasini oladi va
asosiy risk qarz oluvchiga yuklatiladi. Islom moliyasida esa bank va mijoz risk
hamda daromadni muayyan nisbatda taqsimlaydi, bu esa moliyaviy barqarorlikka
xizmat qiladi (BECK va boshq., 2013:440). Bundan tashqari, ijtimoiy javobgarlik
institusionallashtirilgan: shari’a kengashi va zakat boshqaruvi majburiy tuzilmalar
hisoblanib, muassasaning ijtimoiy missiyasini ta’minlaydi.

Islom moliyaviy muassasalarining faoliyat yo‘nalishlari
Islom moliyaviy muassasalari tizimida markaziy o‘rinni islom banklari
egallaydi. Ular foizsiz bank xizmatlari ko‘rsatadi va o‘z faoliyatini bir qancha asosiy
shartnoma shakllari orqali amalga oshiradi: murobaha (tovar sotib olish va qayta
sotish), mudoraba (bir tomon kapital, ikkinchisi mehnat), musharaka (sheriklik
asosida qo‘shma moliyalash), ijara (islomiy lizing), sukuk (aktiv asosida qimmatli
qog’ozlar) va takaful (o‘zaro sug’urta) (AAOIFI, 2023:18).

1-jadval. Islom moliyasi asosiy vositalari va ularning tavsifi

Vosita Ta'rifi Qo‘llanilish sohasi

Murobaha Tovar sotib olish va qayta Savdo moliyasi, iste'mol
sotish (markup bilan) kreditlari

mudoraba Bir tomon kapital, ikkinchisi Biznes moliyalash,
mehnat kiritadi investitsiyalar

Musharaka Sheriklik asosida qo‘shma Loyiha moliyasi, korxonalar
moliyalash

Ijara Islomiy lizing – mulkni Ko‘chmas mulk, uskunalar

ijaraga berish

Sukuk Islomiy obligatsiyalar (aktiv Davlat va korporativ qimmatli
asosida) qog'ozlar

Takaful O‘zaro sug'urta (ribo va Hayot va mol-mulk sug'urtasi
garardan xoli)

Manba: AAOIFI (2023), muallif tomonidan tuzilgan.
1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, islom moliyasi vositalarining keng arsenali
mavjud bo‘lib, ularning har biri muayyan iqtisodiy ehtiyojni qondirish uchun
mo‘ljallangan.
Murobaha – jahon miqyosida eng keng qo‘llaniladigan vosita bo‘lib, islom
banklari aktivlarining 60-70 foizini tashkil etadi. Global sukuk bozori hajmi 2023-

2024-yillarda taxminan 900-1000 milliard AQSh dollari atrofida bo‘lib, kelgusi

yillarda 1,3-1,5 trillion dollarga yetishi prognoz qilinmoqda (IFSB, DinarStandard).

Takaful sektori yuqori o‘sish sur’atlarini namoyon etib, yillik o‘rtacha ikki xonali

(double-digit) o‘sish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan eng tez rivojlanayotgan

segmentlardan biri hisoblanadi (IFSB).

O‘zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish bo‘yicha muhim qadamlar

qo‘yilmoqda. Biroq shari'a muvofiqligini nazorat qiluvchi mustaqil kengashlar

institutining yo‘qligi, aholining xabardorligining pastligi va maxsus hisobot

standartlarining yo‘qligi sohani jadal rivojlantirish yo‘lidagi asosiy to‘siqlar

hisoblanadi.

Islom moliyaviy muassasalarida samaradorlik va uni baholash mezonlari

Islom moliyaviy muassasalarida samaradorlik ko‘p o‘lchamli tushuncha bo‘lib,

u kamida to‘rtta asosiy o‘lchovni o‘z ichiga oladi: moliyaviy samaradorlik (ROA,

ROE, NIM ko‘rsatkichlari); shari'a muvofiqlik samaradorligi (islomiy me'yorlarga

rioya etilishi darajasi); ijtimoiy samaradorlik (zakat taqsimoti, jamiyatga ta'sir);

operatsion samaradorlik (DEA orqali o‘lchanadigan texnik samaradorlik).

2-jadvalda islom moliyaviy muassasalari samaradorligini baholashning ko‘p

o‘lchamli modeli ko‘rsatilgan:

2-jadval. Islom moliyaviy muassasalari samaradorligini baholash tizimi*

Mezon Ko‘rsatkichlar Baholash usuli

Moliyaviy ROA, ROE, NIM, xarajat- Koeffitsientlar tahlili, trend tahlil

samaradorlik daromad nisbati

Shari'a muvofiqlik Shari'a audit ball, muomalalar Shari'a kengash xulosasi, tashqi

muvofiqlik foizi audit

Ijtimoiy samaradorlik Zakat taqsimoti, jamiyatga ta'sir, Ijtimoiy hisobot, SROI

qamrov kengligi metodologiyasi

Operatsion DEA ko‘rsatkichlari, xarajatlar Parametrik va noparametrik

samaradorlik samaradorligi usullar

Likvidlik va LCR, NSFR, kapital adekvatligi Stresstest, Basel-III/IFSB

barqarorlik (IFSB standartlari) normativlari

*Manba: IFSB (2025), AAOIFI (2023), muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Islom moliyaviy muassasalari samaradorligini o‘lchashda parametrik

bo‘lmagan usullardan biri – DEA (Data Envelopment Analysis) keng

qo‘llanilmoqda. DEA usuli bir vaqtning o‘zida bir nechta kirish va chiqish

omillarini hisobga olgan holda muassasaning nisbiy samaradorligini aniqlashga

imkon beradi (JOHNES va boshq., 2014:S95). Johnes va boshqalar (2014:S100)

tadqiqoti ko‘rsatishicha, islom banklarining texnik samaradorligi an’anaviy

banklarga nisbatan o‘rtacha 10-15 foizga pastroq, biroq iqtisodiy tanglik davrlarida

barqarorligini yaxshiroq saqlab qoladi. Yudistira (2004:10) esa 18 ta islom bankini

DEA usulida baholab, o‘rtacha texnik samaradorlik 86 foizni tashkil etishini
aniqlagan.

Islom moliyaviy muassasalari samaradorligini oshirish uchun: (1) mustaqil va
malakali shari'a kengashini shakllantirish, AAOIFI/IFSB standartlarini qabul qilish;
(2) mudoraba, musharaka va ijara mahsulotlarini kengaytirish orqali portfel
diversifikatsiyasi; (3) Islamic Fintech va blockchain texnologiyalarini integratsiya
qilish orqali operatsion xarajatlarni kamaytirish – asosiy yo‘nalishlar sifatida
belgilanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqot islom moliyasining ilmiy-konseptual asoslarini, islom
moliyaviy muassasalarining faoliyat yo‘nalishlarini va samaradorligini baholash
mezonlarini kompleks tarzda tahlil etdi. Quyidagi asosiy xulosalar chiqarildi:
Birinchidan, islom moliyasi an'anaviy moliyadan tubdan farqlanib, ribo, g'arar
va maysirni taqiqlovchi o‘ziga xos tamoyillarga asoslanadi. Bu tamoyillar moliya
tizimida ijtimoiy adolat, risk taqsimoti va real sektor bilan mushtaraklikni
ta'minlaydi.
Ikkinchidan, islom moliyaviy muassasalari turli vositalar – murobaha,
mudoraba, musharaka, ijara, sukuk va takaful – orqali real iqtisodiy ehtiyojlarni
qondiradi.
Uchinchidan, samaradorlikni baholash uchun moliyaviy ko‘rsatkichlar, shari'a
muvofiqlik, ijtimoiy ta'sir va operatsion samaradorlikni o‘z ichiga olgan ko‘p
o‘lchamli yondashuv zarur. Ushbu yondashuv O‘zbekistondagi islom moliyaviy
muassasalariga ham tatbiq etilishi mumkin.
O‘zbekiston islom moliyasini jadal rivojlantirish uchun milliy shari’a
standartlarini ishlab chiqish, islom moliyasi kadrlarini tayyorlash tizimini yaratish
va islom fintech sektorini qo‘llab-quvvatlash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, islom
moliyaviy muassasalari samaradorligini muntazam monitoringini ta’minlash uchun
ko‘p o‘lchamli baholash tizimini joriy etish zarurligi ta’kidlanadi.
Takliflar:
1. O‘zbekistonda islom moliyaviy muassasalari samaradorligini baholash
uchun ushbu maqolada taklif etilgan ko‘p o‘lchamli model (moliyaviy
ko‘rsatkichlar, shari’a muvofiqlik, ijtimoiy ta’sir, operatsion samaradorlik) asosida
milliy monitoring tizimini joriy etish zarur. Buning uchun Markaziy bank va Moliya
vazirligi tomonidan maxsus hisobot standartlari ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq
(IFSB, 2025:44).
2. Oliy ta’lim muassasalarida islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash
dasturini kengaytirish, AAOIFI va IFSB sertifikatlash tizimini O‘zbekistonga joriy
etish tavsiya etiladi. Xalqaro islom moliyasi tajribasini o‘rganish va mahalliy

sharoitga moslashtirish maqsadida xorijiy islom universitetlari bilan hamkorlik
o‘rnatilishi lozim.

3. Islom moliyaviy muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida
Islamic Fintech va blockchain texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, sukuk va
takaful bozorlarini rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari va me’yoriy-huquqiy
bazani takomillashtirish zarur. Bu borada DinarStandard (2025) hisobotlarida
keltirilgan xalqaro tajribadan foydalanish maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI / REFERENCES:
1. AAOIFI (2023) Shari’a Standards. – Bahrain: Accounting and Auditing
Organisation for Islamic Financial Institutions.
2. Beck T., Demirgüç-Kunt, A. and Merrouche, O. (2013) – ‘Islamic vs.
conventional banking: Business model, efficiency and stability. // Journal of
Banking & Finance, 37(2), – Pp. 433-447.
3. Chapra M. U. (2000) The Future of Economics: An Islamic Perspective. –
Leicester: The Islamic Foundation.
4. Coalition Greenwich (2024) Unlocking growth: Islamic finance sees global
expansion. – Available at: https://www.greenwich.com.
5. DinarStandard (2025) State of the Global Islamic Economy Report 2024/25.
– Available at: https://www.dinarstandard.com.
6. IFSB (2025) Islamic Financial Services Industry Stability Report 2025. –
Kuala Lumpur: Islamic Financial Services Board.
7. Iqbal Z. and Mirakhor A. (2011) An Introduction to Islamic Finance: Theory
and Practice. 2nd edn. – Singapore: Wiley.
8. Johnes J., Izzeldin M. and Pappas V. (2014) ‘A comparison of performance
of Islamic and conventional banks. // Journal of Economic Behavior &
Organization, 103. – Pp. S 93-S 107.
9. Standard Chartered (2025) Global Islamic Finance Assets to Surpass USD
7.5 Trillion by 2028. – Available at: https://www.sc.com.
10. Yudistira D. (2004) ‘Efficiency in Islamic banking: An empirical analysis
of eighteen banks’, – Islamic Economic Studies. 12(1), – Pp. 1-19.